Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 20.04.2021 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumning qarori, 20.04.2021 yildagi 16-son
Date of entry into force
20.04.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 10-sonli “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari va ajrimlarini apellatsiya tartibida qayta koʻrish sud protsessi ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini tekshirish huquqini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. IPK 259-moddasiga muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvogar, arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ular vakillarining shikoyati boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar va uchinchi shaxslar huquqiy vorislarining shikoyati boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning shikoyati boʻyicha, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda daʼvogar sifatida qatnashgan davlat organlari va boshqa shaxslarning shikoyati boʻyicha (IPK 50-moddasi birinchi qismi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokurorning protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, sud hujjati huquq va majburiyatlariga taʼsir qiluvchi IPK 259-moddasiga muvofiq, sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (IPK 63-moddasi ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy vorislari ham apellatsiya shikoyati berishga haqli boʻlib, bunda shikoyatga huquqiy vorislikni tasdiqlovchi dalil ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror oʻzining ishtirokida koʻrilgan ish, shuningdek, taraflarning murojaati boʻlgan holda apellatsiya protesti keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning apellatsiya shikoyatini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizo deganda, foyda olish maqsad qilinmagan faoliyatdan kelib chiqqan nizo (xususan, yuridik faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar, hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq, chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi nizolar) tushunilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 50-moddasi birinchi qismiga muvofiq, davlat organlari va boshqa shaxslar (masalan, Savdo-sanoat palatasi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va h.k.) daʼvo ular tomonidan berilgan holdagina sud hujjati ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonunga muvofiq, hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda arizalarni, shikoyatlarni (iltimosnomalarni) va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan sudning ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) u qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini hisoblash hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan boshlanadi (IPK 119-moddasi). Bunda IPK 262-moddasi oltinchi qismiga muvofiq, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi haqida maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. IPK 259-moddasida koʻrsatilgan shaxslar IPK 189-moddasiga muvofiq, qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qaroriga ham apellatsiya shikoyati (protesti) berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 189-moddasi beshinchi va oltinchi qismlari mazmuniga koʻra, qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ham asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan kundan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali beriladi va ushbu sud shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu muddat oʻtganidan keyin kelib tushgan shikoyat bilan bogʻliq qoʻshimcha hujjatlar, boshqa shaxslarning apellatsiya shikoyatlari ham apellatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa, u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi. Sud ajrimida shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali berilishi lozimligi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish masalasini hal etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini tushuntirish, xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish, qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha birinchi instansiya sudi majlisi tayinlanganidan keyin kelib tushsa, sud bunday ariza boʻyicha ish yuritishni IPK 101-moddasi 1-bandiga koʻra, toʻxtatib qoʻyadi, ishni esa shikoyat (protest) bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. IPK 262-moddasi uchinchi qismiga koʻra, apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tiklanishi mumkin. Iltimosnomada muddat oʻtkazib yuborilishining sabablari koʻrsatilishi lozim. Bunda sudga shikoyat (protest) bilan oʻz vaqtida murojaat qilishga obyektiv ravishda toʻsqinlik qilgan holatlar uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 262-moddasi uchinchi qismida belgilangan ikki oylik muddat oʻtkazib yuborilganidan keyin berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma rad etilishi, muddat buzilib berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish esa, rad etilishi lozim (IPK 268-moddasi birinchi qismi 4-bandi). Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmaganda ham shikoyatni (protestni) qabul qilish shu asoslar boʻyicha rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismi 1-bandiga koʻra, tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklash haqidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinmasdan, apellatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni IPK 263-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjati ustidan shikoyat qilish vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni imzolashda faksimiledan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shikoyatni qabul qilishda sudyada shikoyatni imzolagan shaxsda taʼsis hujjatlariga muvofiq uni imzolash huquqi mavjudligi borasida shubha tugʻilsa, sudya apellatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi. Shikoyatni imzolash vakolatini tasdiqlovchi dalil taqdim etilmaganda, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatni IPK 272-moddasi birinchi qismiga asosan koʻrmasdan qoldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning asli ilova qilinishi kerak, toʻlov elektron tarzda amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatga (protestga), shuningdek, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligi yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo arizasini qaytarish yoki daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) daʼvo arizasi, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha protestga esa, taraf murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik shikoyatni IPK 269-moddasi birinchi qismi 11, 2 va 3-bandlariga, protestni esa IPK 269-moddasi birinchi qismi 11 va 2-bandlariga asosan qaytarish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlar shuni eʼtiborga olishi kerakki, IPK 269-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining roʻyxati tugal boʻlib, kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya instansiyasi sudi ish yuritishiga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellatsiya instansiyasi sudi majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat organlari va boshqa shaxslarning apellatsiya shikoyatini qabul qilish, agar u ular tomonidan sudga daʼvo taqdim etilmasdan berilgan boʻlsa, IPK 268-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan rad etiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga kelgan nizo, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizo yuzasidan qabul qilingan sud hujjati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan berilgan shikoyatni qabul qilish ham shu asoslar boʻyicha rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest berilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismi 2-bandiga asosan rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga koʻra, birinchi instansiya sudining quyidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish (IPK 11-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimonni rad qilish va oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari (IPK 23-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni boshqa iqtisodiy sudga tegishliligi boʻyicha oʻtkazish (IPK 39-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish yoki jalb etishni rad qilish (IPK 44-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish (IPK 45-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish (IPK 47, 48-moddalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish (IPK 57-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalillarni talab qilib olish va ularni turgan joyida koʻzdan kechirish (IPK 69, 70-moddalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillarni qaytarish (IPK 79-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish (IPK 80-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud topshirigʻi (IPK 91-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud topshirigʻining ijrosi (IPK 92-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritishni tiklash (IPK 106-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual muddatlarni tiklash (IPK 123-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual muddatni uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish (IPK 124-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish (IPK 134-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud buyrugʻini bekor qilish (IPK 147-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish (IPK 153-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni, daʼvogarning daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish yoxud qabul qilishni rad etish (IPK 157-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni birlashtirish (IPK 158-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPK 159-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarshi daʼvoni qabul qilish (IPK 161-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni sud muhokamasiga tayyorlash (IPK 162-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal etish (IPK 169-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasini keyinga qoldirish (IPK 171-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish (IPK 189-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish (IPK 330-moddasi) haqidagi ajrimlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga koʻra, birinchi instansiya sudining sud buyrugʻi (IPK 143-moddasi) va ijro varaqasi (IPK 336-moddasi) ustidan ham apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilganligi sababli shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda rad etish asoslari koʻrsatilishi kerak (IPK 268-moddasi birinchi qismi 4-bandi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning xulosa qismida shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojining qaytarilishi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlarga tushuntirilsinki, apellatsiya shikoyatida (protestida) uni imzolagan shaxsning familiyasi koʻrsatilib, ismi yoki ismi va otasi ismining koʻrsatilmaganligi shikoyatni (protestni) IPK 269-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan qaytarish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya shikoyati (protesti) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi mumkin. Bunda sudlar shuni eʼtiborga olishi kerakki, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimida tasdiqlangan boʻlishi lozim, aks holda u imzolanmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlganda, sud ajrimida ushbu asoslarning har biri, shuningdek, ular bartaraf etilgach, sudga umumiy tartibda shikoyat (protest) bilan qaytadan murojaat qilish huquqi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sudlarga tushuntirilsinki, apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan IPK 270-moddasi birinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan keyin, ammo apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar kelib tushgan yozma fikr sud tomonidan qabul qilinishi va unga tegishli baho berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Apellatsiya shikoyati bilan birga IPK 271-moddasi birinchi qismiga muvofiq, berilgan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma apellatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish paytida sudya tomonidan yakka tartibda, agar iltimosnoma apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin berilgan boʻlsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqidagi masalani hal etishda ish holatlarini va iltimosnomada keltirilgan vajlarni oʻrganishi lozim. Agar sud arizachining vajlari asosliligi haqida xulosaga kelsa, u bunday iltimosnomani qanoatlantirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sudlar shuni eʼtiborga olishi lozimki, IPK 101-moddasida nazarda tutilgan hollarda sud ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 102-moddasida qayd etilgan asoslar mavjud boʻlganda, ish yuritishni toʻxtatib turish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 101-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan normani qoʻllashda shuni nazarda tutish kerakki, ushbu ishni konstitutsiyaviy, fuqarolik, jinoyat, maʼmuriy yoki iqtisodiy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala boʻyicha qarop qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda, apellatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur. Agar koʻrsatilgan holatlar mazkur ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmasa, ish yuritishni toʻxtatib turish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sudlarga tushuntirilsinki, shikoyatdan voz kechilganda (protest chaqirib olinganda) apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatiladi. Shu bilan birga shikoyatdan voz kechilganligi (protest chaqirib olinganligi) boshqa shaxsning apellatsiya shikoyati koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Apellatsiya instansiyasi sudida daʼvogarning daʼvodan voz kechish haqidagi arizasi IPK 157-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvogarning daʼvodan voz kechishi qabul qilingan taqdirda, sudning hal qiluv qarori bekor qilinadi, ish yuritish esa, IPK 110-moddasi 6-bandiga asosan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sudlar shuni eʼtiborga olishi lozimki, ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa, apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish jarayonida ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs birinchi instansiya sudi tomonidan sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilganligi aniqlansa, sud hujjati bekor qilinadi va ish yuritish IPK 110-moddasi 4-bandiga asosan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. IPK 273-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, agar apellatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar bildirilgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatning (protestning) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek, birinchi instansiya sudida ishni koʻrishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida IPK 34-bobida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudida, xususan, boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish (IPK 44-moddasi), ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish (IPK 45-moddasi), uchinchi shaxslarni ishda ishtirok etishga jalb qilish (IPK 47, 48-moddalari), daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish (IPK 157-moddasi), ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish (IPK 158-moddasi), talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPK 159-moddasi), qarshi daʼvo taqdim etish (IPK 161-moddasi), shuningdek, qonunda faqat birinchi instansiya uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani (IPK 157-moddasi), shuningdek, qarshi daʼvo arizasini (IPK 160-moddasi) birinchi instansiya sudi tomonidan ish yuritishga asossiz qabul qilinmaganligi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, shikoyatni (protestni) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning apellatsiya instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, apellatsiya shikoyati (protesti) IPK 277-moddasi birinchi qismida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddatining uzaytirilganligi sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IPK 171-moddasi talabidan kelib chiqib, faqat ushbu normada belgilangan asoslar mavjud boʻlgan hollarda apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud muhokamasi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga qoldirilishi mumkin. Shuni eʼtiborga olish lozimki, sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni uch martadan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sudlar IPK 278-moddasi 5-bandini qoʻllashda shuni inobatga olishi lozimki, sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsagina, ushbu asos boʻyicha ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellatsiya instansiyasi sudi shunga eʼtibor qaratishi zarurki, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari IPK 279-moddasida belgilangan. Bunda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, birinchi instansiya sudi tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi ham moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga nazarda tutish kerakki, ayrim qonun hujjatlarida munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllanilishi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda sud tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan yoki oʻzgartirilgan qonun hujjatlari qoʻllanilganligi moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllash deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori IPK 280-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini toʻliq hajmda tekshirishi va apellatsiya instansiyasi sudining qarorida shikoyatda (protestda) bayon qilingan har bir vajga baho berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, apellatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undiruv toʻliq yoki qisman bekor qilinishi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud notoʻgʻri hal etilishi sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Apellatsiya instansiyasi sudi shunga eʼtibor qaratishi lozimki, birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi va koʻrilishi IPK 34-bobida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-dekabrdagi 26-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 20-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son