29.06.2024 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.06.2024 yildagi 368-son
Date of entry into force
02.07.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, roʻyxatlarga kiritish, raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, maqom va baxshichilik sanʼatini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, targʻib qilishni yanada rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan namunalarini Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya doirasida xalqaro roʻyxatlarga kiritish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur yoʻnalishda amaliy ishlarni davom ettirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoni hamda “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoni bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qarori bilan Institutning asosiy vazifalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor oʻrinbosarlari Institut direktorining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Institut tizimida uning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarida ilgʻor ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun yangi, zamonaviy yuqori texnologik jihozlar bilan jihozlangan hamda yuridik shaxs boʻlmagan Etnofolklor laboratoriyasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etnofolklor laboratoriyasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻqolib ketgan noyob nomoddiy madaniy meros namunalari va ular bilan bogʻliq boʻlgan asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi materiallar, axborot tashuvchi vositalar, etnofolklor ekspeditsiyalarda toʻplangan materiallarni texnologiyalar oʻzgarishiga mutanosib ravishda zamonaviy formatga oʻtkazib borish hamda audiovizuallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy meros namunalarining davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib borishi va kelajakdagi holatini modellashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va bajarish, madaniyat va sanʼat sohasidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish, nomoddiy madaniy merosning noyob elementlarini tadqiq etish va hujjatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda, uning namunalarini aniqlash, roʻyxatlarga kiritish va raqamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy merosning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan namunalarini saqlab qolish hamda targʻib etish boʻyicha ijobiy ilmiy-amaliy yechimlar asosida materiallarni raqamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy merosning barcha yoʻnalishlari boʻyicha grantlar ajratilishini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, tadqiqot ishlariga yosh olimlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKO, Xalqaro tovush va audiovizual arxivlar assotsiatsiyasi hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb etgan holda, arxivda materiallarni ishonchli raqamlashtirish masalasini ilmiy-amaliy jihatdan oʻrganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Madaniyat vazirligi 2024-yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Institut xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan jihozlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan toʻldirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy meros namunalarining davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib borishi va kelajakdagi holati modellashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi materiallar, axborot tashuvchi vositalar, etnofolklor ekspeditsiyalarda toʻplangan materiallarni texnologiyalar oʻzgarishiga mutanosib ravishda zamonaviy formatga oʻtkazib borish hamda audiovizuallashtirish ishlarini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu qarorning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning saqlash xarajatlarini budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutga 1 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vazirligiga vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Institut xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda Institutda bajariladigan ilmiy-amaliy loyihalar uchun mablagʻlar ajratish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Institutni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Navoiy koʻchasi 30-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 29-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
368-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 368-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-ilova (Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizom)da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-banddagi “hujjatidan” soʻzi “hujjatlaridan” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-banddagi “Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish” soʻzlari “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish va undan chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) I boʻlim quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlar Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatidan tarixiy-madaniy ekspertizasining roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda chiqariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Quyidagilar roʻyxati yuritiladigan nomoddiy madaniy meros obyektlari namoyon boʻladigan sohalar hisoblanadi:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda “Institut” deb ataladi) tomonidan yuritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 8-band “Obyektlar tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasiga asosan roʻyxatga kiritiladi” soʻzlaridan keyin “va undan chiqariladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy roʻyxatlari Nomoddiy madaniy meros obyektlari milliy roʻyxatini, ushbu roʻyxat esa, oʻz navbatida, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar roʻyxatini toʻldirib, yangilab borish uchun xizmat qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritiladigan” soʻzlaridan keyin “va undan chiqariladigan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaz” soʻzi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatidan chiqarish ushbu Nizomning 4-bandiga asosan taqdim etilgan murojaatnomalarga koʻra amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
y) 15-banddagi “Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida” soʻzlari “Institutda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 17-band “Muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros obyektlarini oʻrganish, ularning tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish hamda Nomoddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, ushbu roʻyxatdan chiqarish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 18-banddagi “maʼlumotlar” soʻzi “maʼlumot hamda undan chiqarilganlariga doir izohlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-ilova (Nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʻz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek, ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʻliq bilimlar, koʻnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi boshqa materiallar hamda undan chiqarilishi kerakligini izohlovchi hujjat va vajlar tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Tarixiy-madaniy ekspertizani tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga (keyingi oʻrinlarda “Institut” deb ataladi), uni oʻtkazish Institut huzurida tashkil etiladigan Ilmiy-metodik kengashga (keyingi oʻrinlarda “Kengash” deb ataladi) yuklanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 19 va 20-bandlardagi “Markazga” va “Markaz” soʻzlari tegishlicha “Institutga” va “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 09/24/368/0460-son)