2-ILOVA
T/r | Teatrlar nomi | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbasi |
Yangi qurilish | |||
1. | Toshkent viloyatida koʻp funksiyali drama teatri | 2025 — 2027-yillar | |
Rekonstruksiya qilish | |||
1. | Oʻzbekiston davlat satira teatri | 2025-2026-yillar | Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan |
2. | Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri | ||
3. | Andijon viloyati musiqali drama teatri | 2026-2027-yillar | |
4. | Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri | ||
5. | Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri | 2027-2028-yillar | |
6. | Fargʻona viloyati rus drama teatri | ||
7. | Samarqand viloyati rus drama teatri | 2028-2029-yillar | |
Mukammal taʼmirlash | |||
1. | Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri | 2025-2026-yillar | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti |
2. | Qoʻqon shahar musiqali drama teatri | 2026-2027-yillar | |
3. | Buxoro viloyati musiqali drama teatri | 2027-2028-yillar | |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Hujjat shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
1. | Buyuk tarixiy shaxslarning ibratli hayoti va ijodi, ularning bolaligi va yoshligini ifodalovchi milliy qahramon obrazlari bilan yangi sahna asarlari yaratish. Bunda: ushbu spektakllarni yillar kesimida sahnalashtirish rejasi Madaniyat vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash; Madaniyat vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi mavzusini eʼlon qilish va gʻolib boʻlgan davlat teatrida spektakl sahnalashtirish; teatr jamoalarini ushbu spektakllar bilan respublika boʻylab gastrol safarlariga yuborish. | Madaniyat vazirining buyrugʻi | 2025-yil fevral oyidan boshlab, alohida reja asosida | 2025-yilda Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, kelgusi yillarda Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. | Insonning jamiyatdagi oʻrni va qadr-qimmatini targʻib etuvchi “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida yangi sahna asarlari yaratish. Bunda: “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida yangi sahna asarlarini yaratishda buyurtmachi hisoblangan tegishli vazirlik va idoralar, Madaniyat vazirligi va spektakl sahnalashtiradigan davlat teatri bilan uch tomonlama shartnoma tuzish; ushbu spektakllarni yillar kesimidagi sahnalashtirish rejasini Madaniyat vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash; teatr jamoalarini ushbu spektakllar bilan respublika hududlari boʻyicha gastrol safarlariga yuborish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel oyidan boshlab, alohida reja asosida | Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Vazirlik va idoralar, Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. | Milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega asarlarini teatrlarda sahnalashtirish maqsadida inssenirovka uchun har yili 10 tagacha davlat buyurtmasi berib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yildan boshlab doimiy ravishda | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) |
4. | Nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil mart | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
Ushbu nizomga muvofiq, 2025-yildan boshlab har yili nodavlat teatr va teatr-studiyalarga davlat buyurtmalarini berib borish, ularni tegishli davlat teatrlarida namoyish etish. | 2025-yildan boshlab, har yili | ||||
5. | Musiqiy teatr, dramatik va qoʻgʻirchoq teatri rejissorligi yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilarining beshtagacha eng yaxshi bitiruv malakaviy ishlari uchun davlat buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Madaniyat vazirining buyrugʻi | 2025-yil aprel | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
Ushbu nizomga muvofiq 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab, bitiruvchilarga malakaviy ishlari uchun davlat buyurtmasini berib borish hamda oʻquv-teatr studiyasi va tegishli davlat teatrlarida namoyish etish. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab, har yili | ||||
6. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil aprel | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar | |
7. | Rejissor — dramaturg — kompozitor — rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlik maydonini kengaytirishga qaratilgan “Nigoh” ijodiy loyihasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2025-yil fevral | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (R. Abdullayev) |
Ushbu nizomga muvofiq “Nigoh” ijodiy loyihasini 2025-yildan boshlab har yili avgust oyida tashkil etib borish. | 2025-yildan boshlab, har yili avgust oyida | ||||
8. | Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi huzurida teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil fevral | Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasiga ajratiladigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi (Yo. Axmedov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov) |
9. | Milliy akademik musiqa sanʼatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida milliy kompozitorlar tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2025-yil mart | Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi (R. Abdullayev) |
Ushbu nizomga muvofiq tanlovni 2025-yildan boshlab, har ikki yilda oʻtkazib borish. | 2025-yildan boshlab, har ikki yilda | ||||
10. | Madaniyat vazirining buyrugʻi | 2025-yil aprel | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) | |
Ushbu nizomlarga muvofiq tanlovlarni 2025-yildan boshlab har yili oʻtkazib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yildan boshlab har yili | |||
11. | Adabiy qism mudiri lavozimi teatrlarning ijodiy ishlab chiqarish ishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, malaka talablarini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlash. Bunda aholi, ayniqsa yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi oʻzgarishlarni bilishi, ularning turmush tarzi, xohishlari yuzasidan ular oʻrtasida muloqot va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish hamda teatrning repertuarini shakllantirish, zamonaviy milliy va jahonning eng ilgʻor dramaturgiyasi namunalarini izlab topish va tavsiya etish boʻyicha asosiy vazifalarni nazarda tutish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
12. | Madaniyat va sanʼat taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari uchun taʼlim jarayonida foydalaniladigan 50 tagacha xorijiy adabiyotlarni davlat buyurtmasi asosida oʻzbek tiliga tarjima qilish amaliyotini joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 — 2028-yillar | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
13. | Bunda teatrlarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarni malaka oshirishga yuborish va mazkur muddat yakunlangach, ularning xorijda qolib ketishining oldini olish hamda mamlakatimiz teatrlarida faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 — 2028-yillar | Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
14. | Aholi, ayniqsa, yoshlarning teatr tomoshalari, kino namoyishlari va boshqa madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlariga tashriflarini tizimli tashkil etish, doimiy tahlilini yuritib borish maqsadida Yagona elektron tizim faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2025-yil yanvar | Tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Yoshlar ittifoqi (X. Sattorov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) |
15. | Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilayotganligi munosabati bilan ushbu teatrlarga har tomonlama, xususan, spektakl namoyishlariga tomoshabinlarni jalb qilishda amaliy yordam koʻrsatib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvardan boshlab | Tegishli vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), vazirlik va idoralar, Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov) |
16. | Oʻzbekiston teatr jamoalarining milliy reytingini baholash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Madaniyat vazirining buyrugʻi | 2025-yil fevral | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi (Yo. Axmedov) |
17. | Quyidagilarni: maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun stol usti, barmoq, qoʻlqopli va qoʻgʻirchoqli kichik sahna koʻrinishlari sahnalashtirish hamda bolalar jamoalarini tuzish; umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maktab teatr jamoalarini tashkil etish hamda ular oʻrtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovini oʻtkazish; “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Tasavvur” qoʻgʻirchoq teatri toʻgaraklarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yildan boshlab doimiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
18. | Oliy taʼlim muassasalarida talabalar teatr-studiyalarini rivojlantirish hamda ular oʻrtasida teatr-studiyalar respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2025-yildan boshlab doimiy | Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
19. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Turon” maktab teatri respublika tanlovi hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkaziladigan talabalar teatr-studiyalari respublika festivalining yuqori bosqichlarini teletanlov va tele-shou shaklida tashkil etish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2025-yildan boshlab doimiy | Tegishlicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) |
20. | Davlat teatrlarida sahna asarlarining badiiy saviyasi, sahnaviy talqini yuzasidan taklif va tavsiyalar berish maqsadida janr va mavzuni inobatga olgan holda ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil fevral | 2025-yildan boshlab, Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, kelgusi yillarda Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
21. | Bolalar, oʻquvchi va talabalarning yoshi, qiziqishlari, taʼlim va tarbiya olishi, ijodiy va intellektual rivojlanishini inobatga olib, har yili 10 ta pyesa yaratish. Ushbu pyesalarni Madaniyat vazirligi elektron tizimiga hamda boshqa tegishli axborot-resurs manbalariga belgilangan tartibda joylashtirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yildan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
22. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga boshqa hududlardan kelib teatrlarda faoliyat olib boradigan rejissorlarning har oylik turar joy ijarasi hamda oziq-ovqat uchun xarajatlarini qoplab berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yildan boshlab doimiy | Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
23. | Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va teatr ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2025-yilda 1,0 mlrd, 2026-yilda 2,0 mlrd, 2027-yilda 2,0 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatish. Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasining hududiy boʻlimlarini tegishli hududda joylashgan Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-2026-yillar | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi (Yo. Axmedov) |
24. | “27-mart — Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etish hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan teatr xodimlarini munosib ragʻbatlantirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yildan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
25. | Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatriga “Akademik” maqomi berilishi munosabat bilan teatrning ijodiy faoliyatini yanada kengaytirish. | Madaniyat vazirining buyrugʻi | 2025-yildan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, teatrning budjetdan tashqari mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
26. | Teatr sanʼati ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan taniqli ijodkorlar tavallud sanalarini keng nishonlash, ularning ijodini chuqur oʻrganish va targʻib etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
27. | Teatrlar binolarida imkoniyati cheklangan shaxslar harakatlanishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish maqsadida tiflosharhlovchi hamda surdotarjimon faoliyatini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 — 2030-yillarda | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
28. | “Yangi Oʻzbekiston teatrlari — uchinchi Renessans ostonasida” nomli kitob-albomini tayyorlash va chop etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Madaniyat vazirligining budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
29. | Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatrining maʼmuriy-boshqaruv, badiiy rahbar hamda artist xodimlari ish haqini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil mart | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
30. | Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri tomonidan teatrlar faoliyati bilan bogʻliq davlat xaridlarini ular faoliyatining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish boʻyicha tartibni ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2025-yil fevral | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
31. | Davlat teatrlarining ijodiy faoliyati hamda xodimlarning mahoratini yanada yaxshilash, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadida xorijiy mamlakatlardan yetuk va malakali mutaxassislarni taklif etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil boshlab doimiy | Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
32. | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida davlat teatrlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda ularga menejerlik sertifikatini berish tizimini joriy qilish. Bunda davlat teatrlari direktorlari va oʻrinbosarlari hamda ushbu lavozimlarga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2025-yil yanvar | Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
33. | Teatrlar faoliyatiga tahliliy baho berish, spektakllar haqida maqola, retsenziyalar yozish, ijodkorlarning ijodiy portretlarini yaratishda teatr tanqidchiligini yanada rivojlantirish hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Madaniyat vazirining buyrugʻi | 2025-yil fevraldan boshlab doimiy | Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi (Yo. Axmedov) |
34. | Teatrlarning ijodiy faoliyati va tomoshalarini reklama qilish uchun keng qamrovli va doimiy PR strategiyasini amalga oshirish. Bunda: davlat teatrlarining mavjud rasmiy veb-saytlarini takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini yanada yaxshilash; teatrlar faoliyati boʻyicha videoroliklar va teatr hayoti haqida turkum koʻrsatuvlar tayyorlab ommaviy axborot vositalarida namoyishini tashkil etish; Toshkent shahri va respublikaning turistik markazlarida teatrlar reklamasini joylashtirish; teatrlar faoliyatini mahalliy telekanallar va respublikaning boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritish; milliy aviakompaniyaning xorijiy va ichki reyslarining bort jurnallarida, shuningdek, aeroportlar, vokzallar va avtovokzallarning vestibyullari, kutish joylari, kirish-chiqish joylaridagi reklama joylarida teatrlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish; aholi keng foydalanadigan Instagram, YouTube, Facebook va VKontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarda teatrlarning sahifalarini ochish; ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega bloger va inflyuenserlarni jalb etgan holda teatrlar boʻylab maxsus ekskursiya tashkil etish va ularning ijtimoiy tarmoqlari orqali keng auditoriyaga namoyish etish; teatrlarga oʻz faoliyatini yoritish uchun biletlar sotuvidan olingan mablagʻlar hisobidan ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet tarmogʻida reklama xizmatlarini tashkil qilish (SMM, target) uchun shartnomalar tuzishga ruxsat berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan Airports” AJ (J. Umarxodjayev), “Uzbekistan Airways” AJ (Sh. Xudoyqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
35. | Oʻzbek, qoraqalpoq va jahon mumtoz sanʼati anʼanalarini, xususan, teatr sanʼatini yanada rivojlantirish va targʻib qilishda “Qoraqalpogʻiston sanʼat saroyi” davlat muassasasi rolini oshirish maqsadida ushbu muassasa xodimlarining ish haqi miqdorlarini 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga, 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil 1-yanvar 2025-yil 1-iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
36. | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining balet polini taʼmirlash hamda gastrollar uchun koʻchma balet pol yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (G. Umerova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
37. | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatriga balet maktabi uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (G. Umerova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
38. | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrini musiqa cholgʻulari bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (G. Umerova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
4-ILOVA
T/r | Spektakllar nomi | Muddati |
1. | “Alisher Navoiy” operasi, M. Bafoyev | 2022-yil |
2. | “Jaloliddin Manguberdi” baleti, R. Abdullayev | |
3. | “Maskarad bali” operasi, J. Verdi | 2023-yil |
4. | “Shoir qalbi” operasi, M. Ashrafiy | |
5. | “Yevgeniy Onegin” operasi, P. Chaykovskiy | 2024-yil |
6. | “Oqqush koʻli” baleti, P. Chaykovskiy | |
7. | “Kashmir afsonasi” baleti, G. Mushel | 2025-yil |
8. | “Don Juan” operasi, V. Motsart | |
9. | “Asilzoda xonim” baleti, P. Chaykovskiy | 2026-yil |
10. | “Zolushka” baleti, S. Prokofyev | |
11. | “Sevgi tumori” baleti, M. Ashrafiy | 2027-yil |
12. | “Romeo va Julyetta” operasi, Sh. Guno | |
13. | “Spartak” baleti, A. Xachaturyan, Yu. Grigorovich | 2028-yil |
14. | “Zaynab va omon” operasi, T. Sodiqov, B. Zeydman, Yu. Rajabiy, D. Zakirov | |
15. | “Korsar” baleti, A. Adan | 2029-yil |
16. | “Bobur” operasi, (tanlov) | |
17. | “Alpomish” operasi, X. Rahimov | 2030-yil |
18. | “Nasriddinning yoshligi” baleti, S. Yudakov | |
19. | “Turandot” operasi, Puchchini | 2031-yil |
20. | “Raymonda” baleti, A. Glazunov |
1. | B.B. Siddiqov | — | “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi |
2. | G.O. Umerova | — | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari |
3. | A.B. Tadjixanov | — | madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari |
4. | A.X. Xursanov | — | “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ raisi |
5. | Q.S. Sanaqulov | — | “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ raisi |
6. | O.E. Musayev | — | Oʻzbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi |
7. | R.A. Abdullayev | — | Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi |
8. | R.B. Usmonov | — | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri direktori, Vasiylik kengashi kotibi |
“ | ||||
20. | Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi | Andijon viloyati, Andijon shahri, Mustaqillik MFY, Istiqlol koʻchasi, 7-uy | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Andijon viloyati yoshlar teatri |
”. |