Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017 09.06.1994 yildagi 292-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 09.06.1994 yildagi 292-son
Date of entry into force
09.06.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KIMYo SANOATI KORXONALARI IShINI BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI VA ULARNI YaNADA RIVOJLANTIRISh YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli ““Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustuvor tarmoqlardan biri hisoblangan kimyo sanoati respublikaning turli kimyo mahsulotlariga, shu jumladan, qishloq xoʻjaligining — mineral oʻgʻitlarga, yengil sanoatning — tolalarga, kon-metallurgiya korxonalarining — kimyoviy reagentlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga, shuningdek, respublikaning eksport imkoniyatlarini oshirishga daʼvat etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yilning I choragida xomashyo yetkazib berish qisqarishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarishda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada keskin kamayish sodir boʻldi, bu joriy yilning aprel-may oylarida yanada kuchaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yuritishning tez oʻzgarayotgan shart-sharoitlari tarmoq korxonalari rahbarlarining unga tayyor emas ekanliklarini koʻrsatdi. Ular tomonidan parchalangan oldingi xoʻjalik aloqalari oʻrniga yangi, bozor munosabatlariga mos xoʻjalik aloqalarini yaratish boʻyicha faol ish olib borilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi ikki yilda tarmoqni texnika bilan qayta jihozlashga moʻljallangan markazlashgan mablagʻlarning yoʻqligi tufayli asosiy fondlarning faol ishlatiladigan qismidagi eskirish 50 foizdan ortib ketdi. Bunday ahvol kimyo korxonalari texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarining jiddiy yomonlashuviga olib keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-apreldagi 161-f-son farmoyishiga muvofiq,tashkil etilgan. Hukumat komissiyasining materiallarini koʻrib chiqib hamda kimyo sanoatidagi ahvolni barqarorlashtirish, respublikada kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni taʼminlash, hisob-kitoblardagi tanglikni bartaraf etish va korxonalarning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hukumat komissiyasining “Kimyo sanoatidagi ahvolni barqarorlashtirish chora-tadbirlari va uni yanada rivojlantirish yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu narsa qayd qilinsinki, tarmoqda texnika va investitsiya siyosati ishlab chiqilmaganligi, bozor munosabatlariga oʻtishning aniq tashkiliy chopa-tadbirlari yoʻqligi, korxonalar ishi strategik istiqbolini belgilash masalalari yetarlicha ishlab chiqilmaganligi ishlab chiqarishning ahvoliga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupov, Yoqubov, Sagatov) va koʻpchilik korxonalar rahbarlari tomonidan korxonalar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda tashabbuskorlik va qatʼiyat zarur darajada namoyon boʻlmayapti, boqimandachilik kayfiyatiga barham berilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yilning shu davrigacha boʻlgan faoliyat natijalariga koʻra “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining ishi qoniqarsiz deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kimyo sanoati korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish boʻyicha doimiy ishlovchi idoralararo komissiyaning tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda tasdiqlangan tamoyilga muvofiq jahon darajasiga mos keluvchi asosiy fondlarni qayta tiklashni, raqobatga qobil mahsulotlar ishlab chiqarishni, shuningdek korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni nazarda tutuvchi kimyo tarmogʻini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning yil mobaynida bir maromda ishlashini taʼminlash uchun bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda respublikada va uning tashqarisida mineral oʻgʻitlarni toʻplash uchun konsignatsiya omborlarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqsin. Zaruriyat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni yukni oluvchi tomonidan mahsulotni yetkazib berish transport xarajatlarini qoplash uchun zarur boʻlgan miqdorda oldindan haq toʻlash taʼminlangan holda MDH mamlakatlariga va eksportga franko-zavod shartlarida sotishni tatbiq qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaga fosforit kukuni yetkazib berilishini barqarorlashtirish maqsadida “Koratau” aksionerlik jamiyati bilan fosforitni qazib olish va fosforli oʻgʻitlarni sotuvchi qoʻshma korxona tashkil etish masalasini hal qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1994-yilning iyun—dekabr oylarida kimyo korxonalari ishini tiklash va barqarorlashtirish, xomashyo, materiallarning nihoyatda zarur turlarini va texnologik uskunalar uchun ehtiyot qismlarni xarid qilishni taʼminlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi 1994-yilda Respublika valyuta fondidan “Oʻzkimyosanoat” korxonalariga 3 yil muddatga 10 mln. AQSh dollari, Markaziy bank esa — Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan berilgan kreditdan 55 mlrd. rubl miqdorida foizsiz kredit ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 1994-yilning IV choragida Vazirlar Mahkamasiga 1995-yilda korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlash va ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Oʻzkimyosanoat” korxonalariga 5 yil muddatga Rossiya Federatsiyasining ajratilgan rubllarini soʻm-kuponda qoplash uchun zarur miqdorda imtiyozli kredit ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kimyo sanoati korxonalarining faqat davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlari narxini unga nisbatan rentabellikning darajasini cheklash yoʻli bilan belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligiga yetkazib berilgan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari uchun oʻz vaqtida hisob-kitobni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1994-yil iyun oyida “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” respublika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga 250 mlrd. soʻm-kupon miqdorida maqsadli kredit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaziy banki bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilarining mahsulot yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tizimini, qarzlarni hosil yigʻib olinganidan keyin toʻlanadigan veksel muomalasini, fyucher operatsiyalarini keng yoyish yoʻli bilan takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ozuqa moddalarining oʻzlashtirilishida jahon darajasiga erishish uchun mineral oʻgʻitlarni solish va qoʻllashning zamonaviy usullari boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligini oʻgʻitlarning har xil turlari bilan doimiy taʼminlashning balanslangan sxemasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Asosiy fondlarning faol ishlovchi qismining tez eskirishi munosabati bilan va ularni oʻz vaqtida tiklash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining asosiy fondlar qiymatiga amortizatsiya ajratmalari undirishni tezlashtirish (ammo ikki martadan ortiq emas) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin, bunda budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan ajratmalar umumtarmoq maqsadidagi masalalarni hal etish uchun tarmoqning investitsiya fondida jamlash uchun “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ixtiyorida qoldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yilda davlat ehtiyojlari uchun belgilangan eksport kvotalari (markazlashtirilgan eksport) hajmida xorijda sotilgan kimyo mahsulotlari uchun chet el valyutasida olinadigan tushum bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ixtiyorida toʻliq qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari 1994—1996-yillarda MDH subyektlari bilan savdo operatsiyalaridan olingan tushumdan 15 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotishdan, bu shartni barter asosida mahsulot yetkazib berishga ham joriy qilgan holda, istisno tarzida ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh vazir oʻrinbosarlari Oʻ.T.Sultonov, B.S.Hamidov “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbar xodimlarini bozor oʻtish sharoitlarida korxonalarni zamonaviy boshqarish masalalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etsinlar. Oʻqitishga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat mulki qoʻmitasining xodimlari, shuningdek, chet eldan mutaxassislar jalb qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Mutalov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
292-son