04.11.2024 yildagi PQ-382-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 04.11.2024 yildagi PQ-382-son
Date of entry into force
07.11.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yurtimizda yoshlarning suv sporti turlariga boʻlgan qiziqishi hamda suv sporti turlari ommaviyligini oshirish, bu orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash, saralash (seleksiya) va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali mutaxassislar va hakamlar tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar suv polosi, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash sport turlarini (keyingi oʻrinlarda — suv sporti turlari) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv sporti turlarini aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv sporti turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilar qamrovini kengaytirish, suv sporti turlari boʻyicha professional trenerlar, sport tibbiyoti xodimlari hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv sporti turlari boʻyicha xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy suv sporti inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportchilarni vitaminlar, asbob-uskunalar, ekipirovka va boshqa zarur vositalar bilan muntazam taʼminlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv sporti turlarini sogʻlom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi va yoshlarni barkamol inson etib tarbiyalashga xizmat qiladigan sport turi sifatida targʻib qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur sport infratuzilmasi mavjud boʻlgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv polosi va sinxron suzish guruhlari tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon hamda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suvga sakrash sport turini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi negizida suv sporti turlari yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan “Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyoti” hamda “Eshkak eshish sport turlari nazariyasi va uslubiyoti” kafedralari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yildan boshlab har yili suv sporti turlari boʻyicha quyidagi sport musobaqalari oʻtkazib boriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinxron suzish sport turi boʻyicha Toshkent shahrida “Suv parisi” xalqaro turniri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suzish sport turi boʻyicha Samarqand viloyatida “Silk Water” xalqaro turniri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlarida yoz mavsumida oʻtkaziladigan “World Aquatics Day” ommaviy sport festivali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv sporti turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bilan birgalikda ushbu bandda koʻrsatilgan musobaqalarni 2025-yil 1-yanvardan boshlab Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sport sohasiga ajratilayotgan Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish va oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish maqsadida Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining suv havzalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab pullik xizmatlarni koʻrsatish uchun yetarli imkoniyatlarga ega suzish havzalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tartibiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport maktabi va ixtisoslashtirilgan sport maktabiga suv havzalarida joriy etiladigan pullik xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini mustaqil belgilash huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pullik xizmatlardan tushumlar, birinchi navbatda, foydalanilgan kommunal toʻlovlar xarajatlariga yoʻnaltiriladi hamda sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablariga mablagʻlarning qolgan qismidan mustaqil foydalanish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazilgan suzish havzalarida sport turlari boʻyicha mavjud guruhlar bilan shugʻullanayotgan trenerlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, suzish havzasining boshqa xodimlariga toʻlovlar pullik tushumlar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) daromadlari xarajatlarini qoplamaydigan va rekonstruksiyaga muhtoj suv havzalari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investorlarga berilgan suv havzalarida sport turlari boʻyicha mavjud guruhlarning mashgʻulotlarini mazkur suzish havzalarida begʻaraz asosda oʻtkazib borilishi taʼminlanadi hamda ushbu talab tegishli davlat-xususiy sheriklik bitimlarida koʻzda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) daromadlari xarajatlarini qoplamagan yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlar tomonidan qiziqish bildirilmagan suv havzalari elektron onlayn-auksion savdolariga qoʻyiladi hamda ularni sotishdan tushadigan mablagʻlar elektron savdo maydonchasi operatori toʻlovini chegirib tashlagan holda, toʻliq hajmda Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga tushiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) suv havzalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish natijasida tejab qolinadigan budjet mablagʻlari suv sporti turlari boʻyicha sportchilarni vitaminlar, asbob-uskunalar, ekipirovka va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlashga, shuningdek, suv sporti turlari boʻyicha kadrlar malakasini oshirib borishga maqsadli yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ixtisoslashtirilgan sport maktablariga tegishli boʻlgan suv havzalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan hollarda ularning oʻquvchi-sportchilari tegishli hududdagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining suzish havzalarida begʻaraz asosda shugʻullantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sport vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda vazirlik tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining suv havzalarini xatlovdan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-iyunga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorga beriladigan suv havzalari roʻyxatini shakllantirsin hamda oʻzining rasmiy veb-saytida tegishli eʼlonlar joylashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladigan suv havzalari faoliyati mazkur qaror asosida tashkil etilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlari xarajatlarini qoplamaydigan yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlar tomonidan qiziqish bildirilmagan suv havzalari roʻyxatini shakllantirib, Davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Suv sporti turlarini keng targʻib qilish va ommalashtirish, aholining ushbu sport turlariga qiziqishini oshirish maqsadida tajriba tariqasida 2026-yildan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda 6x15 metr oʻlchamli suzish havzalari barpo etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur suzish havzalari tegishli hududdagi sport maktablari balansiga oʻtkazib beriladi hamda ularni saqlash xarajatlari sport maktabining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6x15 metr oʻlchamli suzish havzalarini barpo etishni moliyalashtirishning qoʻshimcha imkoniyatlarini yaratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlarning texnik koʻmak (grant) mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba natijalari asosida 2028-yildan boshlab ushbu namuna asosida respublikaning boshqa hududlarida ham bunday suzish havzalarini barpo etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Suv sporti turlari bilan shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyunga qadar davlat taʼlim muassasalarida suv sporti boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni olib borish uchun koʻchma basseynlardan foydalanish amaliyotini yoʻlga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida suv sporti turlari infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha manzilli dastur ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sport vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va Oʻzbekiston suzish federatsiyasining suv sporti turlari boʻyicha milliy terma jamoalar sportchilari yil davomida uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazib borishi uchun Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Sportchilar koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 50x25 m oʻlchamli ochiq suzish havzasini “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning homiylik mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilish (yopiq havzaga aylantirish) hamda yopiq suzish havzasini mukammal taʼmirlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish maqsadida, suv havzalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish natijasida tejab qolinadigan budjet mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirib borish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, sportchilarni tayyorlash jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025 — 2027-yillarda milliy terma jamoalar trenerlari, shuningdek, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv sporti turlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan trenerlar xorijiy davlatlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda suv sporti turlari boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirib borish, shuningdek, trenerlarni xorijiy davlatlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuborish rejasini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sport vazirligi Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bilan birgalikda suzish havzalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar eʼlon qilinishi, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tayyorlanishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi O.O. Kasimov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 4-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-382-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-382-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida suv sporti turlari infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MANZILLI DASTUR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Suv sporti inshooti

Chora-tadbir nomi

Muddat

1.

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 50x25 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2026-2027 yy.

2.

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 25x11 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Rekonstruksiya qilish

2025-2026 yy.

3.

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 50x25 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2026-2027 yy.

4.

Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 25x11 m oʻlchamli ochiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2026-2027 yy.

5.

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 50x25 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2026-2027 yy.

6.

Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi uchun yangi 50x25 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Yangidan barpo etish

2025-2026 yy.

7.

Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 25x13 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2025-2026 yy.

8.

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 25x11 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2025-2026 yy.

9.

Fargʻona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 50x21 m oʻlchamli yopiq suzish havzasi

Mukammal taʼmirlash

2026-2027 yy.

10.

Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli 50x25 m oʻlchamli ochiq suzish havzasi

Rekonstruksiya qilish

(yopiq suv havzasi sifatida)

2026-2027 yy.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2024-y., 07/24/382/0897-son)