Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-382-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-sentabr,
PQ-331-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-331-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2977-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “2025”, “9” va “4” raqamlari tegishincha “2027”, “18” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4170-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “toʻrt” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2024-y., 07/24/331/0741-son)