27.12.2024 yildagi 892-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.12.2024 yildagi 892-son
Date of entry into force
30.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qaroriga muvofiq kambagʻal oilalarning iqtisodiy faolligini oshirishni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniyni beshtadan kambagʻal oilaga biriktirish orqali ularni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish toʻgʻrisidagi takliflar maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda faol nuroniylarni tanlab olish va ragʻbatlantirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarining sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash ularning qiymatini fuqaroning ijtimoiy kartasiga oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda 2025-yil yanvar oyi yakuniga qadar ushbu qaror talablari asosida faol nuroniylarni tanlab olib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish choralarini koʻrsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi bilan birgalikda 2025-yil 10-fevralga qadar “Onlayn mahalla” elektron platformasida ushbu qarorga muvofiq tanlab olingan faol nuroniylar uchun alohida modulni ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
892-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 892-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga taʼlim olishlari uchun oʻquv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy agent — oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari xarid qilish uchun mablagʻlarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarining ijtimoiy kartalariga oʻtkazishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banki;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol nuroniy — aholi orasida hurmat va eʼtiborga sazovor boʻlgan, biriktirilgan hududda doimiy yoki vaqtincha yashovchi 55 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan mahalla faollari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Faol nuroniylar roʻyxatini shakllantirish va ularni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — “Nuroniy” jamgʻarmasi) hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boʻlimlari bilan birgalikda har bir mahalladan uch nafardan faol nuroniylarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan hududda doimiy yoki vaqtincha yashashi hamda ellik besh yoshga toʻlgan va yetmish besh yoshdan oshmagan (yetmish besh yosh ham) boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida hurmat va eʼtiborga sazovor ekanligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila aʼzolaridan biri “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilmaganligi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlmagan holda ishga layoqatli ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanmaganligi hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj emasligi, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolmaganligi, shuningdek, psixologik maslahatga muhtoj boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga zarar yetmagan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini faol yuritayotganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tanlab olingan uch nafardan faol nuroniylarga yashab turgan joyi boʻyicha 5 tadan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila olti oy muddatga biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va “Nuroniy” jamgʻarmasining tavsiyasiga asosan tanlab olingan faol nuroniylarning sogʻligʻi va oilaviy sharoitiga bogʻliq Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar boshqa faol nuroniylarga qayta biriktirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Faol nuroniylarni ragʻbatlantirish va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Faol nuroniylarni ragʻbatlantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Nuroniy” jamgʻarmasi va tanlab olingan faol nuroniylar oʻrtasida faol nuroniylarni ragʻbatlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boʻlimlari faol nuroniylar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni rasmiylashtirish ishlariga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tanlab olingan faol nuroniylar ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan har oyning 25-sanasidan kechikmagan holda, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar ularning roziligiga koʻra bank plastik kartalariga toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faol nuroniylarning bank plastik kartalari mavjud boʻlmagan taqdirda, istisno tariqasida, naqd pul shaklida toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oyning oxirgi ish kunida qaydnomalar yopiladi, tayinlangan, biroq oʻz vaqtida talab qilib olinmagan ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tegishli tijorat bankidagi oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va oluvchining birinchi talabiga koʻra toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki tomonidan oyning 27-sanasiga qadar toʻlanmagan ragʻbatlantiruvchi toʻlovga yoʻnaltirilgan mablagʻlar har oyning oxirida tegishli hisobvaragʻiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talab qilib olinmagan ragʻbatlantiruvchi toʻlov mablagʻlari belgilangan tartibda “Nuroniy” jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash tartibi
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Faol nuroniylar ikki ish kuni ichida oʻzlariga biriktirilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, ularning oʻquv jihozlari (ustuvor ravishda dars stol-stuli) va qurollari hamda sport kiyimlariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlaydi va bir ish kuni ichida ularni xarid qilish boʻyicha “Nuroniy” jamgʻarmasiga tavsiya beradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyani rasmiylashtirishda faol nuroniyga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) va ijtimoiy xodim koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro hamda faol nuroniy masʼul hisoblanadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻrganish natijasida notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganligi aniqlangan taqdirda, mablagʻ ajratish rad etiladi hamda bu haqida “Nuroniy” jamgʻarmasi bir ish kunida rad etish sabablarini koʻrsatilgan holda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaga xabarnoma yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari uch ish kuni ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda faol nuroniy tavsiyasini va yuborilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish natijasiga koʻra (agarda xulosa va hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlarining bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida faol nuroniyga biriktirilgan har bir Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmagan miqdorda mablagʻ ajratish toʻgʻrisida “Nuroniy” jamgʻarmasi hududiy boʻlimlarining tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab oila aʼzosining tanloviga asosan uning nomiga ochilgan “ijtimoiy karta”ga pul koʻchirish yoʻli bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Bunda “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandiga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari xaridi uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi. Tegishli buyruq qabul qilingan kunning oʻzida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosining “ijtimoiy karta”siga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyruqda oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarining va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori aniq koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasi buyruq rasmiylashtirilgandan keyin oʻn ish kuni ichida buyruqda koʻrsatilgan oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi. Bunda 2027-yil 1-yanvardan boshlab hududiy boʻlinma oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarining qiymatini fuqaroning ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beradi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari xaridini tasdiqlovchi hujjatlar va dalolatnomaga asosan uch ish kuni ichida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmada yetkazib beruvchiga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila istiqomat qiladigan mahalla idorasining yuridik manzili koʻrsatilishi lozim.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandiga dalolatnoma asosida uch ish kuni ichida faol nuroniy, mahalla raisi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy vakillari tomonidan topshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Mahalla yettiligi” tomonidan faol nuroniylar tomonidan biriktirilgan oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, shuningdek, oʻquv jihozlari, qurollari, sport kiyimlari xarid qilinganligi monitoring qilib boriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ushbu yordam turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Keksa yoshdagi fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Keksa yoshdagi fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Faol nuroniylar har oyda mahallalar, tuman (shahar), viloyat miqyosida oʻtkaziladigan sport tadbirlarini aniqlaydi va mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarining tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish boʻyicha sport tadbirlari boshlanishidan oʻn kun oldin “Nuroniy” jamgʻarmasiga tavsiya beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarining viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari faol nuroniy tavsiyasi asosida “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda har bir mahallaga ajratiladigan mablagʻlar miqdori yiliga oʻrtacha 10 mln soʻmdan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tavsiyani rasmiylashtirishda faol nuroniyga hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari uch ish kuni ichida taqdim etilgan tavsiya va unga ilova qilingan hujjatlarning asosliligini oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish natijasiga koʻra (agarda xulosa va hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa) koʻrsatilgan sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisida “Nuroniy” jamgʻarmasi hududiy boʻlimlarining tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari buyruq rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida buyruqda koʻrsatilgan sport tadbirlarida ishtirok etish maqsadida belgilangan tartibda transport vositalari xizmatlarini xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari hamda faol nuroniy tavsiyasi asosida sport tadbirlarida ishtirok etish maqsadida ijaraga olingan transport vositalari, ochiq va yopiq sport maydonchalari toʻlovi uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun sport tadbirida ishtirok etuvchilar javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Gʻoliblar aniqlangandan soʻng “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan uch ish kuni ichida sport tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun belgilangan mablagʻlar sport tadbirlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat koʻrsatganlik uchun hisob-faktura va dalolatnomaga asosan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnoma asosida faol nuroniy, mahalla raisi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy vakillari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizomda belgilangan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Nuroniy” jamgʻarmasi uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Aholi orasida hurmat va eʼtiborga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillaridan faol nuroniylarni tanlab olish va ularga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilani biriktirish hamda ularning faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Faol nuroniy

1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish bilan bogʻliq ehtiyojlarni aniqlaydi.

1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila biriktirilgandan boshlab 2 ish kuni ichida

2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilishga tavsiya beradi.

2. Ehtiyojlar aniqlangach 1 ish kuni ichida

2-bosqich

“Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari

1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish boʻyicha tavsiyalarni oʻrganib chiqadi.

2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandiga oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tegishli buyruq qabul qiladi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

“Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari

1. Buyruqda koʻrsatilgan shaxslar boʻyicha toʻlov qaydnomalarini moliyaviy agentga taqdim etadi.

2. Zarur mablagʻlarni moliyaviy agentning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Moliyaviy agent

Toʻlov roʻyxatiga asosan mablagʻlarni fuqaroning ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Faol nuroniy, mahalla raisi, “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy vakillari

Oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarining xarid qilinganligini monitoring qiladi.

3 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keksa yoshdagi fuqarolarning tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Faol nuroniy

1. Mahallalar, tuman (shahar), viloyat miqyosida oʻtkaziladigan sport tadbirlarini aniqlaydi.

1. Har oyda

2. Mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarini tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berishga tavsiya beradi.

2. Sport tadbirlari boshlanishidan 10 kun oldin

2-bosqich

“Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari

1. Mahallaning keksa yoshdagi fuqarolarini tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish boʻyicha tavsiyalarni oʻrganib chiqadi.

2. Sport tadbirlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tegishli buyruq qabul qiladi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

“Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari

Sport tadbirlarida ishtirok etish maqsadida ijaraga olinadigan transport vositalari va sport maydonchalari xizmatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

“Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari

Sport tadbirlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat koʻrsatganlik uchun hisob-faktura va dalolatnomaga asosan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Faol nuroniy, Mahalla raisi, “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy vakillari

Koʻrsatilgan xizmatlarni dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi.

3 ish kuni ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/892/1093-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)