Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2003 23.11.1994 yildagi 566-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.1994 yildagi 566-son
Date of entry into force
23.11.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKA VALYUTA BIRJASIDA OPERATSIYALAR HAJMINI KENGAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta bozorini korxonalarning vaqtincha but boʻlgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarini jalb qilish hisobiga kengaytirish va amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, vakil qilingan banklar va Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
566-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
23-noyabrdagi 566-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Mazkur tartib korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (keyingi oʻrinlarida valyuta birjasi deb ataladi) xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini hamda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning xorijiy valyutani majburiy sotishlarini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Valyuta birjasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) korxonalar va tashkilotlarning valyutasi Respublika valyuta birjasi kafolati bilan valyuta SVOPi bitishuvlari shartlarida qaytarib sotib olish huquqi bilan sotishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(1.2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Valyuta birjasida valyuta operatsiyalari vakil qilingan banklar orqali belgilangan tartibda vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Respublika valyuta fondi kafolati bilan bajariladigan almashtirish operatsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakil qilgan bank xizmatini oʻtaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Mazkur tartibning 1.2-bandiga muvofiq valyuta operatsiyalari natijasida olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Respublika valyuta fondi uchun maxsus schyot ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika valyuta fondining Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta birjasida almashtirish operatsiyalari natijasida xarid qilingan, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlariga oid majburiyatlarni bajarishga aloqador operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yuqorida koʻrsatib oʻtilgan schyot boʻyicha oʻtkazilayotgan operatsiyalarga oid axborotni har oyda belgilangan shakllarda Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Davlat soliq qoʻmitasiga takdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING VAQTINChA BAND BOʻLMAGAN XORIJIY VALYUTADAGI MABLAGʻLARINI SVOP ShARTLARIDA SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Vaqtincha band boʻlmagan xorijiy valyutaga ega boʻlgan korxonalar ularni Respublika valyuta fondi kafolati bilan vakil qilingan banklar orqali SVOP shartlarida valyuta birjasida quyidagi shartlarda sotishga qoʻyishlari mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kelishilgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yoʻqlab olinadigan muddatga (bir yildan ortiq emas).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Vaqtincha band boʻlmagan mablagʻlarga ega boʻlgan korxona vakil qilingan bankka xorijiy valyutadagi mablagʻlarni valyuta birjasida sotish taklifi bilan belgilangan shaklda murojaat qilishi mumkin. Korxona ayni bir vaqtda belgilangan shakldagi buyurtmanoma bilan bitishuv tuzilishi mumkin boʻlgan summa va muddatni koʻrsatib SVOP shartlarida operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida Milliy bankka murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Milliy bank Moliya vazirligi bilan koʻrsatilgan operatsiyani keyinchalik qayta almashtirish huquqi bilan amalga oshirish toʻgʻrisidagi kafolatli bitimni va valyuta sotuvchi korxona bilan balki aniq SVOP shartlaridagi oldi-sotdi toʻgʻrisidagi bitimni rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi korxona uchun valyutani sotish va xarid qilish kursi har bir bitishuv kunidagi birja kursi boʻyicha belgilanadi. SVOP bitishuvi tugaganda korxona toʻliq summani sotib olish huquqiga ega boʻladi hamda muddatli bitishuvlar boʻyicha 3,0 foiz va yoʻqlab olinadigan bitishuvlar boʻyicha 2,0 foiz miqdorida Respublika valyuta fondi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha yillik daromad oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. 2.1-bandda koʻrsatilgan bitishuvlar Milliy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy bank koʻrsatilgan bitishuvlarning ahvoli toʻgʻrisida Moliya vazirligiga muntazam hisobot berib turadi va sotuvchi korxona oldidagi majburiyatlarning bajarilish uchun barcha chora-tadbirlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Qayta almashtirish muddati kelgan va valyuta bozorida band boʻlmagan valyuta mablagʻlari yoʻq boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mablagʻlar maxsus qaror bilan bu maqsadlar uchun Milliy bankda shakllantiriladigan va joylashtiriladigan Respublika valyuta fondining qayta almashtirish rezerv fondidan ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. BANKLAR VA MAHSULOT YETKAZIB BERUVChILAR SChYOTLARI BOʻYIChA MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN QARZLARNI TOʻLASh UChUN VALYUTANI SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI
(4-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Mazkur qoida bank ssudalari va mahsulot yetkazib beruvchi schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarga hamda xorijiy valyutadagi schyotlarga ega boʻlgan barcha korxonalar va tashkilotlarga joriy qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan tashkilotlar roʻyxati va bu qarzlar hajmi hamda vakil qilingan banklardagi valyuta schyotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki byulletenida xar oyda keyingi oyning 15-kunigacha eʼlon qilinadi va ikki kun mobaynida barcha vakil qilingan banklarga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Bankka va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar oy tugagandan keyin 5 kun mobaynida xorijiy valyutani sotish boʻyicha buyurtmanomani bankning nomi, korrespondent schyot raqami, muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda schyot raqami va muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda qarzi summasini koʻrsatib, valyuta schyoti ochilgan vakil qilingan bankka taqdim etadilar.
(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Qarzdor korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan vakil qilingan banklar Markaziy bank roʻyxati boʻyicha valyutani sotish boʻyicha buyurtmanomalarini 4.3-bandda koʻrsatilgan muddatda olmasalar valyuta mablagʻlarining teng keluvchi ekvivalentini Markaziy bankning koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi maxsus koʻrsatmasini olgunga qadar toʻxtatib qoʻyadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. SOʻMLARNI ERKIN MUOMALADAGI VALYUTAGA ALMAShTIRIShDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR
Oldingi tahrirga qarang.
(5.1 va 5.2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ROʻYXAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi xarid qilinadigan texnologiyalar, butlovchi buyumlar va xomashyolar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tovarlarni eksport qilishni va/yoki importning oʻrnini bosib taʼminlovchi ishlab turgan ishlab chiqarishlar uchun butlovchi buyumlar xomashyolar xarid qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-oktabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-oktabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)