18.04.2024 yildagi 217-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.04.2024 yildagi 217-son
Date of entry into force
19.04.2024
Hujjat 19.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatishni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar) xodimlar soni va xarajatlarni maqbullashtirish hamda tashish va yetkazib berish sifatini yaxshilash imkonini beradigan autsorsing shartlari asosida hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan, xodimlarning ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari, kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar va boshqalarni oʻz ichiga olgan holda 20 foizgacha ustama qoʻshib hisoblanadi. Bunda yopiq harbiy shaharchalarda hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish narxlari tegishli hududdagi mavjud narxlardan oshirilmasligi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dala sharoitlarida va favqulodda vaziyatlarda transport xarajatlari autsorserlarga hammom-kirxona xizmati qiymatining 2 foizi miqdorida qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hammom-kirxona xizmatini koʻrsatish narxlari oʻzgargan taqdirda, autsorserlarni tanlab olish bayonnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda faoliyat koʻrsatuvchi autsorserlar va ularning xodimlariga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing tizimida narxlarni shakllantirish va shartnomalarni tuzish hamda autsorsing shartlarida shaxsiy tarkibga hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hammom-kirxona xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserlarga vaqtincha foydalanish uchun berilgan obyektlar va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev, mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 18-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) tizimidagi muddatli va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar, rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari, xodimlar, kursantlar, tinglovchilar, oʻquvchilar, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari dam oluvchilari, tibbiyot muassasalarida davolanayotganlar (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy tarkib), shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalarida va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — alohida toifadagi shaxslar) hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing — shaxsiy tarkib va alohida toifadagi shaxslarga koʻrsatiladigan hammom-kirxona xizmatlarini shartnoma asosida tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser — vazirlik va idoralar boʻlinmalari, qoʻshinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar boʻlinmalari) shartnoma asosida hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — vazirlik va idoralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — vazirlik va idoralar boʻlinmalariga autsorsing asosida xizmat koʻrsatish hamda ushbu Nizomga muvofiq tanlashda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga oʻtkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserni qonunchilik hujjatlari asosida tanlab olish hamda unga oʻtkaziladigan xizmatlar sifatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining autsorserga oʻtkaziladigan xizmatlarni bajarish bilan band boʻlgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserga oʻtkaziladigan xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xoʻjalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Autsorserning (mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi) xodimlari vazirlik va idoralar boʻlinmalariga tegishli hududga belgilangan tartibda oldindan taqdim etilgan roʻyxat asosida kirishiga ruxsat beriladi. Bunda autsorser hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatuvchi ishchilari haqidagi maʼlumotlarni vazirlik va idoralarning boʻlinmalariga taqdim etadi. Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning ichki idoraviy hujjatlari talablariga muvofiq belgilangan tartibda oʻrganilgandan soʻng ularning natijasiga koʻra ishchilarga tegishli hududda xizmat koʻrsatishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Autsorsing xizmatini koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibotiga rioya etish vazirlik va idoralar boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish davrida oʻzlariga maʼlum boʻlgan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni tarqatmaslik uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hammom-kirxona xizmatlari vazirlik va idoralar boʻlinmalarida shartnoma asosida jalb qilingan autsorser tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shartnoma imzolanganidan soʻng vazirlik va idoralar boʻlinmalarga tegishli kirxonalarda autsorser tomonidan davlat standartlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq kamida bir oylik sarflanadigan kir yuvish kukuni zaxirasi shakllantiriladi va saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish uchun mablagʻlarga boʻlgan har yillik ehtiyojni aniqlash hamda ularni olish belgilangan tartibda rejalashtirilayotgan moliya yilida bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) hajmi va narxidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan hammom-kirxona xizmatlari uchun hisob-kitoblar mazkur Nizomning 26-27-bandlari talablari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hammom-kirxona ishlari uchun xarajatlar (autsorserning ustama haqini qoʻshib hisoblaganda) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar, obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan mablagʻlar, shuningdek, Safarbarlik chaqiruvi rezervi boʻlinmalari uchun Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻrsatilayotgan hammom-kirxona xizmatlarining sifati va narxlari vazirlik va idoralar tomonidan oʻrganib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tanlash komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish uchun talabgorlarni tanlash maqsadida buyurtmachi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmasi) rahbarining qarori bilan toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tanlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya), shuningdek, zarur hollarda, ishchi organ tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiyaning har bir aʼzosi Komissiya qarorini qabul qilishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Komissiya raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosi qarshi ovoz berganda, oʻzining qarori yuzasidan sharh berishi mumkin va ushbu sharh bayonnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qaror Komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar majlisda Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, Komissiya vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik va idoralar boʻlinmalarida hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish autsorsing asosida mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Autsorserga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq shartnomani bajarish uchun zarur kadrlar, texnik, moddiy va boshqa resurslar mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati boʻyicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etish yoki tugatilish bosqichida boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari joriy etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi bilan sud, shu jumladan hakamlik sudi yoki xalqaro tijorat arbitraj sudi muhokamasi holatida boʻlmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Buyurtmachi autsorserni tanlash boʻyicha takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni avval maxsus axborot portaliga autsorserni tanlash toʻgʻrisida eʼlon joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talabgorlar tanlovda ishtirok etishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi nomiga tanlovda ishtirok etish uchun ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli organlarning maʼlumotnomalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Talabgorlar quyidagi hollarda tanlashda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda va toʻliq taqdim etmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notoʻgʻri maʼlumotni taqdim etgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya zaruratga koʻra tegishli hududdagi talabgorlar roʻyxatini va hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mavjud oʻrtacha narxlar toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabnoma taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachining talabnomasi asosida oʻn ish kunida tegishli hududdagi talabgorlarning roʻyxati hamda hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mavjud oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi takliflarni shakllantiradi va Komissiyaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan va maxsus axborot portali orqali kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqadi hamda eng yaxshi takliflarni oʻn ish kunida tanlab oladi. Bunda talabgorlarning hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi tajribasi, moliyaviy, moddiy-texnik va logistik bazasi, hammom-kirxonalar holatini yaxshilashga tayyorligi, shuningdek, hammom-kirxona xizmatlarini arzonlashtirilgan narxlarda koʻrsatish imkoniyatlari inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch ish kunida tanlab olingan takliflar orasidan gʻolibni aniqlaydi hamda bu haqida bayonnoma rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir ish kunida bayonnomadan koʻchirmani vazirlik va idoralarning boʻlinmalariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vazirlik va idoralar boʻlinmalarining komandirlari (boshliqlari) uch ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser bilan bir moliya yili uchun amal qilish muddati 31-dekabrgacha boʻlgan shartnoma tuzadi va hududiy gʻaznachilik organida roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserga tegishli bino va moddiy-texnika vositalarini vaqtincha foydalanish uchun topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Moliya yili oxirida amaldagi autsorserni almashtirishga zarurat boʻlmasa, Komissiya tomonidan tasdiqlangan narx va buyurtmachining xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻlar doirasida tomonlarning kelishuviga koʻra va Komissiya yigʻilish bayonnomasi bilan shartnoma muddati navbatdagi moliya yili uchun uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish narxlari oʻzgargan taqdirda, vazirlik va idoralarning boʻlinmalari komandirlari (boshliqlari) bayonnomaga oʻzgartirish kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni Komissiyaga belgilangan tartibda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Moliya yili oxirida amaldagi autsorserni almashtirish yoki almashtirmaslik vazirlik va idoralar kiyim-kechak taʼminoti markaziy organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinma rahbarlarining qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda autsorserning oʻtgan davrdagi faoliyati natijalari, yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari, hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha imzolangan shartnoma shartlarining bajarilishi inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagilar autsorserni almashtirish zaruratini keltirib chiqaruvchi holatlar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlari lozim darajada bajarmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiyim-kechakka ishlov berish texnologik jarayoni doimiy ravishda buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatishning sifati buyurtmachi tomonidan belgilangan talablarga javob bermaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hammom-kirxona obyektlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserga nisbatan tugatish yoki bankrotlik tartib-taomili joriy etilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Autsorser har oyning 3-sanasiga qadar buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun koʻrsatilgan xizmatlarning yuk xatini (hisob-varaqasini) taqdim etadi. Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan, xodimlarning ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari, kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar va boshqalarni oʻz ichiga olgan holda 20 foizgacha ustama qoʻshib hisoblanadi. Bunda yopiq harbiy shaharchalarda hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish narxlari tegishli hududdagi mavjud narxlardan oshirilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-varaqalarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va xizmatlar narxlarining toʻgʻri koʻrsatilishi uchun javobgarlik autsorser zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Autsorser bilan hisob-kitoblar xizmat koʻrsatish jadvalida nazarda tutilgan oylik summaning shartnomadagi umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda, amalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-faktura va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida har oyning 10-sanasiga qadar autsorserning bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish uchun autsorser tomonidan foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati autsorserning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish vazifasi vazirlik va idoralarning boʻlinmalari komandirlarining (boshliqlarining) zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Shaxsiy tarkib va alohida toifadagi shaxslarga hammom xizmati haftasiga kamida ikki marta koʻrsatiladi, haftasiga bir marta ichki kiyimlar, yotoq choyshablari va sochiqlar toʻliq almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kirxonada kiyim-kechaklarga ishlov berish texnologik jarayoni qabul qilish, ajratish, yuvish, siqish, quritish, dazmollash va buyurtmachiga tarqatishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kirxonada kiyim-kechaklar rangi, mato turi va kirlik darajasiga qarab ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatishda autsorserlar tomonidan belgilangan talablarga toʻliq amal qilinishi, narxlarga rioya etilishi va hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishi vazirlik va idoralar boʻlinmalari komandirlarining (boshliqlarining) tegishli oʻrinbosari (bunday lavozim nazarda tutilmagan hollarda ushbu vazifa yuklangan masʼul shaxslar) tomonidan doimiy nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Hammom-kirxona xizmatlarining sanitariya nazorati vazirlik va idoralar boʻlinmalarining tibbiyot xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda hammom-kirxona obyektlarining sanitariya holati, shaxsiy tarkib va alohida toifadagi shaxslarning choʻmilishi, ichki kiyim va choyshablar doimiy ravishda almashtirilishi, kiyim-kechaklar yuvilishi sifati, hammom-kirxona korxona ishchilarining tibbiy koʻrikdan oʻtish doimiyligi va toʻliqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatuvchi ishchilar belgilangan tartibda va muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtgandan soʻng ishlashga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatuvchi ishchilar vazirlik va idoralar harbiy-davolash muassasasida tibbiy koʻrikdan oʻtayotganda, harbiy-tibbiy muassasa tomonidan sarflangan tibbiy vositalarning qiymati autsorser tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatuvchi ishchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini nazorat qilish autsorser, vazirlik va idoralarning boʻlinmalari komandirlari (boshliqlari) hamda tibbiyot xizmati boshligʻi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Hammomdagi suvning sifati ichimlik suviga qoʻyiladigan davlat standarti talablariga mos kelishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Vazirlik va idoralarning boʻlinmalari hududida autsorserlarga vaqtincha foydalanish uchun berilgan obyektlar va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Autsorserga hammom-kirxona obyektlari (bino, inshoot, xona, uskuna va boshqalar) hamda ulardagi moddiy-texnika vositalari (jihozlar, mebellar, oʻlchov vositalari, yongʻinni aniqlash, xabar berish va oʻchirish tizimlari va vositalari hamda boshqa mulklar) davlat mulkidan tekin foydalanish shartnomasi asosida “nol” qiymat boʻyicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilgan holda vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Autsorsing xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur shart-sharoitlar va moddiy-texnik bazaga ega boʻlmagan vazirlik va idoralarning boʻlinmalariga autsorserlarga tegishli hammom-kirxona obyektlari hamda moddiy-texnika vositalaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatilishiga ruxsat etiladi. Bunda yopiq harbiy shaharchalarda hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish narxlari tegishli hududdagi narxlardan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Autsorserga vaqtincha foydalanishga topshirilgan obyektlarda (bino, inshoot, xona va boshqalar) yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan yongʻin va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish autsorser, vazirlik va idoralarning boʻlinmalari komandirlari (boshliqlari) va uning moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosari (bunday lavozimlar nazarda tutilmagan hollarda ushbu vazifa yuklangan masʼul shaxslar) zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Autsorserga vaqtincha foydalanish uchun beriladigan obyektlar va moddiy-texnika vositalarining soni, toifasi va toʻliqligi boʻyicha hisobi vazirlik va idoralar boʻlinmalarining tegishli xizmati tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Autsorserga vaqtincha foydalanish uchun berilgan oʻlchov vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash autsorserning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hammom-kirxona xizmatlarini moddiy-texnik taʼminlash vazirlik va idoralarning tegishli organlari orqali har yili maqsadli ravishda ajratiladigan budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Foydalanish muddatlarini oʻtab boʻlgan va yaroqsiz holatga kelgan moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Autsorserga vaqtincha foydalanish uchun berilgan, belgilangan foydalanish muddatlarini oʻtab boʻlmasdan yaroqsiz holatga kelgan moddiy-texnika vositalari autsorserning mablagʻlari hisobidan tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Hammom-kirxona obyektlarini qurish, mavjudlarini kengaytirish, qayta jihozlash hamda kapital taʼmirlash vazirlik va idoralarning markaziy organlari tomonidan har yili maqsadli ravishda ajratiladigan budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda hammom-kirxona obyektlarini joriy taʼmirlash ishlari autsorserning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishi tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan autsorsing shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatishni autsorsing asosida tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddatlar

Autsorserni tanlash tartibi

I bosqich

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar

Hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha autsorserlarni tanlash toʻgʻrisida maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtiradi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni avval

II bosqich

Vazirlik va idoralar huzuridagi Komissiya

(keyingi oʻrinlarda — Komissiya)

Talabgor tashkilotlar roʻyxati va hammom-kirxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tegishli hududdagi oʻrtacha narxlar toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabnomalarni taqdim etadi.

Zaruratga koʻra

III bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Talabgorlarning roʻyxati va tegishli hududdagi oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi takliflarni shakllantiradi va Komissiyaga taqdim etadi.

Talabnoma taqdim etilgandan boshlab oʻn ish kunida

IV bosqich

Komissiya

1. Taqdim etilgan va maxsus axborot portali orqali kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqadi va eng yaxshi takliflarni tanlab oladi.

Oʻn ish kunida

2. Gʻolibni aniqlash va bayonnomani rasmiylashtiradi.

Uch ish kunida

3. Bayonnomadan koʻchirmani vazirlik va idoralarning boʻlinmalariga yuboradi.

Bir ish kunida

V bosqich

Vazirlik va idoralarning boʻlinmalari komandirlari (boshliqlari

1. Autsorserlar bilan bir moliya yili uchun amal qilish muddati 31-dekabrgacha boʻlgan shartnomalar tuzadi va hududiy gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. Autsorserlarga tegishli binolar va moddiy-texnika vositalarini vaqtincha foydalanish uchun shartnoma asosida topshiradi.

Uch ish kunida

Autsorser bilan hisob-kitob qilish tartibi

VI bosqich

Autsorser

1. Koʻrsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtiradi.

2. Vazirlik va idoralarning boʻlinmalari bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etadi.

Har oyning 3-sanasigacha

VII bosqich

Vazirlik va idoralarning boʻlinmalari komandirlari (boshliqlari)

Hisob-varaqa va dalolatnoma asosida autsorserning bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi.

Har oyda joriy oyning 10-sanasigacha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 3-apreldagi 80-son qarorining rus tilidagi matnida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaning 9-bandi birinchi xatboshisidagi “zamestitel Ministra oboroni — ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaning birinchi xatboshisidagi “zamestitel Ministra oboroni — ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-oktabrdagi 800-son qaroriga 1-ilovaning oʻninchi xatboshisi rus tilidagi matnidagi “zamestitel ministra oboroni — ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaga 6-ilovaning 8 — 10-bandlaridagi “havo hujumiga qarshi mudofaa” soʻzlari “havo hujumidan mudofaa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandning oʻninchi xatboshisidagi “havo hujumiga qarshi mudofaa” soʻzlari “havo hujumidan mudofaa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi jumladagi “Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari — Havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni” soʻzlari “Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi jumladagi “Havo hujumiga qarshi mudofaa” soʻzlari “Havo hujumidan mudofaa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandning uchinchi xatboshisidagi, 27-banddagi va 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Havo hujumiga qarshi mudofaa” soʻzlari “Havo hujumidan mudofaa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalari 17-bandining birinchi xatboshisidagi “Havo hujumiga qarshi mudofaa” soʻzlari “Havo hujumidan mudofaa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitish, shuningdek, ayrim lavozimdagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-yanvardagi 8-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Akademiya yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son; 29.10.2024-y., 09/24/709/0862-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)