30.04.2024 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.04.2024 yildagi 252-son
Date of entry into force
06.05.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoni hamda “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-yanvardagi PQ-28-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilganligi hamda uning asosiy vazifalari belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-yanvardagi PQ-28-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, tashkiliy tuzilmasi va Agentlikning faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning huquqlari va javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sh.X. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 252-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, Agentlik rahbari va uning oʻrinbosari asosiy funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Energetika bozori regulatori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Agentstvo po razvitiyu i regulirovaniyu energeticheskogo rinka Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Regulator rinka energetiki.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Energy market development and regulatory agency of the Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Energy market regulator.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi, 26-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini (keyingi oʻrinlarda — bozor) bosqichma-bosqich tashkil qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni taʼminlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa hollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlarning ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor konyunkturasi va energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni rejalashtirish va infratuzilmani yaratishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika sohasidagi qurilish va taʼmirlash ishlarida mahalliy tovar va xizmatlar xarid qilinishini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bozorni bosqichma-bosqich tashkil qilishni taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaffof va raqobatli bozorni yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning muvozanatini taʼminlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor mexanizmlariga oʻtishning asosiy bosqichlarini va ularda koʻzda tutilgan muhim shartlar va qoidalarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishadi hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor munosabatlarining moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy siyosatini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorni tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini muntazam ravishda tahlil qiladi, zaruratga koʻra ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor ishtirokchilarining vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorning shaffof, kamsitmasdan va raqobat muhitida ishlashiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, bozor konsepsiyasi va boshqa tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor qoidalarini ishlab chiqadi, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishadi hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor qoidalarini zamon talablariga javob berishi boʻyicha izlanishlar oʻtkazib, uni doimiy ravishda takomillashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasining ulgurji va chakana savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan onlayn savdo platformasini (keyingi oʻrinda — platforma) yaratishda ishtirok etadi (texnik topshiriq ishlab chiqadi) hamda uni samarali ishlashini taʼminlash va doimiy rivojlantirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
platformaning dasturiy taʼminotini test va real rejimda ishga tushirishni muvofiqlashtiradi va muntazam ravishda nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
platformani Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinishini muvofiqlashtiradi va muntazam ravishda maʼlumotlar almashinuvini nazorat qiladi;
(10-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda, shuningdek, tajriba-sinov sifatida tanlangan hududlarda elektr energiyasini ulgurji xarid qilish va taqsimlash tarmoqlariga ulangan isteʼmolchilarga sotish va (yoki) taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasini xususiy sektorga berilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tanlangan hududlarda elektr energiyasini sotish va (yoki) taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha investorlarni aniqlash jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular bilan tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni taʼminlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor qoidalarini buzish holatlarini aniqlaydi, ularga chora koʻrish va bartaraf etishning tegishli mexanizmlarini, shu jumladan qoida va koʻrsatmalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor shaffofligini hamda barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor faoliyati bilan bogʻliq monitoringni muntazam ravishda olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor ishtirokchilari tomonidan xizmatlar koʻrsatish shartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi ommaviy shartnomalarning ushbu shartlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal qilishini nazorat qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqadi va tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan shartlarga asosan litsenziyalar beradi, ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor ishtirokchilari tomonidan litsenziya majburiyatlarining bajarilishini monitoring qiladi va ularning litsenziya talablariga muvofiqligini muntazam nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga bozor ishtirokchilarining rioya etishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda joyiga chiqqan holda oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalar reyestrini yaratadi hamda ularning hisobini yuritish, nazorat qilish yuzasidan tegishli talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning yillik davriy yigʻimlari stavkalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash faoliyatlarini yuritish uchun litsenziya berilgan bozor ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan integratsiya qiladi hamda maʼlumotlarni doimiy yangilab boradi;
(10-band “g” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tartibga solinadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya toʻlovini hisoblash va bozor ishtirokchilari tomonidan ularni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlarni tartibga solinadigan faoliyat turlari boʻyicha audit qilish qoidalarini ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvlar natijalari asosida bozor ishtirokchilari tomonidan bozor talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklar aniqlanganda, ularning mulkdor shaxsiga yoki rahbar shaxsiga nisbatan tegishli chora va sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 2026-yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa hollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yilga qadar Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tariflarni belgilashda bevosita ishtirok etadi va kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi uchun elektr energiyasi tariflarini belgilashda ijtimoiy himoya mexanizmlarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tariflarni belgilashda energetika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya rejalarini inobatga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvardan boshlab amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarif va toʻlovlar miqdorini belgilash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlarning (keyingi oʻrinlarda — texnologik yoʻqotishlar) ruxsat etilgan meʼyorlarini tasdiqlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik yoʻqotishlar meʼyorlarini hisoblash qoidalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik yoʻqotishlar meʼyorlarini tasdiqlangan qoidalar asosida belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik yoʻqotishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika energetika balansini shakllantirishda foydalanish uchun tegishli vazirlik va idoralarga muntazam ravishda taqdim etib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) bozor konyunkturasi va energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni rejalashtirish va infratuzilmani yaratishga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining yakuniy isteʼmolchilar tariflariga taʼsirini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlardagi talabdan kelib chiqqan holda investitsiyalarning teng taqsimlanishi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining bozorda raqobat va narxlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi xabarlar kelib tushishi tartibining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik taʼsirini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy elektr stansiyalari qurilishida davlat kafolatisiz investitsiyalar jalb qilinishini jadallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) energetika sohasidagi qurilish va taʼmirlash ishlarida mahalliy tovar va xizmatlar xarid qilinishini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalarni baholash, shu jumladan elektr energetikasi sohasida qurilish va taʼmirlash ishlari uchun mahalliy tovarlar va xizmatlarni xarid qilishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) bozor ishtirokchilari faoliyatini joylarga chiqqan holda oʻrganish va tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma, koʻrsatma va yozma ravishda ogohlantirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar, shu jumladan bozor ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) zarur maʼlumotlarni statistika va soliq organlari, davlat xizmatlari markazi va boshqa vazirlik va idoralardan bepul tarzda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik jamiyatlariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha rejalarni va (yoki) dasturlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) xorijiy energetika tashkilotlari, fan va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda ilmiy muassasa va boshqa tashkilotlar olimlari va mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xorijiy ekspertlarni konsultant sifatida yollash va (yoki) ularning xulosa va tavsiyalarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, ilmiy muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar ishtirokida ishchi guruh (komissiya) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) amaliyotda qoʻllash tajribasi tahlili, olingan tavsiyalar va xalqaro tajriba asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tashabbus bilan chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) zarur maʼlumotlarni toʻplash, tartibga solish amaliyotini uygʻunlashtirish, koʻzda tutilgan qarorlarni asoslash yoki taklif etilayotgan huquqiy va meʼyoriy yechimlarni baholash uchun zarur boʻlganda jamoatchilik muhokamasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, bozor ishtirokchilari, mansabdor shaxslar va fuqarolarga bozorda raqobat qoidalarini buzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni koʻrib chiqish uchun yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) tariflarni tasdiqlash boʻyicha kelib tushgan arizalarning asoslanganligini tekshirish boʻyicha audit oʻtkazilishi toʻgʻrisida bozor ishtirokchilariga xabarnoma yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) bozor faoliyati yuzasidan tekshiruvlarni belgilash va oʻtkazish hamda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning talab darajasida ishlashini taʼminlash boʻyicha zarur va mutanosib choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) bozor ishtirokchilarining faoliyati ustidan shikoyat kelib tushgan taqdirda yoki rejadagi oʻrganishlar davomida bozor qoidalariga rioya etmaslik holatlari aniqlanganda, bozor ishtirokchilaridan oʻz xizmatlariga mutanosibligini va kamsitmasdan qoʻllanilishini taʼminlash uchun ular tomonidan qoʻllaniladigan shartlar, shu jumladan tariflar va narxlarni oʻzgartirishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) bozor ishtirokchilari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) quyidagi holatlarda yuzaga keladigan nizolarni hal qilinishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziatning oʻz faoliyatini bajarishi yuzasidan boshqa litsenziatga qarshi davosi mavjudligida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uchinchi tomonning tarqatish va (yoki) uzatish tarmogʻiga ulanishida muammo yuzaga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) energetika korxonalari oʻrtasidagi yoki energetika korxonalari bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻrtasidagi tarif va toʻlovlarning qoʻllanilishidagi qoidabuzarliklar yuzaga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bozor ishtirokchilari tomonidan elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlari taʼminlanmaganda yoki magistral va taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish qoidalari buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Agentlikning qarorlarini amalga oshirish talablari bajarilishi bilan bogʻliq boshqa har qanday nizolar, soʻrovlar va shikoyatlar yuzaga kelganda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) bozor ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarga erishilishini samarali taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) amalga oshirilayotgan islohotlarning, shuningdek, Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirilishining oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va belgilangan muddatlarda ularga javob berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) mehnat va ichki tartib-qoidalariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) tegishli sohada fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining muhofaza qilinishini taʼminlash uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) oʻz oʻrinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash va vazifalarni taqsimlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlashi, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida qoʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;

11) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) Agentlik Hayʼat majlislarida raislik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq toʻlash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash hamda ularga Energetika bozorini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) Agentlik xodimlarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) Agentlik mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Agentlikning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) Agentlik nomidan bozor ishtirokchilariga yozma soʻrovlar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) Agentlik xodimlariga vazifalarni yuklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) Agentlikning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishi (viza qoʻyilishi)ni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) davlat sirlari toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
(13-bandning 27-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan Agentlikning xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar direktor oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Agentlik direktori maʼlum sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning vazifalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Agentlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam tinglab borish va belgilangan koʻrsatkichlarga yetishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Agentlikning va Agentlik direktorining buyruq va topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarda kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) bozorni rivojlantirishda va tartibga solishda Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) bozor munosabatlari joriy etilishini nazarda tutadigan xalqaro standartlarga muvofiq elektr energetikasi sohasidagi normativ bazaning tizimli asosda qayta koʻrib chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) energetika sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan elektr energetikasi bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) davlat sirlari toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
(14-bandning 15-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agentlik direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agentlik direktori oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan Agentlikning javobgarlik sohalarida mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Agentlik rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik direktori va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agentlik direktori maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, Agentlik direktori oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Agentlik direktori maʼlum sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning oʻrinbosari Agentlik direktorining vazifalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agentlik oʻz faoliyatini respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlardan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasining respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlanadigan quyidagi hujjatlar Agentlik bilan majburiy tarzda kelishiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalar, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi texnologik yoʻqotishlar meʼyorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor faoliyatiga taʼsir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining doimiy aʼzosi boʻlib, mazkur komissiya raisi oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Agentlik hayʼati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agentlikda direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozim boʻyicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda Hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vazifalarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan majlislari oʻtkazilishini tashkillashtirish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tarkibiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Agentlik direktori qarori bilan quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat ish rejalari va belgilangan vazifalarni bajarish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflar tashabbusi bilan chiqish, loyihalarni boshlash va hisobot berish tartiblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning faoliyatini samarali taʼminlash uchun Agentlikning masʼul tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hayʼat yigʻilishiga Agentlik vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Hayʼat majlisi aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Hayʼat qarorlari, oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Direktor va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda direktor, ushbu kelishmovchiliklar xususida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga axborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hayʼat oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlar, hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Hayʼat qarorlari Hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Agentlik buyrugʻi (qarori) bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziya yigʻimlarining yillik davriy tushumlari Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va Agentlik tomonidan foydalaniladi. Bunda, yil yakuni bilan ushbu hisobvaraqdagi ortib qolgan mablagʻlar Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agentlik bozor qoidalarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan jarimalardan tushadigan mablagʻlarning Agentlikda qoldirilgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz faoliyati uchun foydalanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Agentlikni moddiy-texnika taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agentlik tuzilmasi va shtatlar jadvali Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agentlik xodimlariga Energetika vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot, qoʻshimcha toʻlov, ustama va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Agentlikning xodimlariga direktor tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlariga egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼiy nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar direktor tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bayram sanalari munosabati bilan shtat jadvaliga koʻra, xodimlar lavozim maoshiga nisbatan mukofot toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ish staji uchun (faqat asosiy ish joyi boʻyicha) Energetika vazirligining markaziy apparati xodimlariga tatbiq etiladigan muddat va foizlarda mukofot toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddat ishlagan yillari uchun mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Agentlik xodimlariga oldingi tashkilotlarda berilgan koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq va ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2024-y., 09/24/252/0324-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)