30.12.2024 yildagi 919-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.12.2024 yildagi 919-son
Date of entry into force
13.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Tarixiy obyektlar va turizm rivojlanmagan hududlarda mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududlarda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)lar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda toifali (yulduzli) mehmonxonalarni qurish xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga 2-ilovadagi tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda subsidiya mehmonxonalarning toifasi hamda kichik otellarning xonalar sonidan kelib chiqqan holda, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi qurilgan (rekonstruksiya qilinmagan) mehmonxonalar va kichik otellar uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatish davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarni koʻrib chiqishni kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻzining rasmiy veb-saytida tarixiy obyektlar va turizm rivojlanmagan hududlarda mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
919-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qaroriga
1-ILOVA

YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda quriladigan mehmonxonalar hamda respublikaning mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larida kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) ajratiladigan mablagʻlar doirasida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor — mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik otel — hududning turistik imkoniyatlaridan kelib chiqib, joylashtirish vositasining toʻlaqonli ishlashi uchun sigʻimi 10 tadan 30 ta xonagacha boʻlgan mehmonxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya — investorlarga YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar va respublikaning mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larida kichik otellar qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan bir marta ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarixiy obyektlar bufer zonasi — YUNESKOning Umumjahon merosi markazi tomonidan beriladigan xulosaga koʻra tarixiy obyektlarga tutash hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi qurilgan mehmonxona (keyingi oʻrinlarda — mehmonxona) — tasdiqlangan loyiha asosida kapital bino va inshoot sifatida qurilgan yoki oxirgi oʻn yilda mehmonxona fondida mavjud boʻlmagan holda qayta qurilgan yoxud qurilish jarayonida oʻzgartirilgan loyiha boʻyicha joylashtirish vositasi sifatida yangi qurilib ishga tushirilgan koʻchmas mulk obyekti, rekonstruksiya qilingan mehmonxona bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Subsidiya YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda quriladigan qavatlar sonidan qatʼiy nazar mehmonxonalarning toifasi va mehmonxona mavjud boʻlmagan 22 ta tuman (shahar)larda yangi qurilgan kichik otellarning xonalar sonidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan mehmonxona va kichik otellarga Davlat budjeti hisobidan quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlardagi mehmonxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarori doirasida hamda Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-sentabrdagi 550-son qarori talablari asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) respublikaning mehmonxona mavjud boʻlmagan 22 ta tuman (shahar)laridagi kichik otellarning umumiy xonalari soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 tadan kam boʻlmagan holda, har bir xona uchun — 10 mln soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 tadan kam boʻlmagan holda, har bir xona uchun — 15 mln soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 tadan kam boʻlmagan holda, har bir xona uchun — 20 mln soʻm miqdorlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investor subsidiya olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investor yoki uning vakili (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi uning nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya olish maqsadida taqdim etilgan arizadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — qoʻmita) ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita ariza beruvchining arizasini oʻrganish davrida quyidagi hujjatlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali real vaqt rejimida oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxonaga (kichik otel) berilgan muvofiqlik sertifikati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita oʻrganish natijalari boʻyicha subsidiya berish yoki subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslarini koʻrsatgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchining (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona (kichik otel) nomi, xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor (yuridik shaxs) nomi va STIR hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor va mehmonxona (kichik otel) ushbu Nizomning 3 va 5-bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya ajratilgan obyektga subsidiya olish uchun takroran murojaat qilinganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab ikki oy ichida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, subsidiya olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab qoʻmita bir ish kunida subsidiya ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga investorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning hisob-kitobi koʻrsatilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi hamda mablagʻlar qoʻmitaning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga ajratilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng besh ish kunida qoʻmita ularni investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yil yakunida qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari tegishli moliya yili yakuniga qadar Davlat budjetiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Subsidiya berish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan investorlar roʻyxati (reyestri) qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar miqdori va qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar fondi toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilab boriladi hamda oylar va investorlar kesimida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Investor subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning investorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mehmonxona (kichik otel) subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona boʻlgan taqdirda, kamida besh yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investor besh yil mobaynida mehmonxona xizmatlarini tashkil qila olmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyani faoliyat yuritgan davriga mutanosib ravishda chegirgan holda, qolgan mablagʻlarni Davlat budjetiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi hamda subsidiyadan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda, qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarni investordan Davlat budjetiga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat xizmatlari markazlari va qoʻmita oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Investor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Investor

(ariza beruvchi)

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali subsidiya olish toʻgʻrisida soʻrovnoma bilan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Qoʻmita

Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda davlat xizmatlari markaziga yoki investorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Oʻn ish kunida

3-bosqich

Investor

(ariza beruvchi)

Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

Ikki oy ichida

4-bosqich

Qoʻmita

1. Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.

Besh ish kunida

2. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.

Bir ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Buyurtmanomani koʻrib chiqadi va mablagʻlarni Qoʻmitaning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Uch ish kunida

6-bosqich

Qoʻmita

Investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Besh ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________________________

(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

_____________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

_________________________________________________________________________________________

(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)

_____________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

mehmonxona (kichik otel) qurish va uni jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.

Mehmonxona (kichik otel) xonalarining soni: ________________________________________________

Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _____________________________________________

Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________________________

STIR:___________________________________________________________________________________

Elektron pochta manzili: __________________________________________________________________

Bank hisobvaragʻi: ________________________________________________________________________

Ilova: ______ varaqda

________________________________________________

_______________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

20 _____ yil ______________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)lar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Beruniy tumani

2.

Nukus tumani

3.

Xoʻjayli tumani

4.

Chimboy tumani

5.

Andijon viloyati

Xoʻjaobod tumani

6.

Asaka tumani

7.

Buxoro viloyati

Peshku tumani

8.

Qorovulbozor tumani

9.

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumani

10.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabogʻ tumani

11.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

12.

Navbahor tumani

13.

Tomdi tumani

14.

Namangan viloyati

Toʻraqoʻrgʻon tumani

15.

Yangi Namangan tumani

16.

Samarqand viloyati

Payariq tumani

17.

Nurobod tumani

18.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer shahri

19.

Toshkent viloyati

Parkent tumani

20.

Fargʻona viloyati

Uchkoʻprik tumani

21.

Beshariq tumani

22.

Xorazm viloyati

Shovot tumani

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/24/919/0025-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)