13.08.2024 yildagi O‘RQ-942-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.08.2024 yildagi O‘RQ-942-son
Date of entry into force
14.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda ma’qullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda kasaba uyushmalari tashkilotlari ishining samaradorligini oshirishga, ular a’zolarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan bank hisobvaraqlarini ochish bilan bog‘lik muammolar mavjud bo‘lib, buning uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami olinishi taqozo etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qo‘yilishi mumkinligini va ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan moliyaviy faoliyatning to‘laqonli amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-588-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 882-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 19-moddasi kuyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra adliya organlarida hisobga qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar) 127-moddasiga kuyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Adliya organlarida hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga ko‘ra beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — oltinchi qismlar tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini xamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 1-moddasining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibni ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin ikki oy ichida belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RQ-942-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/942/0612-son)