29.11.2024 yildagi 796-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.2024 yildagi 796-son
Date of entry into force
03.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, undan maʼlumotlarni chiqarib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestrga kiritiladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning manbalari va turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari pasportini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, reyestr Adliya vazirligi tomonidan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish hamda ushbu maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni chiqarib tashlash orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona roʻyxatidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlarining funksiyalarini reyestrga kiritish uchun zarur choralarni koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 15-fevralga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, funksiyalar doirasida foydalanilayotgan axborot tizimlarining “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-martga qadar Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlarining funksiyalari belgilangan qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin, xatlov natijasida aniqlangan funksiyalarni oʻz nizomlarida belgilangan tartibda nazarda tutish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni bekor qilish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
796-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 796-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari ochiq reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom talablari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritishga ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining funksiyasi (keyingi oʻrinlarda — funksiya) — normativ-huquqiy hujjatlar bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan faoliyat yoʻnalishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyaning pasporti — funksiyani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlanganlik holati boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Reyestrni yuritishning asosiy maqsadi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalarini tizimlashtirish, monitoring qilish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona ochiq elektron axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan choralarni belgilash hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Reyestrni shakllantirish va yuritish sohasidagi vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Reyestr vakolatli organ tomonidan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Reyestrdagi maʼlumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi. Bunda davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar Reyestrga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini belgilashda Reyestrda belgilangan funksiyalar mezon sifatida inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Reyestr davlat tilida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida strategik rejalashtirish va metodologiya boʻlinmalari (lavozimlari) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Tashkiliy — kadrlar guruhi (ushbu boʻlinmalar mavjud boʻlmaganda, uning vazifalarini bajaruvchi boʻlinma) funksiyaga oid maʼlumotlarni Reyestrga kiritish uchun masʼul hisoblanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari belgilangan tartibda Reyestrga maʼlumotlarni kiritishga masʼul boʻlgan xodimni (xodimlarni) belgilaydilar, ularni “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida (id.gov.uz) roʻyxatdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlarning vakolatli organga oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri taqdim qilinishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Reyestr ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha shakllantiriladi va yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlarning manbalari va turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Reyestr respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Reyestrga funksiyaga oid quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq funksiya nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani amalga oshirish yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organining rasmiy nomi va darajasi (markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) boʻlinmalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organining funksiyani amalga oshirishga masʼul tarkibiy boʻlinmasining nomi va funksiyani amalga oshirish uchun ajratilgan shtatlar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani amalga oshirish mexanizmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning miqdori va ularni oʻzlashtirish foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan funksiya ijrosi yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyaning xususiy sektorga oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyaning raqamlashtirilganlik holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiya doirasida foydalanilayotgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani amalga oshirishda korrupsiya holatlarining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq shakllantirilgan va Reyestrga kiritilgan har bir funksiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan axborot tizimida qayd etilgandan soʻng funksiyaning pasporti shakllantiriladi. Bunda axborot tizimida har bir funksiya pasportining identifikatsiya raqami va qayd etilgan sanasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Funksiyalarga oid maʼlumotlarni Reyestrga kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Funksiyalarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat kuchga kirgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni davomida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organining axborot tizimida ushbu Nizom 12-bandining ikkinchi — oltinchi va toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar shakllantiriladi va Reyestrga kiritish uchun vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom 12-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar axborot tizimi orqali har olti oyda vakolatli organga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborot tizimiga funksiyalarga oid maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida vakolatli organ ularning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Funksiyalarga oid maʼlumotlar ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq toʻliq va haqqoniy boʻlgan taqdirda, vakolatli organ ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalariga oid kiritiladigan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish hamda tasdiqlash tegishliligi boʻyicha hududiy adliya organlari tomonidan mazkur bandning birinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda funksiyaning pasporti avtomatik ravishda shakllantiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Funksiyalarga oid maʼlumotlar ushbu Nizomning 12-bandi talablariga nomuvofiq, toʻliq yoki haqqoniy boʻlmagan taqdirda, vakolatli organ besh ish kuni ichida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlashning rad etilishi sabablarini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ularni axborot tizimi orqali tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga qayta ishlashga yuboradi. Bunda funksiya pasporti shakllantirilmaydi (oʻzgartirilmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi vakolatli organning eʼtirozlari bilan qayta ishlashga yuborilgan funksiyaga oid maʼlumotlarni olgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi va tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga qayta kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimi orqali kiritilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijasida ularda texnik tusdagi (maʼlumotlar mazmunining oʻzgarishiga olib kelmaydigan) kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, mazkur kamchiliklar vakolatli organ tomonidan axborot tizimida bartaraf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, undan maʼlumotlarni chiqarib tashlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Funksiyaning pasportiga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish yoki funksiyani Reyestrdan chiqarib tashlash uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi bekor qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, shuningdek, uning zarur moliyaviy-iqtisodiy, kadrlar va boshqa resurslar bilan taʼminlanganlik holati oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyani amalga oshirish yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi qayta tashkil qilinishi (qoʻshib yuborilishi, qoʻshib olinishi, boʻlinishi, ajratib chiqarilishi, oʻzgartirilishi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organi oʻn besh ish kuni ichida funksiyaning pasportiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki Reyestrdan tegishli funksiyani chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali ushbu Nizomning 12-bandi talablariga muvofiq shakllantiradi hamda Reyestrga kiritish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vakolatli organ mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda va muddatda funksiyaning pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki tegishli funksiyani Reyestrdan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyaning pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, vakolatli organ kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning sanasi va mazmuni toʻgʻrisida Reyestrda tegishli belgi qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiya Reyestrdan chiqarilgan taqdirda, vakolatli organ funksiyaga oid maʼlumotlarni Reyestrdan toʻliq chiqarib tashlamaydi va Reyestrga ushbu funksiya bekor qilinganligi, shuningdek, mazkur funksiya bekor qilingan sana va buning uchun asos toʻgʻrisida tegishli belgi kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bekor qilingan funksiya identifikatsiya raqami Reyestrdan chiqarilmaydi va Reyestrda yangi qayd etilgan boshqa funksiyalarga berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Vakolatli organ va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vakolatli organ quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan (Business Process Reengineering) foydalangan holda axborot tizimi orqali tizimli tahlil va monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini oʻrganish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan bepul asosda soʻrash va olish (davlat, harbiy va xizmat sirini tashkil etuvchi maxfiy maʼlumotlar bundan mustasno), oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga ushbu Nizom talablari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan axborot tizimiga kiritilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrda qayd etmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarini raqamlashtirish va inson omilini qisqartirgan holda avtomatlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruratga koʻra respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining amalga oshirish mexanizmi boʻlmagan funksiyalarini zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom talablariga muvofiq funksiyalar Reyestrda qayd etilishi yoki undan chiqarilishi, shuningdek, funksiyalarga oid maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning Reyestrda qayd etilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalana olishi uchun zarur sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining Reyestrdan foydalana olishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimiga kiritilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrda qayd etishdan oldin ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimiga funksiyalarga oid tegishli maʼlumotlarning kiritilishida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga uslubiy va texnik yordam koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimidan mazkur Nizom talablari doirasida foydalanish, shuningdek, axborot tizimidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida vakolatli organga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimidan foydalanishda, xususan, funksiyalarga oid maʼlumotlarning shakllantirilishi va axborot tizimiga kiritilishida vakolatli organdan uslubiy tavsiyalar va texnik yordam olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksiyalarga oid maʼlumotlarni shakllantirishda oʻzaro idoralararo hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining amalga oshirish mexanizmi boʻlmagan funksiyalarini zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarini bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish natijalari bilan tanishish va vakolatli organni ular bilan rozi yoki rozi emasligi haqida xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom talablariga muvofiq funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Reyestrda qayd etilishi uchun ular toʻgʻrisida vakolatli organga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksiyani belgilovchi normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki funksiyani amalga oshirish yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi qayta tashkil qilingan taqdirda, vakolatli organga funksiyaning pasportiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maʼlumotlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organning soʻrovi asosida axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligini va haqqoniyligini oʻrganish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

“Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish.

15 ish kuni ichida

2-bosqich

Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari

Axborot tizimiga kiritilgan funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini yuzasidan ularni tekshirish va Respublika ijro etuvchi  hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrida qayd etish.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari

Funksiyalarga oid maʼlumotlar toʻliq va haqqoniy boʻlmagan taqdirda funksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Reyestrda qayd etilishini rad etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ushbu maʼlumotlarni axborot tizimi orqali tegishli respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga qayta ishlashga yuborish.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va funksiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga qaytadan kiritish.

7 ish kuni ichida

5-bosqich

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Funksiya pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimi orqali shakllantirish va vakolatli organga taqdim etish.

15 ish kuni ichida

6-bosqich

Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari

Funksiya pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maʼlumotlarni ushbu sxemaning 2 — 4-bosqichlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish.

15 ish kuni ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 09/24/796/0996-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)