21.10.2021 yildagi 654-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.10.2021 yildagi 654-son
Date of entry into force
21.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga ularning mobil aloqa vositalariga bepul qisqa SMS xabarlar yuborish orqali quyidagi interaktiv xizmatlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq pensiya va nafaqalar oshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya va nafaqa oluvchiga uning pensiya yoki nafaqasi bank kartasi orqali oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar taʼminoti toʻgʻrisida maʼlumot yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya va nafaqalar miqdori, toʻlash shakli va tayinlash muddatlari toʻgʻrisida ularning shaxsiy soʻrovlariga koʻra maʼlum qisqa raqamlarga maʼlumot berish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil martga qadar jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari roʻyxati shakllantirilishini va ushbu maʼlumotlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab FHDYning yagona elektron arxivi axborot tizimiga hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sudlar tomonidan chiqarilgan nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlik toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimidan onlayn rejimda ushbu qarorlar chiqarilgan kunda qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sudning qarorlariga muvofiq bolalarning ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs qaramogʻida qoldirilganligi hamda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha oʻzaro elektron axborot almashinuvi taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qoʻshimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha boʻlgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi toʻlov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 21-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
654-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/654/0981-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 16.11.2023-y., 09/23/596/0856-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 01.05.2024-y., 09/24/253/0314-son, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)