20.12.2024 yildagi PQ-450-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.12.2024 yildagi PQ-450-son
Date of entry into force
21.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash milliy sport turini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va xorijiy mamlakatlarda yanada keng targʻib qilish, shuningdek, kurashni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha faoliyatni tizimli qoʻllab-quvvatlashni tashkil qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasining Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha faoliyatini yanada kengaytirish hamda unga quyidagi qoʻshimcha vazifalarni yuklash toʻgʻrisidagi tashabbusi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurash milliy sport turi boʻyicha xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurash milliy sport turi boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirib borish, shuningdek, zarur oʻquv-uslubiy va ilmiy-amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurash milliy sport turining yangi yoʻnalishlarini joriy qilishda ishtirok etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurash milliy sport turi trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosidagi sport turiga aylantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari zimmasiga Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha faoliyatiga koʻmaklashish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha faoliyatiga koʻmaklashish borasidagi hisobotlarini har olti oyda bir marotaba Oliy Majlis Senatida eshitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga oʻz moliyaviy holatidan kelib chiqib Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirib borish uchun zarur mablagʻlarni yoʻnaltirib borish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy yirik tadbirkorlik subyektlarini Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga rasmiy homiy sifatida jalb qilib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida kurash milliy sport turi boʻyicha mahalliy mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha har yarim yilda bir marotaba Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha faoliyatni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlarida (kattalar, yoshlar) gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlar uchun belgilangan ragʻbatlantirish summalarining yarmi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirib borish tizimi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan boshlab Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetidan respublika budjetiga oʻtkaziladi hamda ushbu maqsad uchun har yili 4,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Xalqaro kurash institutiga 2025-yilda Sport vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha 1,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4881-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashqi ishlar vazirligi Sport vazirligining viza talabnomalariga binoan Xalqaro kurash instituti tomonidan oʻquv kurslari va seminarlarga jalb etiladigan chet el mutaxassislariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 20-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-450-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Respublikadagi oliy taʼlim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Oliy taʼlim muassasalariga ularning sport klublarida kurash seksiyalarini tashkil etishga har tomonlama koʻmaklashish hamda uslubiy yordam koʻrsatib borish.

2. Kurash seksiyalariga trener va boshqa mutaxassislarni jalb etib borish.

3. Oliy taʼlim muassasalari sport klublari oʻrtasida kurash boʻyicha sport musobaqalarini tizimli oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish.

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

2025/2026 oʻquv yili

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

4. Oliy taʼlim muassasalari sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi kabi mezonlarni oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari sifatida belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi

2.

Kurashning yangi turlari qoidalarini ishlab chiqish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, trener va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga kurashning yangi turlari qoidalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish.

2. Kurashning yangi turlarini ommalashtirish boʻyicha xalqaro seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazib borish.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2025-yil dekabr

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Xalqaro kurash instituti

3.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 ga yer maydonida xalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan Kurash milliy sport markazini barpo etish.

1. Qurilish ishlari uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash.

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Belgilangan tartibda qurilish ishlarini amalga oshirib borish.

4. Kurash milliy sport markazini zarur sport jihozlari, texnika va inventarlar bilan jihozlash.

5. Qurilish ishlarini yakunlash, obyektni topshirish va qabul qilishni amalga oshirish.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2026-2027-yillar davomida

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Sport vazirligi

4.

Kurash boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilishini hamda chop etilishini tashkil qilish.

1. Kurashni oʻqitishga bagʻishlangan “Kurash texnikasi va taktikasini oʻrgatish metodikasi”, “Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini oʻqitish metodikasi” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilishini tashkil qilish.

2. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni chop etish choralarini koʻrish.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2025-yil dekabr

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Xalqaro kurash instituti,

Sport vazirligi

3. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni xorijiy tillarga tarjima qilish hamda xorijiy kurash federatsiyalari orqali targʻib qilib borilishini taʼminlash.

2026-yil mart

5.

Kurash sport turi boʻyicha jahon chempionatlarida (kattalar, yoshlar) gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlar uchun belgilangan ragʻbatlantirish summalarining yarmi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirib borish tizimini joriy etish.

1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.

-

2025-yil oktabr

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

6.

Kurash sport turi boʻyicha trenerlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirib borishni yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan chet ellik trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2025-yil iyun

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Xalqaro kurash instituti

2. Har yili 50 nafar chet ellik trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha bepul 2 haftalik oʻquv kurslarini tashkil etib borish.

reja-grafik asosida

7.

Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazib borish.

1. Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish.

2. Yillik kalendar rejaga muvofiq kurash boʻyicha musobaqalarni oʻtkazib borish.

Tashkilotchilar mablagʻlari,

homiylar mablagʻlari

2025-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Mudofaa vazirligi,

huquqni muhofaza qiluvchi organlar

8.

Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yoʻlga qoʻyish.

1. Kurashni xorijiy davlatlarda ommalashtirish, mahalliy trener va boshqa mutaxassislarning xalqaro miqyosda faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kurash boʻyicha mahalliy trener va boshqa mutaxassislarga xorijiy tillarni oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish.

2. Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash boʻyicha mahalliy mutaxassislarni xorijiy davlatlarga yuborish tizimini joriy etish.

-

2025-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Xalqaro kurash instituti,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

9.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga aʼzo milliy federatsiyalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (World Series Pro) xalqaro musobaqasi muntazam oʻtkazib borilishini taʼminlash.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga aʼzo milliy federatsiyalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (World Series Pro) xalqaro musobaqasini muntazam oʻtkazib borish.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi mablagʻlari,

homiylar mablagʻlari

2025-yildan boshlab har yili

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Sport vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Har yili standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlari tarqatilishini taʼminlash.

1. Har yili standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlari xarid qilish.

2. Kurash sport turi boʻyicha yaktak sport kiyimlari hamda komplekt kurash gilamlarini tegishli jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga tarqatish choralarini koʻrish.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Transport vazirligi,

“Uzbekistan Airways” AJ,

Sport vazirligi

11.

“Yil kurashchisi”, “Yil treneri” va “Yil hakami” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazib borish.

1. “Yil kurashchisi”, “Yil treneri” va “Yil hakami” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlari nizomlarini tasdiqlash.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2025-yil oktabr

Sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2. Har yil yakunida tegishli nominatsiyalar boʻyicha tanlovlarni oʻtkazib borish.

2025-yildan boshlab doimiy

12.

Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Tegishli tadbirkorlik birlashmalari bilan birgalikda yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganish.

2. Yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini yaratish choralarini koʻrish.

3. Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni yaktak hamda kurash gilamlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etish.

Tijorat banklari kreditlari,

ijrochilar mablagʻlari

2025 — 2028-yillar davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

13.

Elektron ommaviy axborot vositalarida kurash boʻyicha maʼlumotlar bazasini kengaytirish.

Kurash boʻyicha nufuzli sport musobaqalari, jumladan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlari, milliy terma jamoalar aʼzolari, shuningdek, nufuzli sport musobaqalari, trenerlar va hakamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Oʻzbekiston kurash federatsiyasi rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash.

-

2025-yil dekabr

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Sport vazirligi

14.

Oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “KURASH” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnalini chop etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish.

1. “KURASH” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnalini taʼsis etish.

2. Jurnalning oʻzbek, ingliz va rus tillarida muntazam nashr qilib borilishini taʼminlash.

3. Jurnalni kurash boʻyicha axborot va maʼlumotlar bilan boyitib borish choralarini koʻrish.

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari

2026-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Xalqaro kurash instituti

15.

Kurash sport turini xorijiy davlatlarda ommalashtirish maqsadida kurash boʻyicha maxsus video qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

1. Milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga moʻljallangan maxsus videoroliklar tayyorlash.

2. Videoroliklarning Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash instituti rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini taʼminlash.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

Kurash jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylar mablagʻlari

2026-yil yanvar

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Xalqaro kurash instituti,

Sport vazirligi

16.

Kurashni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish va ommalashtirishni tizimli yoʻlga qoʻyish.

1. Kurash sportini keng targʻib qilish boʻyicha media reja-grafigini tasdiqlash.

Kurashga ajratiladigan mablagʻlar doirasida,

homiylar mablagʻlari

2025-yil iyun

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Sport vazirligi

2. Reja-grafik doirasida:

“Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy gʻururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda namoyish etib borish;

“Bizning kurash” nomli maxsus telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

yoshlar oʻrtasida kurashni keng targʻib etish, ularda vatanparvarlik hissini uygʻotish, sogʻlom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlarni namoyish etib borish.

3. Kurashni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha videoroliklar tayyorlash va nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etilishini tashkil qilish choralarini koʻrish.

4. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda boʻlib oʻtadigan kurash musobaqalari, “toʻy kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.

reja-grafik asosida

17.

Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻoliblari ishtirokida kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

1. Kurash boʻyicha xalqaro sport tadbirlari gʻolib va sovrindorlari ishtirokida respublikamizning diqqatga sazovor tarixiy maskanlari va sayyohlar gavjum boʻlgan boshqa joylarda kurash mahorat darslarini tashkil etib borish.

2. Kurash mahorat darslarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

-

Doimiy

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Sport vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4881-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning beshinchi xatboshisidan “kurash hamda jangovar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yildan boshlab har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash turnirini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha xalqaro turnirlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2023 — 2027-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan quriladigan hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik huzuridagi kurash mahorat maktablarini (keyingi oʻrinlarda — kurash mahorat maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlar) 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023 — 2027-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishning pirovard maqsadi kurashning Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan olimpiya sport turi sifatida tan olinishiga hamda Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishiga erishish deb eʼtirof etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida kurashni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish uchun bir nafar masʼul xodim biriktirilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “kurash hamda jangovar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 9-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning” soʻzlari “kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kurash mahorat maktablari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, ularni yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni 2021-yilda ajratsin va 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat budjetidan har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi hisob raqamiga uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 10 milliard soʻm, 2026-yildan boshlab esa 13 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish, shuningdek, Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida kurash boʻyicha oʻtkaziladigan respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazib borish uchun 10 milliard soʻm, 2026-yildan boshlab esa — 14 milliard soʻm miqdorida mablagʻlar Vazirlikka Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratib borilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlikning buyurtmanomasiga asosan 2020-yildan boshlab kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish, shuningdek, Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida kurash boʻyicha oʻtkaziladigan respublika va xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazib borish uchun zarur mablagʻlar ajratsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 13-banddagi “2023-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari “2030-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Vazirlik, Milliy antidoping agentligi va Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurashni Xalqaro koʻzi ojizlari sport federatsiyasi (IBSA) oʻyinlar dasturiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurashni Islom birdamlik oʻyinlari dasturiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurashni Butunjahon antidoping tashkilotining Sportchining biologik pasporti gematologik moduliga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Vazirlik, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dominikan Respublikasida boʻlib oʻtadigan Markaziy Amerika va Karib oʻyinlari doirasida kurashning rasmiy taqdimotini qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kurash xalqaro assotsiatsiyasini AIMS (Alliance of Independent Recognised Members of Sport) xalqaro tashkiloti aʼzoligiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurashni Xalqaro harbiy sport kengashi oʻyinlar dasturiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kurashni Xalqaro maktab sporti federatsiyasi oʻyinlar dasturiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Vazirlik va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar kurashni Qohira shahrida (Misr) boʻlib oʻtadigan Afrika oʻyinlari dasturiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Vazirlik bilan birgalikda kurashni Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun har yili amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kurash bilan shugʻullangan xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kurash guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning muntazam faoliyat yuritishlarini taʼminlash choralarini koʻrish tavsiya etilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 15-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 3 va 4-ilovalar tegishincha 2 va 3-ilovalar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2-ilova “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2023 — 2027-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manzilli roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Kurash markazining manzili

Muddati

Jami respublika boʻyicha: (14 ta obyekt)

2023 — 2027-yillar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari

2025-yil

2.

Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov koʻchasi

2026-yil

3.

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh koʻchasi

2026-yil

4.

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY

2025-yil

5.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi

2025-yil

6.

Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY

2027-yil

7.

Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY

2026-yil

8.

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi

2026-yil

9.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bogʻi shamol” MFY

2027-yil

10.

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv isteʼmolchilari uyushmasi

2027-yil

11.

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY

2027-yil

12.

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Margʻilon koʻchasi, 1-uy

2026-yil

13.

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Doʻstlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga)

2023-yil

14.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY

2027-yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi tomonidan har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur obyektlar Dasturga kiritilishi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi tomonidan kurash mahorat sport maktablarini tashkil etish manzillariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslantirilgan takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2024-y., 07/24/450/1042-son)