01.04.2025 yildagi PQ-133-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.04.2025 yildagi PQ-133-son
Date of entry into force
02.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish tizimini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarida, davlat idoralarida va ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi va samaradorligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hududlarda isteʼmolchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga oʻtkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) isteʼmolchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qoʻshimcha 74 mingdan ortiq obyektda jami quvvati 785 MVt boʻlgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini oʻrnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) aholisi ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni tejash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) quvvati 65 MVtdan ortiq boʻlgan 1 mingdan ziyod mikro va kichik gidroelektrstansiyalarni barpo etish hisobiga 172 million kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) budjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) respublika hududlarida energiya resurslarini iqtisod qilish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 730 million kVt soat elektr energiyasi va 980 million metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Manzilli ishlash tizimini takomillashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublikaning har bir tumani (shahri) kesimida yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash dasturlari ijrosini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika shtabi) yuklanadigan qoʻshimcha vazifalar 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablarning (keyingi oʻrinlarda — hududiy shtablar) ustuvor vazifalari 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining ustuvor vazifalari 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) hududiy shtablar hamda tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Adliya vazirligi (Tashkulov) Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari vakillarini ragʻbatlantirish va intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibini (KPI) nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari birinchi rahbarlari va oʻrinbosarlariga — mazkur davlat organlari, shu jumladan, ularning tuzilmalaridagi tashkilotlar binolarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishni joriy etish hamda energiya samarador qurilmalarni oʻrnatish ishlarini har oylik manzilli reja asosida amalga oshirib, maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini qatʼiy taʼminlash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlariga — hududlarida elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish boʻyicha har oylik maqsadli reja koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini hamda energiya resurslarini yetkazib berishdagi yoʻqotishlarni kamaytirishni qatʼiy taʼminlashga majburligi va shaxsan javobgarligi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Oʻzenergoinspeksiya” rahbariga — korxonalar energoauditdan oʻtkazilishini nazorat qilish, ularning energiya resurslarini iqtisod qilishini tashkil etish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariga — ulangan quvvati 50 kVA dan yuqori isteʼmolchilar elektr uskunalarini tejamkor uskunalarga almashtirish, kondensator uskunalari oʻrnatish, elektr tarmoqlarini va transformatorlarni mukammal va joriy taʼmirlash tadbirlarini amalga oshirish orqali elektr energiyasini iqtisod qilishga erishish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariga — gaz taqsimlash punktlarini demontaj qilib ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkazish, gaz quvurlari va qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish va profilaktika qilish, nostandart gaz qurilmalarini tejamkoriga almashtirish, yerosti gaz quvurlari va quduqlarni koʻrikdan oʻtkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini bajarish orqali tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlarining qurilish masalalariga masʼul oʻrinbosarlariga — binolarni barpo etishda energiyani tejaydigan material va texnologiyalardan keng foydalanish, ayniqsa, yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylarning issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplanishini taʼminlash hamda bu borada qatʼiy nazoratni olib borish boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) energetika vaziriga — iqtisodiyot tarmoqlari va aholi xonadonlarini yoqilgʻi-energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha;
(5-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga — energiya samaradorligini oshirish yoʻnalishida oliy taʼlim tashkilotlarini jalb qilgan holda, ilmiy-texnik oʻrganishlarni tashkil etish va natijalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar kiritish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Energiya samaradorligi milliy agentligi direktoriga — energiya samaradorligini oshirish boʻyicha har yili tasdiqlanadigan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishi yuzasidan monitoring oʻrnatish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlar kiritib borish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin hamda bu borada qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan “z” va “i” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) har oy yakunida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari oʻz hududlari hamda sohalarda elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishi holatini shaxsan oʻrganib boradi hamda bu borada masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) masʼul rahbarlar har chorakda hududdagi muqobil energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlar kengashlariga hisobot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalarga yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish borasida quyidagilar tavsiya etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqning qoʻllanish samaradorligini oʻrgangan holda bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tashkiliy va raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtishni jadallashtirish doirasida 2025-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish, isteʼmolchilarni muqobil energiyaga oʻtkazish, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish dasturini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) mazkur Dasturni amalga oshirish doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining energiya tejamkorlik va energiya samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha tuman (shahar)lar kesimida har oylik manzilli rejasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish maqsadida koʻp qavatli uylar va jamoat binolarini loyihalashtirishda va yangidan qurishda elektr va muqobil energiya manbalari, shuningdek, energiyani tejaydigan texnologiyalardan keng foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) tabiiy gazdan foydalanishni optimallashtirish orqali unga boʻlgan yuklamalarni kamaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sohada raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) va Markaziy bank (Ishmetov) bilan birgalikda 2025-yil 1-mayga qadar Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasining “Yashil imtiyoz” axborot tizimini hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Bosh prokuratura (Aminov) va Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oʻzenergoinspeksiya (Nimatullayev), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu sohada nazorat va monitoringni amalga oshirish imkonini beruvchi mavjud elektron platformalarni mazkur qaror bilan belgilanayotgan yangi talablardan kelib chiqib takomillashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Davlat xavfsizlik xizmati “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (Mirzayev) ushbu platformalarni ularning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari energiya tejamkorlik koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda ushbu platformalarda aks ettirib borish va maʼlumotlarning haqqoniyligiga masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qaror ijrosini tashkil etish va taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Djurabayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov) Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) va Adliya vazirligi (Tashkulov) bilan birgalikda muntazam ravishda energetika tizimidagi oʻzgarishlar, energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda tejamkor uskunalarning afzalliklarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qaror ijrosining quyidagi tartibi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda Bosh prokuror oʻrinbosari S.I. Samadov belgilansin;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish va faoliyat samaradorligini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari D.B. Kadirov va A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(e) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov har chorakda qaror ijrosi natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-133-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning har bir tumani (shahri) kesimida yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash dasturlari ijrosini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining

NAMUNAVIY TARKIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) prokurori, tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhi rahbari

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimining qurilish masalalariga masʼul oʻrinbosari, tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) ichki ishlar organi jinoyat qidiruv boʻlinmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) boʻlimi tezkor vakili

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) adliya boʻlimi xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi xodimi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmasining tuman (shahar)larga biriktirilgan xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi xodimi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) gaz taʼminoti korxonasi bosh muhandisi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi bosh muhandisi

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) issiqlik taʼminoti korxonasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) suv taʼminoti korxonasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) prokurorining yordamchisi — shtab kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari energiya balansi koʻrsatkichlari hamda energiya resurslarini tejashning maqsadli koʻrsatkichlari soʻzsiz va toʻliq bajarilishini taʼminlash yuzasidan Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika va hududiy shtablarning ishchi organlari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qaroriga
2-ILOVA

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabiga yuklanadigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOʻSHIMCHA VAZIFALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hududlarning energiya balansi ishlab chiqilganini, ularning koʻrsatkichlari bajarilishiga rioya etilishini, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanilishini, texnologik va tijoriy yoʻqotishlarni kamaytirish choralari koʻrilganini, muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish joriy etilganini, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan barqaror taʼminlanishini muvofiqlashtirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Doimiy ravishda energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har chorak yakunida tegishli vazirlik va idoralarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining energiya resurslarini tejash boʻyicha tasdiqlangan rejalari va maqsadli koʻrsatkichlari ijrosini, hududiy shtablar va tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari faoliyati natijadorligini tanqidiy ravishda muhokama qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muhokamalarning yakuni boʻyicha hudud va tarmoqlar kesimida energiya resurslarini iqtisod qilish rejalarini bajarishdagi tizimli muammolarni “mahalla — tuman — viloyat — respublika” tamoyili asosida oʻrganib borish va ularni bartaraf etish borasida takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Energiya balansi koʻrsatkichlari hamda energiya resurslarini tejashning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilishida erishilgan natijalardan kelib chiqib, tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari vakillarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qaroriga
3-ILOVA

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTUVOR VAZIFALARI

1. Yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash hamda tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha maqsadli reja koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, ularga barham berish masalalarini oʻrganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoqilgʻi-energetika sohasida nazorat va monitoringni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron platformani hududlar kesimida takomillashtirish boʻyicha takliflar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yirik isteʼmolchilar uchun yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Muntazam ravishda amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy muhokama qilib borish va belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik va idoralar tizimida energiya samaradorligiga erishish boʻyicha 2025-yilda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashga qaratilgan tasdiqlangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasi ijrosini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini muntazam nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Korrupsiyaviy omillarni muntazam ravishda tahlil qilish asosida ushbu sohani korrupsiyasiz sohaga aylantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda har 15 kunda alohida grafik asosida joyiga chiqqan holda monitoring oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning har bir tumani (shahri) kesimida yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash dasturlari ijrosini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTUVOR VAZIFALARI
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash boʻyicha tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishini, shuningdek, elektrlashtirish va bu borada davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni mahallalar kesimida targʻib qilib borish ishlarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyosh paneli va quyosh kollektori oʻrnatish imkoniyati mavjud tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlarini aniqlash va ularga ushbu tejamkor uskunalarni oʻrnatishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyosh paneli va quyosh kollektorini, birinchi navbatda, davlat idoralari xodimlari hamda aholi xonadonlariga va tadbirkorlik subyektlariga oʻrnatish boʻyicha mahalliy hokimliklar bilan alohida manzilli dastur ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashqi reklama obyektlari va illyuminatsiya chiroqlarining elektr taʼminoti holatini, ular yagona elektr tizimiga ulangan taqdirda, alohida hisoblagich bilan taʼminlanganini oʻrganish yoki ushbu obyektlarda elektr taʼminotini quyosh panellari orqali qoplash choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ijtimoiy soha obyektlari va boshqa bino-inshootlar devor va tom qismlari germetik issiqligini saqlash holati va energiya samaradorligini oʻrganib, ularning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish hamda uning ijrosini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Elektr va tabiiy gaz yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida har bir nimstansiya, fider va transformator punktlari hamda hududlarga biriktirilgan masʼullar faoliyati ustidan monitoring olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Energiya resurslarini talon-toroj qilish va behuda sarflash bilan bogʻliq holatlarni aniqlash hamda ularga chek qoʻyishga qaratilgan nazorat tadbirlari samarali tashkil etilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda katta miqdordagi energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tijorat maqsadlari mavjud jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yordamchi xoʻjaliklarni (issiqxona, ohak sexlari va shu kabilar) gaz tarmogʻiga noqonuniy ulash, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanish holatlarini aniqlash ustidan monitoring olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Energiya resurslari bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatlarini shakllantirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yuqori va past kuchlanishli podstansiyalar, transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlari texnik holatini xatlovdan oʻtkazish hamda xatlov natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish, bartaraf etishga vaqt talab etiladigan kamchiliklar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, ularning toʻliq bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar elektr qurilmalarida reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini oʻrnatish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Katta quvvatli elektr dvigatellarni ishga tushirishda rostlagich qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqib, ijrosini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Isitish mavsumida foydalanish uchun zaxira yoqilgʻi xoʻjaligi tashkil etilgani va bugungi kundagi zaxira qoldigʻi miqdori hamda uning saqlanish holatini oʻrganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Isitish qozonlari soni va ularning texnik holati, binoning isitiladigan maydoni qozon quvvatiga mosligini oʻrganib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha alohida nazorat olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mavjud tabiiy gaz quvurlari hamda gaz taqsimlash punktlarining texnik holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash va ijrosi taʼminlanishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Quyosh panellari, quyosh kollektorlari hamda mini GESlar boʻyicha 2025-yil reja koʻrsatkichlari ijrosining “Yashil energiya” hamda “Quyoshli xonadon” axborot tizimlari yordamida nazorati va monitoringini amalga oshirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Oʻztransgaz” va “Hududgaztaʼminot” AJlarining tarmoqlarini modernizatsiya qilish, joriy va kapital taʼmirlashga doir dasturlar ijrosini nazorat qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. ASKUE va ASKUG dasturlari uzluksiz ishlashini monitoring qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar hamda respublikaning har bir tumani (shahri) kesimida energiya balansini ishlab chiqish, ularning koʻrsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlari faoliyatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ASOSIY YOʻNALISHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi isteʼmolchilari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Energiya resurslarini isteʼmol qilish madaniyatini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni oʻrnatishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Energiya tejamkorlik talablariga mos boʻlmagan, sertifikatlanmagan nostandart qurilma va jihozlarni almashtirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soha muassasalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Energiya resurslarini isteʼmol qilish madaniyatini oʻrgatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni oʻrnatishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tarmoqqa ulangan boshqa turdagi isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish (subisteʼmolchilar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Binolarning devor va tom qismlari germetik issiqligini saqlash choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Isitish qozonlari soni va ularning texnik holati, binoning isitish maydoni qozon quvvatiga mosligini oʻrganib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha alohida nazorat olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Isitish mavsumida foydalanish uchun zaxira yoqilgʻi xoʻjaligi tashkil etilgani va bugungi kundagi zaxira qoldigʻi miqdori hamda uning saqlanish holatini oʻrganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil sanoat (tekstil) korxonalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy isteʼmol quvvatining kamida 40 foizini qoplash uchun quyosh panellari va suv isitkichlarni (geliokollektor) oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish.

4. Elektr va gaz hisoblagich koʻrsatkichi, texnik holati, tamgʻalar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini oʻrganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli choralar koʻrib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik sanoat korxonalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Energiya resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Har bir uskuna uchun alohida energiya resurslaridan foydalanishda iqtisod qilish manbalarini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Katta quvvatli elektr dvigatellarni ishga tushirishda chastota rostlagich qurilmalarni oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Elektr va gaz hisoblagich koʻrsatkichi, texnik holati, tamgʻalar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini oʻrganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli choralar koʻrib borish.

Davlat idoralari, korxona va tashkilotlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyosh paneli, harakat datchiklari oʻrnatilishini monitoring qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Har bir xodim, davlat xizmatchisi ish joyida va uyida energiya isteʼmoli madaniyatiga amal qilishni targʻib qilishga masʼulligini belgilab qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Binolarning devor va tom qismlari germetik issiqligini saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Isitish qozonlari soni va ularning texnik holati, binoning isitiladigan maydoni qozon quvvatiga mosligini oʻrganib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha alohida nazorat olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Elektr va gaz hisoblagich koʻrsatkichi, texnik holati, tamgʻalar butligi, shuningdek, elektr va gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini oʻrganish hamda aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha tegishli choralar koʻrib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi obyektlari (nasos stansiyalari) boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suv nasoslarining ortiqcha yuklama bilan ishlamasligi uchun zarur choralarni koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nasos stansiyalarida energiya samaradorlik darajasi past boʻlgan nasoslarning dvigatellarini energiya tejamkorlariga almashtirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Katta quvvatli elektr dvigatellarni ishga tushirishda chastota rostlagich qurilmalarni oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Energiyaning tejamkorlik talablariga mos boʻlmagan qoʻlbola tayyorlangan, sertifikatlanmagan, maʼnan eskirgan, elektr sarfi yuqori boʻlgan, nostandart tayyorlangan jihozlarni almashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyosh paneli, harakat datchiklari oʻrnatilishini monitoring qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik va oʻrta biznes korxonalari va boshqa isteʼmolchilar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasini oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Energiya resurslari isteʼmol madaniyatini targʻibot qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Energiya tejamkor uskunalar, shu jumladan, geliokollektor va quyosh panellaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirish va ularni oʻrnatishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Energiya tejamkor boʻlmagan, sertifikatlanmagan, nostandart, qurilma va jihozlardan foydalanishga chek qoʻyish.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 07/25/133/0297-son; 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)