30.10.2024 yildagi 718-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2024 yildagi 718-son
Date of entry into force
04.11.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholining yuqori sifatli va qulay yoʻlovchi tashish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini toʻliq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish, moliyalashtirish tizimi va tarif siyosatini takomillashtirish orqali xususiy sektor uchun jozibali biznes muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchilarning shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarini qoplab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻrilgan zararlarni qoplash boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norentabel avtobus yoʻnalishlariga subsidiya ajratish tartibi va shartlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel mikroavtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlar Maʼmuriy reglamentda belgilangan tartibda qoplab beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-noyabrdagi 725-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2025-y., 09/25/725/1057-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 25-dekabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishi kuzatib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy reglamentga muvofiq tashuvchilar shahar va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish yuzasidan YIDXP orqali 2025-yil 1-fevraldan boshlab murojaat qiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berishda talab etiladigan maʼlumotlarni (hujjatlarni) koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-oktabrdagi 630-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda mazkur qarorning 4 va 6-bandlarida nazarda tutilgan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishida koʻriladigan zarar miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi uchun, istisno tariqasida, 40 foizgacha (40 foiz ham shu jumlaga kiradi) miqdorda qoplab beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
718-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 718-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish davlat xizmatini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) tashuvchilarning shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norentabel avtobus yoʻnalishlari — tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmatini koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishida koʻriladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) boʻlgan yoʻnalish, Toshkent shahri bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norentabel avtobus yoʻnalishlari reyestri — tashuvchilarning asoslangan takliflariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — transport boshqarmalari) tomonidan rentabellik darajasi oʻrganib chiqilib, tasdiqlangan hamda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kiritilgan norentabel avtobus yoʻnalishlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Reyestr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul tashkilotlar — transport boshqarmalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi — tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmatini koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tashuvchilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi — avtomobil transporti sohasidagi yagona interaktiv axborot tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha zarur mablagʻlar (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Transport boshqarmalari tomonidan “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq Reyestr shakllantiriladi hamda har bir viloyat kesimida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashuvchilarning asoslangan takliflariga muvofiq transport boshqarmalari tomonidan bir yilda bir marotaba 1-iyulga qadar norentabel avtobus yoʻnalishlarining rentabellik darajasi oʻrganib chiqilib, Reyestr tasdiqlanadi hamda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga tegishli maʼlumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashuvchi hamda transport boshqarmalari oʻrtasida belgilangan tartibda ommaviy oferta shaklida muayyan muddatga tuziladigan, yoʻnalishda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi shartnoma bekor qilinishi natijasida ushbu yoʻnalish Reyestrdan chiqarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashuvchilarga subsidiya ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxemaga asosan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashuvchi YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashuvchi YIDXP orqali subsidiya ajratish boʻyicha quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchining arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq norentabel yoʻnalishdan koʻrilgan zarar boʻyicha hisob-kitob hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi, material xarajatlarini asoslovchi hisob-faktura va yoqilgʻi normasi hamda yoqilgʻi sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchidan mazkur bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. YIDXP orqali ariza hamda ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlar avtomatik tarzda tegishli transport boshqarmalariga, Iqtisodiyot va moliya vazirligining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Transport boshqarmalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari arizaga ilova qilingan hujjatlar va maʼlumotlarni besh ish kuni mobaynida tegishliligi boʻyicha oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Masʼul tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Masʼul tashkilotlar tomonidan subsidiya ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlangan taqdirda, ariza Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlangan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi uchun besh ish kuni muddat berilgan holda tashuvchiga YIDXP orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Masʼul tashkilotlar bir ish kunida subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tashuvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishlari reyestriga kiritilmaganligi va mazkur yoʻnalishdan koʻrilgan zararlarni qoplash Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada ushbu Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tashuvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani olgan kundan boshlab koʻpi bilan besh ish kuni davomida xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Subsidiya hududiy komissiyalarning qarorlari asosida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qabul qilingan qaror bir ish kuni mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli mablagʻlar ikki ish kunida tashuvchining tijorat banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Subsidiya ajratish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligiga tashuvchilar masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashuvchilarning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi murojaatlari oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilishiga va mablagʻlar ajratilishiga hududiy komissiyalar raislari masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________viloyatining
shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlari boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REYESTR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Avtobus yoʻnalishi

Masofasi

(km)

Qatnov ochilgan sana

Reja boʻyicha avtotransport soni

Tashuvchi nomi (yoki biriktirilmagan)

Tuzilgan shartnoma

Reyestrga kiritish yoki chiqarish

Transport boshqarmasi boshligʻining F.I.O.

turi Shahar atrofi (SHA) yoki viloyat ichidagi shaharlararo (VISH)

T/r

Avtobus yoʻnalishi nomi

Sana

Amal qilish muddati

Sana

kiritish yoki chiqarish

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

1.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararni subsidiya ajratish yoʻli bilan qoplab berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Tashuvchi

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

 

Oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Tashuvchi

 

YIDXP orqali norentabel avtobus yoʻnalishi boʻyicha koʻrilgan zararni qoplash (subsidiya ajratish) boʻyicha ariza bilan murojaat qiladi.

 

Har oyning 10-sanasigacha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

YIDXP

 

Murojaat masʼul tashkilotlarga (Transport vazirligining hududiy boshqarmalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari, Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalari) yuboriladi.

 

Avtomatik tarzda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Masʼul tashkilotlar

 

Ariza hamda ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, subsidiya ajratish va/yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi hamda tashuvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik tarzda yuboradi.

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlangan taqdirda, arizani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarga yuboradi.

 

5 ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Komissiya

 

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yuboradi.

 

1 ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan tegishli mablagʻlar tashuvchining tijorat banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.

 

2 ish kunida

 

 

 

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“________________________________” MCHJning 20___ yil ______________ oyida

___________ (korxonaning nomi) ____________________________________ (oy) __________

__________________________________ ____-sonli ______________ avtobus

__ (shahar atrofi / viloyat ichidagi shaharlararo) _____(№) _________ (yoʻnalish nomi) _________

yoʻnalishi boʻyicha ________________ moliyaviy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi

____________________________ (amaldagi yoki prognoz) ___________________________________________________________

MAʼLUMOT

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Norentabel yoʻnalish boʻyicha amaldagi koʻrsatkich

I.

Umumiy maʼlumotlar

1.

yoʻnalish masofasi

km

2.

yoʻnalishdagi avtobuslar soni

dona

3.

yoʻnalishdagi avtobuslar qiymati

mln.soʻm

4.

avtobusning yoʻlovchi sigʻimi

yoʻlovchi

5.

yoʻnalishdagi qatnovlar soni

dona

6.

amaldagi tarif bir yoʻlovchi-km

soʻm

II.

Jami yoʻlovchilar soni

yoʻlovchi

III.

Daromadlar (7.+8.)

ming soʻm

7.

naqd pulda yoʻlovchi tashishdan

ming soʻm

8.

elektron toʻlovda yoʻlovchi tashishdan

ming soʻm

IV.

Tannarx xarajati (9.+10.+11.+12.+13.+14.+15.+16.+17.)

ming soʻm

9.

ish haqi xarajati

ming soʻm

10.

yagona ijtimoiy toʻlov

ming soʻm

11.

yoqilgʻi (metan gaz)

ming soʻm

12.

shina xarajati

ming soʻm

13.

dvigatel moy xarajati

ming soʻm

14.

filtr, kolodka va boshqalar

ming soʻm

15.

texnik xizmat va joriy taʼmir

ming soʻm

16.

amortizatsiya

ming soʻm

17.

boshqa xarajatlar

ming soʻm

V.

Davr xarajati (18.+19.+20.)

ming soʻm

18.

sotish xarajati

ming soʻm

19.

maʼmuriy xarajatlar

ming soʻm

20.

boshqa xarajatlar

ming soʻm

VI.

Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajat

ming soʻm

21.

foiz xarajatlari

ming soʻm

VII.

Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromad

ming soʻm

VIII.

Jami xarajat (IV+V+VI-VII.)

ming soʻm

IX.

Sof foyda yoki zarar (III.-VIII.)

ming soʻm

22.

Rentabellik darajasi (IX./IV. *100)

%

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Norentabel yoʻnalishda davr xarajatlarini hisoblash uchun yoʻnalishning ish haqi xarajatlarini jami xarajatlarga nisbati foiz koʻrinishida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Rahbar

________________

________________________

Imzo

F.I.O.

Bosh hisobchi

________________

________________________

Imzo

F.I.O.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2024-y., 09/24/718/0881-son; 18.11.2025-y., 09/25/725/1057-son)