19.08.2024 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.08.2024 yildagi 518-son
Date of entry into force
19.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Toshkent shahrida “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imkoniyati cheklangan yoshlarning maktabdan tashqari qoʻshimcha taʼlim olishlari, kasb-hunar oʻrganishlari uchun boshqa tengdoshlari bilan teng imkoniyatlar yaratish hamda ularning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr boʻlib yetishib chiqishlarini va jamiyatga integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining imkoniyati cheklangan yoshlarga inklyuziv sharoitda boshqa tengdoshlari bilan birgalikda professional taʼlim berish maqsadida Agentlik muassisligida davlat taʼlim muassasasi shaklidagi “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imkoniyati cheklangan yoshlarni jamiyatga integratsiya qilish boʻyicha tadqiqotlar olib borish, har tomonlama moslashuv uchun inklyuziv sharoit yaratish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish, imkoniyati cheklangan yoshlarni taʼlim olish va kasbga oʻrgatish hamda ularni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajriba asosida imkoniyati cheklangan yoshlarni boshqa tengdoshlari bilan birgalikda xalqaro standartlar asosida boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida oʻqitish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inklyuziv sharoitda imkoniyati cheklangan yoshlarning boshqa tengdoshlari bilan birgalikda oʻz isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun inklyuziv oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etishga koʻmaklashish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarida tashkil etilgan oʻquvchilarni kasbga oʻqitish kurslariga uslubiy yordam koʻrsatish va kasbiy taʼlim berish jarayonini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Markazga ushbu bandda nazarda tutilgan asosiy vazifalarni bajarish doirasida ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarni budjet tashkilotlari hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotish va xizmat koʻrsatish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining Xorazm va Samarqand viloyati filiallari tuzilmasi 11-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi va uning Xorazm va Samarqand viloyati filiallarining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktoriga Markaz va uning filiallari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markaz faoliyati boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim jarayoniga boshlangʻich kasbiy taʼlim yoshidan 30 yoshgacha hamda toʻgaraklarga 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar jalb etiladi. Bunda taʼlim oluvchilarning kamida 30 foizini imkoniyati cheklangan shaxslar tashkil etadi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazda guruhlar kamida 12 nafar oʻquvchilardan shakllantiriladi. Bunda zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida guruhdagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning shtat birliklari sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni maqbullashtirish munosabati bilan boʻshayotgan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlar hamda soha boʻyicha mutaxassislar mehnatiga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz pedagog kadrlarining oʻquv yuklamasini hamda boshqa mutaxassislar meʼyorlarini Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan yoshlarga davlat namunasidagi diplom hamda toʻgarak bitiruvchilariga sertifikat beriladi;
(4-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz xodimlari boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaz rahbari, pedagog kadrlari va boshqa xodimlari mehnatiga kasbiy taʼlim tizimidagi mehnatga haq toʻlash miqdori va shartlari asosida haq toʻlanadi;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning filiallarida qisqa muddatli kurslar boʻyicha shakllangan guruhlarda ikki nafardan oʻqituvchi faoliyat koʻrsatadi;
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash dars beruvchining ilmiy darajasi va unvoni, malaka toifasidan kelib chiqib, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shugʻullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, mutaxassislar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, mehnat taʼlimi oʻqituvchilari va yordamchi tarbiyachilarning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida, qolgan barcha xodimlarning lavozim maoshlariga 50 foiz miqdorda budjet mablagʻlari hisobidan ustamalar toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning barcha xodimlariga, shu jumladan mehnatiga soatbay haq toʻlanuvchi oʻqituvchi-pedagoglarga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha har oylik 200 foizgacha oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi miqdorida ustama haqi toʻlanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ish haqi jamgʻarmasiga nisbatan 15 foiz miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablar Markazda pullik asosda tashkil etiladigan kurslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qaroriga asosan oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz huzurida tarkibida kengash raisi, rais oʻrinbosari va boshqa aʼzolardan iborat 11 kishilik “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Ekspert kengashi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining Ekspert kengashi tarkibi va kengash toʻgʻrisidagi nizom Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalari va xalqaro taʼlim dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan malaka talablari, oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bilan kelishgan holda, konsalting tashkilotlari, xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi takliflarni oʻrgangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyat turlari boʻyicha tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablagʻlarni xodimlar va oʻquvchilarni ragʻbatlantirish hamda Markaz faoliyatini rivojlantirish uchun sarflashga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markazning faoliyati uchun zarur boʻlgan xorijiy konsalting tashkilotlari, xalqaro va mahalliy ekspert va mutaxassislar Agentlik tomonidan jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar 2024-yilda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni maqbullashtirish hisobidan boʻshaydigan mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga 1 ta imkoniyati cheklangan shaxslarga moʻljallangan yoʻlovchi avtobusni saqlash uchun limit ajratiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Markaz ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga 1 ta imkoniyati cheklangan shaxslarga moʻljallangan yoʻlovchi avtobusni ijara (autsorsing) asosida jalb qilish uchun Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda AT “Aloqabank”ning (keyingi oʻrinlarda — Bank) boshqaruv organlari yigʻilishlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankka tegishli Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, “Navnihol” MFY Tepamasjid koʻchasidagi 4-uyda joylashgan “IT-PARK” hududidagi binoning 8 va 9-qavatlarini barcha zarur jihozlar bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda — aktivlar) vaqtincha tekin foydalanish huquqi bilan Markazga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni (kommunal xizmatlar, telekommunikatsiya, joriy va kapital taʼmirlash, tozalash va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar) Bank tomonidan qoplash masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Bank tomonidan aktivlarni Markazga tekin foydalanish huquqi asosida berilganda, ushbu aktivlar Bank uchun soliq solish obyekti boʻlib hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 19-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
518-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
1-ILOVA

“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Direktor

Ekspert kengashi

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

3

Bosh yuriskonsult

1

Raqamli va assistiv texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

2

Axborot xizmati boʻlimi

2

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

5

Bosh hisobchi

1

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi

3

Inklyuziv psixologiya va korreksion metodikalarni rivojlantirish hamda stajirovkalarni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Xalqaro aloqalar va inklyuziv taʼlimning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Markazning Xorazm va Samarqand viloyati filiallari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.

1. Markaz boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 25 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Professor-oʻqituvchilar soni guruhlar soni va oʻquv yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida boshqaruv xodimlar uchun nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.

4. Markazda eshitishida nuqsoni boʻlgan har 12 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik (oʻquvchilarning soni 12 nafardan kam boʻlganda 0,5 birlik) surdotarjimon lavozimi kiritiladi. Surdotarjimonning oylik maoshi kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
11-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi hududiy filiallarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Direktor

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

2

Administrator

1

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish

va oʻtkazish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Markazning har bir filiali boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 4 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Filiallarda professor-oʻqituvchilar soni guruhlar soni va oʻquv yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida boshqaruv xodimlar uchun nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Filiallarda eshitishida nuqsoni boʻlgan har 12 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik (oʻquvchilarning soni 12 nafardan kam boʻlganda 0,5 birlik) surdotarjimon lavozimi kiritiladi. Surdotarjimonning oylik maoshi kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi boshligʻi bir vaqtning oʻzida filial direktori hisoblanadi.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi va uning Xorazm va Samarqand viloyati filiallarining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI

T/r

Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlash miqdori

Izoh

I. Markaz

1.

Direktor

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2.

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

3.

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

4.

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining 1-guruhda keltirilgan bosh hisobchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

5.

6.

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

7.

Bosh yuriskonsult

14

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

8.

Xalqaro aloqalar va inklyuziv taʼlimning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Raqamli va assistiv texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

9.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

10.

Yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida

Axborot xizmati boʻlimi

11.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

12.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

13.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

14.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

15.

16.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi

17.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

18.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Inklyuziv psixologiya va korreksion metodikalarni rivojlantirish hamda stajirovkalarni muvofiqlashtirish boʻlimi

19.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

20.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

II. Filiallar

Kasbga oʻqitish va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda nazorat qilish boʻlimi

1.

Filial direktori — boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Startaplar, kasbiy tanlovlar, olimpiadalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha bosh mutaxassis

Pedagoglar va uslubchilar

4.

Administrator

Bazaviy tarif stavkasi

Kasbiy taʼlim tashkilotining uslubchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Agentlik tomonidan tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/518/0709-son; 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son; 13.11.2026-y., 09/26/619/1124-son)