21.05.2024 yildagi PQ-183-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.05.2024 yildagi PQ-183-son
Date of entry into force
23.05.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturlari doirasida bolalarga onkologik, gematologik va immunologik yordam koʻrsatishni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini tashkil etish, uning kadrlar salohiyatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni zarur dori-darmonlar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bu yoʻnalishda tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, diagnostika va davolashning zamonaviy standartlari, boshqaruv usullari va moliyalashtirish mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish talab qilinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktika sifatini oshirish, bolalarning onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarini erta aniqlash va davolash, ularni davolash qamrovini kengaytirish va samaradorligini taʼminlash, respublikada yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, samarali dori vositalari bilan taʼminlash, zamonaviy diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etish, davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada ilmiy va kadrlar salohiyatini yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida onkologik kasalliklar sababli erta oʻlimni 2,5 barobarga qisqartirish vazifasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bolalar saratoniga qarshi kurash boʻyicha Global tashabbusida ishtirok etish doirasida 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning zamonaviy protokollari va standartlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gemopoetik oʻzak hujayralari va suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soha uchun zamonaviy diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ushbu yoʻnalishda ilgʻor fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borilishini tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tomonidan bemor bolalarning omon qolishi borasida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan yetakchi xorijiy tibbiyot klinikalari bilan hamkorlikda ushbu markaz faoliyatini zamonaviy tajribalar asosida tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy hamkor tashkilot tomonidan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida yuqori samarali diagnostika qilish va davolashning klinik standartlari, protokollari va tavsiyalarini joriy etish, uning infratuzilmasini takomillashtirish va jihozlash, samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, kadrlar salohiyatini oshirish jarayonlarini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha majburiyatlar olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga uning kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda ushbu markazni rivojlantirish konsepsiyasini (master-reja va boshqa texnik hujjatlarni) ishlab chiqish va amalga oshirish uchun yetakchi xorijiy tibbiyot klinikasi hamda injiniring va konsalting kompaniyasi xizmatlarini, shuningdek ekspertlik, ilmiy va boshqa maslahat xizmatlarini, Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun zarur tovarlarni (ishlar, xizmatlar), dori va sarflov vositalarini hamda tibbiyot jihozlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilishga ruxsat berilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiyani ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlar asosida respublikada gematologiya va onkologiya yoʻnalishida mavjud tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini oʻrganish va mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini autologik va allogen transplantatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish istiqbollarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu markaz va respublika hududlarida zarur davolash-diagnostika bloklari va korpuslarini loyihalashtirish va qurish orqali bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi sohasida bolalarga yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini xalqaro standartlar asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha strategiya ishlab chiqish, shu jumladan, yaqin xorijiy davlatlardan bemorlarni davolashni yoʻlga qoʻyish.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xorijiy tibbiyot klinikalari, injiniring (pudrat) va konsalting kompaniyalari bilan shartnomalar, shu jumladan EPC shartnomalari tuzilishi (ular boʻyicha ish va xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilishi) mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi jalb qilingan yetakchi xorijiy tibbiyot klinikasi hamda injiniring va konsalting kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq 2024 — 2026-yillarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 20 million AQSH dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan 20 million AQSH dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida 11 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu bandga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar aseptik, laboratoriya diagnostika bloklari va simulyatsiya markazi, radiologiya bloki va nur terapiyasi boʻlimini tashkil etish va jihozlash, Markazni rivojlantirish konsepsiyasini (master rejani), texnik va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq ishlar (xizmatlar)ga haq toʻlash uchun yoʻnaltiriladi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan shartnomalar, shu jumladan, EPC-shartnomalari, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda olti oy muddatda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy klinikani barpo etish va jihozlash ishlarini loyihalash uchun tender eʼlon qilish yuzasidan taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sogʻliqni saqlash vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta nomlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi) faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Markaz huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Markazda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning yangi modelini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tajriba-sinov loyihasi doirasida Markaz va u bilan shartnomalar tuzgan xorijiy klinikalar, injiniring (pudratchi) va konsalting kompaniyalariga, istisno tariqasida, uch yil muddatga quyidagi huquqlar berilsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markazning tibbiyot amaliyotiga dunyoning yetakchi klinikalarida qoʻllab kelinayotgan bolalar onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarini diagnostika qilish va davolashning klinik standartlari, protokollari va tavsiyalarini, shuningdek, bolalarga palliativ yordam koʻrsatish boʻyicha klinik tavsiyalarni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashda ilgʻor xorijiy sanitariya normalari va qoidalarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq Markazda foydalanish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xorijda tibbiyot amaliyotida qoʻllanishga ruxsat berilgan, shu jumladan, muvofiqlik deklaratsiyasiga ega boʻlgan eng yangi onkologik, gematologik, immunologik, ogʻriq qoldiruvchi dori vositalari, hamroh va qoʻllab-quvvatlovchi terapiya preparatlari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani (keyingi oʻrinlarda — farmatsevtika mahsulotlarini) tan olish tartibida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarini ayrim koʻrsatkichlari boʻyicha sifat nazorati hamda identifikatsiya orqali oʻrnatilgan tartibda sertifikatlash sharti bilan respublikaga olib kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) laboratoriya, radiologiya, nuklear tibbiyot va gemodializ xizmatlarini koʻrsatishga ijara hamda autsorsing asosida davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar tajriba-sinov natijalari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-iyuldan boshlab onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar Markazda, Bolalar milliy tibbiyot markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda voyaga yetgan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan shaxslar, ular voyaga yetgunlariga qadar tibbiy yordam koʻrsatilgan tibbiyot tashkilotlarida 22 yoshga yetgunlariga qadar kuzatuvda boʻlishlari va davolanishlari mumkin boʻlgan kasalliklar va holatlar roʻyxatini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz oʻrin-joy fondi 2024-yil 1-iyundan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar onkologiyasi boʻlimlari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining davlat tibbiyot muassasalari oʻrin-joylarini maqbullashtirish hisobidan 250 tagacha kengaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markaz:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy mustaqillikka ega boʻlgan (ikkinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi) davlat klinik va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hisoblanadi;
(11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatiga boshchilik qiladi va Bolalar milliy tibbiyot markazining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlari hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi bolalar onkologi va gematologi shifokorlarining faoliyatiga uslubiy yordam koʻrsatuvchi bosh muassasa hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
onkologik, gematologik, immunologik va orfan kasalliklarga chalingan bolalarga (bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi qismida) ixtisoslashtirilgan, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatadi, ularni tibbiy reabilitatsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalardagi onkologik, gematologik va immunologik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolash sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz direktori Kuzatuv kengashining taqdimiga binoan sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Markaz Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali respublika budjetidan xarajatlar tasnifining bir satrida tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari asosida moliyalashtiriladi.
(11-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yilda Markaz tomonidan tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha standartlarga muvofiq koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlarini tasdiqlasin;
(11-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Kuzatuv kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Kuzatuv kengashiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning strategik rivojlanish dasturlarini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustavi, tuzilmasi, shtat meʼyorlari hamda daromadlar va xarajatlar prognozlarini koʻrsatgan holda har yillik biznes rejasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar taqsimotini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashiga Markazni saqlash uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida shtat birliklari va oʻrin-joylar soni, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Jamgʻarmaning mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yildan boshlab har yili Jamgʻarmaga uning asoslangan hisob-kitoblariga asosan Davlat budjetidan 100 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlar;
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fandrayzing mexanizmlari orqali kelib tushgan mablagʻlar;
(12-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Jamgʻarmaga 2024-yilda ajratiladigan mablagʻlar birinchi navbatda Markaz infratuzilmasini yoʻlga qoʻyish uchun lozim boʻlgan moddiy-texnik bazani moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kuzatuv kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish, shu jumladan, Markaz hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarida dunyoning yetakchi klinikalarida qoʻllab kelinayotgan diagnostika va davolashning klinik standartlari, protokollari va tavsiyalarini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin, 2027-yildan esa ularni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-183-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) onkologik, gematologik, immunologik va orfan (bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi qismida) kasalliklariga (keyingi oʻrinlarda — onkologik kasalliklar) chalingan bolalarga malakali ixtisoslashtirilgan, shu jumladan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatishni, shuningdek, ularni tibbiy reabilitatsiya qilishni tashkil etish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) onkologik kasalliklariga chalingan bolalarni diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning, shu jumladan, ilgʻor xorijiy va mahalliy tajribalar hamda yetakchi xorijiy va mahalliy tadqiqotlar natijalariga asoslangan yuqori texnologiyali va koʻp mablagʻ talab qiladigan amaliyotlarning zamonaviy protokollari va standartlarini ishlab chiqish hamda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, Bolalar milliy tibbiyot markazining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiya va onkologiyasi boʻlimlarida joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolash va tibbiy reabilitatsiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni bolalar onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarini davolash protokollariga muvofiq, zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bepul taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) gemopoetik oʻzak hujayralari va suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) onkologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning eng yaxshi mahalliy va xorijiy klinik amaliyotlarini oʻrganish va umumlashtirish, ularni tajriba-sinovdan oʻtkazish va tibbiy amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Bolalar milliy tibbiyot markazining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlari hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi bolalar onkologi va gematologi shifokorlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida ilm-fan, texnika va innovatsiyalarni rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda ilgʻor fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borilishini tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) ilgʻor xorijiy va mahalliy tajriba asosida bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kuzatuv kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Kuzatuv kengashi raisi

2.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

3.

B.J. Aʼloyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

O.R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

Sh.X. Gulamov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari v.b.

6.

N.U. Muxammadiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

8.

A.A. Abduqayumov

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

9.

T.U. Aripova

Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

10.

D.A. Agzamxodjayeva

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) onkologik va gematologik, immunologik va orfan (bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi qismida) kasalliklarga (keyingi oʻrinlarda — onkologik kasalliklar) chalingan bolalarni oʻz vaqtida diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish uchun respublikada va, zarur hollarda, xorijiy davlatlarda tibbiy yordam, shu jumladan yuqori texnologiyali va koʻp mablagʻ talab qiladigan amaliyotlarni oʻtkazish, ijtimoiy va moliyaviy yordam koʻrsatishga koʻmaklashish, ularni bolalar onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarini davolash protokollariga muvofiq, zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bepul taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning taʼlim olishiga koʻmaklashish, shu jumladan maxsus oʻquv adabiyotlari va qurollari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini dori vositalari, tibbiy buyumlar, reaktivlar va reagentlar bilan taʼminlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (taʼmirlash, jihozlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, klinik immunologiya va orfan kasalliklari, ularning reabilitatsiyasi sohasi, laboratoriya yoʻnalishlari mutaxassislarining xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiy markazlarda malakasini oshirish va stajirovka oʻtashiga, internatura, klinik ordinatura, magistratura va doktoranturada (PhD va DSc) oʻqishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) onkologik kasalliklarni davolash bilan shugʻullanuvchi tibbiyot muassasalarining tashkiliy, ilmiy, taʼlim va davolash faoliyatiga yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan ekspertlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) onkologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash sohasida ilgʻor ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mutaxassislarni oʻqitishning innovatsion usullarini joriy qilish hamda oʻquv seminarlari, konferensiyalar va mahorat darslarini oʻtkazishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash hamda ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga oʻz vaqtida va sifatli yordam koʻrsatishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Talab etiladigan mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish.

1. Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlash.

2. Markaz kuzatuv kengashi reglamentini (nizomi) tasdiqlash va uning qoshida ichki audit, komplayens nazorat, tibbiy yordam sifatini nazorat qilish xizmatlarini, shuningdek, uning faoliyatini huquqiy, ekspert-tahlil, ilmiy-texnikaviy, tashkiliy va boshqa jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻmitalar tashkil etishni nazarda tutish.

2024-yil 1-iyul

-

Markaz

2.

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish.

Jamgʻarma ustavini tasdiqlash.

2024-yil 1-iyul

-

Markaz

3.

Bemor bolalarni diagnostika qilish, davolash, kuzatish va reabilitatsiya qilishni tashkil etishga boʻlgan yagona uslubiy yondashuv asosida tibbiy yordam koʻrsatishning uzluksizligini taʼminlash.

1. Respublika, hudud va tuman (shahar) darajasida bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yoʻnalishida tibbiy yordam koʻrsatishning yangilangan tartibini tasdiqlash.

Bunda, bemorlarni yoʻnaltirish algoritmlarini, shuningdek, laboratoriya diagnostikasi uchun namunalarni shakllantirish, davolash jarayonini birxillashtirish, bemorlarni kuzatish va reabilitatsiya qilish koʻzda tutiladi.

2024-yil 1-sentabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

2. Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilishni tashkillashtirish tartibini tasdiqlash.

Bunda, onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish boʻlimi faoliyatini tashkil etish qoidalari belgilanadi.

2024-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

3. Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarni dispanser kuzatuviga olish tartibini tasdiqlash.

2024-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

4. Toshkent shahri bolalar aholisi uchun onkologik, gematologik va immunologik kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni Markaz tomonidan koʻrsatilishini tashkil etish.

2024-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

II. Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash

4.

Bolalar onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarining oldini olish, erta bosqichlarda aniqlash va davolash sifatini oshirish.

1. Markazda bolalarda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarni diagnostika qilish, davolash va oldini olish boʻyicha ilgʻor xorijiy va mahalliy tajriba, shuningdek, yetakchi xorijiy va mahalliy tadqiqotlar natijalariga asoslangan klinik protokollarni joriy etish. Ushbu protokollarni hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish.

2. Bolalar onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarining oldini olish, diagnostika qilish, davolash va palliativ yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadigan tibbiyot muassasalariga uslubiy yordam berish.

2024-2025-yillar

-

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3. Bolalar tibbiy koʻrigi, tibbiyot xodimlari uchun mahorat darslari va seminarlar oʻtkazish maqsadida Markaz mutaxassislarining hududlarga safarlarini uyushtirish.

Reja-jadval asosida

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 10 oʻrinli bolalar palliativ boʻlimlarini tashkil qilish.

Hisob-kitoblar asosida,

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Bolalarda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarni davolash sohasida ekspertlik fikrini shakllantirish.

Bolalarda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash boʻyicha dalillarga asoslangan tibbiyot asosida klinik standartlar, protokollar va tavsiyalarni ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

-

Markaz

6.

Markazni zamonaviy dori vositalari bilan taʼminlash.

1. Eng yangi onkologik, gematologik, immunologik, ogʻriq qoldiruvchi dorilar va orfan kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Eng yangi onkologik, gematologik, immunologik, ogʻriq qoldiruvchi dorilar va orfan kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlarni xarid qilish, respublikaga olib kirish va ulardan foydalanishni tashkil etish.

2024-2025-yillar

Hisob-kitoblar asosida,Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Markaz

7.

Markazda quyidagilarni joriy etish:

a) birinchi bosqichda — gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini autotransplantatsiya qilish;

b) ikkinchi bosqichda — onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarda suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotlarini oʻtkazish.

1. Markazda gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini autotransplantatsiya amaliyotlari oʻtkazilishini tashkil etish.

Autologik oʻzak hujayralarini tayyorlash, onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga transplantatsiya qilishning yuqori texnologiyali usullarini joriy etgan holda transfuziologiya boʻlimini tashkil etish.

Gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini autotransplantatsiya qilish uchun boʻlim tashkil etish.

Mahsulotlarga maxsus issiqlik bilan ishlov berish, nur bilan dezinfeksiya qilish, qadoqlash va steril shaklda taomlar tayyorlash uchun zarur jihozlarga ega oziq-ovqat taʼminoti blokini tashkil etish.

Markazning tegishli binolarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, ularni zarur texnika, asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlash.

2024-2025-yillar

Hisob-kitoblar asosida,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining

6 million AQSH dollari

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Allogen transplantatsiya uchun quyidagilardan iborat boʻlgan aseptik blokni tashkil etishni hisobga olgan holda Markazning yangi binosi qurilishini yakunlash:

profilli jonlantirish boʻlimi va intensiv davolash palatalari mavjud boʻlgan gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish boʻlimi;

barcha turdagi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini (laparoskopik, torakoskopik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik) oʻtkazish uchun zarur sharoit hamda profilli jonlantirish boʻlimi va intensiv davolash palatalari boʻlgan operatsion blok;

neyroonkologiya boʻlimi;

reabilitatsiya boʻlimi;

kimyoviy davolash dori vositalarini markazlashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda tayyorlash xonasi;

allogen transplantatsiya uchun transfuziologiya boʻlimlari va inson oʻzak hujayralari va suyak koʻmigi banki.

Allogen transplantatsiya uchun aseptik blokni zamonaviy uskunalar, texnika va inventarlar bilan jihozlash, uni sarf materiallari bilan taʼminlash.

Hisob-kitoblar asosida,

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining

10 million AQSH dollari

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish va unga gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotlarini kiritish.

Gemopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotlarining bazaviy narxini belgilangan tartibda tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Suyak koʻmigi va oʻzak hujayralari donorlari va retsipiyentlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Markaz huzurida NLA-tiplash imkoniyatiga ega boʻlgan suyak koʻmigi va oʻzak hujayralari donorlari va retsipiyentlarining milliy reyestrini tashkil etish.

2025-yil 1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida, Davlat budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

9.

Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarni diagnostika qilish tizimini takomillashtirish.

1. Markazda yangi bino qurish va uning hududiga quyidagilarni joylashtirish:

a) quyidagilarni nazarda tutgan holda klinika-diagnostika, patomorfologik, mikrobiologik, molekulyar-genetik (sitogenetik, sitofluometrik), shuningdek, immunofenotiplash va NLA-tiplash laboratoriyadan iborat laboratoriya diagnostika bloki:

laboratoriya diagnostika blokini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida zarur texnika, jihozlar, inventar va sarf materiallari bilan taʼminlash;

laboratoriyalar tomonidan boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari (referens-laboratoriya funksiyasi) sifatini baholash;

b) oʻquv xonalari bilan birga simulyatsiya markazi.

2024 — 2027-yillar

20 million AQSH dollari

(Davlat budjeti mablagʻlari),

4 million AQSH dollari

(Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi),

11 million AQSH dollari

(Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida)

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.Markaz hududida qurilayotgan yangi binoning qurilishini tugatish hamda quyidagilardan iborat boʻlgan radiologik boʻlim tashkil etish maqsadida binoni rekonstruksiya qilish yoʻli bilan uning radiatsiyaviy xavfsizligini kuchaytirish:

yadro tibbiyot boʻlimi (PET-KT, SPEKT, siklotron);

nur terapiya boʻlimi (chiziqli tezlatkich, tomoterapiya qurilmasi);

diagnostik radiologiya boʻlimi (MRT, MSKT, rentgen);

intervension radiologiya boʻlimi (operatsion);

immunologiya boʻlimi (SAR-T hujayraviy terapiyasi).

Radiologiya boʻlimini zamonaviy asbob-uskunalar, inventar va sarf materiallari bilan taʼminlash.

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Markaz faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlarini joriy etish.

Markazni eng yaxshi xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

standartlarni tanlash;

tegishli buyurtmanoma yuborish;

oʻquv treninglarini yoʻlga qoʻyish va oʻtkazish uchun ishchi guruhni shakllantirish;

amalga oshirish rejasini ishlab chiqish;

Markazni akkreditatsiya standartlari talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan diagnostik auditdan oʻtkazish;

akkreditatsiya standartlari talablari asosida boshqaruv tizimini joriy etish;

akkreditatsiyadan oʻtishga tayyorligini auditdan oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Hisob-kitoblar asosida, ijrochilar mablagʻlari

Markaz

11.

Aholi va tibbiyot xodimlarining, ayniqsa, oilaviy shifokorlarning bolalarda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash masalalari yuzasidan xabardorlik darajasini oshirish.

1. 2024-yil uchun onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish va davolash boʻyicha mediareja ishlab chiqish. Har yili tegishli yil uchun mediarejaning ishlab chiqilishini taʼminlash.

2024-yil 1-iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

2. Aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng koʻlamli tushuntirish ishlarini olib borish, maqolalar, teledastur va radioeshittirishlar, audiovizual targʻibot materiallarini tayyorlash.

2024-2025-yillar

3. Kasallik belgilari, shuningdek, onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolashning afzalliklari, shu jumladan, hayotiy misollar asosida aks ettirilgan videorolik va qoʻllanmalar tayyorlash va ommaga tarqatish.

2024-2025-yillar

III. Moddiy-texnik bazani yaxshilash va raqamlashtirish

13.

Markaz faoliyatini raqamlashtirish.

Markaz IT-infratuzilmasi va IT-uskunalari, shu jumladan kompyuter texnikasini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil 1-iyul

Hisob-kitoblar asosida,

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari,

Davlat budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Zarur IT-infratuzilmasini yaratish, kompyuter texnikasi va boshqa jihozlarni xarid qilish, axborot tizimlarini joriy etish va ularning integratsiyasini taʼminlash.

Masofadan turib teletibbiyot maslahatidan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Ixtisoslashtirilgan terapiyaga yoʻllanma olishning elektron tizimini shakllantirish.

2024-yil yakuniga qadar

14.

Xostel faoliyatini samarali tashkil etish.

1. 200 oʻrinli xostel qurilishini yakunlash va Markaz balansiga begʻaraz topshirish.

2025-yil 1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida,

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Xostelni zarur texnika, mebel va inventarlar bilan jihozlash.

Markaz,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Xostelni boshqarishning tashkiliy chora-tadbirlarini koʻrish.

Markaz

IV. Kadrlar va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

15.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Markaz huzurida onkologiya, gematologiya va transfuziologiya hamda klinik radiologiya yoʻnalishlarida ilmiy darajalar (PhD, DSc) beruvchi ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish.

Ilmiy kengash toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish va Ilmiy kengash tarkibini tasdiqlash.

2. Markaz huzurida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) uchun oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutini tashkil etish.

2024-yil 1-iyul

-

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy attestatsiya komissiyasi

16.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida taʼlim, ilm-fan va tibbiyot amaliyotining oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish.

Markazda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yoʻnalishida kadrlarni qayta tayyorlash va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi mutaxassisliklari yoʻnalishida klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash.

2025-yil 1-yanvar

-

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Klinik ordinatura mutaxassisliklari oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Markazda ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini joriy etish (tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik).

4. Tibbiyot oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, tibbiyot fakultetlari hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining tegishli kafedralariga Markazda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yoʻnalishida asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

5. Xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish.

2024-2025-yillar

17.

Markazni kadrlar bilan taʼminlashni takomillashtirish.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga bolalar onkolog-gematologi, bolalar immunolog-allergologi mutaxassisliklarini kiritish.

2025-yil 1-yanvar

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Markaz

18.

Yetakchi xorijiy markazlarda Markaz uchun bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlash.

Har yili yetakchi xorijiy markazlarda tor mutaxassisliklar boʻyicha klinik ordinaturaning kamida 20 nafar mutaxassisini bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yoʻnalishida oʻqitish.

2024 — 2026-yillar

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

19.

Markaz, Bolalar milliy tibbiyot markazi bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlari mutaxassislarining malakasini oshirish.

Markaz faoliyatiga Avstriya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Koreya Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlardan yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlarini tashkil etish.

2024-2025-yillar

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Markaz, Bolalar milliy tibbiyot markazi bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarining kamida 10 nafar xodimini malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalariga yuborish.

Reja-jadval asosida

20.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlarining bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi yoʻnalishida malakasini oshirish.

Oilaviy shifokorlar va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining boshqa mutaxassislari uchun bolalarda onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish va ularni oʻz vaqtida aniqlash boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va seminar-treninglar tashkil qilish.

Reja-jadval asosida

Davlat budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

21.

Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish va davolashning ustuvor yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish va davolash sohasida dolzarb muammolarni tadqiq qilishga doir fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

2024-yildan boshlab

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

Markaz xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tizimini takomillashtirish.

Markaz xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy qilish va ularga faoliyatining natijadorligiga qarab (KPI) moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash.

2025-yil 1-yanvar

-

Markaz

23.

Markazning nufuzli xorijiy ilmiy markazlar va tibbiyot tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish.

Bolalar onkologlari, gematologlari va immunologlari assotsiatsiyasini tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni bajarish.

Markaz va xorijiy ilmiy markazlar, tibbiyot tashkilotlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolash.

2024-2025-yillar

-

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

mln soʻm

mln AQSH dollari

Dasturni amalga oshirishga sarflanadigan jami xarajatlar:

shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari

hisob-kitob asosida

20

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

20

Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablagʻlar

11

Xorijiy moliya institutlari mablagʻlari

hisob-kitob asosida

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

100 000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Markaz kuzatuv kengashiga mazkur dasturni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlarni qayta taqsimlash huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligiga dasturda belgilangan qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish, loyihalarga oʻzgartirish kiritish va tibbiyot muassasalarini jihozlash dasturlariga tuzatishlar kiritish huquqi beriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatining
tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlari

Bolalar milliy tibbiyot markazining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimi

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari (koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kuzatuv kengashiga ushbu tashkiliy tuzilmaga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidan “Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasi I boʻlimi 1.10.-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1.10. Onkologiya va gematologiya muassasalarining kimyo-terapiya boʻlimlari, onkologiya va gematologiya, suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish, suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transfuziologik aferez qilish boʻlimlari hamda jarrohlik boʻlimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son; 21.05.2025-y., 07/25/186/0458-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son; 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son; 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)