28.03.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3266-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 28.03.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3266-4
Date of entry into force
02.07.2025
Hujjat 02.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3266-4]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 24-iyundagi 357-V va 13-son qarori (roʻyxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020 y, 10/20/3266/1110-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
357-V-4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Sh. SOXIBNAZAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 14-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 28-fevraldagi 357-B-4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2025-yil 14-fevraldagi 11-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominant — jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs tomonidan uning nomidan tashkilotga nisbatan muayyan maqomda ish yuritish uchun tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominator — nominantga bevosita yoki bilvosita oʻz nomidan rahbar yoki taʼsischi/aksiyador sifatida harakat qilish toʻgʻrisida koʻrsatma beradigan jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi) yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlik darajasi — toʻlov tizimi operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida operatsiya ishtirokchilaridan birining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan solishtirish jarayonida mos kelish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻxshash holatlar — operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatdagi shaxslarning identifikatsiya maʼlumotlari bilan qisman mos kelishi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turish (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda toʻxtatib turilgan operatsiyalarni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarni doimiy nazorat va monitoring qilish tartibi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“171. Toʻlov tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xoʻjalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir martalik operatsiyalar, shu jumladan ular oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshgan summada toʻlov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan, operatsiyalarni amalga oshirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalarning 312-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan pul oʻtkazmalarini bajarishda yoki qabul qilishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“231. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari axborot tizimlaridagi aniqlik darajasini har bir xizmat yoki operatsiya toifasining tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlik darajasi operatsiya ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarining har bir elementi boʻyicha alohida belgilanishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“281. Toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkiloti yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida mijozning direktori yoki taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) nominant ekanligini aniqlagan taqdirda, bu haqida va nominator toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 31-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini mijoz-joʻnatuvchi haqidagi va oluvchi haqidagi aniq maʼlumotlar bilan birga mazkur Qoidalarning 312-bandida belgilangan talablarga muvofiq yuborilishini taʼminlashlari;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagi mazmundagi 312-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“312. Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlarda joʻnatuvchining nomi, jismoniy shaxslar uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) seriyasi va raqami, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami, joʻnatuvchining manzili yoki soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoxud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — tugʻilgan sanasi va joyi va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) aniq maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerak, joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot oluvchi bank tomonidan boshqa manbalar orqali olinishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda joʻnatuvchi toʻlov tashkilotlariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning xos raqamini (identifikator) qoʻshib qoʻyish yetarli, agar ushbu hisobvaraqning raqami yoki identifikator operatsiyani joʻnatuvchi yoki oluvchigacha kuzatib borish imkonini bersa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tashkilotlari bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmagan summadagi ichki elektron pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) va oluvchi haqidagi (oluvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tashkilotlari mazkur Qoidalarning 49-bandiga muvofiq pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya sifatida ichki elektron pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda tomonlardan birini Roʻyxatga kiritilgan shaxs ekanligi haqidagi maʼlumotlar bilan birga oluvchi bankka yuborilishini taʼminlashlari kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“37. Operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda, toʻlov tashkiloti yoki elektron pullar tizimi operatorlari tomonidan shubhali deb tan olinadi:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshidan “toʻlov tizimlari operatorlari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 41-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toʻlov tizimlari operatorlari tijorat bankidan jismoniy shaxsga bank kartasini ochish boʻyicha topshiriq kelib tushganda, ularning identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 3-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Elektron koʻrinishdagi mijoz anketasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/3266-4/0294-son)