1-ILOVA
1-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 60 baravarigacha bo‘lgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlar |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar to‘g‘risida ma’lumot; Ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar hisob-kitobi (smeta). |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili bir marta o‘tkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida g‘olib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda: “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini o‘tkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni o‘tkazish vaqti, ko‘rib chiqish va g‘olib loyihalarni tanlash tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Bir yilda bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordam: jismoniy shaxslarga ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi; nodavlat tashkilotlarga ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) ko‘lamini kengaytirish, xomashyo xarid qilish, loyiha doirasida ishga qabul qilingan shaxslarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq o‘tkazib beriladi. |
8. | Izoh: | “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va ko‘rib chiqiladi: har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili yanvar oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimga taqdim etiladi; jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda ijtimoiy xodim tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili fevral oyi yakuniga qadar ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligidagi komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi; tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 25-martga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha g‘olib deb topiladi. Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni ko‘rib chiqish va g‘olibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarini doimiy ish joyi bilan ta’minlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shug‘ullanish, san’at va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanish) qaratilganligi; loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega bo‘lish; loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi; jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha bo‘yicha tajribaga egaligi; xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi to‘lashga qobiliyatliligi; ish bilan ta’minlash bilan bir qatorda malakasi yetarli bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish yoki malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi. |
2-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun — BHMning 50 baravarigacha; Jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun — Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan qoplashini belgilangan bazaviy narxlar doirasida. |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Ijtimoiy yordam oluvchining quyidagi toifalardan biriga taalluqliligi: a) Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oila a’zosi; b) oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oila a’zosi. Bunda oilaning oylik o‘rtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasiga kiritish jarayonida baholashdan o‘tkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Bir yilda bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha mablag‘lar Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Bunda: yordam ko‘rsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazish Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan amalga oshiriladi; yordam ko‘rsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazilganidan so‘ng, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkaziladi; Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablag‘lar tibbiyot tashkilotiga o‘tkazib beriladi; Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha alohida hisob-kitob yuritiladi. |
9. | Izoh: | Mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq: Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq yo‘llanmalar asosida; Davlat tibbiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda ko‘rsatiladi. Yordam oluvchilarning hisobi alohida yuritiladi. Mazkur pasportga muvofiq jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan tasdiqlanadi. |
3-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash | ||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Oziq-ovqat mahsulotlari uchun — BHMning 1 baravari miqdorda; Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — BHMning 5 baravari miqdorda. | ||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar. | ||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - | ||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi. | ||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Oziq-ovqat mahsulotlari uchun — har chorakda bir marotaba; Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — har yarim yilda bir marotaba. | ||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordam quyidagi shakllardan biri orqali ko‘rsatiladi: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni elektron savdo platformasi va savdo maydonchalari orqali elektron shaklda xarid qilish uchun belgilangan qiymatdagi vaucher ajratiladi; 2025-yil 15-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni xarid qilish tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Ijtimoiy yordam bo‘yicha xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar ro‘yxati:* | Oziq-ovqat mahsulotlari RO‘YXATI
Kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar RO‘YXATI
|
4-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Ijara to‘lovining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigacha (Toshkent shahrida BHMning 4 baravarigacha, Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha) |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ijara shartnomasi nusxasi va ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Olti oy davomida har oyda |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomasiga muvofiq yordam oluvchining ijtimoiy kartasi yoki bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning murojaati asosida ijtimoiy yordamni ko‘rsatish qo‘shimcha olti oyga uzaytirilishi mumkin. Mazkur ijtimoiy yordam turi bo‘yicha kompensatsiya yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi uchun to‘lab berilmaydi. |
5-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Uy-joyini ta’mirlash, shu jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirish xarajatlarini qoplash | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | a) uy-joyni ta’mirlash uchun — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalar; b) yashash sharoitini moslashtirish uchun — O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritilgan shaxslar. Bunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilaning a’zosi bo‘lishi lozim. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) uy-joyni ta’mirlash uchun: oila a’zolarining Ijtimoiy reyestrda turishi; oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilaning a’zosi bo‘lishi. Bunda oilaning oylik o‘rtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasiga kiritish jarayonida baholashdan o‘tkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi. Bunda, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim. b) yashash sharoitini moslashtirish uchun O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oila a’zolarining Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilaning a’zosi bo‘lishi lozim. Bunda: oilaning oylik o‘rtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aniqlandi; oilaning bir oylik jami o‘rtacha daromad miqdorini hisoblab chiqishda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan pensiya va boshqa daromadlari hisobga olinmaydi; daromadni rasmiy ma’lumotlar orqali tasdiqlash imkoni bo‘lmaganda shartli ravishda normativ daromad qo‘llanilmaydi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Ikki yilda bir marotaba | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | 1. Mazkur yordam bo‘yicha qurilish materiallari xaridi va ta’mirlash yoki moslashtirish uchun mablag‘lar: a) tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga shartnomaga muvofiq pul o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Bunda: tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” tomonidan ta’mirlash yoki moslashtirish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilinadi; tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” tomonidan uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish ishlarini bajarish imkoni bo‘lmaganda, mazkur ishlar ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan tartibda yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. ta’mirlash yoki moslashtirish ishlarini boshlash uchun tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida ko‘rsatilgan mablag‘larning 50 foizi avans sifatida shartnomaga asosan o‘tkazib beriladi; b) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan taqdirda, yordam oluvchiga ko‘pi bilan mazkur pasportning 2-pozitsiyasida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam miqdorining 85 foizigacha bo‘lgan qiymatdagi vaucher taqdim etiladi. Bunda qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali xarid qilinadi. 2. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” ta’mirlash ishlarini yakunlash “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda ta’mirlash uchun qolgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi. Bunda nuqson dalolatnomasida ko‘rsatilgan holatlar to‘liq bartaraf etilmaganda, ta’mirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi. 3. 2025-yil 15-avgustga qadar qurilish materiallarini xarid qilish tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Ijtimoiy yordam bo‘yicha xarid qilinadigan uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish uchun qurilish mahsulotlari ro‘yxati:* | Uy-joyini ta’mirlash yoki moslashtirish uchun qurilish mahsulotlari RO‘YXATI
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. | Izoh: | a) Uy-joyni joriy ta’mirlash bo‘yicha mablag‘lar fuqarolarga quyidagi hollarda ajratiladi: uy-joyining tom qismini ta’mirlash uchun; uy-joyining yashash xonalarini pol va devor qismlarini ta’mirlash uchun; uy-joyining yashash xonalari va oshxonasining eshik va derazasi yo‘q yoki yaroqsiz holatda bo‘lsa yangilash yoki ta’mirlash uchun; uy-joyining hammom yoki hojatxonasi mavjud bo‘lmasa yoki ta’mirtalab bo‘lsa, yangitdan qurish yoki ta’mirlash maqsadida ajratiladi. Shuningdek, faqat Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun uy-joyini issiqlik saqlovchi maxsus qoplamalar bilan qoplash hamda isitish tizimi uchun xarajatlar qoplab beriladi. Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli bo‘lgan uy-joylarga borgan holda o‘rganish o‘tkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyni ta’mirlanishi lozim bo‘lgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim bo‘lgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq ko‘rsatilgan holda uy-joyning foto sur’atlari ilova qilinadi; b) Ushbu yordam turar joyga nisbatan huquq belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino inshootlar kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda soliq organlari axborot tizimiga soliq to‘lovchi sifatida kiritilgan shaxslarga ham ko‘rsatiladi; v) Mazkur yordam yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joylarni tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash yordamini olgan oila (shaxs)larga ko‘rsatilmaydi. |
6-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Kommunal xarajatlarni qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 1 baravarigacha bo‘lgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Bir kuz-qish mavsumida ko‘pi bilan ikki marotaba (1-oktabrdan 15-martga qadar) |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordam bo‘yicha mablag‘lar kommunal xizmatlar bo‘yicha ta’minot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib beriladi. |
7-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ariza beruvchi kommunal xizmat bo‘yicha hisob raqamini ko‘rsatiladi). |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Bir kuz-qish mavsumida ko‘pi bilan ikki marotaba (1-oktabrdan 15-martga qadar) |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Ushbu yordam bo‘yicha tegishli mablag‘lar kommunal xizmatlar bo‘yicha ta’minot korxonalariga elektron axborot dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Ushbu pasportga muvofiq yordam miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan ko‘paytirilishi mumkin. |
8-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash | ||||||||||
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 3 baravarigacha | ||||||||||
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar. | ||||||||||
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Yordam oluvchi yashayotgan mahalla tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlanmaganligi to‘g‘risidagi asoslovchi hujjat. | ||||||||||
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Ijtimoiy reyestrda turishi | ||||||||||
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Bir kuz-qish mavsumida ko‘pi bilan ikki marotaba | ||||||||||
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Ushbu yordam bo‘yicha yordam oluvchi ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari: elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali; 2025-yil 15-avgustga qadar tuman (shahar) hokimliklari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida xarid qilinadi. | ||||||||||
8. | Ijtimoiy yordam bo‘yicha xarid qilinadigan ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari:* | Ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari RO‘YXATI
| ||||||||||
9. | Izoh: | Mazkur pasportga muvofiq yordam miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining hamda tumanlar (shaharlar) budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan ko‘paytirilishi mumkin. |
9-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joylarni tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotnoma yoki Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni aniqlash va baholash bo‘yicha ishchi guruh tomonidan tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholash bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oila Ijtimoiy reyestrda turishi; b) oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilaning a’zosi bo‘lishi. Bunda oilaning oylik o‘rtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasiga kiritish jarayonida baholashdan o‘tkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi. Bunda, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Zaruratga ko‘ra, cheklanmagan marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | 1. Mazkur yordam bo‘yicha qurilish materiallari va ta’mirlash uchun mablag‘lar: a) tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” shartnomaga muvofiq pul o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Bunda: tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” tomonidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilinadi; tiklash va ta’mirlash ishlarini boshlash uchun tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi”ga “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida ko‘rsatilgan mablag‘larning 50 foizi avans sifatida shartnomaga asosan o‘tkazib beriladi; b) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorida uy-joyni ta’mirlash yoki moslashtirish ishlari yordam oluvchi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan taqdirda, yordam oluvchiga ko‘pi bilan mazkur pasportning 2-pozitsiyasida nazarda tutilgan ijtimoiy yordam miqdorining 85 foizigacha bo‘lgan qiymatdagi vaucher taqdim etiladi. Bunda qurilish materiallarini elektron savdo platformasi yoki savdo maydonchasi orqali xarid qilinadi. 2. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari yoki “Mahalla servis kompaniyasi” ta’mirlash ishlarini yakunlash “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi hamda tiklash va ta’mirlash ishlari uchun qolgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi. Bunda nuqson dalolatnomasida ko‘rsatilgan holatlar to‘liq bartaraf etilmaganda, ta’mirlash ishlari yakunlanmagan hisoblanadi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilinmaydi. |
8. | Izoh: | a) Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli bo‘lgan uy-joylarga borgan holda o‘rganish o‘tkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyni ta’mirlanishi lozim bo‘lgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim bo‘lgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq ko‘rsatilgan holda uy-joyning foto sur’atlari ilova qilinadi; b) Ushbu yordam turar joyga nisbatan huquq belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino inshootlar kadastr organlari tomonidan hisobga olingan hamda soliq organlari axborot tizimiga soliq to‘lovchi sifatida kiritilgan shaxslarga ham ko‘rsatiladi. |
10-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Fuqarolarning, xususan bolalarning shaxsga doir hujjatlarini rasmiylashtirish uchun shaxslarning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlar xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | To‘lanishi lozim bo‘lgan ekspertiza xarajatlari doirasida |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi; b) odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Oilaning Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turishi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordam tegishli mablag‘lar vakolatli organning qaroriga muvofiq shaxsning kelib chiqishini aniqlashga doir tadbirlarni amalga oshiruvchi tashkilotning hisob raqamlariga o‘tkaziladi. |
11-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda. Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | - |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | a) oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi. b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi; v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lishi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordam bo‘yicha tegishli mablag‘lar yordam oluvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik to‘lov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, 30 yoshdan katta bo‘lgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik to‘lov amalda oshiriladi. |
12-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ko‘p xonadonli turar-joylarda pandus yoki ko‘tarish moslamasini o‘rnatish xarajatlarini qoplash |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | BHMning 120 baravarigacha bo‘lgan miqdorda |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Quyidagi toifadagi ko‘p xonadonli turar-joylarda yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor o‘rindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslari yoki bolalari (bundan, vaqtincha aravachada harakatlanuvchilar mustasno) mavjud oilalar: a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila; b) Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan biroq oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oila. Bunda, oilaning oylik o‘rtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan oilani “davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasiga kiritish jarayonida baholashdan o‘tkazish tartibiga muvofiq aniqlanadi. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) tadbirkorlik subyekti va tayanch harakatida nuqsoni bor o‘rindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar (vakili) o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi; b) pandus yoki ko‘tarish moslamasini o‘rnatish to‘g‘risida Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan xulosa. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Ushbu yordam murojaatchi ko‘p xonadonli turar-joylarda lifti mavjud ko‘p xonadonli turar-joylarda liftgacha bo‘lgan birinchi qavatgacha qismiga, shuningdek, lifti bo‘lmagan ko‘p xonadonli turar-joylarning birinchi qavatgacha qismigacha (tayanch harakatida nuqsoni bor o‘rindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar (vakili) turar-joyning birinchi qavatida yashovchi bo‘lgan taqdirda) yashovchi tayanch harakatida nuqsoni bor o‘rindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar (vakili) bo‘lganda taqdim etiladi. a) fuqaro yashovchi ko‘p qavatli xonadonning kirish qismiga pandus qilish xarajatlari qoplab beriladi; b) pandus qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda lifti mavjud ko‘p xonadonli turar-joylarda liftgacha bo‘lgan birinchi qavatgacha qismiga, shuningdek, lifti bo‘lmagan ko‘p xonadonli turar-joylarning birinchi qavatgacha qismigacha (tayanch harakatida nuqsoni bor o‘rindiqli aravachada harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar (vakili) turar-joyning birinchi qavatida yashovchi bo‘lgan taqdirda) ko‘tarish moslamasini o‘rnatish. v) ko‘tarish moslamasini o‘rnatish bo‘yicha xulosa Ijtimoiy inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etiladi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | Faqat bir marotaba |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur yordam shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Maxsus ko‘tarish moslamasini o‘rnatish ishlari yakunlangandan so‘ng, “mahalla yettiligi” tomonidan topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi. Ko‘tarish moslamasining texnik xavfsizligi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot texnik nazoratchisi xulosasi hamda ko‘tarish moslamasi haqiqatda o‘rnatilganligi yuzasidan Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining ijobiy xulosasiga asosan, boshqaruv servis kompaniyasi (boshqaruv servis kompaniyasi bo‘lmagan taqdirda mahalla fuqarolar yig‘ini) balansiga o‘tkazilgandan so‘ng, tegishli mablag‘lar tadbirkorlik subyektining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. |
8. | Izoh: | Mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy-joylarga borgan holda o‘rganish o‘tkazilib, nuqson dalolatnomasi tuziladi. Bunda nuqson dalolatnomasida yordam oluvchiga tegishli uy-joyga pandus yoki ko‘tarish moslamasi o‘rnatish zarurligi aniq ko‘rsatilgan holda uy-joyga kirish qismining foto sur’atlari ilova qilinadi. |
13-ILOVA
1. | Ijtimoiy yordam nomi: | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlaridan chiqarilgan xotin-qizlarning turar joy ijarasi uchun kompensatsiya |
2. | Ijtimoiy yordam miqdori: | Ijara to‘lovining 100 foizi, biroq BHMning 4 baravarigacha (Toshkent shahrida BHMning 8 baravarigacha, Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 6 baravarigacha) |
3. | Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi: | Uch oy davomida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida bo‘lgan hamda ushbu muassasalardan chiqarilganiga bir oydan oshmagan xotin-qizlar. |
4. | Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | Ijara shartnomasi nusxasi va ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma. |
5. | Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari: | Uch oy davomida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida bo‘lgan xotin-qizlarning ushbu muassasalardan chiqarilganiga bir oydan oshmaganligi hamda oylik o‘rtacha jami daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilaning a’zosi bo‘lishi. Bunda: a) oilaning oylik o‘rtacha jami daromadi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aniqlandi; b) oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim; v) oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi aniqlanishida quyidagilar: tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs oila tarkibiga kiritilmaydi hamda uning mol-mulklari va daromadi inobatga olinmaydi; tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar daromadini rasmiy ma’lumotlar orqali tasdiqlash imkoni bo‘lmaganda shartli ravishda normativ daromad qo‘llanilmaydi. |
6. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish davriyligi: | O‘n ikki oy davomida har oyda |
7. | Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli: | Mazkur kompensatsiya soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomasiga muvofiq yordam oluvchining ijtimoiy kartasi yoki bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. |
8. | Izoh: | 1. Mazkur ijtimoiy yordam turi bo‘yicha kompensatsiya yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi uchun to‘lab berilmaydi. 2. Mazkur ijtimoiy yordam ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilgan tuman (shahar) bo‘yicha “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining ushbu tuman (shahar)ga taqsimlangan mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi. 3. Mazkur ijtimoiy yordam turini taqdim etish quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi bosqichda — Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan xotin-qizlarning holatini baholash natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiya kiritiladi; ikkinchi bosqichda — xotin-qizlarning kompensatsiya to‘lash mezonlariga mosligi o‘rganilib, “Ijtimoiy himoya” ATda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror shakllantiriladi; uchinchi bosqichda — “Ijtimoiy himoya” AT orqali shakllantirilgan qaror asosida Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining tuman (shahar)ga taqsimlangan tushumlari hisobidan tegishli mablag‘lar ajratiladi. |
2-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddati | |||
|
1-bosqich |
Fuqaro |
Ariza beruvchi onlayn shaklda yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi. |
Xohishiga ko‘ra | |||
|
2-bosqich |
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi |
1. Ariza beruvchilarning ijtimoiy holati va muammolarini keys-menejment usulidan foydalangan holda aniqlaydi. |
1. Uch ish kunida | |||
|
2. Keys-menejment natijasida oilani “Temir daftar”ga kiritish bo‘yicha xulosa qilinganda, tavsiyanoma shakllantiriladi va ko‘rib chiqish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi. |
2. Bir ish kunida | |||||
|
3-bosqich |
“Mahalla yettiligi” |
1. Ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. |
1. Uch ish kunida | |||
|
2. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida fuqaroni xabardor qiladi. |
2. Bir ish kunida |
3-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Mexanizm |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Uquv-tarbiya muassasalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritib boradi. |
Bolani muqobil joylashtirish shakllarida bo‘lish muddati tugashidan bir yil avval | |||
|
2-bosqich |
Agentlikning hududiy boshqarmalari |
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joy topadi va baholanishini tashkil etadi. |
1. Yil davomida | |||
|
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun belgilangan tartibda uy-joy sotib oladi. |
2. Uy-joy baholangandan keyin besh kun ichida | |||||
|
3. Uy-joy berish to‘g‘risida qaror (buyruq) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. |
3. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lgan yilda | |||||
|
3-bosqich |
Tuman (shahar) hokimligi |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga berilgan uy-joyga kirib yashashi uchun order beriladi. |
Qaror (buyruq)kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida | |||
|
4-bosqich |
Agentlikning hududiy boshqarmalari |
Tuman (shahar) hokimliklari uy-joyni berish bo‘yicha orderda ko‘rsatilgan uyni yetim bola nomiga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi. |
Order olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida | |||
2-ILOVA
|
O‘zbekiston Respublikasi ___________________ viloyati hokimligi |
|||||
|
(yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi) |
|||||
|
___________ tumani (shahar) hokimligi |
|||||
|
Uy-joy ajratilganligi to‘g‘risida |
|||||
|
ORDER |
|||||
|
Mazkur order “______” _________________ ________ yilda tug‘ilgan |
|||||
|
_______________________(kun)___________(oy)____________(yil) |
|||||
|
____________________________________________________________________________________________ ga |
|||||
|
(F.I.O.) |
|||||
|
________________ kishidan iborat oilasi (o‘zi) uchun umumiy maydoni ________ kv.m |
|||||
|
bo‘lgan ________ xonali uy-joyni ________________________________________________________________ |
|||||
|
mulk huquqi asosida rasmiylashtirish / qurish (rekonstruksiya qilish) |
|||||
|
maqsadida ______________________________________________________________________ asosida berildi. |
|||||
|
(buyruqni qabul qilgan organ, buyruq raqami va sanasi) |
|||||
|
Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari: ________________________________________. |
|||||
|
(seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan) |
|||||
|
Ajratilgan uy-joy manzili: _______________________________________________________________. |
|||||
|
(tuman (shahar), uy, xonadon raqami) |
|||||
|
Uy-joyning qiymati: _____________________________________________________________________. |
|||||
|
(summa so‘z bilan yoziladi) |
|||||
|
Order egasi bilan bir qatorda uy-joyga uning quyidagi oila a’zolari ham birgalikda yashashi hisobga olingan. |
|||||
|
T/r |
Qarindoshlik darajasi |
F.I.O. |
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (seriyasi, raqami) |
Tug‘ilgan sanasi |
|
|
1. |
turmush o‘rtog‘i |
||||
|
2. |
farzandlar |
||||
|
______________ tumani (shahri) hokimi |
______________________ |
||||
|
QR-kod |
(F.I.O.) |
||||
|
______________________ tumani (shahri) hokimi____________________20____ yil. |
|||||
|
“ |
|||||
|
5. |
Zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamg‘armasi |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
”; |
|
“ |
|||||
|
10. |
Bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamg‘armasi |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
|
”; |
|
“ |
|||||
|
12. |
Bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamg‘armasi |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
|
”; |
|
“ |
|||||
|
17. |
Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamg‘armasi |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
”; |
|
“ |
|||||
|
18. |
Bir martalik moddiy yordam berish. |
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
“Ayollar daftari” jamg‘armasi |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
|
”; |
|
“ |
|||||
|
41. |
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish. |
Hisob-kitobga ko‘ra |
“Ayollar daftari” jamg‘armasi |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
Xotin-qizlar faoli |
|
”. |
4-ILOVA