17.09.2019 yildagi 781-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2019 yildagi 781-son
Date of entry into force
18.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi oʻz faoliyatini boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekkosmos” agentligi unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Agentlik ikki oy muddatda zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekkosmos” agentligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga muvofiq “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga zarur mablagʻlar joriy yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil parametrlari doirasida ajratilishini taʼminlasin, 2020-yildan boshlab esa koʻrsatilgan maqsadlarga zarur budjet mablagʻlari har yili ajratilishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4 ta yengil, shu jumladan 1 ta navbatchi xizmat avtomobilini saqlashga limit belgilagan holda, xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq moddiy-texnik bazani shakllantirish va Agentlik xodimlariga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “Oʻzbekkosmos” agentligini joylashtirish boʻyicha ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekkosmos” agentligini zarur aloqa turlari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekkosmos” agentligining buyurtmanomalariga binoan unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekkosmos” agentligi buyurtmanomalariga binoan unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning ikki oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
781-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 781-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekkosmos” agentligi deb ataladi) maqomi, funksiyalari, maqsadlari, vazifalari, huquqlari, faoliyatining tashkiliy asoslari va majburiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekkosmos” agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekkosmos” agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekkosmos” agentligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekkosmos” agentligi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekkosmos” agentligining rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgani — “Oʻzbekkosmos” agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq — The Space Research and Technology Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgani — “Uzbekspace” agency;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq — Agentstvo kosmicheskix issledovaniy i texnologiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgani — Agentstvo “Uzbekkosmos”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatning zarur darajada rivojlanishini taʼminlash, sohaga tegishli va u bilan bogʻliq ishlar bajarilishini, xizmatlar koʻrsatishni tashkil qilish maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tarmoq infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsiya ishlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatning barcha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni, jumladan, yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stratosfera va uchuvchisiz boshqa uchish apparatlari, shuningdek, yerni masofadan turib zondlash va yoʻldoshli aloqa kosmik apparatlarini qoʻllash orqali davlat organlariga vazifalarni hal etish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni kosmik faoliyat sohasiga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik va yoʻldosh texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliya resurslarining keng jalb etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatning ayrim yoʻnalishlari tijoratlashtirilishini ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kosmik monitoringini amalga oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaviy tegishliligi boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohalarda vazirliklar va idoralar tomonidan kosmik texnologiyalar qoʻllanilishi darajasini monitoring qilish va joriy etilishini jadallashtirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 688-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2022-y., 09/22/688/1065-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekkosmos” agentligi kosmik faoliyatni rivojlantirish sohasida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik sohasidagi faoliyat davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tarmoqning tashkiliy-amaliy, moliya-resurs bazasini doimiy takomillashtirishga yoʻnaltirilgan kosmik faoliyatning ustuvor yoʻnalishlari sohasida, jumladan, ilmiy-texnik va investitsiya siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek, kosmik infratuzilma obyektlarini yanada rivojlantirish va ularning xavfsiz faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish va samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, texnik reglamentlar, davlat standartlari, davlat va sohaga oid statistika hisoboti shakllari va “Oʻzbekkosmos” agentligi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa idoralararo hujjatlarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa muassasalar bilan birgalikda kosmik faoliyat sohasida, shu jumladan raketa-kosmik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda axborot texnologiyalari kosmik kommunikatsiyalaridan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, tarmoq dasturiy mahsulotlarining ishlab chiqilishini va joriy etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda milliy telekommunikatsiya yoʻldoshining ishga tushirilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining kosmik aloqa kompleks tizimi loyihasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot, fan, mudofaa va xavfsizlikning muhim sohalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududini kosmos orqali masofadan zondlash, Yerni masofadan zondlash milliy yoʻldoshining ishga tushirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro talablarga mos keluvchi kosmik tarmoq obyektlarini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot, fan, mudofaa va xavfsizlik boʻyicha turli sohalar manfaatlarida zamonaviy yoʻldoshli navigatsiya tizimidan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi uchun masʼul tuzilmalarning maxsus buyurtmalariga binoan ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining turli tarmoq sohalarida kosmik tarmoq yutuqlari va imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirish manfaatlarida Yer, kosmik fazo, sayyoralar va Quyoshni tadqiq etishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududi ustidagi fizik jarayonlarni va atmosferaning kimyoviy tarkibini oʻrganish uchun choʻllanish, tuproqlarning shoʻrlanish jarayonlarini hisobga olib, geofizik raketalar va zond-sharlarni qoʻllash dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiyalar, Yerni masofadan zondlash, mudofaa va xavfsizlikning alohida vazifalarini hal qilish uchun xorijiy tajribani hisobga olib, stratosfera uchish apparatlarini (dirijabllarni) oʻrganish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari asosida yerning lokal uchastkalarini tezkor yuqori aniqlikda masofadan zondlash, Oʻzbekiston Respublikasining kosmik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari manfaatlarida muqobil energetika texnologiyalarining qoʻllanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirishni taʼminlaydi hamda “Oʻzbekkosmos” agentligi va uning idoraviy mansub boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻta zararli sharoitlarda ishlaganlik uchun qoʻshimcha toʻlov hajmini belgilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va asoslaydi, sohada mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida kosmik texnika va texnologiyalardan foydalanish sohasida normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi yoʻnalishlarda kosmik texnologiyalarni qoʻllovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalaydi: ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash va sinovdan oʻtkazish, oxirgi isteʼmolchilarga kosmik xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida kadrlarni tayyorlash, jumladan, yetakchi chet el oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida va oʻquv markazlarida ularning malakasini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari va xorijiy tajribani hisobga olib, kosmik texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha taʼlim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik xalqaro kosmik loyihalar doirasida, shu jumladan xalqaro boshqariladigan kosmik stansiyalar va sayyoralararo ekspeditsiyalar faoliyatida ishtirok etish uchun kosmonavtlarni (astronavtlarni) tayyorlash boʻyicha hamkorlik maqsadida xorijiy davlatlarning tashkilotlari va kompaniyalari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tarmoqqa investitsiya kiritishga yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish ishlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekkosmos” agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar va tashkilotlardan “Oʻzbekkosmos” agentligi vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida, shu jumladan boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari va dasturlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda, “Oʻzbekkosmos” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda majlislar chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va oʻquv muassasalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyat sohasidagi joriy va strategik vazifalarni, dolzarb muammolar va amaliy yutuqlarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va nashriyot organlarini taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida “Oʻzbekkosmos” agentligining mulkini belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga begʻaraz foydalanish huquqi asosida topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga xizmat koʻrsatish, inventarlar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash hamda ulardan foydalanish ishlarini bajarish, dasturiy taʼminotni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzbekkosmos” agentligining ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda mehnatini ragʻbatlantirishning yagona tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, forumlarda va maydonlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyati sohasiga taalluqli masalalarni ishlab chiqish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik faoliyatni rivojlantirish masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar loyihalarini kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi va idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarini tajriba orttirish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalar, biznes-forumlar va boshqa yoʻnalishdagi tadbirlarda ishtirok etish uchun xorijiy davlatlarga belgilangan tartibda yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi va idoraviy mansub tashkilotlarda ishlash uchun kosmik texnologiyalar boʻyicha xorijlik yetakchi mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan hollarda, tegishli sohaning olimlari va mutaxassislaridan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun vaqtincha ishchi guruhlarni tashkil qilish, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlarni ushbu ishga shartnoma asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomda belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun yoʻnaltirilgan va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekkosmos” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, kosmik tarmoqni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada kosmik faoliyatni rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tarmoq sohasida texnik tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi, rivojlanishning uzoq muddatli, oʻrta muddatli va yillik dasturlari ishlab chiqilishi, ularning amalga oshirilishi va keyinchalik tizimli monitoring qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tarmoq uchun oliy va maxsus kasb-hunar maʼlumotiga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularning mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlari takomillashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishish doirasida uning ishlari sifatli tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan loyihalar sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shuningdek, “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni amalga oshirishning yakuniy natijalariga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kosmik tarmoqni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar “Oʻzbekkosmos” agentligi bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish va ularni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, “Oʻzbekkosmos” agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dasturlar va tadbirlar bajarilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Bosh vazir maslahatchilarining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik yuzasidan “Oʻzbekkosmos” agentligi mansabdor shaxslarining vakolatlarini va shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, “Oʻzbekkosmos” agentligi va mansabdor shaxslarning har chorakdagi ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, “Oʻzbekkomos” agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq “Oʻzbekkosmos” agentligining qonun loyihalari boʻyicha faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligiga taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ular moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta oʻtkazilishini, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekkosmos” agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekkosmos” agentligi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlari tomonidan “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzbekkosmos” agentligi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon yaratadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlarni qabul qilish, koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida “Oʻzbekkosmos” agentligining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish, “Oʻzbekkosmos” agentligining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish va ularni davlat mukofotlari bilan mukofotlashga tavsiya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarini qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida bundan keyin qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar “Oʻzbekkosmos” agentligi bosh direktori oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi tarkibiy boʻlinmalarining xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining qarorlari, bosh direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning har chorakdagi ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlashga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlimlarga yuklangan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun “Oʻzbekkosmos” agentligi rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda bosh direktorga takliflar berish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, keyinchalik ularni koʻrib chiqish uchun “Oʻzbekkosmos” agentligi tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ularga viza qoʻyishni tashkil etish, ularni “Oʻzbekkosmos” agentligi rahbariyati tomonidan imzolash (viza qoʻyish), ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining vakolati doirasida “Oʻzbekkosmos” agentligiga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularning moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzbekkosmos” agentligi tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon yaratadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligi rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekkosmos” agentligining bosh direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining ushbu Nizomning 10-bandida nazarda javobgarlik sohalari boʻyicha vazifalarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzbekkosmos” agentligi bosh direktorining oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli va toʻliq hajmda bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Agentlik rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzbekkosmos” agentligining bosh direktori, bosh direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining bosh direktori oʻz maqomiga koʻra vazirning birinchi oʻrinborsariga, bosh direktorning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining bosh direktori “Oʻzbekkosmos” agentligining yakka ijro etuvchi organi hisoblanadi va uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligi bosh direktori va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bosh direktor “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining lavozim funksiyalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va majburiyatlarini taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor boʻlmaganda, uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari bajarishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik nizomlari bosh direktor tomonidan tasdiqlanadigan ekspertlar kengashi va boshqa maslahat organlarini tashkil etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. “Oʻzbekkosmos” agentligining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Oʻzbekkosmos” agentligi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish diorasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash davriyligi “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyati samaradorligini va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkosmos” agentligining rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlashtirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Oʻzbekkosmos” agentligining faoliyati samaradorligini va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Oʻzbekkosmos” agentligining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlariga muvofiq jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) resurslari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarma mablagʻlaridan Moliya vazirligida roʻyxatga olinadigan xarajatlar smetasi asosida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy ragʻbatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) koʻp yillik xizmati uchun 1 yildan 3 yilgacha — 0,2; 3 yildan 5 yilgacha — 0,3; 5 yildan 10 yilgacha — 0,4; 10 yildan 15 yilgacha — 0,5; 15 yildan 20 yilgacha — 0,6; 20 yildan 25 yilgacha — 0,7; 25 yildan ortiq — 0,8 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2022-y., 09/22/688/1065-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. “Oʻzbekkosmos” agentligining hisobdorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Oʻzbekkosmos” agentligining bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga “Oʻzbekkosmos” agentligi faoliyati natijalari toʻgʻrisida muntazam hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Faoliyat monitoringi va uni baholash yakunlari boʻyicha “Oʻzbekkosmos” agentligining mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va oʻz vaqtida bajarganlik uchun ragʻbatlantirish yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlik choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Oʻzbekkosmos” agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 781-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 73-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“73. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Toshkent” aeroportining VIP zalida bepul xizmat koʻrsatilishi huquqiga ega boʻlgan diplomatik missiyalar mansabdor shaxslari va xodimlarining toifalari roʻyxatiga (1-roʻyxat) quyidagi mazmundagi 6.5-kichik band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6.5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining bosh direktori va uning oʻrinbosarlari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida Rasmiy delegatsiyalar zalida bepul xizmat koʻrsatilishi huquqiga ega boʻlgan diplomatik missiyalar mansabdor shaxslari va xodimlarining roʻyxatiga (1-roʻyxat) quyidagi mazmundagi 6.7-kichik band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6.7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining bosh direktori va uning oʻrinbosarlari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2019-y., 09/19/781/3768-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 05.12.2022-y., 09/22/688/1065-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)