Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2009 22.06.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1374
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻi, 22.06.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1374
Date of entry into force
02.07.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUG‘I
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (6-SON BHMS) “IJARA HISOBI”NI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-iyunda 1374-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2006-yil 6-apreldagi 41-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1946, 24.04.2009-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-sentabrda 45-son bilan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Lizing hisobi” (1998-yil 16-oktabr, ro‘yxat raqami 503-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 6-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri M. NURMUROTOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirining 2004-yil
12-maydagi 75-sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BO‘MS) “Ijara hisobi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142 modda), “Lizing to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 108 modda, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 63-modda) asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 §. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur BHMS ning maqsadi bo‘lib ijara operatsiyalarini buxgalteriya hisobida yuritish va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning yagona uslubiy asosini aniqlash (belgilash) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur BHMS quyidagi obyektlar va operatsiyalarga qo‘llanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tabiat resurslari, shu jumladan neft, gaz va boshqa qayta tiklanmaydigan resurslarni qidiruv va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijara kelishuvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer maydonlari ijarasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) intellektual mulk obyektlari bo‘yicha litsenziya kelishuvlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Mazkur BHMS da foydalaniladigan asosiy atamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur BHMS nuqtai nazaridan ijara quyidagilarga bo‘linadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) lizing (moliyaviy ijara);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uzoq muddatli ijara;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qisqa muddatli ijara.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Lizing (moliyaviy ijara) — ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizingga oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kam bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizingga oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to‘lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uzoq muddatli ijara — ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-mulkni 12 oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qisqa muddatli ijara — ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-mulkni 12 oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) — ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ning roziligi bilan, ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ning oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing obyektini) boshqa shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) ga topshiradigan shartnoma munosabati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ijara (lizing) obyektlari — iste’mol qilinmaydigan har qanday buyumlar (ashyolar), shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, alohida binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari, hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ijara muddatining boshlanishi — ijara shartnomasining shartlariga muvofiq ijarachi ijaraga olingan ijara obyektiga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana. Bu ijarani dastlabki (boshlang‘ich) tan olish sanasi (ya’ni ijarani amalga oshirish natijasida tegishli aktiv va majburiyatlarning tan olinishi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ijara muddati — bekor qilinmaydigan ijara kelishuvi amal qiladigan davr, shuningdek har qanday keyingi davrlar bo‘lib, bu davrlar mobaynida ijarachi ijara shartnomasi tuzilganda aytib o‘tilgandek, mazkur kelishuvni uzaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Lizing to‘lovlari — lizingga beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismini, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarini lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizingga beruvchining daromadidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Lizingga beruvchining daromadi — lizing to‘lovlari bilan lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, lizingga beruvchi tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida oladigan daromadidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ijara (lizing) obyektlarining joriy qiymati — ijara (lizing) obyektlarining muayyan bir sanadagi bozor baholari bo‘yicha qiymati yoki mazkur ijara obyektini sotib olish yoki ushbu bitimni amalga oshirishni xohlovchi bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor tomonlar o‘rtasidagi majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kafolatlangan qoldiq qiymat — ijara shartnomasining boshlanishida aniqlangan ijara obyekti qiymatining bir qismi bo‘lib, ijarachi tomonidan yoki unga bog‘liq uchinchi taraf tomonidan kafolatlanadi (majburiyat qilib berkitiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kafolatlanmagan qoldiq qiymat — ijara obyekti (ijara shartnomasining boshlanishida aniqlangan) qiymatining bir qismi bo‘lib, uning sotilishini ijaraga beruvchi kafolatlamaydi yoki u ijaraga beruvchi bilan bog‘liq taraf tomonidangina kafolatlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Minimal lizing to‘lovlari — lizingga oluvchi tomonidan lizing muddati davomida to‘lanadigan lizing to‘lovlari va lizing obyektining kafolatlangan qoldiq qiymati summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizingga oluvchi lizing obyektini uni sotib olish sanasidagi joriy qiymatidan past narxda sotib olmoqchi bo‘lgan hollarda minimal lizing to‘lovlari butun lizing muddati davomidagi lizing to‘lovlari va lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan lizing obyektini sotib olish summasidan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Diskontlash — kelajakda aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablag‘larining joriy ekvivalentini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Diskont stavkasi — vaqtning har xil paytiga taalluqli bo‘lgan pul summalarini bir vaqtga (paytga) keltirishda foydalanadigan stavka.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati — lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi yoki qarz sarmoyasining o‘sib boruvchi foiz stavkasiga teng diskont stavkasi bo‘yicha tuzatilgan lizing muddatining boshlanishidagi minimal lizing to‘lovlarining joriy qiymati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi — bu lizing muddatining boshlanishida lizing obyektining joriy qiymati va quyidagi miqdorlar: minimal lizing to‘lovlari va kafolatlanmagan qoldiq qiymati summasining diskontlangan qiymatining teng bo‘lishini ta’minlaydigan diskont stavkasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qarz sarmoyasining o‘sib boruvchi foiz stavkasi — bu xuddi shunday ijara shartnomasi uchun ijarachi to‘lashi lozim bo‘lgan foiz stavkasi yoki (agar ushbu ko‘rsatkichni aniqlash imkoni bo‘lmasa) ijarachi ijara muddati boshlanishida mol-mulkni (xuddi shunday muddatga va shunga o‘xshash ta’minot bilan) sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qarzga olishda qabul qiladigan stavka yoki agar ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa ijara muddatining boshlanishidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Lizing hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Lizing subyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) lizingga beruvchi — lizing shartnomasi bo‘yicha lizingga oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) lizingga oluvchi — egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sotuvchi — lizingga beruvchiga lizing obyektini sotayotgan shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyekti lizingga oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olinayotgan taqdirda, aniq bir lizing obyektiga nisbatan lizingga beruvchining kreditori va lizingga oluvchi bir shaxs timsolida ish ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizingga beruvchi lizing obyektini bo‘lgusi foydalanuvchidan keyinchalik uni xuddi shu shaxsga ijaraga berish uchun sotib olgan hollarda, lizingga oluvchi va sotuvchi bir shaxs bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Lizingda lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklar lizingga oluvchiga o‘tkaziladi. Lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida lizing aktiv va majburiyat sifatida lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha, agar u past bo‘lsa, tan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil bo‘lib, lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, agarda uni aniqlash imkoniyati bo‘lsa, aks hollarda lizingga oluvchining qarz sarmoyasi bo‘yicha o‘sib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Lizing muddatining boshlanish vaqtida lizingga oluvchi va lizingga beruvchi lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ni kelishib oladi, unda lizingga beruvchining daromadi, lizing obyektining qiymatini qoplash bo‘yicha majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Lizing bo‘yicha foizlar lizing shartnomasi davomida davrlar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi va har bir davrda qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasini o‘rnatish maqsadida lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)da aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Lizingga oluvchining lizing obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari lizing obyekti qiymatini ko‘paytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizing obyekti, lizingga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki shartnoma bekor qilingach, lizingga oluvchi ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda lizing shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizingga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan lizing obyektini yaxshilashga sarflangan mablag‘lar (quyilmalar) va ularni lizing obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoniyati bo‘lmasa, lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, lizingga beruvchiga tekinga o‘tadi. Biroq, agarda ularni lizing obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa va agar lizingga beruvchi ularning qiymatini to‘lashga rozi bo‘lmasa, bunday hollarda lizingga oluvchi ularni o‘ziga ajratib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Lizingda har bir hisobot davri uchun lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi kabi xarajatlar yuzaga keladi. Lizing obyektlari bo‘yicha amortizatsiya hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 5-son) “Asosiy vositalar” ga (2004-yil 20-yanvar, ro‘yxat raqami 1299-son — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Lizingga oluvchi lizing shartnomasi muddati tugagandan keyin lizing obyektiga mulkiy egalik qilish huquqini olishiga ishonchi bo‘lmasa, u holda u quyidagilardan qaysi biri qisqaligidan kelib chiqib, lizing shartnomasi muddati davomida yoki lizing obyektining xizmat qilish muddatida to‘liq amortizatsiya qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Aniq bir davrdagi lizingga oluvchining lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (lizing bo‘yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‘lanishi kerak bo‘lgan lizing to‘lovlari summasiga teng bo‘lmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Lizing obyektini yillik qayta baholash lizingga oluvchi tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Lizing shartnomasi to‘xtatilganda lizing obyektini qaytarish, lizing shartnomasiga muvofiq lizing to‘xtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) lizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) bo‘yicha qolgan qarz o‘rtasidagi farq sifatida lizing obyektining chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar)ni aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining ko‘paygan summasi, ya’ni oldingi baholashlardagi qiymat ko‘payishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan qismi lizing obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida lizing aktiv (debitorlik qarzi) sifatida lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha, agar u past bo‘lsa, tan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Lizingga beruvchining daromadi lizing shartnomasi muddati davomida davrlar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi va lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasini o‘rnatish maqsadida lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) da aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanadigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi. Bunda, agar lizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizingga oluvchi tomonidan qoplanmasa, ular yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Obyektni lizingga berish (olish) vaqtida lizingga beruvchining daromadi (lizingga oluvchining lizing foizi bo‘yicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda lizingga beruvchining daromadi va lizingga oluvchining lizing foizi bo‘yicha xarajatlari, pulni to‘lash vaqti va kelib tushishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)ga muvofiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Keyingi lizing (qaytariluvchi lizing) sharti bilan mol-mulkni sotishga doir bitim, xuddi shu sotuvchiga uni keyinchalik lizingga qaytarish sharti bilan mol-mulkni sotishni o‘z ichiga oladi. Lizing to‘lovlari va sotish narxlari odatda o‘zaro bog‘liqdir, chunki ular haqida yagona bir narsa sifatida kelishib oladilar va ular uchun lizing obyekti qiymatini joriy narxlarda taqdim etish zarurati yo‘q.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Uzoq muddatli va qisqa muddatli ijara hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Uzoq muddatli va qisqa muddatli ijaraning subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ijaraga beruvchi — mol-mulk egasi yoki qonunchilik yoki mulk egasi tomonidan mol-mulkni ijaraga berish huquqi berilgan vakolatli shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ijarachi — ijara shartnomasiga muvofiq mol-mulkni ijaraga oluvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Uzoq muddatli ijaraning tan olinishi ijarachi va ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida xuddi lizingdagidek amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qisqa muddatli ijarada, ijara obyektiga egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tavakkalchiliklar ijarachiga o‘tmaydi va shuning uchun qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan ijara obyektlari ijarachining balansida hisobga olinmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qisqa muddatli ijarada ijarachi tomonidan hisoblangan va to‘lanadigan ijara to‘lovlari, ularni foydalanish joyiga (maqsadiga) qarab mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxiga va (yoki) davr xarajatlariga olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qisqa muddatli ijarada, ijaraga beruvchi tomonidan hisoblangan va olinadigan ijara tushumlari daromad sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ijara shartnomasida ijara obyekti, ijara muddati tugashi yoki tugamasidan, agarda shartnomada shartlashilgan sotib olish narxining barchasi ijarachi tomonidan to‘langanda ijarachining mulkiga o‘tishi ko‘zda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada ijara obyektini sotib olish ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u tomonlarning qo‘shimcha kelishuvi bilan o‘rnatilishi mumkin, unda ijara obyektidan foydalanish uchun oldin to‘langan to‘lovlar sotib olish bahosida hisobga olinishi haqida kelishish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara muddatining tugashi yoki uning tugaguniga qadar shartnomada ko‘zda tutilgan sotib olish narxini ijarachi tomonidan to‘liq kiritilgan holda va ijara obyektiga egalik qilish huquqi unga o‘tganda, u buxgalteriya hisobida ijarachining mulki sifatida hisobga olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ijarachining ijara obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari ijara obyekti qiymatini ko‘paytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijara obyekti, ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki shartnoma bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan ijara obyektini yaxshilashga sarflangan xarajatlar (quyilmalar) va ularni ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoni bo‘lmasa, ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ijaraga beruvchiga tekinga o‘tadi. Biroq, agarda ularni ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa va agar ijaraga beruvchi ularning qiymatini to‘lashga rozi bo‘lmasa, bunday hollarda ijarachi ularni o‘ziga ajratib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 5. Ma’lumotlarni ochib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Moliyaviy hisobotlarda va unga tushuntirish xatida quyidagilar ochib berilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) moliyaviy hisobotni taqdim qilish sanasida ijara (lizing) obyektlari hisoblangan aktivlar qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar. Mazkur ijara mulklari bilan bog‘liq bo‘lgan qarzlar (debitorlik yoki kreditorlik) qisqa muddatli va uzoq muddatliga ajratilgan holda boshqa qarzlardan alohida tan olinishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) umumlashtirilgan shaklda lizing bo‘yicha lizing to‘lovlariga taalluqli majburiyatlar summasi va ularni to‘lash davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) salmoqli moliyaviy cheklovlar, lizingni qayta tiklash huquqlari, lizing obyektlarini xarid qilish va lizing bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) har bir moliyaviy hisobotni tuzish sanasiga lizing to‘lovlarining qoldiq summasi va lizingga beruvchining daromadi, shuningdek lizing obyektining kafolatlangan qoldiq qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) lizing davri uchun qoplanmagan majburiyat qoldig‘iga doimiy foiz stavkasini olish uchun lizingga beruvchining daromadi (lizing bo‘yicha foizlar) ni taqsimlashda foydalaniladigan usul;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) moliyaviy hisobot tuzish sanasida ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) dan olinishi kutilayotgan kelgusi ijara (lizing) to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 292-modda)