30.08.2000 yildagi 110-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2000 yildagi 110-II-son
Date of entry into force
25.09.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JALOLIDDIN MANGUBERDI ORDENINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jaloliddin Manguberdi ordeni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jaloliddin Manguberdi ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5—6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda) “Amir Temur ordeni” degan so‘zlardan so‘ng “Jaloliddin Manguberdi ordeni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110-II-son

Jaloliddin Manguberdi ordeni to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Jaloliddin Manguberli ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jaloliddin Manguberdi ordeni O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy mukofoti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlashga doir taqdimnoma mudofaa va huquqni muhofaza qilish muassasalari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlash va ordenni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oltmish besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jaloliddin Manguberdi ordeni ko‘krakning o‘ng tomoniga, Amir Temur ordenidan keyin taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la beriladigan pul to‘lovi mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jaloliddin Manguberdi ordenining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

Jaloliddin Manguberdi ordeni 925 probali kumushdan tayyorlanadi, qirrador kumushrang nurlar taralgan beshburchak shaklga ega. Beshburchak jo bo‘lgan doiraning diametri 55 millimetrdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning markazida, oq aylana bilan hoshiyalangan doirada, taralayotgan nurlar fonida Jaloliddin Manguberdining qabariq zarhal tasviri joylashgan. Siymo ortidagi fon havorang-moviy emal bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aylananing yuqori qismida doira bo‘ylab “JALOLIDDIN MANGUBERDI” degan yozuv joylashgan. Aylananing sirt diametri 35 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aylananing pastki qismida yashil emal qoplangan ikkita dafna novdasi simmetrik tarzda joylashgan bo‘lib, barglari orasiga fianit kristallar o‘rnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aylana uzra, markaz bo‘ylab o‘lchami bo‘yicha diametri 8 millimetrli doiraga jo bo‘ladigan tillarang musamman joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning orqa tomoni botiq. O‘rtasida burama qadag‘ichi bor. Pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 202-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)