Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.10.2008 07.09.1995 yildagi 351-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.09.1995 yildagi 351-son
Date of entry into force
07.09.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.10.2008
Hujjat 07.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINING FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TARTIBGA SOLISh VA UNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuni)”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar majmuini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi mahalliy organlari, xoʻjalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari namunaviy tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi xodimlarining cheklangan soni, bunga uning hududiy boʻlinmalari xodimlari ham kiradi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari, 85 nafardan (shu jumladan, qimmatli qogʻozlar bozori boshqarmasi xodimlari — 28 nafar, ularning 15 nafari qoʻshimcha ravishda ajratiladi) iborat etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat komissiyasining raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari hisoblanadi. Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari — Moliya vazirligi qimmatli qogʻozlar bozori boshqarmasining boshligʻi, hududiy boʻlinmalarning raislari Davlat komissiyasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilarining masʼuliyatini tartibga soluvi standartlar hamda qoidalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda mustaqil auditor tashkilotlarning ekspert xulosalaridan foydalangan holda qimmatli qogʻozlarning boshlangʻich narxlarini, ularning likvidlilik darajasini aniqlash uchun qimmatli qogʻozlar emitentlarining moliyaviy ahvolini baholash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalarini qayta tashkil qilish yoʻli bilan barpo etilgan aksionerlik jamiyatlarining roʻyxatlarini respublika matbuotida yilning har choragida albatta eʼlon qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarini birja savdolari orqali va birjadan tashqari bozorda sotish yuzasidan shartnoma-topshiriqnomalar tuziщda investitsiya muassasalari bilan ishlash tartibini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqadigan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasini taʼminlashga, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini yaratishga belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat komissiyasini va uning hududiy boʻlinmalarini, shuningdek “Toshkent” Respublika fond birjasini hamda “Vaqt” milliy depozitariysini birja savdolarining elektron tizimini tashkil etish, hududiy boʻlinmalar va viloyatlar depozitar tuzilmalari bilan axborotlar almashish uchun aloqaning umumdavlat vositalari bilan, shuningdek investorlarning qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasining emitentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlari bankidan foydalanishi tizimini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1996-1997 oʻquv yilidan boshlab oliy oʻquv yurtlarida qimmatli qogʻozlar bozori sohasi mutaxassislarini tayyorlashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi bilan birgalikda aksionerlashtirish, qimmatli qogʻozlarning har xil turlarini chiqarish xususiyatlari, Davlat komissiyasi, fond birjasi Milliy depozitariy va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa muassasalari faoliyati bilan bogʻliq masalalarni aholiga muntazam tushuntirib borishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toshkent shahar hokimligi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasining ishchi apparatini Mustaqillik maydoni, 5-uydagi 20 qavatli maʼmuriy binoga joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Davlat komissiyasining hududiy boʻlinmalarini joylashtirish uchun zarur joylar ajratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
351-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari, yoʻriqnomalari va koʻrsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiyaning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi barcha organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, fond birjalari (birjalarning fond boʻlimlari), investitsiya muassasalari va malaka attestatiga ega boʻlgan, joylardagi davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtgan hamda belgilangan tartibda bankda hisob-kitob schyoti ochgan jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari deb ataladi) tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini shaklantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini chiqarish hamda ularning qimmatli qogʻozlar milliy va xalqaro bozorlarida samarali muomalada boʻlishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlarni taʼminlaydigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishini, ularning roʻyxatga olinishini va qimmatli qogʻozlar, shu jumladan xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlar bozoriga kiritilishini tartibga solib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi ham yuridik, ham jismoniy shaxs sifatidagi investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat qimmatli qogʻozlarining chiqarishni, ularga xizmat koʻrsatishni va ularni toʻlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini barpo etishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining va bevosita qatnashchilarning qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar chiqarishning, shuningdek investitsiya muassasalari sifatida faoliyat koʻrsatishga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestrlarini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning muomalada boʻlishi masalalariga doir qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olish va hisobotni yuritish, qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish, investorlar va jamoatchilikni keng xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini shaklantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solib borish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda qimmatli qogʻozlar emissiyasi va muomalasiga, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyatiga taaluqli boshqa qonunchilik va normativ hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli organlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori va uning qatnashchilari faoliyatini shakllantirish va tartibga solish, oʻzbekistonlik va xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini chiqarish hamda qimmatli qogʻozlarning milliy va xalqaro bozorlarida samarali muomalada boʻlishi uchun huquqiy shart-sharoitlarni taʼminlash masalalari boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va takomillashtirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori va uning infrastrukturasini shakllantirish, rivojlantirish modellari, dasturlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbekistonlik va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishini tartibga solib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari emissiyasini (chiqarilishini), emitentlarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida (dastlabki emissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda) qimmatli qogʻozlar emissiyasini amalga oshiruvchi xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari emissiyasi prospektlari roʻyxatga olishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya muassasalari sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyat koʻrsatishga, lotereya oʻyinlari oʻtkazishga, qimorxonalar tashkil etishga litsenziya berishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar-aksionerlarning korxonani (aksiyanerlik jamiyatini) boshqarishdagi qatnashishdagi, dividendlar va emitentlarning faoliyati toʻgʻrisida ishonchli axborot olishdagi huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorining samarali infrastrukturasini tashkil etishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, qimmatli qogʻozlar bilan malakali faoliyatni amalga oshirish qoidalariga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan nazoratni va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilishni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarining Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlishiga ruxsat berish qoidalari va kvotalariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ushbu qoidalar va kvotalarni buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish nizomlarini, qoidalarini ishlab chiqish, fond birjalari ustavlarini (birjaning fond boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomlarni) koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, guvohnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritishga doir majburiy talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozorida aksionerlik-tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining, shuningdek jamoat birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning qonunchilik va normativ hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, qimmatli qogʻozlarni chiqarish, kiritish, muomalaga qoʻyish va saqlashni birxillashtirish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish hisobi va hisoboti, aksionerlik jamiyatlari va qimmatli qogʻozlar bozori boshqa qatnashchilarining ishini nazorat qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar, ularni chiqarish, hisobga olish, saqlash, hisobot va investorlarga axborotlar berish boʻyicha birxillashtirilgan standartlar va qoidalarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlarning, shuningdek, investitsiya muassasalari sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan yuridik va jismoniy shaxslarning Yagona davlat reyestrlarini yuritish hamda ularning roʻyxatini eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turlari boʻyicha roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlarning miqdorlari toʻgʻrisida yilning har choragida hisobotlar tuzish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tashkil etish va rivojlantirishga taalluqli maʼlumotlar bankini belgilangan tartibda shakllantirish va investorlar va jamoatchilikni keng xabardor qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan ishlarning axborot tizimini yaratish, ularni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlar bajarilishini nazorat qilish, qimmatli qogʻozlar ichki va tashqi bozorlarida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni birxillashtirish, ularning qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi xalqaro va xorijiy organlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Komissiyaning vazifalari va vakolatlaridan kelib chiquvchi boshqa funksiyalarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan axborotlarni berish va eʼlon qilish qoidalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining qimmatli qogʻozlarini ommaviy sotish uchun borayotgan istalgan emitentdan, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishini professional taʼminlovchi har qanday shaxsdan, shuningdek, fond birjalaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzish va eʼlon qilish uchun majburiy boʻlgan qoidalar, ustavlar, ish tartiblari, yoʻriqnomalar, namunaviy hujjatlarining nusxalarini taqdim etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentlarning va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qogʻozlar va ular boʻyicha bajarilgan operatsiyalar toʻgʻrisida eʼlon qilingan axborotning ishonchliligi yuzasidan, shuningdek, qonunchilik va normativ hujjatlarning buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tushganda tekshirish oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarning, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining qimmatli qogʻozlar chiqarishga, ularning muomalada boʻlishiga, ular bilan operatsiyalar oʻtkazishga taalluqli qonuniy huquq va manfaatlari buzilishi yuzasidan shikoyatlarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentlarning roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etgan hujjatlarini tekshirish va ularga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik va normativ hujjatlariga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi sohasida xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy va mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislarini kontrakt asosida maslahatchi va ekspertlar sifatida ishga taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjalarining birja kengashlari, boshqa birjalarning fond boʻlimlari majlislarida qatnashish, birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Komissiyaning vakillari sifatida davlat birja inspektorlarini tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari boʻlgan uyushmalarning va ular aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari boʻlgan uyushmalarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish sharti bilan uning aʼzolari faoliyati oʻzlari tartibga solish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar boʻyicha qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni buzuvchilarga nisbatan vakolatlari doirasida quyidagi sanksiyalarni qoʻllash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) fond birjalaridan (yoki boshqa birjalarning fond boʻlimlaridan) ularning aʼzolari tomonidan qimmatli qogʻozlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Komissiya talablari buzilgan taqdirda ular aʼzolarining bittasini yoki bir nechtasini aʼzolikdan chiqarish yoki faoliyatdan chetlashtirishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) emitentlardan qimmatli qogʻozlar emissiyasi prospekti belgilangan tartibda tasdiqlanmasdan qimmatli qogʻozlarni ochiq sotishni taklif etish boʻyicha oʻtkazilayotgan reklama kompaniyasini toʻxtatishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) emitentlar tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan taqdirda ularning qimmatli qogʻozlari emissiyasini va muomalada boʻlinishi toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchiligi bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda investitsiya muassasalari va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari sifatida qimmatli qogʻozlar bilan faoliyat yuritishga berilgan litsenziyalarni toʻxtatib qoʻyish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida qonunchilikning buzilishlari boʻyicha aniqlangan faktlar boʻyicha materiallarni amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Komissiya talablari buzilgan taqdirda emitentlarning, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida sud organlariga iltimosnoma kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) fuqarolarga qimmatli qogʻozlar boʻyicha professional faoliyatni yuritish huquqlari beruvchi malaka attestatlari berish, shuningdek, ular amaldagi qonunchilikni buzgan taqdirda ularning attestatlari amal qilishini toʻxtatib qoʻyish yoki ulardan mahrum qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) birjalar ishi va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasida operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish va operatsiyalar boʻyicha kliring va hisob-kitoblarni muayyan davrga toʻxtatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) respublika qonunchiligi talablari buzilgan taqdirda Komissiya tomonidan aniqlangan aksionerlik jamiyatlari taʼsis etilishini sodir boʻlmagan deb tan olishga taalluqli maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda vakil qilingan davlat organlariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) belgilangan tartib buzilgan va hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalariga qatʼiy rioya qilish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilaridan ham shuni talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining barcha majlislarining zarur tartibda saqlanishi kerak boʻlgan bayonlarini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda yillik hisobotlar taqdim etish, bu hisobotlarga Komissiyasi faoliyati natijalari, qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishi tahlili va prognozi, huquqni buzishlar statistikasi va qonuni buzuvchilarga nisbatan koʻrilgan choralar, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini takomillashtirish yuzasidan takliflar oʻz aksini topishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining faoliyati, tekshirishlar va surishtirishlar natijalari haqidagi axborotning oshkoraligini va ishonchliligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar va investitsiya muassasalari Yagona davlat reyestrlariga kiritilgan qimmatli qogʻozlar va investitsiya muassasalari roʻyxatini eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning belgilangan qoidalariga rioya etilishni nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tuzilmasi va boshqaruv organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya faoliyati Qimmatli qogʻozlar bozori boshqarmasi va Komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalaridan iborat ishchi apparati tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy ijro etuvchi apparat funksional tarkibiy boʻlinmalardan iborat boʻladi, ularning tarkibi, tuzilmasi va vakolatlari Komissiya boshqaruvi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlinmalar bevosita Komissiyaga boʻysunadilar, yuridik shaxslar hisoblanadilar, bankda oʻz hisob-kitob schyotiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiyaning raisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Komissiya boshqaruvi aʼzolari Komissiya raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya boʻlinmalarining raislari va ularning aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi, Komissiyaning va uning joylaridagi boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etadi, Komissiya xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi, Komissiya xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida buyruqlar, yoʻriqnomalar va qarorlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi hamda ularning bajarilishini tekshiradi, Komissiyaning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning tasdiqlangan tuzilmasiga, xodimlari soni va ular mehnatiga haq toʻlashga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritishga haqlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qonunchilik va mazkur Nizom bilan berilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya raisi boshqaradigan Muvofiqlashtiruvchi kengash Komissiyaning yuqori organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga konseptual yondashish, fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Komissiya faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiyaning va uning mintaqaviy boʻlinmalarining faoliyati respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya qimmatli qogʻozlar chiqarish roʻyxatga olinganligi (xoʻjalik yurituvchi subyektlar aksiyalaridan tashqari), qimmatli qogʻozlar boʻyicha professional faoliyatni yuritish huquqini beruvchi litsenziyalar va guvohnomalar (malaka attestatlari) berilganligi uchun komission yigʻimlarni hamda boshqa yigʻimlarni oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda undiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya materiallarni pulli chop etishga va qimmatli qogʻozlar bozori masalalari boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishga haqlidir. Olingan mablagʻlar reklama, eʼlonlar, axborot materiallarini chop etishga, litsenziyalar, guvohnomalrni, roʻyxatga olish kartalarini tayyorlashga hamda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Komissiya tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ijtimoiy masalalarni hal etishga va xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha boshqa boshqaruv organlari bilan oʻzaro munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat komissiyasining ishchi apparati Moliya vazirligining Qimmatli qogʻozlar bozori boshqarmasi va hududiy boʻlinmalardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat komissiyasi xodimlarining umumiy soni — 85 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar va fond birjalari boʻyicha davlat komissiyasi hududiy boʻlinmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlinma raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari faoliyatini nazorat qilish boʻlimi (guruhi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazish va litsenziyalar berish boʻlimi (guruhi)
Keyingi tahrirga qarang.