27.06.2024 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.2024 yildagi 358-son
Date of entry into force
29.06.2024
Hujjat 29.06.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalarining alohida xususiyatini inobatga olgan holda, ularning mulki, bino va inshootlaridan samarali foydalanish, inson omilini istisno etadigan zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining mulki, bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalariga tegishli davlat mulkini ijaraga berish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalariga tegishli davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron tanlov natijalarini rasmiylashtirish va ijara shartnomasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda ularning huquq va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovlarining hisob-kitob tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish, hisobotini yuritish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklarni oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlovni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlov mezonlari va gʻolibni aniqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlovning gʻolibi bilan investitsiya majburiyatlarini oʻz ichiga oluvchi shartnomani rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda investitsiya kiritish orqali jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan, ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron doʻkonlar orqali sotib olish imkoniyatini yaratish uchun Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklarni jazoni ijro etish muassasalariga oʻrnatish istagini bildirgan investorlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “E-auksion” elektron savdo platformasiga talabgorlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida taqdim etib boriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning soliq organlaridan qarzdorligi boʻyicha maʼlumotlar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning ijro ishlari boʻyicha qarzdorligi haqidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi axborot tizimidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning tugatish jarayonida ekanligi yoki bankrot deb topilganligi haqidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorga qoʻyilgan talablar (rahbarlari, taʼsischilari jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun sudlanganligi) boʻyicha maʼlumotlar — “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali berilgan soʻrovga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jazoni ijro etish muassasalarining mulkini, bino va inshootlarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarning mazkur tashkilotlarga taqsimlangan qismi jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda joriy taʼmirlash, jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning maishiy sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qonunchilikka muvofiq jazoni ijro etish muassasalari hududida sotiladigan tovarlarning eng yuqori chegaralangan narxi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
358-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-iyundagi 358-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining mulki, bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Jazoni ijro etish departamenti) va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining alohida xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning mulkini, bino va inshootlarini yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga elektron tanlov asosida ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“online-ijara.uz” axborot tizimi — ijaraga beruvchining balansda saqlovchidan yoki ijaraga oluvchidan arizalarni qabul qilish, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchilarga axborot yuborish, ijara shartnomalariga kelishuvlarni rasmiylashtirish, ijara shartnomalarini roʻyxatga olish imkonini beradigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchi — Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda belgilangan tartib va shartlarda obyekt (uning bir qismi)ni ijara shartnomasi asosida foydalanishga oluvchi yuridik shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt — Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi jazoni ijro etish muassasalariga tegishli davlat mulki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — balansda saqlovchi tomonidan belgilangan maqsadlarda va taklif etilgan shartlarda foydalanish uchun talabgorlarni tanlash boʻyicha tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan, tanlovga qadar kamida bir yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan yuridik shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabarnoma — savdo platformasida obyekt boʻyicha tanlov oʻtkazilishi haqidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinet — balansda saqlovchiga, ijaraga beruvchiga hamda ijaraga oluvchiga obyektning ijaraga berilishini, ijara shartnomasi rasmiylashtirilishini hamda balansda saqlovchi va ijaraga oluvchining ijaraga beruvchi bilan oʻzaro axborot almashish imkonini beruvchi “online-ijara.uz” axborot tizimining maxsus boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) — savdo platformasi orqali tanlov obyekti boʻyicha tanlov hujjatlarining mezoni va shartlariga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali ijaraga oluvchini aniqlash shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Obyektlar qonun bilan taqiqlanmagan faoliyatni yuritish uchun ijaraga oluvchilarga tanlov asosida ijaraga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishning mazkur Nizom talablariga zid kelmaydigan qismi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni ijaraga berish balansda saqlovchining ishlab chiqarish va/yoki moliyaviy koʻrsatkichlari yomonlashishiga olib keladigan boʻlsa, shuningdek, Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining alohida xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish korxonalarini ijaraga berish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tanlov qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, xolislik, ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish tamoyillariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Obyektni ijaraga berish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Obyekt ijaraga berish uchun tanlovga chiqarilganda, ijara berish muddati bir yil etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu muddat balansda saqlovchining asoslantirilgan murojaati asosida kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilganda, ijara muddati kelgusi davrga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektni bir ijara shartnomasi doirasida ijaraga berishning eng koʻp muddati uch yilni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda nazarda tutilgan eng koʻp muddatlar tugagach, obyekt umumiy asoslarda ijaraga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ijaraga beruvchi tomonidan ijara shartnomasi muddati tugashidan bir oy oldin ijara shartnomasi shartlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan taqdirda, ijaraga oluvchiga ijara shartnomasining muddati kelgusi davr uchun uzaytirilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar ijara shartnomasining muddati tugaganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida qaytadan tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilganda, ijaraga oluvchi shartnoma muddatini uzaytirmaslik toʻgʻrisida murojaat qilmagan boʻlsa, ijara muddati navbatdagi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ijaraga oluvchi ijara mulki ijaraning butun muddati davomida undan maqsadli foydalanilishi, uning yaxlitligi va but saqlanishi boʻyicha majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan obyekt (uning bir qismi)ni oʻzga shaxslarga subijara (foydalanish)ga berishi, garovga qoʻyishi yoki boshqacha tarzda (vaqtincha) uchinchi shaxsga oʻtkazishi taqiqlanadi. Bu kabi holatlar aniqlanganda, ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi shartlarini lozim darajada bajarmagan taqdirda, ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ijara shartnomasini bekor qilish, oʻzgartirish va muddatini uzaytirish tomonlarning kelishuviga asosan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Balansda saqlovchi obyektni ijaraga berish maqsadida ijaraga beruvchiga quyidagilarni koʻrsatgan holda, “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali oʻzining shaxsiy kabinetidan elektron ariza taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning nomi, tavsifi, joylashgan yeri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning ijaraga beriladigan maydoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning kommunikatsiyalar (suv, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya tarmogʻi) bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchining obyektga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi va obyektning ijaraga beriladigan maydonini koʻrsatgan holda kadastr hujjati nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning kamida 4 ta fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektdan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchiga qoʻyiladigan talablar (majburiyatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchining asoslangan soʻroviga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ijaraga beruvchi taklifni uch ish kunida koʻrib chiqib, obyektni ijaraga berish yuzasidan operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Balansda saqlovchining arizasida ushbu Nizomning 12-bandidagi maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan boʻlsa, ijaraga beruvchi arizani ikki kun muddatda maʼlumotlarni toʻliq koʻrsatgan holda taqdim etish uchun balansda saqlovchiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balansda saqlovchi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin berilgan ariza ijaraga beruvchi tomonidan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Obyektni tanlovga chiqarishda ijara haqining boshlangʻich narxi balansda saqlovchi tomonidan arizada koʻrsatilgan faoliyat turi va ijaraga beriladigan maydondan kelib chiqqan holda hisoblangan obyekt (bino va inshootlar)dan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Obyekt (bino va inshootlar)dan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori quyidagicha hisoblab chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

Ts — obyektdan foydalanganlik uchun bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Es — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (Kq), tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh) va tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Ko)ning yigʻindisi 1 birlikdan kam boʻlgan taqdirda, yaxlitlangan holda 1 birlikka teng hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli koeffitsiyentlar belgilangan holda har yili tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xabarnoma tanlov boshlanishidan kamida oʻttiz kun avval savdo platformasida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shakli, oʻtkaziladigan sanasi, tanlov natijalarini eʼlon qilish vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lot raqami, ijaraga berilayotgan obyektning nomi, tavsifi, balansda saqlovchining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara muddati;

takliflarni va ularga ilova qilinayotgan hujjatlarni taqdim qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara summasi va zakalat pulining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov obyektini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning joylashgan yeri, fotosurati va geolokatsiyasi (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining joylashgan yeri (pochta manzili), bogʻlanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining alohida xususiyatini hisobga olgan holda, ijaraga berilayotgan obyektdan foydalanish tartibi va shartlari, balansda saqlovchi tomonidan ijaraga oluvchiga qoʻyilgan majburiyatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Talabgorga quyidagi hollarda tanlovda ishtirok etishi avtomatik tarzda rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zakalat puli belgilangan miqdorda toʻlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor jismoniy shaxs boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning rahbari va taʼsischi(lar) jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs ekanligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor tugatish jarayonida ekanligi yoki bankrot deb topilganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq yoki majburiy ijro organlaridan qarzdorligi aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlarning integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali olinadigan maʼlumotlari oʻz vaqtida kelmasligi (umuman kelmasligi) yoki mavjud emasligi oqibatida yuzaga keladigan nizolarga operator javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Obyektni ijaraga olishda taklif etilayotgan narx talabgor tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabgor tomonidan taklif etilayotgan narx belgilangan boshlangʻich narxdan kam boʻlmasligi hamda narx taklifining 25 foizi miqdorida zakalat puli toʻlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Obyekt tanlovda eng yuqori narx taklifini bildirgan talabgorga ijaraga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish va ijara shartnomasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tanlov yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida operator tomonidan tanlov natijalari toʻgʻrisida elektron bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida tuzilgan ijara shartnomasi elektron shaklda savdo platformasida ikki tomonlama rasmiylashtiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasida ijaraga oluvchining tanlov savdolarida ishtirok etish uchun kiritgan maʼlumotlari (yuridik shaxs nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hisobvaraqlari, elektron pochta manzili va telefon raqamlari) avtomatik tarzda koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarida qatnashish uchun kiritilgan maʼlumotlarning aniq va haqqoniyligi uchun javobgarlik ijaraga oluvchi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ijara shartnomasi tanlov natijasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin oʻn ish kunidan kechiktirmay, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonidan imzolanishi hamda belgilangan tartibda “online-ijara.uz” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan “online-ijara.uz” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan ijara shartnomasi haqiqiy emas hisoblanadi va huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ijara shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan obyektning nomi, joylashgan yeri, turi, tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovi miqdori, uni toʻlash tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovi miqdorini qayta koʻrib chiqish asoslari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan obyektning holati va uni ijaraga oluvchiga topshirish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, suv, gaz isteʼmoli va issiqlik taʼminotidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni amalga oshirish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma muddati tugagan yoki muddatidan avval bekor qilinganda, ijaraga oluvchi ijaraga olingan obyektni balansda saqlovchiga soz, but va foydalanishga yaroqli holatda tezkor qaytarish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan obyektni tiklash va taʼmirlash tartibi hamda shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasi shartlari, shu jumladan, ijara toʻlovlarini toʻlash muddatlarining buzilish oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va boshqa javobgarliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning har qanday yaxshilanishi balansda saqlovchining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchiga yuklangan majburiyatlarni nazorat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Balansda saqlovchi tomonidan ijara shartnomasining amal qilish muddati davrida ijaraga oluvchiga ijara obyektidan foydalanishiga va unda faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi (fors-major va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Koʻchmas mulk bir yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Avtomototransport vositalari savdo platformasi vositasida tanlov orqali ijaraga berilganda, ijara shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasida (ijara shartnomasi tarafi boʻlmasa-da) balansda saqlovchining qonuniy manfaatlariga zarar yetmasligi uchun oʻzi orqali amalga oshiradigan huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda ijaraga beruvchi oʻzining shartnomaviy huquqlaridan balansda saqlovchi foydasiga voz kechmaydi va majburiyatlarini bajarishni zimmasidan soqit qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Balansda saqlovchi ijaraga berilgan mulkka nisbatan ijaraga beruvchining xabardorligida oʻziga berilgan shartnomaviy huquqlarini amalga oshiradi hamda majburiyatlarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarilmagani oqibatida shartnomaning boshqa tomonlariga yetkazgan zararni ixtiyoriylik asosida qoplaydi. Oʻzaro kelishuvga erishilmaganda, zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Balansda saqlovchi ijaraga berilgan obyektni ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchi ishtirokida shartnoma imzolangandan soʻng koʻpi bilan besh ish kuni ichida rasmiylashtirib topshirishni va hech qanday tarzda toʻsqinliksiz undan foydalanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Obyekt ijaraga oluvchiga muddatida topshirilmaganligi oqibatida ijaraga oluvchiga yetkazilgan zarar balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ijara toʻlovlarining hisob-kitob tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ijara toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovi muddati buzilganligi uchun hisoblangan penya va jarima.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ijara toʻlovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovining oxirgi belgilangan miqdori va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda, hisoblangan oylar boʻyicha teng miqdordagi toʻlovlar bilan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara toʻlovi ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda navbatdagi oy uchun 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasi boʻyicha birinchi toʻlov shartnoma ijaraga beruvchida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida keyingi toʻlov har oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ijaraga oluvchi ijara toʻlovini muddatida va belgilangan miqdorda toʻlamaganligi uchun ijaraga beruvchiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ijaraga oluvchining ijaraga berilgan obyektni balansda saqlovchining (yuqori turuvchi tashkiloti va ijaraga beruvchi xabardorligida bergan) yozma roziligi asosida amalga oshirgan tiklash yoki mukammal taʼmirlash sarf-xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xulosa taqdim etgan taqdirda, ijara toʻlovi mablagʻlaridan balansda saqlovchiga taqsimlangan mablagʻlar hisobidan kamaytirish orqali qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ijaraga oluvchining ijaraga berilgan obyektni tiklash yoki mukammal taʼmirlash uchun sarf-xarajatlari ijara muddati davomida toʻliq qoplanmagan taqdirda (ijara shartnomasining muddatidan oldin bekor qilingan hollar bundan mustasno), sarf-xarajatlarning qoplanmagan qismi balansda saqlovchi tomonidan boshqa mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Obyektni (uning qismini) belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan yoki ijara shartnomasiga kiritmasdan ijaraga berish, shartnomada ijaraga berilgan mulkning parametrlari va sonini kamaytirib koʻrsatish aniqlanganda, ijaraga beruvchi qonun buzilishi holati aniqlangan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda obyektdan foydalanganlik davri uchun ijara toʻlovining ikki baravari miqdorida hisoblangan summani toʻlash talabi bilan tasdiqlovchi hujjatlarni balansda saqlovchiga taqdim etadi. Hisoblangan summaning oʻn ish kuni ichida ixtiyoriy toʻlanmaganligi sud tartibida undirilishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda obyektdan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan soʻng obyekt belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzilmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt ijara shartnomasiga toʻliq kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib koʻrsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hisoblangan davr uchun toʻlov oʻsha yilga belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Amal qilish muddati navbatdagi yilga oʻtadigan obyektni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha boʻlajak yil davri uchun ijara toʻlovining miqdori qoʻshimcha shartnoma (kelishuv) bilan kelgusi yilga tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam miqdorlariga mutanosib tarzda oʻzgartirilib, quyidagi tartibda hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ih2=Tn*(Ts2/Ts1)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ih2 — kelgusi yil uchun ijara toʻlovi miqdori;

Ts2 — kelgusi yilga obyektdan foydalanganlik uchun bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ts1 — tanlov oʻtkazilgan yilda obyektdan foydalanganlik uchun bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tn — tanlov natijalari boʻyicha belgilangan yillik ijara toʻlovi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Balansda saqlovchining boshqa turdagi mulklari (asosiy vositalar, koʻchar mulklar, avtotransport vositalari va boshqalar) boʻyicha kelgusi yil uchun ijara toʻlovi miqdori quyidagi tartibda hisoblab chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ih2=Tn*(Tq2/Tq1)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ih2 — kelgusi yil uchun ijara toʻlovi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tn — tanlov natijalari boʻyicha belgilangan yillik ijara toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tq2 — kelgusi yilga obyektdan foydalanganlik uchun bir yillik ijara toʻlovining eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tq1 — tanlov oʻtkazilgan yilda obyektdan foydalanganlik uchun bir yillik ijara toʻlovining eng kam miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Kelgusi yil uchun hisoblangan ijara toʻlovi miqdori tanlov natijasi boʻyicha belgilangan ijara toʻlovi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, kelgusi yil uchun ijara toʻlovi miqdori tanlov savdosi natijasi boʻyicha belgilangan ijara toʻlovi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy yil uchun ijara toʻlovi miqdori ushbu yilga belgilangan obyektdan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Obyektni ijaraga berish va qaytarib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ijara shartnomasiga muvofiq balansda saqlovchi ijaraga beruvchi orqali obyektni (barcha buyumlar va taalluqli boʻlgan texnik hujjatlari bilan birga) shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga oluvchiga belgilangan muddat va tartibda topshirishi, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagan yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan yoxud sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilganda, balansda saqlovchiga besh kun ichida shartnoma tuzilgan sanadagi holatda qaytarib topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ijaraga beruvchi obyektni belgilangan muddatda qaytarib topshirmagani oqibatida koʻrilgan moddiy zararni ijaraga oluvchidan sud tartibida undirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Obyektni topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchilarning vakolatli vakillari ishtirokida “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali uch tomonlama tuzilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara mulkining texnik holati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish dalolatnomalari tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ijaraga olingan obyektda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari), mulkni qabul qilib oluvchi tomonlar boshqa tomon obyektni shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha uni qabul qilib olishni va obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda obyekt topshirilgunga qadar topshirishni kechiktirgan taraf shartnoma shartlarida ijara toʻlovini toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish, hisobotini yuritish va uni nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ijaraga berilayotgan mulklarni hisobga olish va maʼlumotlar bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadda ijaraga beruvchi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan axborotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, mulkning fizik holatini ijaraga oluvchining xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlarini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini oʻrganish (servitut, garov va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchining ijaraga olingan obyektni yaxshilash toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida va ijara shartnomasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlaridan ham foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Balansda saqlovchi ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan quyidagi majburiyatlar bajarilishini nazorat qilib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektdan bayonnomada belgilangan faoliyat boʻyicha foydalanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchining xodimlari Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga rioya etishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ovqatlanish va savdo joylarida qonunda belgilangan tovarlar narxining belgilangan narxdan yuqori emasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi obyektni soz va but holatda saqlashi, balansda saqlovchining ruxsatisiz obyektning tashqi koʻrinishiga oʻzgartirish kiritmasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda va ijara shartnomasida belgilangan boshqa majburiyatlar bajarilishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadda balansda saqlovchi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan bandlar yuzasidan axborotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari buzilishi holatlari boʻyicha ijaraga oluvchining xodimlaridan tushuntirish olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan boshqa huquqlaridan ham foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchini ogohlantirgan holda, balansda saqlovchining murojaatiga koʻra va/yoki oʻz tashabbusiga asosan quyidagi hollarda ijara shartnomasi bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari balansda saqlovchi bilan kelishilmagan holda bajarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlaridagi narxlar asossiz ravishda oshirib yuborilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara oluvchining xodimlari tomonidan Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari buzilganda yoki maxsus kontingent bilan noqonuniy munosabatga kirishilganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchining xatti-harakati obyektning yaroqsiz holga yoki uning buzilishiga olib kelgan holatlar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda va ijara shartnomasida belgilangan boshqa holatlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-iyundagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklarni oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Jazoni ijro etish departamenti) tizimidagi jazoni ijro etish muassasalariga Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklarni oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Face-ID identifikatsiya tizimi — maxsus kontingentning yuz qiyofasidan uning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beradigan tizim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalari — Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi jazoni ijro etish muassasalari, shu jumladan, mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxona, tarbiya koloniyasi, manzil-koloniyalari hamda tergov hibsxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlari — jazoni ijro etish muassasalarida maxsus kontingent, shu jumladan, ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron platforma orqali onlayn xarid qilish imkoniyatini yaratish uchun infokiosklarni jazoni ijro etish muassasalarga oʻrnatish va ularga topshirish boʻyicha shartnoma shartlari asosida investitsiyalar kiritishga doir majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infokiosk — maxsus kontingentga biometrik maʼlumotlari asosida Face-ID identifikatsiya tizimi orqali inson omilisiz qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan buyumlarni elektron doʻkon orqali sotib olish imkonini beruvchi elektron qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kontingent — ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinib, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan va ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — jazoni ijro etish muassasalariga elektron platforma orqali tovar va buyumlar xarid (onlayn) qilish imkonini beruvchi elektron platforma va Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud infokiosklarni investitsiya kiritish orqali oʻrnatish istagini bildirgan yuridik shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorni oʻrganish — tanlov komissiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasalariga infokiosklarni investitsiya kiritish orqali oʻrnatish istagini bildirgan yuridik shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti) haqidagi maʼlumotlarni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov — jazoni ijro etish muassasalariga infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha eʼlon qilingan tanlov mezoni va shartlariga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi — mazkur Nizomda keltirib oʻtilgan funksiyalarni bajarish uchun Jazoni ijro etish departamentida tashkil etiladigan komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovning gʻolibi — eʼlon asosida eng yaxshi takliflarni bildirgan, talabgorni oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy baholangan ishtirokchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron doʻkon — elektron platforma orqali tovar va buyumlar xarid (onlayn) qilish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tanlov qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, xolislik, va ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish tamoyillariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlovni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jazoni ijro etish departamenti tomonidan maxsus kontingentning ehtiyojidan kelib chiqib, jazoni ijro etish muassasalariga oʻrnatiladigan infokiosklar miqdori va texnik talablari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jazoni ijro etish departamenti tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlov komissiyasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi masʼul vakili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish departamenti boshligʻining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish departamenti Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish departamentining boshqa sohaviy xizmat xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infokiosklar oʻrnatilishi moʻljallangan jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish departamenti Moliya va moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʻi tanlov komissiyasi raisi hamda mazkur boshqarmaning masʼul xodimlaridan biri tanlov komissiyasi kotibi etib tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tanlov komissiyasi tomonidan maxsus kontingent, shu jumladan, ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron doʻkonlar orqali sotib olish imkoniyatini yaratish uchun infokiosklarni jazoni ijro etish muassasalariga oʻrnatish istagi mavjud talabgorlarni aniqlash uchun davriy nashrlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Eʼlonda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflarni topshirish tartibi va muddati (kun va soat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni qabul qiladigan tanlov komissiyasining manzili va bogʻlanish telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarga infokiosklarni oʻrnatish bilan bogʻliq shartlar, shu jumladan, oʻrnatish va jazoni ijro etish muassasalariga topshirish muddatlari koʻrsatib oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tanlov komissiyasi infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqqan talabgorlarning roʻyxatini shakllantirib, tanlov oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni toʻplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqqan talabgorlarga tanlov komissiyasi tomonidan tanlov oʻtkazish joyi va vaqti maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tanlovda ishtirok etayotgan talabgorlar quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov oʻtkazish joyi va vaqti boʻyicha batafsil maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda shaxsan yoki tegishli ishonchnoma asosida ishonchli vakili orqali ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov natijalari boʻyicha eʼtirozlarni belgilangan muddatlarda tanlov komissiyasiga taqdim etish hamda tanlov komissiyasining xulosasidan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlov mezonlari va gʻolibni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlovni oʻtkazish davomida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqqan talabgorlarning takliflari oʻrganib chiqiladi va tanlov gʻolibini aniqlashning mezonlari asosida tanlov gʻolibi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar tanlov gʻolibini aniqlashning mezonlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning tanlovga qadar elektron savdo sohasida bir yildan kam boʻlmagan tajribaga ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning Face-ID identifikatsiya tizimi mavjud boʻlgan infokiosklar orqali savdo qilish imkonini beruvchi dasturga ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning barcha jazoni ijro etish muassasalariga infokiosklarni oʻrnatish uchun kiritadigan investitsiya (pul) mablagʻlariga ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlardan faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va yigʻimlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kontingentga infokiosklar orqali tovar va mahsulotlarni yetkazib berish uchun yetarli moddiy-texnik hamda logistika bazasiga (buyurtma qilingan tovar va buyumlarni jazoni ijro etish muassasalariga yetkazish uchun transport vositalari, ombor va ishchi kuchiga) ega ekanligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar bitta talabgor tomonidan taqdim etilgan taklifda infokiosklarni barcha jazoni ijro etish muassasalarda oʻrnatish nazarda tutilmagan boʻlsa, bir nechta talabgorlar gʻolib deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar tanlov oʻtkazilgan kunidan keyingi ikki ish kuni ichida talabgorlar tomonidan tanlovni oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar kelib tushmagan boʻlsa, tanlov komissiyasi tomonidan gʻolib deb topilgan ishtirokchi bilan shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Talabgorlarning tanlov natijalari boʻyicha eʼtirozlari tanlov komissiyasi tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinib, manfaatdor tomonlarga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddat tugaganidan keyin kelib tushgan eʼtirozlar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tanlovni oʻtkazish jarayoni videotasvirga olinadi, tanlov natijalari tanlov komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovni oʻtkazish jarayoni videotasviri tanlov komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi bilan birga saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar takliflarni qabul qilib olishning muddati yakuniga qadar birorta ham taklif tushmasa yoki tanlovga ikkitadan kam talabgorning taklifi taqdim etilsa yoxud taqdim etilgan barcha tanlov takliflarida zarur hujjatlarning paketi boʻlmaganda, tanlov komissiyasi tomonidan tanlov oʻtkazilmagan deb eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jazoni ijro etish muassasalarida infokiosklarni oʻrnatish boʻyicha tanlov gʻolibi bilan investitsiya majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shartnoma tomonlar oʻrtasida olti oydan uch yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tanlov komissiyasi quyidagilarni inobatga olgan holda shartnoma muddatini belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infokiosklarning texnik xususiyati va kiritilgan investitsiya (mablagʻlar) miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada investor tomonidan infokiosklarni takomillashtirib borish uchun qoʻshimcha investitsiya kiritish boʻyicha taklif nazarda tutilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor tomonidan jazoni ijro etish muassasalariga oʻrnatilishi taklif etilgan infokiosklar soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shartnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning predmeti va hisob-kitoblar tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning amal qilish muddati va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infokiosklarni jazoni ijro etish muassasalariga oʻrnatish tartibi, ularni topshirish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor va jazoni ijro etish muassasasining huquqlari hamda majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning shartnoma shartlariga rioya qilmaganligi uchun javobgarligi (shuningdek, fors-major holatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizolarni sudgacha va sud tartibida hal etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani bekor qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻolib boʻlgan talabgorning taklifida infokiosklardan foydalanish davomida topgan foydasining bir qismini muassasalarga ajratishi nazarda tutilgan boʻlsa, bu shartnomada aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Shartnomada investor tomonidan shartnoma tuzilgan sanadan boshlab ikki oy ichida infokiosklar jazoni ijro etish muassasalari maʼmuriyati tomonidan belgilab berilgan hududga oʻrnatilishi hamda ulardan faqatgina jazoni ijro etish muassasasining balansiga topshirilganidan soʻng shartnoma bilan belgilangan muddatda foydalanish mumkinligi asosiy shartlar sifatida belgilanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Infokiosklardan foydalanish tartibi va shartlari ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Shartnoma bilan belgilangan muddat ichida infokiosklarda yuzaga kelgan texnik nosozlarni bartaraf etish, dasturiy taʼminotini yangilab borish investorning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Shartnoma muddati tugagach, infokiosklar jazoni ijro etish muassasalari maʼmuriyati tomonidan belgilangan tartibda ijaraga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Investor tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi hamda shartnoma shartlariga rioya etilayotganligi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2024-y., 09/24/358/0455-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)