25.03.2024 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.03.2024 yildagi 10-son
Date of entry into force
25.03.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligini inobatga olib hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, iqtisodiy ishni apellyatsiya va kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institutlardan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi)ning 50, 259, 282-moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shikoyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning shikoyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning shikoyati, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat organlari va boshqa shaxslarning shikoyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda, prokurorning protesti boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari ham palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 50-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat organlari va boshqa shaxslar (masalan, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va h.k.) daʼvo (ariza) ular tomonidan taqdim etilgan holdagina sud hujjati ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 50-moddasi birinchi qismining mazmuniga koʻra, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari oʻz aʼzolarining manfaatini koʻzlab kiritgan daʼvo boʻyicha daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanishi va majburiyatini oʻz zimmasiga olishi sababli, sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari oʻzlari kiritgan daʼvo boʻyicha nizodagi javobgarning manfaatida apellyatsiya, kassatsiya shikoyati taqdim eta olmasligiga qaratilishi lozim. Bunday shikoyatni qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 1-bandi hamda IPK 291-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasiga koʻrish uchun yuborilgandan keyin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga aloqador qoʻshimcha hujjatlar yoxud boshqa shaxslardan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati kelib tushgan taqdirda, ular kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay shikoyat (protest) koʻrib chiqilayotgan sud instansiyasiga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) nafaqat birinchi instansiya sudining butun hal qiluv qaroriga, balki uning bir qismiga nisbatan ham berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar IPKning 189-moddasiga muvofiq qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan ham apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa qonunda nazarda tutilgan hollarda protest keltirishga haqlidirlar.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. IPKga muvofiq birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida, soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, shuningdek, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida, kassatsiya shikoyati (protesti) esa, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan ish boʻyicha sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha sud hujjati qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 189-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari mazmuniga koʻra, qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) esa, qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan esa, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni (protestni) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnomada muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablari koʻrsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatning oʻzida (protestda) yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun apellyatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan, sudyaning yakka oʻzi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilganligining uzrli sabablari boʻlib, sudga bunday shikoyat (protest) bilan oʻz vaqtida murojaat qilishga toʻsqinlik qilgan, arizachiga bogʻliq boʻlmagan holatlar hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati tiklanganda, bu haqda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda, shikoyatni (protestni) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilganda esa, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda bayon etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) IPK 262-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari hamda 285-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest)ni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, IPK 268-moddasining birinchi qismi va 291-moddasining birinchi qismida belgilangan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari roʻyxati tugal hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni inobatga olish kerakki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, davlat boji toʻlashni kechiktirish, va sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar muhokama qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har biri koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. IPK 269-moddasining birinchi qismi va 292-moddasining birinchi qismida belgilangan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari roʻyxati tugal hisoblanadi va uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Sudya apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) xat bilan yoki qonunda nazarda tutilmagan boshqa usulda qaytarishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har biri koʻrsatib oʻtilishi va ular bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli ekanligi tushuntirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi IPKning 197-moddasida belgilangan muddatda va tartibda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim elektron tarzda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 269-moddasi birinchi qismining 2, 3, 4-bandlari va 292-moddasi birinchi qismining 2, 3, 4-bandlarida nazarda tutilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari sud tomonidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng aniqlangan hollarda, ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida mazmunan koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, shikoyatga (protestga) uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini (topshirilganligini) tasdiqlovchi dalil ilova qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bergan shaxsdan bunday dalilni talab qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs tomonidan shikoyatning (protestning) nusxasi boshqa shaxslarga yuborilganligini (topshirilganligini) tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish imkoni boʻlmaganda, sud shikoyatning (protestning) nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud majlisi zalida topshirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar shikoyatni qabul qilishda sudyada shikoyatni imzolagan shaxsda taʼsis hujjatlariga muvofiq uni imzolash huquqi mavjudligi borasida shubha tugʻilsa, sudya apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolash vakolatini tasdiqlovchi dalilni taqdim etishni taklif qiladi. Shikoyatni imzolash vakolatini tasdiqlovchi dalil taqdim etilmaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni IPK 272-moddasining birinchi qismi va 295-moddasining birinchi qismiga asosan koʻrmasdan qoldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. IPKning 271-moddasiga muvofiq apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida ajrim chiqaradi. Bunda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan yakuniy sud hujjati qabul qilinganidan soʻng hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turishni bekor qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin berilgan boʻlsa, sudlov hayʼati ushbu iltimosnoma boʻyicha alohida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlov hayʼati tomonidan ishni koʻrish davomida berilgan iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlari eshitib boʻlinganidan keyin hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi sudya tomonidan yakka tartibda, u ish bilan birga iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kunlik muddatda hal etiladi. Bunda, besh kunlik muddat ish shikoyat bilan birga apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga kelib tushgan vaqtdan boshlab hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) ish yurituvga qabul qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi ajrim chiqaradi va unda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarga, shikoyat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil murojaat qilganda, vakilga, apellyatsiya, kassatsiya protestini bergan prokurorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin barcha sud hujjatlari kollegial tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilayotgan vaqtda sud hujjatiga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan shikoyat (protest) kelib tushganda, uni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari mavjud boʻlmaganda, u dastlab qabul qilingan shikoyat (protest) bilan birga koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya tartibida ishni koʻrish jarayonida, aynan shu sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati (protesti) taqdim etilgan taqdirda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish IPK 291-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi va shikoyat (protest) bergan shaxsga apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan ajrimlar ustidan IPK va “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan hollardagina shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Birinchi instansiya sudida ishtirok etgan vakil, shu jumladan advokat sudning hal qiluv qaroriga nisbatan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini, agar unga berilgan ishonchnomada bunday vakolat maxsus nazarda tutilgan boʻlsa, imzolashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyatga (protestga) imzo qoʻygan shaxsning uni imzolashga vakolatli ekanligiga shubha tugʻilsa, arizachiga tegishli dalillarni taqdim etish taklif etiladi. Bunday dalillar taqdim etilmaganda, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) IPK 272-moddasining birinchi qismi va 295-moddasining birinchi qismiga mos holda koʻrmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida (protestida) uni imzolagan shaxsning familiyasi koʻrsatilib, ismi yoki ismi va otasining ismi koʻrsatilmaganligi shikoyatni (protestni) IPK 269-moddasi birinchi qismining 1-bandiga hamda 292-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarish, agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi mumkin. Shikoyatdagi (protestdagi) elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning oʻzida qoʻlda qoʻyilgan imzo bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini imzolashda faksimiledan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlarning eʼtibori ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishda IPK 277 va 300-moddalarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrish muddati alohida hollarda (masalan, qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, va h.k.) ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida, agar bu shaxslar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari yoxud ularning ish yuritishga vakolatli boʻlgan vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda koʻriladi, ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan tartibda xabardor qilish zarur boʻlgan hollarda esa, ishni koʻrish muddati sud topshiriqlarini yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan muddatga, bunday muddat shartnomada mavjud boʻlmaganda yoki koʻrsatilgan shartnoma mavjud boʻlmaganda esa, olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. IPK 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida barcha ishlar hayʼatda koʻriladi. Agar sudda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun sud tarkibini shakllantirishning imkoni boʻlmasa (masalan, sudya oʻzini-oʻzi rad etishi natijasida yoki boshqa sabablar boʻyicha sudyalarning soni yetarli boʻlmasa), ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkaziladi. Bunday holatda ishni boshqa sudga oʻtkazish masalasi IPKning 32-moddasiga asosan Oliy sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Bunday holatda shikoyat IPK 269-moddasi birinchi qismining 6-bandi va 292-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish koʻrilayotgan vaqtda shikoyatni bergan shaxs shikoyatidan voz kechganda, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olganda, shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 4 va 5-bandlari, 296-moddasi birinchi qismining 4 va 5-bandlariga asosan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni tegishli instansiya sudida koʻrish jarayonida ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgunga qadar yoki birinchi instansiya sudi tomonidan sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilganligi aniqlansa, sud hujjati bekor qilinadi va ish yuritish IPK 110-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish jarayonida ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs birinchi instansiya sudi tomonidan sud hujjati qabul qilinganidan keyin tugatilganligi aniqlansa, shikoyat boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 6-bandi hamda 296-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish asoslari IPK 273-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari hamda 296-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga asosan tugal hisoblanishi va ularning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlarga tushuntirilsinki, ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilayotganda hal qiluv qarori birinchi instansiya sudi tomonidan yangi ochilgan holatlar boʻyicha koʻrib chiqilib, bekor qilinganligi aniqlangan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 296-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda tugatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillarni va apellyatsiya, kassatsiya shikoyatiga (protestiga) bildirilgan yozma fikrni asoslash uchun taqdim etilgan dalillarni oʻrganish boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari cheklanmagan. Shuning uchun bunday dalillar taqdim qilinganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ularni muhokama qilgan holda huquqiy baho berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. IPKning 276 va 299-moddalariga koʻra, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar bildirilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatning (protestning) ushbu qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Bunda, yangi talablar deganda, daʼvo predmeti boʻlmagan, javobgarga yoki boshqa ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoxud ishda ishtirok etmagan shaxslarga nisbatan qaratilgan talab tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. IPK 276-moddasining ikkinchi qismi va 299-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu sababli, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmay, hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini toʻliq hajmda, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilgan shaxslarga nisbatan ham, shikoyat qilmagan shaxslarga nisbatan ham tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar ishni koʻrishda birinchi instansiya sudi tomonidan ish holatlari toʻgʻri aniqlanganligi hamda moddiy va protsessual huquq normalarining toʻgʻri qoʻllanilganligi tekshirilishi zarurligini eʼtiborga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi oʻz qarorida shikoyatdagi (protestdagi) har bir vajni, uning asosli yoxud asossizligi haqidagi xulosani bayon etgan holda muhokama qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirish deganda, shikoyat (protest) vajlaridan qatʼiy nazar, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlanganligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza tayinlash, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalari rad etilganligi, ularning apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga mazkur iltimosnomalar bilan murojaat qilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar boʻyicha tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. IPKning 101, 102-moddalarida nazarda tutilgan ish yuritishni toʻxtatib turish asoslari apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, IPKning 101-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, sud ish yuritishni toʻxtatib turishi shart, IPKning 102-moddasida qayd etilgan asoslar mavjud boʻlganida esa, ish yuritishni toʻxtatib turish masalasi sud tomonidan ish holatlaridan kelib chiqib hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 101-moddasi birinchi qismining 1-bandini qoʻllashda shuni nazarda tutish kerakki, iqtisodiy sud shikoyat boʻyicha ish yuritishni ushbu ishni Konstitutsiyaviy, fuqarolik, jinoyat, maʼmuriy yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek, tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda toʻxtatib turishga majbur. Agar koʻrsatilgan holatlar ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmasa, ish yuritishni toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, ish kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituvida boʻlgan vaqtda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida ariza birinchi instansiya sudiga kelib tushsa, kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish natijalari olingunga qadar ish yuritishni IPK 101-moddasining 1-bandiga mos ravishda toʻxtatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, ish yuritishni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, shikoyat boʻyicha ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ish yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganligi haqidagi hujjatni olgan kundan boshlab besh kunlik muddatda shikoyat boʻyicha ish yuritishni tiklash va ishni sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash haqida ajrim chiqaradi va uning koʻchirma nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi, zarur boʻlganda esa, sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan qarorni oʻqib eshittirganidan soʻng, uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sudlar IPKning 278 va 301-moddalarida sanab oʻtilgan vakolatlarning roʻyxati qatʼiy boʻlib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini hisobga olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda ishning faktik holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va obyektiv tekshirish asosida aniqlangan, ammo sudning xulosalari ushbu holatlarga muvofiq emas deb topsa, u hal qiluv qarorini bekor qiladi va yangi qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda ishning faktik holatlari toʻliq aniqlanmagan va shu sababli qabul qilingan hal qiluv qarori yetarli asoslantirilmagan deb topsa, u hal qiluv qarorini bekor qiladi va mavjud boʻlgan hamda yangi dalillar asosida yangi qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki toʻliq yoxud qisman bekor qilinganda, sudning xulosalariga qoʻshilmaganligining sabablari qabul qilingan qarorda koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarori IPKning 280 va 303-moddalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorning koʻchirma nusxasi u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmasdan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga, IPK 279-moddasi beshinchi qismining 7-bandi va 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protsessual qonunchilikka koʻra, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli emas, bundan daʼvo arizasini qaytarish, daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish boʻyicha ish yuritishni tugatish va ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimlarni bekor qilish mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori bilan bildirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini koʻrmasdan qoldirgan yoxud talab (talablar) boʻyicha ish yuritishni tugatgan, qolgan talab (talablar)ni esa mazmunan koʻrgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining talabning koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilganligi haqidagi xulosasi bilan kelishmasa, IPK 279-moddasi beshinchi qismining 6-bandi va 302-moddasi beshinchi qismining 6-bandi asoslari boʻyicha ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sudlarning eʼtibori IPK 279-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlari va 302-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqilishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqilishiga oʻtishda birinchi instansiya sudining hujjati bekor qilinmagan holda ajrim chiqariladi. Bunda, sud hujjatining qonuniyligiga ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha baho beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda, qarorning xulosa qismida sud xarajatlari IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda, IPKda nazarda tutilgan tartibda yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni qarorning mazmunini oʻzgartirmagan holda tuzatishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmaganligi ushbu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori, mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan harakatlar sudning tashabbusi bilan amalga oshirilganda sud majlisi oʻtkazilmasdan hal etilishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, IPKning normalarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan va ish koʻrishni davom ettirishga toʻsqinlik qilayotgan ajrim (xususiy ajrim)largina shikoyat (protest) qilinishi mumkin. IPKda shikoyat (protest) qilinishi nazarda tutilmagan boshqa ajrimlar yuzasidan eʼtirozlar ishni mazmunan koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan sud hujjati shikoyat (protest) qilinganda bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, IPKning normalariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish (IPKning 11-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi rad qilish yoki sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimonni rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari (IPKning 23-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazish (IPKning 39-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish yoki jalb etishni rad qilish (IPKning 44-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish (IPKning 45-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish (IPKning 47, 48-moddalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish (IPKning 57-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalillarni talab qilib olish va ularni turgan joyida koʻzdan kechirish (IPKning 69, 70-moddalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillarni qaytarish (IPKning 79-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish (IPKning 80-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud topshirigʻi (IPKning 91-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud topshirigʻining ijrosi (IPKning 92-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritishni tiklash (IPKning 105-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual muddatlarni tiklash (IPKning 123-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual muddatni uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish (IPKning 124-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish (IPKning 134-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud buyrugʻini bekor qilish (IPKning 147-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish (IPKning 153-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni, daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish yoxud qabul qilishni rad etish (IPKning 157-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni birlashtirish (IPKning 158-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPKning 159-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarshi daʼvoni qabul qilish (IPKning 161-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni sud muhokamasiga tayyorlash (IPKning 162-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal etish (IPKning 169-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasini keyinga qoldirish (IPKning 171-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim (IPKning 189-moddasi);
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish (IPKning 330-moddasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro ishini yuritishni tiklash (IPKning 346-moddasi) haqidagi ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas.
(32-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga koʻra, sud buyrugʻi (IPK 147-modda) va ijro varaqasi (IPK 336-moddasi) ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatda koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. IPKning 202-moddasiga muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir majlisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida alohida protsessual harakat amalga oshirilganda bayonnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisi bayonnomasi bilan IPKning 203-moddasida belgilangan tartib va muddatlarda tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan fikr-mulohazalar raislik qiluvchi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼiy nazar, sud IPKning 200-moddasiga muvofiq xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga iqtisodiy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli hamda “Iqtisodiy ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 27-noyabrdagi 36-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 25-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-son