12.09.2024 yildagi 566-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.09.2024 yildagi 566-son
Date of entry into force
13.09.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo oʻzanlari, ularning sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Suv xoʻjaligi vazirligi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo oʻzanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari toʻxtatilishini qatʼiy nazoratga olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryo oʻzani, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida suv toshqinlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborish imkoniyati yoʻqligi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarning oldini olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandi talablari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shagʻal qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini togʻ va togʻoldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlaridan tashqarida joylashgan mavjud konlarda koʻchirilayotgan tadbirkorlik subyektlariga noruda materiallarini oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali rasmiylashtirib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarini togʻ yoki togʻoldi hududlar yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlarni ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida tadbirkorlik subyektlariga noruda materiallarni qazib olish uchun berilgan ruxsatnomalar hamda tuzilgan shartnomalarni qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan noruda qazilma uchastkalari boʻyicha yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari, daryo oʻzanlarini tozalash boʻyicha shartnoma shartlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosalari talablarining bajarilishi tanqidiy oʻrganib chiqilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish talablari va shartlari muntazam yoki qoʻpol ravishda buzilgan, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha ruxsatnoma va shartnomalarni sud tartibida bekor qilish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari koʻrilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“121. Daryolarning noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy qilingan hududlarida noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararning miqdori mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan formula boʻyicha hisoblanib, aniqlangan asosiy zarar miqdori oʻn baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 12-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
566-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 566-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Daryolar nomi

Yuqori va quyi koordinatalari

Umumiy uzunligi

(km)

Moratoriy joriy etiladigan hududning boshlanish va quyi nuqtalari koordinatalari boʻyicha qoʻshimcha

izoh

Geografik kenglik

Geografik uzunlik

qisman

jami

1.

Chirchiq daryosi

41°34'23.28''

69°44'45.53''

118

118

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Oqsoqotasoy bilan qoʻshilgan joyidan boshlab, Chinoz tumanida Sirdaryoga quyilish joyigacha (Boʻstonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq, Yangiyoʻl va Chinoz tumanlari hududlaridan oqib oʻtgan) qismi.

Toshkent shahar (M.Ulugʻbek, Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlari hududlaridan oqib oʻtgan) qismi.

40°54'34.37''

68°45'32.96''

2.

Sangzor daryosi

39°41'9.32

68°12'19.53''

160

160

Jizzax viloyati Baxmal tumanidan boshlanib, Zafarobod tumani hududidagi “Tuzkon” koʻlining quyilish qismigacha (Aydar-Arnasoy koʻli).

40°32'6.74''

67°36'0.93''

3.

Zarafshon daryosi, shu jumladan:

39°32'29.93''

67°24'2.44''

36

Samarqand viloyati Urgut tumani “Ravotxoʻja” gidrouzelidan Jomboy tumani “Oq-Qoradaryo gidrouzeli” qismi.

40°5'47.90''

65°39'31.40''

40°0'43.70''

65°56'47.83''

128

204

Samarqand viloyati Narpay tumani Oqdaryo va Qoradaryo daryolarining qoʻshilish qismidan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Toshrabod koʻprigi qismi

40°8'39.37''

64°55'8.55''

3.1.

Qoradaryo daryosi

39°41'40.08''

67°3'13.09''

20

Samarqand shahar Farhod qoʻrgʻoni “Oq-Qoradaryo gidrouzeli”dan boshlab, oʻng qirgʻoq “Qoradaryo” daryosining (Samarqand shahar, Oqdaryo tumani va Samarqand tumani \ hududidan oqib oʻtgan) qismi.

39°45'27.32''

66°51'12.58''

3.2.

Oqdaryo daryosi

39°41'41.52''

67°3'16.34''

20

Samarqand shahar Farhod qoʻrgʻoni “Oq-Qoradaryo gidrouzeli”dan boshlab Oqdaryo, Jomboy va Payariq tumanlaridan oʻtgan oraligʻidagi qismi.

39°48'40.8''

66°53'26.19''

4.

Norin daryosi

41°06'45.00''

72°04'01.00''

38

38

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Uchqoʻrgʻon gidrouzeli”dan daryoning Qoradaryo daryosi bilan qoʻshilish nuqtasigacha (Uchqoʻrgʻon, Uychi, Norin va Namangan tumanlari hududlaridan oqib oʻtgan) qismi.

40°54'04.00

71°45'28.00''

5.

Qashqadaryo daryosi

39°11'0.92''

66°59'10.14''

53

102

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida “Anorzor” MFYdagi Varganza qishlogʻidan Qashqadaryo va Jinnidaryo daryolarining kesishgan nuqtasidan boshlab (Kitob tumani, Kitob shahri, Shahrisabz tumani, Chiroqchi tumani Chimqoʻrgʻon suv omborigacha) qismi.

39°2'8.59''

66°28'20.12''

38°56'18.63''

66°21'29.33''

49

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan (Chimqoʻrgʻon suv ombori dambasidan boshlab, qisman Gʻuzor, Beshkent tumani, Qarshi shahri, Koson va Qarshi tumanlari hududidan oqib oʻtgan) Qarshi tumani “Koʻchkak” MFY hududidagi Qashqadaryo daryosi va Qarshi magistral kanali dyukergacha boʻlgan qismi.

38°55'27.65''

65°42'54.65''

6.

Surxondaryo daryosi

38°18'41.60''

68°0'40.57''

60

140

Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Ulanqul” mahallasidan boshlab, Shoʻrchi tumani “Xushchekka” mahallasigacha Janubiy Surxon suv ombori yuqori qismigacha boʻlgan (Uzun, Denov va Shoʻrchi tumanlari hududlaridan oqib oʻtgan) qismi.

37°54'44.01''

67°42'21.33''

37°49'51.34''

67°36'52.65''

50

Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Janubiy Surxon” suv omborining quyi qismidan Jarqoʻrgʻon shahrini Termez shahrini bogʻlovchi avtomobil koʻprigigacha (Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tumanlari hududlaridan oqib oʻtgan) qismi.

37°29'49.05''

67°26'26.00''

37°25'14.95''

67°24'57.85''

30

Jarqoʻrgʻon tumani “Obi-hayot” mahallasidan Amudaryo daryosiga quyilish qismigacha (Jarqoʻrgʻon, Termiz tumanlari va Termiz shahri hududlaridan oqib oʻtgan) qismi.

37°12'10.78''

67°18'40.15

7.

Sirdaryo daryosi

40°54'0.18''

71°45'25.05''

118

118

Sirdaryo daryosining Namangan viloyati hududidan oqib oʻtgan qismi, Tojikiston chegarasigacha boʻlgan qismi va Toshkent viloyati Bekobod tumanidan Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh nuqtasigacha boʻlgan qismi.

40°43'8.52''

70°47'25.90''

40°11'30.51''

69°18'21.66''

153

153

40°56'32.97''

68°38'36.51''

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/566/0710-son)