06.01.2025 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.01.2025 yildagi 1-son
Date of entry into force
10.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali bolalarga taʼlim va tarbiya berish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining (natura koʻrinishida) hisobini “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat MTTlari) tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik huzurida davlat muassasasi shaklida Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatlantirishni tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing asosida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda davlat xaridlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini hamda investitsiya majburiyatlariga rioya etilishini monitoring qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markazning cheklangan boshqaruv shtat birliklari soni 36 tani tashkil qiladi hamda Vazirlik tizimining umumiy shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz xodimlariga Vazirlik xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktorining lavozim maoshi Vazirlik departamenti direktori lavozim maoshiga, direktor oʻrinbosarining lavozim maoshi Vazirlik boshqarma boshligʻi lavozim maoshiga, tarkibiy boʻlinmalar boshliqlarining lavozim maoshi Vazirlik boʻlim boshligʻi lavozim maoshiga, boshqa mutaxassis xodimlarning lavozim maoshi Vazirlikning tegishli darajadagi mutaxassislari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Markazga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining 1 foizi yoʻnaltiriladi hamda ushbu mablagʻlar sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, xodimlarni ragʻbatlantirish, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oshxona jihozlarini xarid qilishga sarflanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik ikki hafta muddatda Markaz toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlab, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda maxsus axborot portali orqali davlat xaridlari elektron tizimlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari nomidan davlat xaridlari jarayonini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida reja-jadvallarni joylashtirish, xarid hujjatlarini elektron shaklda ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash hamda eʼlon joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridlari jarayonlari yakunlariga koʻra tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va gʻolib boʻlgan autsorserlar bilan imzolangan elektron shartnomalarni tuman (shahar) gʻaznachilik xizmati boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan davlat xaridlari jarayonini amalga oshirish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga kelgusi davr uchun autsorserlarni belgilashda mablagʻlar budjetdan rejalashtirilmagan taqdirda, mazkur xaridlar boʻyicha eʼlonlarni joylashtirish imkoniyatlarini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat MTTlari tarbiyalanuvchilarning sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yil 1-iyulga qadar Vazirlik hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda davlat MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida oziq-ovqat xarajatlarining (natura koʻrinishida) hisobi “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali avtomatik tarzda yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajati hududlar kesimida quyidagi tartibda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududlari boʻyicha tegishli oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Vazirlikka har yili 1-sentabrga qadar taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlari hamda “Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari meʼyorlaridan kelib chiqib, Vazirlik tomonidan har bir hudud boʻyicha bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish narxi shakllantiriladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi moliya yili uchun oziq-ovqat xarajatlari uchun mablagʻlarni rejalashtirishda, bir tarbiyalanuvchi uchun tasdiqlangan kunlik ovqatlantirish narxiga isteʼmol narxlari indeksi koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha davlat MTTlari ovqatlantirishni tashkil etish usulidan qatʼi nazar, bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish narxiga majburiy tartibda rioya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moliya yili davomida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari alohida holatlarda oshganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining narxlar oshganligining aniq sabablari koʻrsatilgan takliflariga koʻra davlat MTTlarining bir nafar tarbiyalanuvchisini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxi Vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) autsorser tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat boʻyicha taklif va shikoyatlar jamoatchilik nazorati hamda ota-onalar tomonidan Markazning “QR-Feedback” axborot tizimi orqali kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi 848-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “2 foiz” soʻzlari “1 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yil 1-martga qadar budjet xarajatlarini rejalashtirish uchun 2025 moliya yilida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini hududlar kesimida belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-iyulga qadar sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini va autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda respublika hududlari boʻyicha tegishli oziq-ovqat mahsulotlarining 2025-yil uchun oʻrtacha bozor narxlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Vazirlikka 2025-yil 1-aprelga qadar taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi uchun talab etiladigan mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 6-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat MTTlari) autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish belgilangan tartibda tasdiqlangan “Yagona mavsumiy taomnoma”, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser — xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing — Vazirlik tizimidagi davlat MTTlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini autsorserga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisi — tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi — davlat MTTlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini koʻrsatish istagini bildirib, xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring guruhi — autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning “Yagona mavsumiy taomnoma”ga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi hamda kiritilgan investitsiya majburiyatlariga rioya etilishini oʻrganib chiquvchi guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatlantirishning anʼanaviy usuli — davlat MTTlariga oshxona uchun zarur shtat birliklari ajratilgan va oziq-ovqat mahsulotlari taʼminotchilar tomonidan yetkazib beriladigan holda tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustama haq — autsorserning daromadini va barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni taʼmirlash va ulardan foydalanish kabi) oʻz ichiga oladigan har bir mavsum uchun belgilanadigan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxiga nisbatan 30 (oʻttiz) foizdan oshmaydigan ustama haq miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona mavsumiy taomnoma” (bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari uchun) — davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarni oʻz ichiga olgan hamda toʻrt fasl uchun respublika miqyosida qoʻllaniladigan Vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan taomnomalar toʻplami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizom talablari davlat MTTlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat MTTlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni toʻlaqonli sogʻlom ovqatlantirish, ularning sogʻligini mustahkamlash va taʼlim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatli taomlar tayyorlash orqali tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taomlarni isteʼmol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida sogʻlom ovqatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talablarini inobatga olgan holda, ularning ratsional ovqatlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tarbiyalanuvchilarning sogʻlom oʻsishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan zarur moddalar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi hamda sifatini kafolatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilar orasida ovqatlanish bilan bogʻliq yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilar oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taomlarni tayyorlashda va oziq-ovqat xom ashyosini saqlashda, tashishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) davomati qayd etilgan tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib tegishli ish kuni uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida ovqatlantirishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarining roʻyxatini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat buyurtmachilari autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari roʻyxatini shakllantirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) har yili 10-iyunga qadar taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu roʻyxatda har bir davlat MTTlarining quvvati, tarbiyalanuvchilar soni, oshxonasining holati (taʼmirtalabligi, sanitariya-gigiyena va jihozlarining holati, boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududiy boshqarmalar davlat buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari roʻyxatini oʻrganib chiqqan holda umumlashtirib, har yili 20-iyunga qadar Vazirlikka taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan davlat MTTlari roʻyxati asosida kelgusi moliya yilida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari sonini hududlar kesimida har yili 15-iyulga qadar belgilaydi va kelgusi moliya yilida zarur mablagʻlarni rejalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarining belgilangan soni, roʻyxati va tegishli maʼlumotlarni har yili 5-avgustga qadar Vazirlik huzuridagi “Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Yagona mavsumiy taomnoma”ni ishlab chiqish va narxlarni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Yagona mavsumiy taomnoma” tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarni oʻz ichiga olgan holda, toʻrt fasl uchun respublika miqyosida qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona mavsumiy taomnoma” Vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan har yili 1-iyulga qadar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20-avgustga qadar “Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining har biri boʻyicha joriy yil toʻrt mavsum uchun oʻrtacha haqiqiy bozor narxlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) Vazirlikka tasdiqlangan holda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik “Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining meʼyorlari va taqdim etilgan narxlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxini har bir mavsum boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarning meʼyorlari va taqdim etilgan narxlari asosida har bir mavsum uchun belgilanadigan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxlarini belgilashda, tegishli mavsum uchun tuzilgan har bir “Yagona mavsumiy taomnoma”ning oʻrtacha narxlari olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlik tomonidan kiritilgan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxini kelgusi moliya yili uchun isteʼmol narxlari indeksining eng yuqori koeffitsiyentidan kam boʻlmagan miqdorga oshirgan holda, kelgusi moliya yili uchun narxni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Moliya yili davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari alohida holatlarda oshganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining narxlar oshganligining aniq sabablari koʻrsatilgan takliflariga koʻra davlat MTTlarining bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxi Vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori va ushbu Nizom talablari asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaz autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlovni (tenderni) tashkil etish uchun Xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kelgusi moliya yili uchun davlat MTTlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha xarid jarayonlari joriy moliya yilining 25-dekabriga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, zaruratga koʻra, joriy yil uchun davlat MTTlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha xarid jarayonlari joriy moliya yili davomida ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha xarid hujjatlari, shu jumladan, baholash mezonlari hamda davlat xaridlari bilan bogʻliq boshqa hujjatlar Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha davlat xaridlari bir yoki bir nechta davlat buyurtmachilari (tuman, shahar), shuningdek, bir yoki bir nechta davlat MTTlari kesimida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishtirokchining sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun xizmat koʻrsatish ustama haqi miqdori boʻyicha taklifi davlat xaridi narxi sifatida qabul qilinadi hamda uning miqdori 30 (oʻttiz) foizdan koʻp va 15 (oʻn besh) foizdan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishtirokchiga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ovqatlanish xizmatini koʻrsatish boʻyicha kamida ikki yillik tajribaga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, toʻlovlar, boshqa majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmagan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun texnik topshiriq va tanlov (tender) hujjatlari talablariga mosligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi boʻyicha kamida ikki yillik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislarga (muhandis-texnolog, diyetolog, oshpazlar) ega boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xarid komissiyasi tomonidan xarid qilish tartib-taomili natijalariga koʻra gʻolib sifatida belgilangan ishtirokchi bilan davlat buyurtmachisi oʻrtasida keyingi moliya yili uchun elektron shartnoma imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moliya yilidan keyingi yilga oʻtuvchi shartnomalarda shartnoma muddati 12 (oʻn ikki) oy etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xarid komissiyasi qarori bilan xarid qilish hujjatlarida va taklifda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq autsorserning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan ishtirokchi sifatida eʼtirof etilgan zaxiradagi gʻolib aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni yakunlanmagan yoki tanlov (tender) oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, shuningdek, autsorser bilan shartnoma bekor qilinganda, ushbu davlat MTTlarida autsorser aniqlangunga qadar belgilangan tartibda ovqatlantirish anʼanaviy usulida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oshxona xodimlari bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq muddatli (autsorser aniqlangunga qadar) mehnat shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sogʻlom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat MTTlarining autsorser bilan tuziladigan shartnoma umumiy miqdori (12 oyga) quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shm = RT * (Os(qish) * Nm(qish) + Os(bahor) * Nm(bahor) +
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
+ Os(yoz) * Nm(yoz) + Os(kuz) * Nm(kuz)) * Um * 5 * 4,2
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shm — sogʻlom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat MTTning autsorser bilan tuziladigan shartnoma umumiy miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RT — sogʻlom ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat MTTlarining roʻyxatdagi tarbiyalanuvchilar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Os — tegishli mavsum boʻyicha (qish, bahor, yoz, kuz) oylar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nm — tegishli mavsum boʻyicha (qish, bahor, yoz, kuz) bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Um — autsorser uchun belgilangan ustama haq miqdori, koeffitsiyent hisobida olinadi (misol uchun, ustama haq miqdori 30 foizni tashkil qilsa, formulada 1,30 koeffitsiyent etib qoʻllaniladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moliya yilidan keyingi yilga oʻtuvchi shartnomalarda tegishli yilning koʻrsatkichlari inobatga olingan holda, kelgusi yil uchun qoʻshimcha kelishuv tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning umumiy summasi davlat MTTlarining joriy va kelgusi moliya yili uchun shakllantiriladigan budjet va budjetdan tashqari (ota-onalar toʻlovlari hisobidan shakllantiriladigan) mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasida toʻliq rejalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar shartnoma belgilangan tartibda imzolangan kundan keyingi 3 (uch) ish kuni ichida davlat buyurtmachisining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat MTTlarida yilning mavsumidan kelib chiqib, “Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan taomlar tanlanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) autsorser tomonidan “Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan kunlik taomlar kamida ikki ish kunidan oldin axborot tizimi orqali tanlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tegishli ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nonushta tayyorlash uchun tarbiyalanuvchilar soni axborot tizimi roʻyxatida bir kun oldingi belgilangan tarbiyalanuvchilar soni doirasida autsorser tomonidan rejalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soat 07.00 dan 09.00 ga qadar axborot tizimida qayd etilgan tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib, davlat MTTlarida tushlik va ikkinchi tushlik tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) autsorser tomonidan tegishli ish kunida davlat MTTlari tarbiyalanuvchilari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida axborot tizimi orqali tayyorlanadigan taomlar belgilanmagan taqdirda, axborot tizimi tomonidan navbatdagi kunlik taomlar avtomatik ravishda tanlanadi va autsorser tomonidan ushbu taomlar tayyorlanishi majburiy hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat MTTlari direktori autsorser tomonidan “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tanlangan kunlik taomlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni axborot tizimi orqali nazorat qiladi va bu haqidagi maʼlumotlarni Brakeraj komissiyasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Yagona mavsumiy taomnoma”da tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Autsorser tomonidan olib kelinayotgan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyorlab berilayotgan tayyor taomlar sifati, vazni, tarkibining “Yagona mavsumiy taomnoma”ga muvofiqligi davlat MTTlari xodimlari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan tashkil topgan davlat MTTlarining Brakeraj komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat MTTlari direktorining Brakeraj komissiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yil uchun alohida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat MTTlari tibbiyot xodimi Brakeraj komissiyasining raisi boʻlib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, davlat MTTlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar vakillari aʼzo sifatida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Brakeraj komissiyasi har ish kuni autsorser tomonidan yetkazib berilgan tayyor taomlar sifatini oʻrganib chiqadi hamda nazorat yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladigan “Tayyor taomlar sifatini nazorat qilish boʻyicha brakeraj daftari”da har kuni qayd etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, taʼmi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda toʻldirilib, har kuni davlat MTTlari tibbiyot xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Brakeraj komissiyasi aʼzolari tomonidan brakeraj daftari yuritilishining doimiy monitoringi olib boriladi. Brakeraj daftarining birinchi sahifasida Brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan koʻchirma boʻlishi, daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, davlat MTTlari direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish holatini oʻrganish hamda kunlik sinamalar olish davlat MTTlari tibbiyot xodimi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash maqsadida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi davlat MTTlariga keltirilgan xom oziq-ovqat mahsulotlari sifati haqidagi maʼlumotlar va 4-ilovaga muvofiq shakldagi tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari axborot tizimida davlat MTTlari tibbiyot xodimi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirish umumiy tipda yoki guruh xonalarida tashkil etilganda, tayyor taomlar “Yagona mavsumiy taomnoma”da belgilangan miqdorlarda va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos ravishda boʻlishini taʼminlashga davlat MTTlari direktori masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamoatchilik nazorati va ota-onalar tomonidan autsorserning koʻrsatilayotgan xizmati yuzasidan taklif va shikoyatlar “QR-Feedback” axborot tizimiga kiritib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Autsorser tomonidan shartnoma umumiy summasining kamida 3 (uch) foizidan kam boʻlmagan miqdorda u xizmat koʻrsatayotgan davlat MTTlariga investitsiya kiritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda investitsiya shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 6 (olti) oy muddat ichida toʻliq hajmda kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya mablagʻlari davlat MTTlarining, birinchi navbatda, davlat MTTlari oshxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, taʼmirlash va boshqa ishlariga, keyinchalik davlat MTTlarining boshqa zarur muammolarini hal qilish uchun sarflanadi hamda ushbu tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda davlat MTTlari balansiga kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Autsorserga davlat MTTlarining ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun “nol” stavkada toʻlov belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oshxona va oshxona jihozlarini taʼmirlash, oʻz xodimlari ish haqi, ularning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi, malaka oshirishi, oshpazlar kiyimi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va yuvish vositalari bilan taʼminlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davlat MTTlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish faoliyatini yurituvchi oshpazlarining malakasini oshirish jarayoni Vazirlik tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va dasturi asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Autsorser tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tarbiyalanuvchilarning haqiqatda davlat MTTlariga kelgan kunlari sonidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachisi tomonidan autsorserga autsorsing xizmatlari boʻyicha “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish uchun belgilangan narx va unga nisbatan olingan ustama haq miqdori toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Autsorser har oʻn kunda davlat MTTlari direktori tomonidan tasdiqlangan taomnoma nusxalari, koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisobvaraq-faktura hujjatlari hamda buyurtmani tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachisi yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar asosida autsorserga koʻrsatgan xizmatlari uchun tegishli mablagʻlarni xizmat koʻrsatilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, ota-onalar toʻlovdan tushgan tushumlar, homiylik mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etilgan davlat MTTlarida oshpaz, oshxona ishchilari shtat birliklari nazarda tutilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Autsorser tomonidan shartnoma va investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganda, oʻz faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirilganda, davlat buyurtmachisi hamda autsorser bilan tuzilgan shartnoma xarid komissiyasi qaroriga koʻra uzaytirilishi mumkin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser tomonidan taklif etilgan ustama haq miqdori oʻzgartirishsiz qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser bilan shartnomani ikki yildan ortiq uzaytirish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Davlat MTTlari xodimlarining ushbu davlat MTTlarida ovqatlanish autsorser bilan xodim oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Autsorser va davlat buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat MTTlarida har kunlik haqiqatda boʻlgan tarbiyalanuvchilar soniga qarab ularni ovqatlantirish uchun ehtiyojdan oshmagan holda foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar davlat MTTlariga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat MTTlari oshxonasining ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari, mebelidan shartnoma amal qilish davrida tekin foydalanish va ularning ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat MTTlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun toʻlovni oʻz vaqtida olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat MTTlarida haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha tomonlar oʻrtasida imzolanib, tasdiqlangan dalolatnoma asosida toʻlovni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Autsorserga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va foydalaniladigan jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirish xizmatini davlat MTTlari oshxonasining oʻzida toʻliq va sifatli tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taomlarni amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda ovqat tayyorlash texnologiyasiga toʻliq amal qilgan holda tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taomlar tayyorlash texnologiyasi boʻyicha soha mutaxassislari (muhandis-texnolog, diyetolog, oshpazlar) bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona mavsumiy taomnoma” boʻyicha tayyor taomlarning vazni, tarkibidagi mahsulotlar miqdori toʻgʻri boʻlishini hamda texnologik kartalarning toʻgʻri yuritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jihozlar va asbob-uskunalarini muntazam ravishda joriy taʼmirlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring guruhi, hududiy boshqarma hamda davlat buyurtmachisi tomonidan oʻtkaziladigan monitoring jarayonlariga toʻsqinlik qilmaslik va soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma umumiy summasining kamida 3 (uch) foizi miqdorida xizmat koʻrsatayotgan davlat MTTlariga investitsiya kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshpazlarni belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan holda ishga qabul qilishni va oʻz mablagʻlari hisobidan ularning har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorserga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Davlat buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing usulida ovqatlantirish uchun qoʻyilgan talablar bajarilishini hamda tayyor taomlar sifatining “Yagona mavsumiy taomnoma”ga muvofiqligini monitoring qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya etilishini tasdiqlangan rejaga asosan nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Davlat buyurtmachisiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserning xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq kommunal xizmatlari xarajatlarini belgilangan normalar asosida davlat MTTlariga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserga texnologik jihozlar, oshxona va omborxonalar, asbob-uskunalar, idish-tovoqlar va mebellardan ijara shartnomasi asosida vaqtincha foydalanish uchun nol stavkada topshirish va ularning ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda toʻlovni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachisiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Monitoring guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Autsorserning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan Vazirlik tomonidan Monitoring guruhi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring guruhi tarkibi Vazirlik, Markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari, Oʻzbekiston Autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar uyushmasi, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi vakillaridan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring guruhi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan monitoring yuritish reja-jadvaliga muvofiq gʻolib deb topilgan autsorser majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Monitoring guruhi autsorser “Yagona mavsumiy taomnoma” hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida faoliyat yuritayotgani, tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, taom tayyorlashda texnologik kartalardan foydalanayotgani, kiritilgan investitsiya miqdori va narxi, texnologik jihozlar va asbob-uskunalarini muntazam ravishda joriy taʼmirlab borilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Monitoring guruhi monitoring oʻtkazish jarayonida autsorser tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda Markazga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Markaz Monitoring guruhi tomonidan taqdim etilgan dalolatnomadagi kamchiliklarni oʻrganib chiqqan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida autsorserga ogohlantirish beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ogohlantirishda belgilangan muddat davomida autsorser tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, xarid komissiyasi autsorser bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va davlat buyurtmachisiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi gʻolibga oʻtadi. Bunda zaxiradagi gʻolib autsorser tomonidan taklif etilgan ustama haq miqdorida shartnoma tuzishi yoki shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha monitoring 5-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Davlat buyurtmachisi monitoring natijalari yuzasidan autsorser shartnomadagi majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida hududiy boshqarmalarga mazkur holatlar boʻyicha maʼlumot kiritadi, hududiy boshqarmalar kiritilgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Vazirlik hamda Markazga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Monitoring guruhi “QR-Feedback” axborot tizimiga jamoatchilik nazorati va ota-onalardan kelib tushgan shikoyat va takliflarni muvofiqlashtirib boradi hamda oʻrganish natijasi toʻgʻrisida Markazga doimiy ravishda maʼlumot kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tavsiya etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga taqdim etadi.

Roʻyxatda har bir tashkilotning quvvati, tarbiyalanuvchilar soni, oshxonasining holati (taʼmirtalabligi, sanitariya-gigiyena va jihozlarining holati hamda boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.

Har yili 10-iyunga qadar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari roʻyxatini va tegishli maʼlumotlarni oʻrganib chiqqan holda umumlashtirib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 20-iyunga qadar

3-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi qoʻmitasi

Tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarni oʻz ichiga olgan holda, toʻrt fasl uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” hamda texnologik kartasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-iyulga qadar

4-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan davlat MTTlari roʻyxati asosida kelgusi moliya yilida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlari sonini hududlar kesimida belgilaydi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 15-iyulga qadar

5-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat MTTlarining belgilangan soni, roʻyxati va tegishli maʼlumotlarni Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markaziga taqdim etadi.

Har yili 5-avgustga qadar

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining har biri boʻyicha joriy yil toʻrt mavsumi uchun oʻrtacha bozor narxlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga tasdiqlangan holda taqdim etadi.

Har yili 20-avgustga qadar

7-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

“Yagona mavsumiy taomnoma”da koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining meʼyorlari va taqdim etilgan narxlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxini har bir mavsum boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

Har yili 15-sentabrga qadar

8-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan kiritilgan bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxini kelgusi moliya yili uchun isteʼmol narxlari indeksining eng yuqori koeffitsiyentidan kam boʻlmagan miqdorga oshirgan holda, kelgusi moliya yili uchun bir nafar tarbiyalanuvchini bir kunda sogʻlom ovqatlantirish narxini belgilaydi.

Har yili 1-oktabrga qadar

9-bosqich

Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etgan holda, davlat xaridlarini amalga oshiradi.

Har yili 15-dekabrga qadar

(zaruratga koʻra yil davomida)

10-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Gʻolib autsorserlar aniqlangan bayonnomalariga muvofiq belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.

Har yili 25-dekabrga qadar

(zaruratga koʻra yil davomida)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tayyor taomlar sifatini nazorat qilish boʻyicha brakeraj daftari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tayyor ovqatning nomlanishi

Baholanishi

Sinama olingan vaqti

Tibbiyot xodimining ruxsati

Imzo

taomnomaning bajarilishi

sifati

ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi

20___ yil ____ ___________

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

Kechki ovqat

20___ yil ____ __________

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

Kechki ovqat

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga keltirilgan xom oziq-ovqat mahsulotlari sifati haqidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Autsorser

(tashkilot nomi)

Mahsulot keltirilgan sana

Mahsulot nomi

Miqdori

(kg, litr, dona)

Baholash

Brakeraj komissiyasi ruxsati

Brakeraj komissiyasi aʼzosi imzosi

mahsulot sifatini organoleptik usulda baholash

sifatsizlik alomatlarini izohlash

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifati tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish boʻyicha daftar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Autsorser

(tashkilot nomi)

Mahsulotning kelgan vaqti va sanasi

Sifati tez ayniydigan mahsulotlar va ularning miqdori

(kg, litr, dona)

Sifati haqida maʼlumot

Foydalanish muddatining oxirgi sanasi va vaqti

Imzo

1.

2.

3.

4.

5.

...

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha monitoring yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Monitorning yuritish yuzasidan reja-jadvalni tasdiqlaydi hamda hududiy boshqarmalar va davlat buyurtmachilariga taqdim etadi.

Har chorakda

2-bosqich

Monitoring guruhi

Gʻolib deb topilgan autsorserning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring yuritadi.

Har chorakda

3-bosqich

Monitoring guruhi

Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning “Yagona mavsumiy taomnoma”ga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini hamda kiritilgan investitsiya majburiyatlari ijrosini oʻrganadi.

Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi va Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markaziga maʼlumot kiritadi.

Yil davomida zaruratga koʻra

4 bosqich

Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muddatni belgilaydi va bu haqda autsorserga ogohlantirish beradi.

Yil davomida zaruratga koʻra

5-bosqich

Xarid komissiyasi

Ogohlantirishda belgilangan muddat davomida autsorser tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, autsorser bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga yuboradi.

Yil davomida zaruratga koʻra

6-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Xarid komissiyasi qaroriga asosan amaldagi autsorser bilan shartnomani bekor qiladi va zaxiradagi gʻolib bilan shartnoma tuzadi.

Yil davomida zaruratga koʻra

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi va 2-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)” 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi “v” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 674-bandi “b” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-maydagi 255-son qaroriga 3-ilovaning 22-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/1/0020-son)