14.10.2024 yildagi PF-157-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.10.2024 yildagi PF-157-son
Date of entry into force
17.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy hamda IT-xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-park) rezidentlariga quyidagi qo‘shimcha faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta’lim xizmati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadining 40 foizidan oshmagan holda, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o‘qitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali axborot xizmatlarini (biznes-jarayonlari autsorsingi) eksport qilish faoliyati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadining 40 foizidan oshmagan holda, biznes-jarayonlar autsorsingi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yil 1-fevraldan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSh dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini (shu jumladan, royalti to‘lanadigan) ko‘rsatgan, O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslarini ushbu kalendar yil yakuniga qadar foyda solig‘idan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-fevraldan boshlab 2040-yil 1-yanvarga qadar jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari singari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘ining 5 foiz stavkasini tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2028-yil 1-yanvardan boshlab 2040-yil 1-yanvarga qadar quyidagi mezonlardan biriga to‘g‘ri keladigan IT-park rezidentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son Farmonida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarini uzaytirish (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalendar yil davomida o‘n sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur banddan kelib chiqib, 2025-yil 1-yanvarga qadar Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar tajriba-sinov tariqasida IT-park rezidentlariga quyidagi barcha shartlar bajarilgan hollarda korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 milliondan ortiq auditoriyaga ega Internet jahon axborot tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslari va tizimlari (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar) reklama xizmatlaridan foydalanilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kalendar yil davomida eksport tushumlarining 10 foizi doirasida, biroq 100 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan tajriba-sinov natijalari asosida korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlari uchun to‘lovlarning ruxsat etiladigan yuqori miqdorlari kelgusida Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida belgilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil 1-apreldan boshlab oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilari, shuningdek, IT-park rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga ham “IT-visa” berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, raqamlashtirish sohasidagi eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatini rivojlantirishning yaxlit tizimini yaratish maqsadida 2028-yil 1-yanvarga qadar Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Dastur ishtirokchilariga IT-park rezidenti maqomi beriladi va ular tomonidan ko‘rsatilgan tegishli xizmatlar hajmidan kelib chiqib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy ofislar, kovorking markazlari, sport majmualari, tibbiyot va ta’lim xizmatlaridan foydalanish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi yoxud ular bo‘yicha hamkorlik dasturlari asosida chegirmalar taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda tashkil etilayotgan “IT-shaharcha”lar kovorking maydonlaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda huquqiy maslahat xizmatlari ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun xalqaro nufuzli platformalarda imtiyozli shartlarda ta’lim olish uchun sharoitlar yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba almashish, ijtimoiy va biznes aloqalarni rivojlantirish maqsadida uchrashuv, forum va boshqa tadbirlar o‘tkazib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqamli texnologiyalar sohasidagi xizmatlar eksportini oshirish va mamlakatimizga ushbu sohadagi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi takliflari asosida tasdiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmonning 3-bandida ko‘zda tutilgan 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega bo‘lgan Internet jahon axborot tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslari va tizimlari ro‘yxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-fevraldagi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-87-son qarorining 9-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan prodyuserlik, reklama, reportaj va boshqa roliklarni tayyorlash hamda translyatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi chet el kompaniyalari (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar), xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalari, shuningdek, chet elda tadbirlar (ko‘rgazmalar, anjumanlar, davra suhbatlari va seminarlar) tashkil qilish va ularda ishtirok etish xizmatlarini ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar ro‘yxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) IT sohasidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va loyihalar asosida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan ma’lumotlar (tashkilotlar kesimida) 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) IT-park rezidentlari uchun imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash hamda ularning samaradorligini monitoring qilib borish maqsadida 2027-yil 1-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi mavjud platformalarda IT-ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchi IT-park rezidentlarida tahsil olib, o‘quv kurslarini tamomlagan hamda IT-park rezidenti bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan bitiruvchilar reyestri yuritilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ushbu platforma soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirishda ularning shaxsiy kabinetida ushbu platforma ma’lumotlarini onlayn ko‘rib borish imkoniyatini yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 14-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-157-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-157-son Farmoniga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar sohasidagi xizmatlar eksportini oshirish va mamlakatimizga ushbu sohadagi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Raqamli texnologiyalar sohasidagi eksport qiluvchi kompaniyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

1.

IT sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy kompaniyalarni jahon bozoriga olib chiqish.

1. Jahon IT-bozorini o‘rganish, mahalliy kompaniyalarni ushbu bozorga olib chiqish bo‘yicha samarali marketing strategiyalari ishlab chiqish uchun nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish.

2025-yil 1-fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

IT-park

2. Mahalliy bozorga xizmat ko‘rsatuvchi IT-kompaniyalarning xalqaro ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirokini tashkil etish.

Tadbirlar o‘tkazish rejasiga muvofiq

3. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yirik xalqaro kompaniyalar, mahalliy uyushmalar, tadbirkorlar va akseleratorlar bilan biznes aloqalar o‘rnatish.

2025-yil 15-iyul

2.

Xorijda faoliyat yurituvchi IT sohasidagi yirik kompaniyalarni O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilishga qaratilgan loyihani amalga oshirish.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Yuqori salohiyatga ega yirik IT va autsorsing kompaniyalari ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil 15-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

IT-park

3. Xalqaro darajada yuqori nufuzga ega xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish (videolar, maqolalar va boshqa axborot materiallari).

2025-yil davomida

3.

Mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 15-noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil 15-dekabr

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-yanvar

4.

Xalqaro IT-bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonalarni mamlakatimizga jalb qilish va ularning eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalarni jahon bozoriga olib chiqish ishlarini jadallashtirish.

1. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Belgiya, Yaponiya, Xitoy hamda Koreya Respublikasidagi elchixonalari (vakolatxonalari)ga xizmat safariga yuborish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning yuqori malakali xodimlari ro‘yxati va tashriflarning kalendar rejasini shakllantirish.

2024-yil 30-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Mazkur xodimlar ro‘yxati va kalendar reja loyihasini Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish hamda tasdiqlash.

2025-yil 20-fevral

3. Tasdiqlangan ro‘yxat va kalendar rejaga asosan Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini xizmat safariga yuborish.

2025-yil davomida

5.

IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga oid dastur va loyihalar asosida qo‘llangan choralar, shuningdek, tegishli ro‘yxat va reytinglarni Raqamli texnologiyalar vazirligi rasmiy veb-saytida alohida bo‘lim shaklida e’lon qilib borish.

IT sohasidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va loyihalar asosida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan ma’lumotlar (tashkilotlar kesimida), Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan yuritilishi belgilangan ro‘yxatlar va reytinglarni vazirlikning rasmiy veb-saytida alohida bo‘limda e’lon qilib borish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

IT-park

II. Dasturiy mahsulotlar, IT va masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga taqdim etilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish

6.

IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish.

1. IT-park rezidentlariga quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish ruxsat etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta’lim xizmati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadning 40 foizdan oshmagan holda ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o‘qitish;

Internet jahon axborot tarmog‘i orqali axborot xizmatlarini (biznes-jarayonlari autsorsingi) eksport qilish faoliyati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadining 40 foizidan oshmagan holda biznes-jarayonlari autsorsingi bo‘yicha ta’lim faoliyatini ham amalga oshirish;

Internet jahon axborot tarmog‘i orqali eksport qilinayotgan xizmatlar doirasida chet davlatlarga bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlari.

2024-yil 15-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil 25-dekabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 10-yanvar

7.

“IT-visa” berish tartibini takomillashtirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilari, shuningdek, IT-park rezidenti maqomini olgan yuridik shaxsning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga ham “IT-visa” berish tizimini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 25-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil 25-fevral

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

2025-yil 25-mart

8.

IT-park faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish.

1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom va IT-park rezidentlari uchun amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlarini tahlil qilish.

2025-yil 1-mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

IT-park

2. Nizom hamda amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2025-yil 1-iyun

3. Takliflar asosida amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-iyul

9.

Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish.

1. Dasturni amalga oshirish tartibi, shu jumladan, unda ishtirok etish, IT-park rezidentlari bo‘lgan raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan amalga oshirish ruxsat etiladigan faoliyat turlarini tasdiqlash hamda ushbu dasturni moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 25-oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi

2. Hukumat qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil 5-noyabr

3. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 15-noyabr

10.

IT sohasidagi eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro darajadagi malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish doirasida maqsadli qarzlar ajratish tizimini takomillashtirish.

1. IT-park rezidentlariga ikki yil ichida IT sohasidagi eksport hajmini kamida 30 foizga oshirish sharti bilan yosh mutaxassislarga axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash hamda xorijiy tillar bo‘yicha ta’lim olish uchun maqsadli qarz ajratish tartibi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 556-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil 1-fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

IT-park

2. Hukumat qarori loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil 15-aprel

3. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-may

11.

Hududlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta’minlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk), shuningdek, mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash loyihasini (Local to Global) takomillashtirish.

1. Zero-Risk dasturi va Local to Global loyihalari amalga oshirilishi holatini tahlil qilish.

2025-yil 15-yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

IT-park

2. Dastur va loyihani amalga oshirish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2025-yil 1-mart

3. Takliflar asosida amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2025-yil 1-aprel

12.

IT-park rezidentlariga korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlari uchun to‘lovlarni mazkur qarorning 3-bandida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshirishga ruxsat berish bo‘yicha tartibni amaliyotga joriy etish.

1. IT-park rezidentlariga korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berish tartibi yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil 1-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Markaziy bank

3. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-dekabr

13.

IT-park rezidentlari tomonidan reklama xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish uchun xalqaro miqyosda 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega Internet jahon axborot tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslari (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar) ro‘yxatini tasdiqlash.

1. Xalqaro miqyosda 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega Internet jahon axborot tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslari (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar) ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil 1-noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Raqobat qo‘mitasi

2. Ro‘yxatni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil 15-noyabr

3. Ro‘yxatni Hukumat komissiyasiga kiritish.

2025-yil 1-dekabr

14.

IT-park rezidentlariga ruxsat etilgan korporativ bank kartalari orqali reklama xizmatlaridan foydalanish to‘lovlari bo‘yicha tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish.

1. Tajriba-sinov asosida amalga oshirilgan ishlar natijalarini tahlil qilish.

2026-yil 1-yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Tahlillar asosida tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-fevral

III. Dasturiy mahsulotlar, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy hamda IT-xizmatlar eksporti targ‘ibotini kuchaytirish

15.

Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish.

1. Istiqbolli startap loyihalari va muvaffaqiyatga erishgan IT-park rezidentlari ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil 25-yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

IT-park

2. IT-park rezidentlari va istiqbolli startap loyihalari to‘g‘risida mediamahsulotlar tayyorlash.

3. Tayyorlangan mediamahsulotlarni xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish.

4. IT-park rezidentlarining xalqaro ko‘rgazma va forumlarda ishtirokini tashkil etish hamda xalqaro maydonda rezidentlar e’tirofiga erishish.

2025-yil davomida

16.

Mahalliy bozorga e’tiborni kuchaytirish hamda xorijiy kompaniyalarni jalb qilish maqsadida IT-xizmatlar autsorsingi bo‘yicha xalqaro tadbirlarni tashkil etish.

1. IT-autsorsing yo‘nalishida xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha reja-grafikni tasdiqlash.

2025-yil 1-fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Tegishli tadbirlarni tashkil etish, bunda IT sohasidagi yetakchi xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni taklif qilish.

Reja-grafikka asosan

17.

Raqamli texnologiyalar sohasidagi yirik xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqtirish va ularni mamlakatda yaratilgan sharoitlar haqida xabardor qilish.

1. Raqamlashtirish sohasidagi xorijiy kompaniyalar uchun O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarni (biznes-tur) tashkil etish va ularda O‘zbekiston haqida ijobiy fikr shakllantirish.

2. Tashriflar doirasida yirik xorijiy kompaniyalar va faoliyati eksportga yo‘naltirilgan IT-park rezidentlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazish.

2024-yil 15-noyabrdan boshlab

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

18.

Xorijiy kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha chet davlatlarda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish.

1. O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan hamkorlikda konferensiya tashkil etish va xalqaro IT-autsorsing kompaniyalarini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2. Tadbirni targ‘ib qilish va sohaning asosiy ishtirokchilari bilan aloqalarni o‘rnatishda diplomatik missiyalarning faol ishtirokini ta’minlash.

3. Xorijiy kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha chet davlatlarda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish.

Alohida reja grafik asosida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

IT-park,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 06/24/157/0827-son)