13.01.2025 yildagi O‘RQ-1017-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.01.2025 yildagi O‘RQ-1017-son
Date of entry into force
15.01.2025
Hujjat 15.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 30-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlari — kosmik faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan yer usti inshootlari, binolari va texnikalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerni masofadan zondlash — kosmik apparatlarga va boshqa qurilmalarga (samolyot, vertolyot, uchuvchisiz uchish apparatlari va boshqalarga) oʻrnatilgan uskunalar orqali yer ustidagi va yer qaʼridagi obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerni masofadan zondlash milliy operatori (bundan buyon matnda Milliy operator deb yuritiladi) — kosmik tizimlarni boshqarish va (yoki) ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan, kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik apparat — kosmik fazoni va Yerni tadqiq etish imkonini beradigan, kosmik fazoga uchirish uchun moʻljallangan texnik qurilma, shu jumladan sunʼiy yoʻldosh apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik monitoring — kosmik xizmatlarning kosmik monitoring obyektlari holatini kosmik apparatlar yordamida olingan kosmik suratlarga, shuningdek boshqa qoʻshimcha maʼlumotlarga ishlov berish hamda ularni tahlil qilish orqali oʻrganishga qaratilgan tarkibiy qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik obyekt — kosmik fazoda ishlash uchun moʻljallangan texnik qurilma, shu jumladan kosmik apparat va (yoki) uni kosmik fazoga olib chiqish vositasi hamda ularning tarkibiy qismlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik surat — kosmik apparatlarga oʻrnatilgan maxsus qurilmalar yordamida elektromagnit spektrining turli diapazonlarida olingan va maʼlum bir algoritm boʻyicha vizuallashtiriladigan ikki oʻlchovli tasvir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik texnologiyalar — kosmik faoliyatni amalga oshirish, shuningdek ushbu faoliyat natijalarini olish va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan axborotni va (yoki) maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, ularga ishlov berish hamda ularni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, vositalar, usullar va jarayonlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tizim — kosmik fazoni va Yerni tadqiq etish hamda uning natijalaridan foydalanish uchun moʻljallangan, kosmik obyektlarni va yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlarini oʻz ichiga oladigan, funksional jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlgan texnik vositalar hamda amaliy ishlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik fazo — Yer atmosferasidan tashqaridagi havo hududini oʻzining tabiiy xususiyatiga koʻra oʻrab turadigan, kosmik obyektlar oʻz funksional vazifalarini amalga oshira oladigan fazo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat — ilm-fan, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga, tijoratga, mudofaaga, xavfsizlikka oid maqsadlarga va boshqa sohalarga oid maqsadlarga erishish uchun kosmik texnologiyalar vositasida kosmik fazoni va Yerni tadqiq etishga hamda ulardan foydalanishga qaratilgan faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat obyektlari — kosmik faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan kosmik infratuzilma obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat subyektlari — kosmik faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shu jumladan ushbu Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik xizmatlar — kosmik maʼlumotlardan, kosmik va raqamli texnologiyalardan iborat boʻlgan geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda, shu jumladan kosmik monitoring orqali koʻrsatiladigan xizmatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Kosmik faoliyatning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatidan va kosmik faoliyat imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik texnologiyalardan foydalangan holda sohalarning raqamlashtirilish darajasini hamda shaffofligini oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash va uni ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni amalga oshirishda ekologik talablarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga doir talablarga rioya etilishi ustuvorligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerni, kosmik fazoni va samoviy jismlarni tadqiq etish, shuningdek ular toʻgʻrisidagi ilmiy bilimlarni toʻplash va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik texnologiyalar yordamida sohalarning raqamlashtirilishini jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiyaga, tijoratga oid sohalar va boshqa sohalarning manfaatlarini koʻzlagan holda mamlakat hududini kosmik texnologiyalar yordamida tadqiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasida kosmik xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqlim oʻzgarishining oldini olish va uning taʼsirini yumshatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududini doimiy ravishda monitoring qilib borishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kosmik faoliyat sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik fazoni va sayyoralarni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish hamda kosmik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish, shuningdek uning mudofaasini va xavfsizligini mustahkamlash maqsadida kosmik faoliyat natijalaridan foydalanish, kosmik obyektlarni yaratish va (yoki) uchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik xizmatlarning milliy bozorini yaratish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik infratuzilmani, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni, ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarida kosmik faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligini Yerni masofadan zondlashdan, geoaxborot tizimlaridan, kosmik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz boʻysunuvida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalarga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarga mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq maxsus topshiriqlar va vazifalarni bajarishda geoaxborot tizimlaridan, kosmik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tarmoqlaridagi qonunchilik buzilishi hollarini kosmik suratlarga ishlov berish va ularni tahlil qilish orqali aniqlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar tomonidan faoliyatning tegishli sohalarida amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllashga doir takliflarni ishlab chiqish va ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlarda vazirliklar va idoralar tomonidan kosmik texnologiyalarning qoʻllanilish darajasini monitoring qilish hamda ularning joriy etilishini jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni ommalashtirishga doir ishlarni ilm-fan va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geoaxborot maʼlumotlar bazasini toʻldirish va yangilab borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanishdan chiqarilgan kosmik obyektlarni va texnik vositalarni utilizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda hamda strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik infratuzilmani, kosmik tadqiqotlarni va texnologiyalarni, ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarida kosmik faoliyatning yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligini Yerni masofadan zondlashdan, geoaxborot tizimlaridan, kosmik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz boʻysunuvida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalarga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarga mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq maxsus topshiriqlar va vazifalarni bajarishda geoaxborot tizimlaridan, kosmik hamda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik monitoring obyektlarida kosmik monitoring, shu jumladan davlat kosmik monitoringi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqqa mansubliligi boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllashga doir takliflarni ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlarda vazirliklar va idoralar tomonidan kosmik texnologiyalarning qoʻllanilish darajasini monitoring qiladi va ularning joriy etilishini jadallashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni ommalashtirish boʻyicha ishlarni ilm-fan va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni amalga oshirish chogʻida kuzatishlarni olib boradi, olingan maʼlumotlarni toʻplaydi, ularga ishlov beradi, ularni tahlil qiladi, saqlaydi va ulardan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanish bilan bogʻliq xalqaro-huquqiy masalalarni hal qilishga koʻmaklashadi hamda xalqaro majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik suratlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni tarqatish tartibini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik fazoga uchiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining kosmik obyektlarini xalqaro standartlarga va qonunchilikka muvofiq tamgʻalashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga va ikki xil maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni ishlab chiqishga, ishlab chiqarishga va yetkazib berishga hamda kosmik infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga doir davlat mudofaa buyurtmasini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki xil maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda belgilaydi va tegishli tadqiqotlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy operatorni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqadi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyat sohasidagi dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlik doirasida maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyat sohasidagi manfaatlarini ifoda etadi va amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi va ushbu yoʻnalishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning kosmik faoliyat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni hamda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda ikki xil maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlagan holda, kosmik texnologiyalardan foydalanishni rejalashtiradi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilishi kosmik faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnikani yaratishga, ishlab chiqarishga va yetkazib berishga doir davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni hamda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda ikki xil maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni hamda maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda ikki xil maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va istiqbollarini belgilash boʻyicha tizimli tadqiqotlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan kosmik texnologiyalarning sinovdan oʻtkazilishini maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlagan holda, kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosati boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kosmik loyihalari va dasturlarini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik texnologiyalarning harbiy maqsadlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlagan holda, kosmik faoliyat sohasidagi istiqbolli yoʻnalishlarni rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kosmik faoliyatni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Kosmik faoliyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlar kosmik faoliyatning ilmiy jihatdan kuzatib borilishini taʼminlashni, kosmik texnologiyalarning yangi namunalarini ishlab chiqishni, kosmik texnologiyalarni rivojlantirishga, joriy etishga va ulardan foydalanishga yoʻnaltirilgan kosmik sinovlarni, fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyihalar doirasida amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik tizimlarni yaratish boʻyicha loyihalar ilmiy tadqiqotlarni, ishlanmalarni hamda kosmik faoliyat obyektlarini va ularning tarkibiy qismlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish, oʻrnatish, qurish, sinovdan oʻtkazish, shuningdek ulardan foydalanish jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat sohasidagi ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyihalar hamda kosmik tizimlarni yaratish boʻyicha loyihalar olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni, jamoat tashkilotlarini, Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlarini, shuningdek xalqaro ekspertlarni va chet davlatlarning olimlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Kosmik tizimlarning turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yerni masofadan zondlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik monitoring;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kosmik monitoringi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik aloqa tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Yerni masofadan zondlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy operator ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga, tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek mamlakat mudofaasi va xavfsizligi ehtiyojlari uchun Yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini olishni rejalashtirish, olish, ularga ishlov berishni, ularni saqlash va tarqatishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda Milliy operator Yerni masofadan zondlashga doir maʼlumotlarni vazirliklar hamda idoralarga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Kosmik monitoring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik monitoring Milliy operator tomonidan mahalliy va (yoki) xorijiy kosmik apparatlar va texnologiyalar vositasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq mulkchilik shakli, huquqiy rejimi va xususiyatidan qatʼi nazar, yer usti, kosmik fazo va ularda joylashgan barcha obyektlar, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatli hodisalar kosmik monitoring obyektlari deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik monitoring vazirliklar va idoralarga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga kosmik xizmatlar koʻrsatish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik monitoring quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar kelgusi yil uchun kosmik xizmatlarga, jumladan ushbu xizmatlarning hajmi, davriyligi va ularni taqdim etish muddatlari haqidagi, shu jumladan kosmik monitoringga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (shunday ehtiyoj mavjud boʻlganda) har yili 20-iyulga qadar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi taqdim etilgan maʼlumotlar asosida ehtiyojlarni oʻrganadi va maqbullashtiradi hamda kelgusi yilning oxiriga qadar kosmik xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat kosmik monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kosmik monitoringi kosmik monitoring obyektlarida sodir boʻlayotgan jarayonlar va oʻzgarishlar tamoyillarini davlat manfaatlarini koʻzlagan, kosmik texnologiyalardan foydalangan holda oʻrganishdan, shu jumladan Yerni masofadan zondlash maʼlumotlariga va boshqa maʼlumotlarga ishlov berishdan hamda ularni tahlil qilishdan, shuningdek qonunchilikning buzilishi hollarini aniqlashga koʻmaklashishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kosmik monitoringi faqat Milliy operator tomonidan amalga oshiriladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kosmik monitoringi ushbu moddaning toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi davlat kosmik monitoringini amalga oshirish maqsadida zarur birlamchi maʼlumotlarni tegishli vazirliklar va idoralardan soʻrab oladi hamda ularni Milliy operatorga uzatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy operator davlat kosmik monitoringini amalga oshiradi va taqdim etilgan maʼlumotlar bilan solishtirib, kosmik monitoring obyektlarida sodir boʻlayotgan jarayonlar va oʻzgarishlar tamoyillarini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy operator davlat kosmik monitoringi natijalari asosida tegishli maʼlumotlarni tayyorlaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi Milliy operator tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi, axborot-tahliliy maʼlumotnomani tayyorlaydi hamda tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi, shuningdek ushbu maʼlumotnoma asosida vazirliklar va idoralar tomonidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi axborotni soʻrov boʻyicha oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi davlat kosmik monitoringining natijadorligi toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Kosmik aloqa tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik aloqa tizimi maʼlumotlar, audio- va videosignallar hamda boshqa turdagi axborotni kosmik apparatlar orqali uzatishni taʼminlash uchun moʻljallangan kosmik va yerdagi komponentlar majmuidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik aloqa tizimi yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning kosmik apparatlar transponderlariga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash uchun moʻljallangandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik apparatlar transponderi deganda signallarni qabul qilish, kuchaytirish va qayta uzatish uchun moʻljallangan elektron qurilma tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi deganda kosmik apparatlarning signallari yordamida kosmik fazo va Yerdagi obyektlarning koordinatalari, tezligi va vaqtini aniq belgilashni taʼminlash uchun moʻljallangan texnika vositalari, dasturiy taʼminot va amaliy ishlar majmui tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimidan kosmik fazodagi va Yerdagi obyektlarning joylashuvini hamda harakatini yuqori darajadagi aniqlik va ishonchlilik bilan aniqlash hamda kuzatish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Kosmik raketa komplekslaridan (kosmodromlardan) foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik raketa komplekslaridan (kosmodromlardan) kosmik obyektlarni kosmik fazoga olib chiqish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik obyektlarni kosmik raketa komplekslaridan (kosmodromlardan) foydalangan holda kosmik fazoga uchirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Kosmik faoliyatni litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Kosmik tizimlarni yaratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik tizimlarni yaratish ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini, kosmik tizimlarni hamda ularning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishni, ishlab chiqarishni, oʻrnatishni, qurishni va sinovdan oʻtkazishni, shuningdek ularni foydalanishga topshirishni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kosmik obyektlarini tamgʻalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik fazoga uchirilgan kosmik obyektlari xalqaro standartlarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tamgʻaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish uchun utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan kosmik obyektlarning va texnika vositalarining roʻyxatini maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish tanlangan texnologiyalarga hamda iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga qarab, ulardan foydalanish (ularni saqlash) joyida yoki kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilishga doir ishlar, ekologiya, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, oʻlchovlarning bir xilligini taʼminlash va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash sohasidagi talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishdan chiqarilgan kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish tartibi xalqaro shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Kosmik faoliyat obyektlarini ijaraga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat obyektlarini kosmik faoliyat subyektlariga ijaraga berish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kosmik infratuzilma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kosmik infratuzilma obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik infratuzilma obyektlari kosmik faoliyatning asosini tashkil etadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik obyektlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik infratuzilma obyektlari muhim strategik ahamiyatga ega obyektlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer usti kosmik infratuzilmasi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental kosmik tadqiqotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan kosmik texnologiyalar va kosmik raketa komplekslarini ishlab chiqarish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmodromlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik raketalardan ajralib chiquvchi qismlarning qulash hududlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik obyektlarni yerdan boshqarish komplekslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik obyektlardan maʼlumotlarni olish, ularga ishlov berish va ularni tarqatish uchun moʻljallangan yer usti majmualari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatda foydalaniladigan boshqa yer usti inshootlari va texnika vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer usti kosmik infratuzilmasining xavfsizligini va undan xavfsiz foydalanilishini taʼminlash uchun qoʻriqlanadigan yer uchastkalari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kosmik faoliyat xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Kosmik faoliyat xavfsizligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat odamlarning sogʻligʻi saqlanishini, atrof-muhit muhofaza qilinishini hamda yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini taʼminlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat xavfsizligi belgilangan xavfsizlik qoidalariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek tegishli tarmoqlardagi vakolatli organlar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat natijasida jismoniy shaxslarning sogʻligʻiga, atrof-muhitga, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek davlatning mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro jarohat olganda yoki sogʻligʻi boshqacha tarzda shikastlanganda unga u oladigan yoki biror-bir tarzda olishi mumkin boʻlgan, yoʻqotilgan ish haqi (daromadi), shuningdek sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, shu jumladan davolanish, qoʻshimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protezlar oʻrnatish, uni parvarishlash, sanatoriyda davolanish, maxsus transport vositasini sotib olish hamda boshqa kasbga tayyorlanishi xarajatlari, agar jabrlanuvchining ushbu yordam va parvarishlash turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, kompensatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik obyekt uchirilguniga qadar kosmik faoliyat subyektlari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi vakolatli davlat organiga raketadan ajralib chiquvchi qismlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qulash joylari koordinatalarini yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik obyekt uchirilishi natijasida odamlar yoki hayvonlar halok boʻlgan, shuningdek fuqarolarga va atrof-muhitga zarar yetkazilgan taqdirda, kosmik faoliyat subyektlari yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el yuridik yoki jismoniy shaxslariga tegishli boʻlgan kosmik obyekt kosmik fazoga uchirilganda yoki u Yerga qaytayotganda faqat maxsus vakolatli davlat organi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan oldindan kelishilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining havo hududi orqali xavfsiz uchib oʻtishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Kosmik faoliyatni amalga oshirish natijasida roʻy bergan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatni amalga oshirish natijasida roʻy bergan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Kosmik faoliyat taʼsir qilgan hududlarda atrof-muhitning va aholi sogʻligʻining holatini ekologik nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatning atrof-muhitga, tabiiy resurslarga va aholi sogʻligʻiga taʼsirini nazorat qilish ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik faoliyatni amalga oshirish chogʻida atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq favqulodda vaziyat yuzaga kelishi xavfi toʻgʻrisida yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi haqida aholini xabardor qilish aholiga xabar berish va uni xabardor qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Kosmik faoliyatni amalga oshirishdagi cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdidni yuzaga keltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qirgʻin qurolini kosmik fazoga chiqarish, joylashtirish yoki sinovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatish uchun kosmik texnologiyalardan va (yoki) samoviy jismlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik fazoni ifloslantirishning oldini olishga doir xalqaro normalar va standartlarni buzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Kosmik faoliyatni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyatni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, shuningdek Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorligi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga rioya qilish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xalqaro kosmik faoliyat bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro kosmik xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi xalqaro shartnomalar asosida, xalqaro kosmik tashkilotlar va Xalqaro elektraloqa ittifoqining tavsiyalari inobatga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyat sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kosmik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar) 1-ilova 41-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 22-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan foydalanishdan chiqarilgan kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizatsiya qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 13-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1017-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2025-y., 03/25/1017/0033-son)