1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Hududlarda ogʻir atletika boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. | 1. Iqtidorli yoshlarni hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda aniqlash. 2. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish. 3. Olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan ogʻir atletika boʻyicha yosh sportchilar bilan viloyatlarda doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilib borish. 4. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yoʻlga qoʻyish. | 2024 — 2026-yillar | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
2. | Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalarining ogʻir atletika boʻyicha boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash. | 1. Olis va chekka hududlarda sport muassasalarining ogʻir atletika boʻyicha boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash. 2. Olis va chekka hududlarda sport muassasalarining ogʻir atletika boʻyicha boʻlimlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash. | 2024-yil sentabr | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
3. | Ogʻir atletika markazi uchun sport bazasini barpo etish. | 1. Ogʻir atletika markazini Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar koʻchasi, 10-uy manzilida joylashgan Sport vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlarga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish. | 2024-yil sentabr | Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Ajratilgan obyektda Ogʻir atletika markazi faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻladigan bino-inshootlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish. | 2024-yil oktabr | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) | |||
3. Markazda zarur bino va inshootlarni (zamonaviy mehmonxona, trenajyor zali, nazariy mashgʻulotlar xonalari, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, oshxona binolarini) qurish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil avgust | Toshkent viloyat hokimligi (Z. Mirzayev) Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) | |||
4. | Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi balansidagi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish orqali zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylantirish. | 1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2024-yil sentabr | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (Sh. Xidoyatov) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (Sh. Xidoyatov) |
2. Mazkur obyektni xalqaro talablarga muvofiq qayta qurish va rekonstruksiya qilish, 30 oʻrinli yotoqxona va oshxona barpo etish hamda zarur zamonaviy asbob-uskunalar va sport jihozlari bilan taʼminlash. | 2026-yil dekabr | Ijrochilar va homiylik mablagʻlari | |||
3. Mazkur obyektda ogʻir atletika boʻyicha zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | |||||
5. | Sport-taʼlim muassasalarida ogʻir atletika boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish. | 1. Oʻquv reja va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish. | 2024-yil sentabr | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov) |
2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini joriy qilish. | 2024-yil oktabr | ||||
6. | Ogʻir atletika sport turi boʻyicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish. | 1. Trener va hakamlar uchun oʻquv-seminar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha reja grafik va oʻquv dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Reja grafik asosida bosqichma-bosqich salohiyatli mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquv-seminarlarni tashkil etish. | 2024-yildan boshlab har yili | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
3. Oʻquv-seminarlar yakuni boʻyicha tegishli trener va hakamlarni attestatsiyadan oʻtkazib, uning natijasidan kelib chiqib yil davomida ularga sport musobaqalarida qatnashishi yuzasidan xulosa berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil dekabr | ||||
7. | Oʻquv-mashgʻulot jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida ogʻir atletika rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish. | 1. Ogʻir atletika rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarning (Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya va boshqalar) ilgʻor tajribasini oʻrganish. | 2024-yil iyun — dekabr | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ularning yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | ||||
8. | Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF), Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi (OOA) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ogʻir atletika boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash. | Ogʻir atletika boʻyicha jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Yaponiya, Koreya, Italiya, Turkiya, Rossiya va Xitoy davlatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. | 2024-yildan boshlab | Ijrochilar va homiylik mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
9. | Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda ogʻir atletika boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha) xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish. | 1. Ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini respublika hududlarida oʻtkazish. 2. Ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatini oʻtkazish. 3. Ogʻir atletika boʻyicha davlat sport taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasini oʻtkazish. | 2024-yildan boshlab | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
4. Mazkur musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish. | Musobaqalar yakunlari boʻyicha | ||||
10. | Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ogʻir atletikani keng targʻib qilish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash: Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida ogʻir atletika boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Ogʻir atletika” maxsus ruknini tashkil qilish; hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida ogʻir atletikani keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish; mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish; taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish; sport jurnalistlarining ogʻir atletika sohasidagi yutuqlar tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini OAVda doimiy yoritib borish. | 2024 — 2026-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Joʻraboyev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
11. | Ogʻir atletika sport klubini tashkil qilish. | Boʻstonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasiga doimiy foydalanishga berilgan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi, Mustaqillik koʻchasidagi yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Sport vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish. Ushbu yer maydonida hududning ixtisoslashuvi va mahalliy yoshlarning qiziqishini inobatga olgan holda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan ogʻir atletika zalini yordamchi xonalari (25 oʻrinli yotoqxona va oshxona) bilan birga barpo etish hamda unda Ogʻir atletika sport klubini zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish hamda zarur jihoz va inventarlar bilan taʼminlash. | 2025-yil mart | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) |
12. | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ogʻir atletikani rivojlantirish. | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablarini ochish hamda ushbu maktablarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish. | 2024-yil sentabr | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
13. | 2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga ogʻir atletika boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar koʻrish. | 1. Ogʻir atletika turlari boʻyicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. | 2024-yil davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
2. Ogʻir atletika boʻyicha terma jamoa tarkibini shakllantirish. | 2024-yil aprel | ||||
3. Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etish. | 2024-yil dekabr | ||||
14. | Xalqaro ogʻir atletika qoidalariga asosan yosh toifalarida Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarini oʻtkazish. | 1. Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarini oʻtkazish boʻyicha nizomlarini tasdiqlash. 2. Musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2024-yil davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
15. | Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | 1. Ogʻir atletika boʻyicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish. 2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, ogʻir atletika boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlash. | 2024-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (B. Zokirov) |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar |
||
|
2024 |
2025 |
2026 |
||||
|
1. |
Oʻzbekistonda ogʻir atletika bilan doimiy shugʻullanuvchilar |
son |
4000 |
4300 |
4700 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi |
|
2. |
Oʻzbekistonda parapauerlifting sport turi bilan doimiy shugʻullanuvchilar |
son |
400 |
450 |
500 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
3. |
Sport-taʼlim muassasalaridagi ogʻir atletika boʻyicha trenerlar |
son |
250 |
275 |
300 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi |
|
4. |
Sport-taʼlim muassasalaridagi parapauerlifting boʻyicha trenerlar |
son |
50 |
75 |
100 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
5. |
Ogʻir atletika boʻyicha boʻlib oʻtadigan Respublika chempionatlar, kuboklari va turnirlar soni |
son |
6 |
7 |
8 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi |
|
6. |
Parapauerlifting boʻyicha boʻlib oʻtadigan Respublika chempionatlar, kuboklari va turnirlar soni |
son |
2 |
3 |
4 |
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi |
|
Ogʻir atletika boʻyicha sport anjomlari va jihozlarini xarid qilish |
||||||
|
7. |
Musobaqa va mashgʻulot shtangalari (185 kg, 190 kg) |
dona |
32 |
32 |
32 |
Sport vazirligi |
|
8. |
Musobaqa va mashgʻulot shtangalari (15 kg, 20 kg va griflar) |
dona |
32 |
32 |
32 |
Sport vazirligi |
|
9. |
Mashgʻulot taxtasupasi (3m x 3m va 2,5m x 2,5m) |
dona |
32 |
32 |
32 |
Sport vazirligi |
|
10. |
Shtanga disklarini saqlash uchun uskuna |
dona |
16 |
16 |
16 |
Sport vazirligi |