30.05.2024 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.05.2024 yildagi 312-son
Date of entry into force
01.06.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatiladigan monumental yodgorliklarning badiiy-estetik jihatdan mukammal boʻlishini taʼminlash, ularni oʻrnatish masalalarini toʻliq tartibga solish, shuningdek, mazkur ishlarning gʻoyaviy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha hukumat ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat ekspert komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Hukumat ekspert komissiyasining vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish;

Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida oʻrnatiladigan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarning loyihalarini gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish, oʻtkazilgan tanlovlar asosida saralab olish, zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berish;

davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari konsepsiyasini gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va xulosa berish;

davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, koʻchirish va olib tashlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda koʻrib chiqish va xulosalar berish;

davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorlikni qabul qilib olish, shu jumladan, oʻrnatilgan monumental yodgorliklarni qabul qilish ishlarini rasmiylashtirish yoki qabul qilishni rad etish.

3. Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish va olib tashlash (koʻchirish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan oʻrnatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat tashkilotlarining mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda qaror qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorliklarni oʻrnatishdan oldin tegishli sohadagi nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorliklarning loyihalarini koʻrib chiqish va xulosa berish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ekspertlar kengashi tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxslarning hayot vaqtida xotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorliklarni yaratish va oʻrnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari tegishlicha Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ikki hafta muddatda monumental yodgorliklar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Badiiy ekspertlar kengashining tarkibi va nizomini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda monumental yodgorliklarning gʻoyaviy asoslarini yanada mustahkamlash orqali fuqarolarda, ayniqsa, yosh avlodda estetik badiiy did, milliy iftixor hamda mamlakatimizning yetuk arboblari va tarixiy voqealarini qadrlash, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash boʻyicha konsepsiya hamda monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti 3-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi “rekreatsion obyektlarni qurish” soʻzlaridan keyin “yoxud monumental yodgorliklarni oʻrnatish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yodgorliklar va haykallarni loyihalashtirish hamda oʻrnatishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 23-iyundagi 305-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 30-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
312-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 312-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha hukumat ekspert komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Komissiya raisi

2.

B.G. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

3.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

4.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

5.

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

6.

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

7.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

8.

A.R. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi

9.

B.F.Jalolov

Oʻzbekiston xalq rassomi

10.

J.B. Annazarov

Oʻzbekiston xalq rassomi, haykaltarosh

11.

I.M. Valixodjayev

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, Komissiya masʼul kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi, 9 — 10-bandlarda nazarda tutilgan Komissiya azolari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 312-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish va olib tashlash (koʻchirish) tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish va olib tashlash (koʻchirish) tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorliklar — muayyan davrning umumfalsafiy va ijtimoiy gʻoyalarini oʻzida aks ettiruvchi, atoqli davlat, siyosat va jamoat arboblari, milliy qahramonlar, taniqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari (keyingi oʻrinlarda — taniqli arboblar) xotirasini hamda tarixiy va muhim voqealarni, adabiy-folklor asarlar qahramonlarini abadiylashtirishda mustaqil ahamiyat kasb etadigan memorial inshootlar, yodgorliklar va ramziy yodgorliklar shaklidagi haykaltaroshlik asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
memorial inshootlar — taniqli arboblar xotirasiga va tarixiy voqealarga bagʻishlangan meʼmorchilik hamda monumental haykaltaroshlik asarlari bilan uygʻun holda yaratilgan yodgorlik majmualari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yodgorliklar — taniqli arboblar va tarixiy voqealarni abadiylashtirish uchun yaratilgan monumental haykaltaroshlik asarlari (haykal, byust, monument, barelyef, monumental majmua va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ramziy yodgorliklar — bino va inshootlarning ichki hamda tashqi qismida, muhim voqeaga daxldor hududlarda oʻrnatilgan, taniqli arboblar xotirasini abadiylashtirishga bagʻishlangan yodgorlik obyekti (obelisk, stela, memorial lavha, ramziy haykaltaroshlik kompozitsiyalari va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental-dekorativ haykaltaroshlik — istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va bogʻ ansambllari, melioratsiya tarmoqlari hamda tosh yoʻllarni, shuningdek, bino va inshootlarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan haykallar, relyeflar, dekorativ shakllar, boʻrtma tasvirlar, yodgorlik lavhalari hamda fasad va interyerlarni, binolarni, landshaftlarni va tabiiy muhitni, hududlarni, koʻchalarni bezashda meʼmoriy elementlar sifatida xizmat qiladigan boshqa monumental- dekorativ hamda dekorativ shakllar va ishlar majmuasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental-dekorativ sanʼat asarlari — bino va inshootning ichki hamda tashqi koʻrinishini bezash uchun qoʻllaniladigan, arxitektura muhiti bilan uygʻun holda yaratilgan vitrajlar, rasmlar, monumental va dekorativ matolar, mozaikalar va shu kabilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Monumental-dekorativ haykaltaroshlik va monumental-dekorativ sanʼat asarlari monumental yodgorliklar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental-dekorativ haykaltaroshlik va monumental-dekorativ sanʼat asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabristonlar hududlari va ibodat joylari (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqa hududlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan, koʻrish hamda ommaviy tashrif buyurish uchun yopiq boʻlgan, toʻsiq bilan oʻralgan hududlarda yoxud ushbu hududdagi bino va inshootlarda ularning oʻz mablagʻlari hisobidan oʻrnatiladigan monumental yodgorliklar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻrish hamda ommaviy tashrif buyurish uchun ochiq boʻlgan, toʻsiq bilan oʻralmagan hududlarda, shu jumladan, oʻz mablagʻlari hisobidan monumental yodgorliklar va boshqa haykaltaroshlik asarlarini oʻrnatish ushbu Nizom talablariga muvofiq oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar monumental yodgorliklarni oʻrnatish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy davlatchilik tarixidagi yoki hozirgi zamondagi muhim voqealarni abadiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning davlat, ijtimoiy, siyosiy, harbiy, ishlab chiqarish faoliyati, ilm-fan, texnika, adabiyot, madaniyat, sanʼat va sport sohasidagi xizmatlarini eʼtirof etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning muayyan sohaga qoʻshgan alohida hissasi (ilm-fan, texnika, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, davlat, ijtimoiy, siyosiy, harbiy, ishlab chiqarish sohalarida eʼtirof etilgan yutuqlari mavjudligi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monumental yodgorliklar Oʻzbekiston xalqining koʻp yillik orzu-umidlari va intilishlari, hozirgi zamon yoxud kelajakdagi muhim iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyosiy voqea-hodisalarga munosabatni aks ettiruvchi ramziy yodgorlik sifatida ham oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Monumental yodgorliklar badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, urush, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni, pornografiya, zoʻravonlik yoki shafqatsizlikni targʻib etmasligi, ijtimoiy axloq normalariga zid boʻlmasligi, shuningdek, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha hukumat ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat ekspert komissiyasi) faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Hukumat ekspert komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida oʻrnatiladigan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarning loyihalarini gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish, oʻtkazilgan tanlovlar asosida saralab olish, zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari konsepsiyasini gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va xulosa berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, koʻchirish va olib tashlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda koʻrib chiqish va xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorlikni qabul qilib olish, shu jumladan, oʻrnatilgan monumental yodgorliklarni qabul qilish ishlarini rasmiylashtirish yoki qabul qilishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Monumental yodgorliklarning loyihalarini koʻrib chiqish va xulosa berish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi xuzurida Badiiy ekspertlar kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Zarur hollarda, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi (keyingi oʻrinlarda — Badiiy ekspertlar kengashi) ekspert sifatida turli tashkilotlarning ekspert va mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillarini jalb qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Badiiy ekspertlar kengashi aʼzolariga toʻlanadigan gonorar monumental yodgorliklarni yaratish va oʻrnatish ishlari xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklar ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va boshqa davlat organlari hamda respublika miqyosidagi nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — monumental yodgorliklarni oʻrnatish tashabbuskorlari) ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, davlat yoki mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisida taklif tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish tashabbuskorlari davlat va mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflar nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish va uning davlat yoki mahalliy ahamiyatga molik ekanligiga baho berish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun takdim etilayotgan monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflarga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abadiylashtirish taklif etilayotgan voqea yoki xotirasiga monumental yodgorlik oʻrnatish taklif etilayotgan shaxsga oid maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarixiy yoki tarixiy-biografik maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikning tavsiya etilgan joylashuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikning dastlabki loyihasi;

monumental yodgorlikni oʻrnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari va uni oʻrnatishning rejalashtirilgan sanalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda monumental yodgorlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha tegishli sohadagi nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi, shuningdek, monumental yodgorlikning davlat yoki mahalliy ahamiyatga molik ekanligini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maslahatlashuvlar natijalari va monumental yodgorlikning davlat yoki mahalliy ahamiyatga molik ekanligi boʻyicha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi hamda monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifni kiritgan subyektga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maslahatlashuvlar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ijobiy xulosasi olingan takdirda, monumental yodgorliklarni oʻrnatish tashabbuskorlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha takliflarni Hukumat ekspert komissiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga takdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotirasini abadiylashtirish taklif etilayotgan shaxs yoki voqea toʻgʻrisidagi tarixiy yoki tarixiy-biografik maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voqeaning haqiqiyligini yoki shaxsning xizmatlarini tasdiqlovchi arxiv hujjatlarining nusxalari (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikning dastlabki loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikda bitilgan yozuvga tushuntirish xati loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlik oʻrnatiladigan joy koʻrsatilgan hudud xaritasining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar koʻp qavatli uyning tashqi devoriga memorial lavha oʻrnatish taklif qilinsa, koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi bayonnomasida rasmiylashtirilgan roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududida monumental yodgorlikni oʻrnatish taklif etilayotgan yer maydoni egasining yoki yer maydoniga boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakolatli vakilining yozma roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvlari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning (inshoot) fasadiga yoki interyeriga memorial lavha oʻrnatish taklif etilayotgan bino (inshoot) egasi boʻlgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakolatli vakilining yozma roziligi (bino (inshoot) davlat mulki boʻlgan hollar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotirasiga monumental yodgorlik oʻrnatilgan shaxs yoki tarixiy voqeaning ushbu Nizomning 5-bandi talablariga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikni oʻrnatish qonunchilik hujjatlari, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarning buzilishiga olib kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi yoxud notoʻgʻri, yolgʻon yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikni oʻrnatish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining salbiy xulosasining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hukumat ekspert komissiyasi monumental yodgorliklarni oʻrnatish tashabbuskorlarining davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqadi va ijobiy xulosaga kelgan taqdirda, barcha hujjatlarni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlik yechimining asosiy prinsiplarini ifodalab beruvchi, tarixiy va gʻoyaviy ehtiyojini asoslab beruvchi badiiy vazifalarni oʻz ichiga olgan uning yakuniy loyihasini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi loyihalashtirish dasturini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorlikni oʻrnatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar hamda Hukumat ekspert komissiyasi bilan kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari hamda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi Hukumat ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqib maʼqullansa, ushbu loyihalar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan belgilangan tartibda Hukumatga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni yaratish va oʻrnatish ishlarini moliyalashtirish hamda ularni oʻrnatish Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari monumental yodgorliklarni oʻrnatish tashabbuskorlarining mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorlik oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqadi va ijobiy xulosaga kelgan taqdirda, uning dastlabki loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorlikning dastlabki loyihasini ikki oy muddatda oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorlikning dastlabki loyihasining tarixiy va gʻoyaviy ehtiyojni asoslab beruvchi badiiy vazifalariga muvofiqligini baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining xulosasi tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ijobiy xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarori bilan oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorlikni loyihalashtirish dasturini tuzish, loyihalashtirish shakli, loyihalashtirish va monumental yodgorliklarni yaratish hamda oʻrnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish shartlari va qabul qilib olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxslarning hayot vaqtida xotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Monumental yodgorlikni oʻrnatish boʻyicha ijrochi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari talablari asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Monumental yodgorlikning ochilishi, qoida tariqasida, maʼlum bir sanaga (yubiley, taniqli arbobning hayot yoʻli bosqichi yoki tarixiy voqea) bagʻishlanadi va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda tantanali muhitda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat ahamiyatiga molik oʻrnatilgan monumental yodgorliklar Hukumat ekspert komissiyasi ularni qabul qilgandan keyin ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar vakillaridan va loyiha mualliflaridan iborat tarkibdagi komissiya qabul qilib olgandan keyin ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Monumental yodgorliklar yodgorlikning egasi (mualliflik huquqi egasi), davlat va jamoatchilik tashkilotlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari tashabbusiga koʻra olib tashlanishi (koʻchirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Monumental yodgorlikni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi taklifga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yodgorlikning nomi, yodgorlikning joylashuv sxemasi, yodgorlik joylashgan joydan eng yaqin kapital qurilish obyektining kamida bir manzili koʻrsatilishi, yodgorlikning fotosurati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikni olib tashlash (koʻchirish) zarurligini asoslash (shu jumladan, arxitektura-badiiy dizaynining mos kelmasligi, yodgorlikni oʻrnatish meʼyorlarining buzilishi, huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlarga mos kelmasligi, binoni (inshootni) buzish, shaharsozlik holatining oʻzgarishi va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) ishlarini amalga oshirish vaqtida monumental sanʼat yodgorligi moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyekti boʻlgan takdirda, Madaniy meros agentligi bilan kelishish majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi masala boʻyicha Hukumat ekspert komissiyasi xulosasi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi masala belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish natijalariga koʻra mutasaddi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatlash va monumental yodgorliklarni olib tashlash, koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi taklifni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi taklifni rad etish uchun asoslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotirasiga monumental yodgorlik oʻrnatilgan shaxs yoki tarixiy voqeaning ushbu Nizom 5-bandi talablariga muvofiqligi (bino (inshoot) buzilishi munosabati bilan bino (inshoot) hududida oʻrnatilgan monumental yodgorlikni boshqa joyga oʻtkazish hollari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monumental yodgorlikni olib tashlash (koʻchirish) qonunchilik hujjatlari, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarning buzilishiga olib kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq takdim etilmaganligi yoxud notoʻgʻri, yolgʻon yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) u joylashgan hudud ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) boʻyicha tadbirlar Hukumat ekspert komissiyasi xulosasi asosida moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni olib tashlash (koʻchirish) boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uning tashabbuskori mablagʻlari yoxud qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qonunchilikka zid ravishda oʻrnatilgan monumental yodgorlik sud qaroriga asosan uni oʻrnatgan shaxsning mablagʻlari hisobidan olib tashlanadi (koʻchiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monumental yodgorlik uni qonunchilikka zid ravishda oʻrnatgan shaxs tashabbusi bilan unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hududga, bino yoki inshootga koʻchirib oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish uchun yer uchastkasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratiladi. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga monumental yodgorliklarni oʻrnatish maqsadida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish va olib tashlash (koʻchirish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, boshqa davlat organlari, respublika NNT (monumental yodgorlik oʻrnatish tashabbuskori)

1. Monumental yodgorliklarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklif va ilovalardan iborat hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi.

2. Hujjatlar toʻplamini jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish va uning davlat yoki mahalliy ahamiyatga molik ekanligiga baho berish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga rasmiy xat bilan yuboradi.

Monumental yodgorliklarni oʻrnatish uchun asos vujudga kelganda

2-bosqich

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

1. Monumental yodgorlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha tegishli sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan jamoatchilik maslahatlashuvlarini oʻtkazadi va monumental yodgorlikning davlat yoki mahalliy ahamiyatga molikligini aniqlaydi.

2. Tegishli xulosani tayyorlaydi hamda monumental yodgorlik oʻrnatish tashabbuskoriga taqdim etadi.

Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda

3-bosqich

Monumental yodgorlik oʻrnatish tashabbuskori

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish boʻyicha takliflarni Hukumat ekspert komissiyasiga, mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklar boʻyicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi xulosasi kelib tushgandan soʻng ikki hafta muddatda

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish

4-bosqich

Hukumat ekspert komissiyasi

Monumental yodgorliklarni oʻrnatish tashabbuskorlarining davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqadi va ijobiy xulosaga kelgan taqdirda, barcha hujjatlarni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga yuboradi.

Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda

5-bosqich

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

1. Monumental yodgorlikning yakuniy loyihasini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi loyihalashtirish dasturini tuzadi va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqadi.

2. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar hamda Hukumat ekspert komissiyasi bilan kelishadi.

Ikki oy muddatda

6-bosqich

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari hamda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi Hukumat ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqib maʼqullansa, ushbu loyihalarni Hukumatga kiritadi.

Ikki hafta muddatda

7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni yaratish va oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qiladi.

Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda

Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish

4a-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari

1. Monumental yodgorlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqadi.

2. Ijobiy xulosaga kelgan taqdirda, uning dastlabki loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etadi.

Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda

5a-bosqich

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

1. Monumental yodgorlikning dastlabki loyihasini oʻrganadi, uni tarixiy va mafkuraviy ehtiyojni asoslab beruvchi gʻoyaviy-badiiy vazifalarga muvofiqligini baholaydi.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha xulosani tegishlicha xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi.

Ikki oy muddatda

6a-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari

Mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni yaratish va oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qiladi.

Belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/312/0390-son)