25.02.2025 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.02.2025 yildagi 116-son
Date of entry into force
03.03.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kuzatuvlarini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmatini koʻrsatish monitoringini yuritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilar bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika nashrlarining keng doiradagi foydalanuvchilarga yetkazilishini taʼminlash maqsadida rasmiy statistikani tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etgan holda, nashrlar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari jalb etilishini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-aprelga qadar norasmiy sektor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati boʻyicha tanlanma kuzatuvlarni sinov tariqasida autsorsing mexanizmlari asosida tashkil etish natijalari boʻyicha Statistika kengashiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati soha ishtirokchilariga keng tushuntirilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 25-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-fevraldagi 116-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini (keyingi oʻrinlarda — statistika kuzatuvchilari) autsorsing asosida jalb etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing — rasmiy statistika sohasidagi ayrim statistika kuzatuvlarini amalga oshirish faoliyatini shartnoma asosida statistika kuzatuvchisiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — rasmiy statistikani tayyorlovchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv uslubiyoti — statistika kuzatuvini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan usullar, qoidalar va prinsiplar tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy statistikani tayyorlovchilar — milliy statistika tizimining bir qismi boʻlgan, statistika maʼlumotlarini rasmiy statistika sohasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlaydigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvlari — rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika uslubiyotlaridan foydalangan holda, statistika maqsadlarida amalga oshiriladigan hamda respondentlarning individual va boshqa maʼlumotlarini birlamchi toʻplash jarayonlari statistika kuzatuvlari, statistika hisoboti va tanlanma statistika kuzatuvi boʻlishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisi — rasmiy statistikani tayyorlovchilarga shartnoma asosida autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi konsalting kompaniyasi, oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — ushbu Nizomga muvofiq rasmiy statistikani tayyorlovchilarga autsorsing asosida xizmat koʻrsatish boʻyicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan statistika kuzatuvchisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buyurtmachi tomonidan statistika kuzatuvchisi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Rasmiy statistikani tayyorlovchilar Statistika dasturi doirasida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlarining, shuningdek, Statistika dasturiga kiritilmagan statistika kuzatuvlarining (roʻyxatga olish, bir martalik hisobga olish, tanlanma soʻrovlar) toʻliq yoki bir qismini autsorsing shartlari asosida amalga oshirishlari mumkin (statistika hisobotlari va statistika hisobotlarini taqdim etishning onlayn tizimidan (yeStat) foydalangan holda amalga oshiriladigan tanlanma statistika kuzatuvlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Statistika kuzatuvlarini amalga oshirish uchun statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish ishlari rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida mustaqil ravishda aniqlanadi va tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Autsorsing asosida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari respublika boʻyicha yalpi yoki maʼlum bir hudud, tarmoq, soha va yoʻnalishlar boʻyicha tanlanma usulda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorsing asosida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari koʻlami rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida mustaqil ravishda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlari rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tasdiqlanadigan statistika kuzatuvlari shakllari asosida amalga oshiriladi (zarur hollarda, statistika kuzatuvchisi kuzatuv shakli blankasi bilan oʻzaro kelishilgan shartnoma asosida taʼminlanadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlarida respondentlar va uy xoʻjaliklari ixtiyoriy asosda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Autsorsing xizmatlariga haq toʻlash miqdorlari buyurtmachi tomonidan tegishli statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy va boshqa xarajatlar) summasidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida statistika kuzatuvchisi tomonidan statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun toʻlanadigan haq miqdori ushbu statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun buyurtmachi tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan sarflanadigan barcha xarajatlardan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, autsorsing xizmatlariga narx belgilash va shartnoma tuzish jarayonlari davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida amalga oshirishni rejalashtirayotgan talabgorlarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq qarzi mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qarorni ushbu qaror qabul qilingan kunda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agar taklif Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va xarid hujjatlari talablariga muvofiq boʻlsa, u xarid komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Dastlabki elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki ish kuni ichida talabgorlar tomonidan natijalar boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida xarid komissiyasining tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan gʻolib deb topilgan talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Buyurtmachi tomonidan xarid komissiyasiga taqdim etilgan eʼtirozlar yuzasidan muhokama natijalari toʻgʻrisidagi axborot asosida xarid komissiyasi tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va bayonnoma imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Statistika kuzatuvchisini tanlash natijalari asosida gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab buyurtmachi va talabgor oʻrtasida oʻn ish kundan kechiktirmasdan shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnoma statistika kuzatuvini amalga oshirish davriyligidan kelib chiqqan holda va ushbu kuzatuvni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Statistika kuzatuvchisini tanlash natijalariga koʻra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Statistika kuzatuvchisini tanlash natijalariga koʻra tuzilgan shartnomaga muvofiq statistika kuzatuvini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻning 15 foizi oldindan oʻtkazib beriladi, qolgan 85 foizi haqiqatda kuzatuvni amalga oshirish natijasi buyurtmachiga taqdim qilingandan keyingi oyning 10-sanasiga qadar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Statistika kuzatuvchisini hamda buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Statistika kuzatuvchisi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi tomonidan belgilangan tartib, yaʼni kuzatuvlarni amalga oshirish uslubiyoti, maqsadi, vazifalari va qoidalari bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachidan statistika kuzatuvi amalga oshiriladigan hudud, kuzatuvga jalb etiladigan respondentlar soni va roʻyxati hamda kuzatuvni yakunlash muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar tannarxining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kuzatuvchisi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Statistika kuzatuvchisining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini amalga oshirish uslubiyoti, maqsadi, vazifalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilish (statistika kuzatuvlarini amalga oshirish usullari buyurtmachi tomonidan respublika boʻyicha yalpi yoki maʼlum bir hudud, tarmoq, soha va yoʻnalishlar boʻyicha tanlanma usulda oʻtkazilishi belgilanishi mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatida yetarli ish tajribasiga va koʻnikmaga ega xodimlar boʻlishi (eng kamida 1 ta iqtisodiy, statistika yoki sotsiologiya mutaxassisligiga ega oliy maʼlumotli hamda kamida 3 yil ish stajiga ega xodim boʻlishi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisi xodimlarini statistika kuzatuvini amalga oshirish tartibi va tamoyillari, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, tashkiliy hamda uslubiy asoslari boʻyicha bilimga ega boʻlishi uchun har ikki yilda Milliy statistika qoʻmitasining huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirish;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini tashkil etish va amalga oshirishda, buyurtmachi tomonidan statistika kuzatuvi amalga oshirilishi belgilangan hudud, kuzatuvga jalb etiladigan respondentlar soni toʻliq qamrab olinishini taʼminlash hamda kuzatuvni yakunlash muddatiga qatʼiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini amalga oshirishda mehnat muhofazasi qoidalariga qatʼiy amal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini belgilangan tartibda va muddatlarda sifatli tashkil etish hamda amalga oshirish, kuzatuv natijalari boʻyicha maʼlumotlarni buyurtmachiga belgilangan muddatda taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan, sifatsiz yoki belgilangan talablarga javob bermagan hollarda, buyurtmachi tomonidan qaytarilgan maʼlumotlarni zudlik bilan bartaraf etish va tuzatish kiritilgan maʼlumotlarni buyurtmachiga qayta taqdim etish (muddat buyurtmachi bilan kelishgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini amalga oshirish davrida yoki kuzatuv tugagandan keyin ham belgilangan tartibda axborot maxfiyligiga (birlamchi maʼlumotlarning, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilmasligiga) qatʼiy rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statistika kuzatuvchiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Autsorsingga topshirilgan statistika kuzatuvlarining statistika kuzatuvchisi tomonidan boshqa statistika kuzatuvchisiga berilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvlari autsorsing shartlari asosida tashkil etilishini mustaqil belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchilari tanlovini oʻtkazish va maqbul nomzodlarni tanlab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchilari tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda autsorsing shartlariga qatʼiy rioya etilishi holatini oʻrganib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvini amalga oshirayotgan statistika kuzatuvchisidan kuzatuvning sifati va samaradorligini yuqori darajada boʻlishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisining faoliyatiga aralashmagan holda, statistika kuzatuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan statistika kuzatuvi sifatining kuzatuv oʻtkazish uslubiyotiga muvofiqligini monitoring qilish va tanlanma asosida mustaqil oʻrganish (tekshirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisidan statistika kuzatuvini belgilangan tartibda va muddatlarda tashkil etish hamda amalga oshirishni, kuzatuv natijalari boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan muddatda taqdim etishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchilari tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan, sifatsiz yoki belgilangan talablarga javob bermagan hollarda, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun maʼlumotlarni statistika kuzatuvchisiga qaytarish va undan kamchiliklarni bartaraf etishni talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisi tomonidan statistika kuzatuvini amalga oshirish davrida yoki kuzatuv tugagandan keyin ham belgilangan tartibda axborot maxfiyligiga rioya etishini va ularning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligini kafolatlashni talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Buyurtmachi majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing shartlari asosida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish uslubiyotini ishlab chiqish, kuzatuvlar hajmini va kuzatish muddatini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisini statistika kuzatuvini amalga oshirish tartiblari, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, tashkiliy va uslubiy asoslari bilan tanishtirish boʻyicha oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisini elektron qurilma (planshet) orqali amalga oshiriladigan statistika kuzatuvi shakli boʻyicha dasturiy mahsulot bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisini statistika kuzatuvi amalga oshiriladigan hudud, kuzatuvga jalb etiladigan respondentlar soni va roʻyxati hamda kuzatuvni yakunlash muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda kuzatuvni amalga oshirish uslubiyoti bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda toʻlovni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tomonidan statistika kuzatuvlariga jalb etiladigan respondentlar roʻyxatini tuzishda zarur hollarda (kuzatuvda ishtirok etishdan bosh tortish, manzilda boʻlmaslik va boshqalar) ularni almashtirish imkonini beruvchi qoʻshimcha zaxira roʻyxat ham shakllantirilishi koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Autsorsing xizmatlarini tashkil etishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi boʻyicha buyurtmachi va statistika kuzatuvchisi masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Komissiya tarkibi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga statistika sohasida yetarli tajribaga ega boʻlgan kamida uch nafar mutaxassis kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritadi, jumladan, statistika kuzatuvi amalga oshirilgan respondentlar oʻrtasida tanlov asosida soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va statistika kuzatuvchisiga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika kuzatuvchisining faoliyatiga aralashmagan holda, statistika kuzatuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan statistika kuzatuvi sifatining kuzatuv oʻtkazish uslubiyotiga muvofiqligini monitoring qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Buyurtmachi kuzatuv natijalari boʻyicha statistika kuzatuvchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish maqsadida foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Autsorsing oʻtkazish davomida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Buyurtmachi

1. Toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.

2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.

3. Statistika kuzatuvchisini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Buyurtmachi

Xarid hujjatlari, shartnoma
va statistika kuzatuvchisini tanlash haqidagi eʼlonning matnini ishlab chiqib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etadi.

Statistika kuzatuvchisini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni davomida

3-bosqich

Xarid komissiyasi

Xarid hujjatlari, shartnoma
va statistika kuzatuvchisini tanlash haqidagi eʼlonning matnini koʻrib chiqadi va kelishilgan hujjatlarni buyurtmachiga yuboradi.

Uch ish kuni davomida

4-bosqich

Buyurtmachi

1. Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

2. Xarid hujjatlari, shuningdek, statistika kuzatuvchisini tanlash haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.

1. Bir ish kuni ichida

2. Talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin

5-bosqich

Talabgor

Elektron taklifni oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay

6-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Taklif etilayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini
va elektron maydonlarning toʻldirilganligini, biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.

2. Taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda talabgorning taklifini rad etadi.

3. Taklif talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qarorni talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar

Qaror qabul qilingan kunda

7-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Tanlash toʻgʻrisidagi taklifning miqdoriy koʻrsatkichlarini,
shu jumladan, narx qismini baholaydi.

2. Takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash natijalari boʻyicha dastlabki elektron bayonnomani shakllantiradi.

Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda

Avtomatik tarzda

8-bosqich

Xarid komissiyasi aʼzolari

Dastlabki elektron bayonnomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda

9-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.

2. Elektron bayonnoma muhokamasini oʻtkazadi.

Avtomatik tarzda

Ikki ish kuni ichida

10-bosqich

Xarid komissiyasi

Talabgorlardan tanlov oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu haqda tegishli elektron bayonnoma rasmiylashtiradi.

Ikki ish kuni ichida

11-bosqich

Buyurtmachi

Gʻolib deb topilgan talabgor bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.

Oʻn ish kuni ichida

12-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

Avtomatik tarzda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/116/0206-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)