1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar | |
I. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish | |||||
1. | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish. | Quyidagi normalarni o‘zida aks ettirgan Inspeksiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlari, mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari; yer qa’ri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha aniqlangan zarar summasini Inspeksiyaga o‘tkazish mexanizmi. | 2024-yil avgust | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |
2. | Inspeksiya faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Inspeksiya faoliyatini tashkil qilish maqsadida uning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining vaqtinchalik tuzilmalari, shtat birliklari va nizomlarini tasdiqlash. | 2024-yil 20-iyul | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
3. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qayta tashkil etilayotgan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Inspeksiyaga o‘tkazilayotgan funksiyalar va shtat birliklariga mos ravishda qayta taqsimlash. | 2024-yil 25-iyul | ||||
4. Inspeksiya xodimlarining ish haqini to‘lash bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarni vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirish. Bunda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan Inspeksiyaning 2024-yilning birinchi yarim yilligi uchun vaqtinchalik xarajatlar smetalariga asosan moliyalashtirish, istisno tariqasida, amalga oshiriladi. | 2024-yil 25-iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||
5. Inspeksiyaning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun uni tegishli malakali rahbar va mutaxassis kadrlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘ldirilishini ta’minlash. | 2024-yil oktabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||
3. | Respublika hududlarida Inspeksiya hududiy boshqarmalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2. Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Inspeksiyaning xarajatlar smetasida haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik xulosasiga muvofiqligi yuzasidan monitoring va o‘rganish ishlarini olib borish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra tegishli mablag‘larni ajratish. | 2024-yil iyul | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
3. Inspeksiyani zamonaviy asbob-uskunalar, masofaviy kuzatish moslamalari va jihozlari bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash (shu jumladan har bir hududiy boshqarmani dronlar, lazerli skanerlar, maxsus avtomobillar va zamonaviy dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlash) hamda uning faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ushbu xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini inobatga olish. | 2024-yil avgust | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |||
4. | “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJni tugatish choralarini ko‘rish. | 1. “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJning asosiy vositalari, shu jumladan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafiy ko‘chasi, 70-uy manzilida joylashgan binoni tekinga Inspeksiyaga belgilangan tartibda topshirish. | 2024-yil avgust | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Inspeksiya | |
2. “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJning marksheyder mutaxassislarini ularning roziligi bilan mehnat shartnomalariga tegishli o‘zgartirish kiritgan holda, Inspeksiyaga o‘tkazish. | 2024-yil avgust | ||||
3. “Geologiya-marksheyderlik xizmati” MCHJni belgilangan tartibda tugatish. | 2024-yil dekabr | ||||
5. | “O‘zbek geologiya qidiruv” AJni unga “Regionalgeologiya” DMni qo‘shib olish orqali qayta tashkil etish. | 1. “Regionalgeologiya” DM mulkini xatlovdan o‘tkazish. | 2024-yil avgust | “Regionalgeologiya” DM (N. Xaitov) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ (Sh. Alimov) | |
2. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning tegishli boshqaruv organlari tomonidan qayta tashkil etish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilinishini ta’minlash. Bunda ustav fondining miqdorini davlat muassasasi mulkining qoldiq (balans) qiymati bo‘yicha qabul qilgan holda oshirish. | 2024-yil sentabr | ||||
3. Jamiyatning yangi tahrirdagi ta’sis hujjatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2024-yil sentabr | ||||
II. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish | |||||
6. | Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan litsenziya shartlari to‘liq bajarilishi va haqqoniy qazib olish hajmlari aks ettirilishi yuzasidan Inspeksiya tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatish. | 1. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya vazirligi va Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshirish. | Reja-grafikka asosan | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Bosh prokuratura (J. Aminov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Ekologiya vazirligi (A. Abduxakimov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “O‘zbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov) Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
2. “O‘zbekkosmos” agentligi taqdim etadigan kosmik suratlarni tahlil qilish orqali “xavfi yuqori” bo‘lgan qazib olish obyektlari manzilli ro‘yxatini shakllantirish. | 2024-yil avgust | ||||
3. Soliq qo‘mitasi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida qazib olish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini (Soliq qo‘mitasi elektron bazasiga integratsiya qilish orqali) yuritish. | 2025-yil yanvar | ||||
4. Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari bilan tasdiqlangan qazib olish hajmlari, ruxsatnoma shartlaridagi ishlab chiqarish, investitsiya, ijtimoiy va boshqa majburiyatlar bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Soliq to‘lovchilar axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda har chorakda taqdim etib borish tartibini joriy etish. | 2025-yil yanvar | ||||
7. | “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulini joriy etish. | 1. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan uning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida xizmat ko‘rsatish bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha “Kon-geologiya xizmatlari” modulini yaratish hamda rasmiy veb-saytda e’lon qilish. | 2025-yil yanvar | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) | |
2. “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash. Bunda “Kon-geologiya xizmatlari” modulini “Litsenziya” axborot tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Soliq qo‘mitasi axborot tizimiga integratsiya qilishni nazarda tutish. | 2025-yil yanvar | ||||
3. “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulida sohada faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning reytingini yuritish. Bunda kavlab olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ygan yer qa’ridan foydalanuvchilar va marksheyderlik tashkilotlari, shuningdek, ularning rahbarlari va ta’sischilarining elektron “qora ro‘yxati”ni yuritish va “Geomonitoring” axborot tizimining “Kon-geologiya xizmatlari” modulida joylashtirib borish. | 2025-yil 1-yanvardan boshlab | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||
8. | Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish. Bunda moliyalashtirish Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | 1. Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2024-yil avgust | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |
2. Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida yuborilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Inspeksiyaning so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishini belgilovchi idoralararo yo‘riqnoma ishlab chiqish. | 2024-yil oktabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||
3. Aholi tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Internet tarmog‘idagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish mexanizmni joriy etish. | 2024-yil noyabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||
4. Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishini joriy etish. | 2024-yil avgust | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) | |||
9. | Yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va xavfni tahlil qilish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishga mo‘ljallangan “Geomonitoring” axborot tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda moliyalashtirish Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. | 1. Aerokosmik monitoringni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar almashinuvi va ishlash tartibini yo‘lga qo‘yish uchun ishchi guruhni shakllantirish. | 2024-yil avgust | “O‘zbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Ekologiya vazirligi (A. Abduxakimov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), “O‘zbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov) Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Ekologiya vazirligi (A. Abduxakimov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “O‘zbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
2. Aerokosmik monitoringni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar almashinuvi va ishlash tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha idoralararo kelishuvga erishish. | 2024-yil oktabr | ||||
3. Yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va xavfni tahlil qilish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishga mo‘ljallangan “Geomonitoring” axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | ||||
4. Yagona ma’lumotlar bazasi orqali taqdim qilinadigan ma’lumot va hisobotlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2024-yil dekabr | ||||
5. “Geomonitoring” axborot tizimini ishlab chiqish hamda tegishli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish va ishga tushirish. | 2025-yil fevral | ||||
6. Barcha birlamchi geologik ma’lumotlarni (konlarning topoxaritalari, 5GR hisobotlari, kon ajratmalari va boshqalar) raqamli ko‘rinishga o‘tkazish va “Geomonitoring” axborot tizimiga kiritish. | 2024-yil dekabr | ||||
7. “O‘zbekkosmos” agentligiga “Geomonitoring” axborot tizimi doirasida masofaviy monitoringni tashkil etish xarajatlarini har yilgi Davlat budjetidan mazkur agentlikka ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish. | Doimiy | ||||
III. Yer qa’ridan foydalanish sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish | |||||
10. | O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan va respublikada mavjud geologiya-qidiruv va kon ishlarida qo‘llaniladigan burg‘ilash qurilmalari va uskunalar hisobini yuritishda yagona ro‘yxatga olish tizimini joriy etish. | 1. Xorijiy tajribani o‘rganish. 2. Sanoat xavfsizligi talablari bilan tartibga solinuvchi yagona ro‘yxatga olish platformasini ishlab chiqish. 3. Geologiya-qidiruv va kon ishlarida qo‘llaniladigan burg‘ulash qurilmalari va uskunalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritib borish. | 2024 — 2025-yillarda | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) | |
11. | Sohada malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Tog‘-kon, geologiya va metallurgiya sohasida sanoat xavfsizligi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish tizimini, shuningdek, o‘quv dasturlariga qo‘yiladigan talablarni, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari va mutaxassislarni attestatsiyadan va bilim sinovlaridan o‘tkazish tartibini takomillashtirish. | 2024-yil oktabr | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |
2. Kon ishlari va portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslarni tashkil qilish. | 2025-yil yanvar | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) | |||
3. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish. | Doimiy ravishda | ||||