21.10.2024 yildagi 691-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.10.2024 yildagi 691-son
Date of entry into force
24.10.2024
Hujjat 24.10.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmonida “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyotini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka kreditlari va ular boʻyicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan, qoida tariqasida, “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “mahalla yettiligi” bilan birgalikda kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlashga ehtiyoji boʻlgan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish va ularning maqsadli oʻzlashtirilishi jarayonini samarali tashkil etish, kredit olgan fuqarolarning daromadli doimiy mehnat faoliyati bilan band boʻlishlarini taʼminlash choralarini koʻrib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Onlayn mahalla” va “Raqamli mahalla” platformalari, “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi hamda tegishli tijorat banklarining axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 21-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
691-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-oktabrdagi 691-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida “Onlayn mahalla” platformasida kambagʻallikdan chiqarish individual dasturiga (keyingi oʻrinlarda — Dastur) kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — Dasturga kiritilgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish boʻyicha ariza bilan murojaat qilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikdan chiqarish dasturi — “mahalla yettiligi” tomonidan kambagʻal oila daromadini oshirish va muammolarini hal etish uchun “Onlayn mahalla” platformasida tuzilgan individual dastur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mahalla yettiligi” — mahalla fuqarolari yigini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat jamoa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mahalla yettiligi” tavsiyasi — Dasturga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxsning ijtimoiy shart-sharoitini oʻrganishdan soʻng unga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash uchun ipoteka kreditini ajratish maqsadga muvofiqligini ifodalovchi “mahalla yettiligi” tomonidan imzolanadigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti — Dasturga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun dastlabki badalni inobatga olgan holda 120 million soʻmgacha ajratiladigan ipoteka krediti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki — Dasturga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlarini ajratadigan tijorat banklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkiloti — yakka tartibdagi uy-joylarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini bajaradigan tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi — Dasturga kiritilgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlgan hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ipoteka kreditini olgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxs — Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilaning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aʼzosi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joyni qurish — qarz oluvchining oʻziga yoki u bilan birgalikda yashayotgan yaqin qarindoshiga tegishli yer uchastkasida mavjud yakka tartibdagi uy-joyga tutashib ketuvchi va (yoki) alohida qoʻshimcha yakka tartibdagi uy-joyni qurish, shuningdek, mavjud uy-joyni buzib qayta qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish — yakka tartibdagi uy-joyning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini (yuklamasi, xonalarning rejalashtirilishi, uy-joyning qurilish hajmi va umumiy maydoni, muhandislik jihatdan jihozlanishi) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joyni taʼmirlash — yakka tartibdagi uy-joyning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini saqlab qolgan holda uning foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilash yoki qayta tiklash bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qarz oluvchilarga nisbatan belgilangan muvofiqlik mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan daromad manbaiga, shu jumladan, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan daromadga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz yuki koʻrsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlarining ushbu qarz oluvchining tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadlarining 60 foizidan yuqori boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit ajratishni koʻrib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalardan foydalanmagan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yer uchastkasi qarz oluvchining oʻziga yoki u bilan birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlaridan biriga tegishli ekanligi va qarz oluvchi mazkur manzilda kamida 6 oy davomida doimiy roʻyxatda turgan boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qarz yuki koʻrsatkichini hisob-kitob qilishda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori uning oxirgi 12 oy mobaynida (12 oydan kam ishlangan taqdirda ishlangan davr uchun, biroq 6 oydan kam boʻlmagan muddat davomida) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tijorat banki qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadini aniqlashda uning roziligiga koʻra quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya toʻlovlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilish natijasida olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud sharoitdan kelib chiqib, anketa soʻrovnomasi asosida aniqlashtirilgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banki qarz oluvchining toʻlov qobiliyatini aniqlashda muqobil usullardan, shu jumladan, qarz oluvchining bank kartasi aylanmasi, uning kommunal xarajatlari hamda belgilangan talablardan yuqori miqdordagi ixtiyoriy tarzda toʻlangan dastlabki badal mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ipoteka krediti ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ipoteka kreditining taʼminoti sifatida qarz oluvchi yoki u bilan birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlarining mulkiy egaligida boʻlgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekonstruksiya qilinadigan yoki taʼmirlanadigan yakka tartibdagi uy-joyning oʻzi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi quriladigan yakka tartibdagi uy-joylarda qurilish bitgunga qadar uchinchi shaxs kafilligi va (yoki) boshqa taʼminot taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu taʼminotni notarial rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoxud yollanma ishchilar yoki pudrat tashkilotlarini jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ipoteka krediti tijorat banklari tomonidan 20 yilgacha muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada dastlabki badalni inobatga olgan holda 120 million soʻmdan oshmagan miqdorda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Mahalla yettiligi” doimiy ravishda oʻtkaziladigan xatlov va oʻrganishlar natijalariga koʻra uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlab boradi, ularni Dasturga kiritish va ipoteka kreditini olish boʻyicha tavsiya berish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslar ularni Dasturga kiritish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ipoteka kreditini ajratish boʻyicha tavsiya olish uchun bevosita “mahalla yettiligi”ga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu shaxslarning murojaati “mahalla yettiligi” tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilishi va oʻrganish natijalariga koʻra, ular Dasturga kiritilishi va tavsiya berilishi yoki ularga Dasturga kiritish va tavsiya berishni rad etish sababi koʻrsatilgan yozma xulosa taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar “mahalla yettiligi” tomonidan tavsiya berishni rad qilishga asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining oilasi Dasturga kiritilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj hisoblanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi shaxs yoki uning turmush oʻrtogʻi mazkur imtiyozdan avval foydalangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi shaxs davlat tomonidan avval berilgan ijtimoiy yordam va koʻmaklardan maqsadsiz foydalanganligi toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarning maʼlumotlari mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va taʼmirlanishi nazarda tutilayotgan uy-joy yoki u joylashgan yer uchastkasiga nisbatan ashyoviy huquq nizoli boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Dasturga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslar ipoteka krediti olish uchun tegishli hujjatlarni (qurilish materiallari va qurilish-montaj ishlari hisob-kitobi) ilova qilgan holda, ariza bilan tijorat bankiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tijorat bankining masʼul xodimi ariza beruvchiga ipoteka kreditining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha izoh beradi, talab etiladigan barcha hujjatlar roʻyxati va taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tijorat banki bir ish kunida onlayn skoringni amalga oshirish maqsadida ariza beruvchiga tegishli quyidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining raqamli maʼlumotlar platformasi va/yoki boshqa rasmiy manbalar orqali tekshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi Dasturga kiritilganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi daromad manbaiga ega ekanligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining kredit tarixini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yer uchastkasi ariza beruvchining oʻziga yoki u bilan birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlaridan biriga tegishli ekanligini va ariza beruvchi mazkur manzil boʻyicha kamida 6 oy davomida doimiy roʻyxatda turgan boʻlishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilinganidan soʻng tijorat banki uch ish kuni ichida ariza beruvchiga kredit berish masalasini koʻrib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bir ish kuni ichida qarz oluvchiga ipoteka krediti berishni rad etishning sabablari aniq va tushunarli koʻrsatilgan holda yozma xulosa yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda quyidagilar ipoteka kreditini berishni rad qilishga asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning umumiy daromadi ipoteka krediti boʻyicha bir oylik toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining boshqa kreditlari boʻyicha toʻlov muddati kechikkan qarzdorliklari mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. “Mahalla yettiligi” ariza beruvchiga tijorat bankining ipoteka krediti berishni rad etish xulosasidagi kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi tijorat banki xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng kredit berish toʻgʻrisidagi ariza bilan tijorat bankiga qayta murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki bir ish kunida bu haqida ariza beruvchini yozma ravishda yoki telefon raqamiga SMS xabar yuborish orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tijorat banki tomonidan ariza beruvchiga tanishib chiqish va oʻzi bilan olib ketishi mumkin boʻlgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish jadvali loyihasi taqdim etiladi hamda tijorat banki va ariza beruvchi oʻrtasida ikki ish kunida kredit shartnomasi imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tijorat banki kredit shartnomasi imzolanganidan soʻng ikki ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali yakka tartibda quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan uy-joyning kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda, ipoteka kreditining dastlabki badalini hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya mablagʻlarini toʻlashga buyurtmanoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanoma asosida ipoteka kreditining dastlabki badali uchun subsidiyani besh ish kunida tijorat bankiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya buyurtmanoma taqdim etilgan oydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har oyning 25-sanasiga qadar tijorat bankining Bosh ofisiga fuqarolar kesimida oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kredit summasi Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoki yollanma ishchilar jalb etilgan holda bajarilganda kredit summasi bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank plastik kartasiga, pudrat tashkiloti jalb etilgan hollarda esa, pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini boshlash uchun tijorat banki tomonidan umumiy qarz summasining 30 foizdan ortiq boʻlmagan qismi dastlabki toʻlov sifatida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi bosqich toʻlovlari tijorat banki xodimi va hokim yordamchisi tomonidan bajarilgan ishlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish natijasi boʻyicha tuzilgan xulosasiga asosan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qarz oluvchi ajratilgan ipoteka kreditini va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini ipoteka kreditini qaytarish jadvaliga asosan toʻlab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tijorat banklari ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi monitoring qilishda ulardan boshqa maqsadda foydalanilgan holatlarni aniqlagan taqdirda, kreditning qolgan qismini toʻlashni toʻxtatish hamda belgilangan tartibda subsidiya va kreditlarni muddatidan oldin undirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qarz oluvchiga dastlabki badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga ushbu tijorat banklari tomondan toʻliq miqdorda qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ariza beruvchi kredit olish uchun tijorat bankiga murojaat qilganda, bank kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini bepul taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tijorat banki ariza beruvchiga kredit boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan oylik toʻlovlar miqdori hamda ariza beruvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu toʻlovlarni toʻlash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tijorat banki ipoteka krediti shartnomasini imzolashdan oldin ariza beruvchiga ushbu shartnoma hamda ipoteka kreditini qaytarish jadvali loyihalarini tanishib chiqish uchun oʻzi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bank kredit ajratishda bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda banklar faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mazkur Nizom asosida yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ipoteka kreditlarini ajratishda qarz oluvchiga ipoteka predmetini sugʻurta xavflaridan va kreditning qaytmaslik xataridan sugʻurta qilish talabi qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ariza beruvchi (qarz oluvchi) davlat organlari va tashkilotlari, tijorat banklari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish dasturiga kiritilgan va uy joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

“Mahalla yettiligi”

1. Fuqaro Dasturga kirish uchun tavsiya soʻrab murojaat qilganda oʻrganish oʻtkazadi.

2. Oʻrganish natijalariga koʻra fuqaroni Dasturga kiritadi yoki rad etish sababini koʻrsatgan holda yozma xulosa beradi.

Doimiy

3. Oʻrganish natijalariga koʻra, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj kambagʻal oilalarni “Onlayn mahalla” platformasining Kambagʻallikni qisqartirish dasturiga kiritib boradi.

Ikki ish kunida

2-bosqich

Ariza beruvchi

Ipoteka kreditini olish uchun ariza va tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Tijorat banki

1. Ariza bilan taqdim etilgan hujjatlarni tegishli “Raqamli hukumat” tizimining raqamli maʼlumotlar platformasi va/yoki boshqa rasmiy manbalar orqali tekshiradi:

2. Kredit olish boʻyicha taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Ariza beruvchiga rad etish yoki kredit ajratish toʻgʻrisida xabarni yuboradi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Tijorat banki

1. Ariza beruvchi bilan ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi, kredit taʼminoti hujjatlarini rasmiylashtiradi.

Ariza beruvchining oʻz ixtiyoriga koʻra

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya olish boʻyicha buyurtmanoma yuboradi.

Ikki ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Buyurtmanoma asosida ipoteka kreditining boshlangʻich badali uchun subsidiyani tijorat bankiga oʻtkazib beradi.

Besh ish kunida

2. Ipoteka kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani buyurtmanomalar asosida tijorat bankiga fuqarolar kesimida oʻtkazib beradi.

Har oyning 25-sanasiga qadar

6-bosqich

Tijorat banki

Shartnomaga asosan ajratilgan kredit summasi hamda subsidiyani qarz oluvchining bank plastik kartasiga, pudrat tashkiloti jalb etilgan hollarda pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich

7-bosqich

Pudrat tashkiloti yoki yollanma ishchi yoxud qarz oluvchi fuqaro

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Tijorat banki va xokim yordamchisi

Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazoratga oladi va qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarni monitoring qilib boradi.

Qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari yakuniga qadar

9-bosqich

Qarz oluvchi

Kredit shartnomasini qaytarish jadvaliga asosan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini toʻlab boradi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 09/24/691/0848-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)