23.01.2024 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 23.01.2024 yildagi 17-son
Date of entry into force
08.02.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 8-fevralda hisobga olindi, hisob raqami 233]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. ShNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. ZAKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. YuLDAShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 15-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 16-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 29-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 23-yanvardagi 17-son buyrugʻiga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“51-bob. Koʻpriklar va quvurlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Koʻpriklar ShNQ 2.01.20-16 ga muvofiq imkon qadar tektonik yoriqlar zonalaridan tashqarida, geologik tuzilishi jihatidan barqaror gruntga ega boʻlgan hududlarda joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Koʻpriklarning zilzilabardoshligini taʼminlash, seysmik yuklarni tayanchlarga oʻtkazishning oqilona sxemalarini qoʻllash, hisob-kitoblar boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni kuchaytirish hamda uning tizimini toʻgʻri tanlash mazkur ShNQ va ShNQ 2.01.20-16 da belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, koʻpriklarni loyihalashda plastik deformatsiyalarning rivojlanishiga imkon beruvchi yengil va mustahkam materiallarni qoʻllash hamda qurilish-montaj ishlari sifatli amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Koʻpriklarni loyihalash va qurishda daryo oʻzanlari, terassa, qiyaliklardagi koʻtarilmalar, toʻsilmalarga ega seysmotektonik dislokatsiyalar maydonlarda (tektonik kesimlar va toʻsiqlar) hamda seysmik xavfli hududlarda antiseysmik qurilmalar qoʻllagan holda joylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Katta daryolar ustidan oʻtuvchi koʻprik kechuvlarning tayanchlar poydevorini oʻrnatish imkonini beradigan, mustahkam va nisbatan past siqiluvchi gruntlarda hamda muhandislik geologik sharoitlarga ega boʻlgan daryoli vodiylarning toʻgʻri hududlarda joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Tektonik yoriq bilan kesishgan joylarda koʻprik qurilishi rejalashtirilganda, tayanchlarning poydevori togʻ jinslarining tektonik maydalanish zonasi chegarasi tashqarisidagi yoriqlar chekkalariga olib chiqilishi, tayanchlarning fermaosti maydonchalari kengaytirilishi, koʻprikning oʻqi boʻylab alohida tayanchlarning siljishi paytida konstruksiyalarning qulashiga toʻsqinlik qiluvchi uzlikli oraliq qurilmalarni zanjirli bogʻlanishlarga birlashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Seysmik jihatdan barqaror boʻlmagan qiyaliklarda koʻpriklarni loyihalashda hisobiy intensivlikdagi zilzilada gruntning ustuvorligini taʼminlaydigan chora-tadbirlar majmuasini (drenlash, suvchiqarish, tirkama devorlarni oʻrnatish va boshqalar) koʻzda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Emirilgan qoyatosh jinslaridan tashkil topgan tik yonli vodiylar orqali oʻtadigan viaduklarni loyihalashda uning kamarida seysmik qulashlarga qarshi choralarni koʻrish, shuningdek nurash xavfi bor tosh boʻlaklarini olib tashlash va qiyaliklarni beton yoki toʻrli qoplama bilan mustahkamlashni koʻzda tutish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Koʻpriklarni sel xavfi mavjud daryo vodiysidan oʻtkazganda ularning tayanchlari muhandislik-geologik tadqiqotlar asosida aniqlangan oxirgi 100 yildagi maksimal sel oqimi darajasidan yuqorida joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Seysmik hududlarda quyidagi turlardagi koʻpriklar qurilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻsinli uzlukli va uzluksiz oraliq qurilmalardan tashkil topgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rama (rom) tizimidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq qurilmalari tayanchlarga sharnirli tirkalgan arkali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
osma va vantli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, hisobiy seysmikligi 9 ball boʻlgan hududlarda loyihalanayotgan uzunligi 18 metrdan katta boʻlgan toʻsinli uzlukli oraliq qurilmali koʻpriklarning tayanchlaridan oraliq qurilmalarni tushib ketishining oldini oluvchi antiseysmik qurilmalar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2210. Qoyatoshli zaminlar mavjud boʻlgan hududlarda arkali koʻpriklardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, bunda gumbaz va arkalarning tovonlari massiv tayanchlarga tayanishi hamda mumkin boʻlgan eng past sathga joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2211. Koʻprik variantlarini taqqoslashda, oʻta uzun oraliqlarni yopishga xizmat qiladigan, zilzila paytida uzlukli oraliq qurilmalarga nisbatan tayanchlar ustidan ularni agʻanab tushmasdan ustuvorligini taʼminlaydigan uzluksiz konstruksiyaviy tizimni hisobga olgan holda loyihalash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2212. Baland estakadalarni loyihalashda egiluvchan, juftlashtirilgan, ustunli temirbeton tayanchlardan va boʻylamasiga harakatlanmaydigan tayanch qismlari mavjud tayanchlarga tirgaklangan uzluksiz oraliq qurilmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2213. Mazkur ShNQ talablariga muvofiq loyihalangan barcha koʻprik tizimlarining oraliq qurilmalarini joylashish holati foydalanishda oʻzgarmasdan qolishi, bunda oraliq qurilmalarning siljish va agʻdarilishga qarshi ustuvorligi hamda mustahkamligi tayanchlar, seysmik tayanch qismlari va tayanch bilan bogʻlangan antiseysmik qurilmalar orqali taʼminlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2214. Monolit yadroli kontur bloklardan iborat yigʻma-monolit betonli tayanchlarning loyihalarida poydevorga va fermaosti plitasiga bogʻlangan yadrosini ishchi armatura bilan mustahkamlash koʻzda tutilishi, shuningdek armatura chiqishlari yordamida kontur bloklarni yadro bilan birlashtirishni yoki yigʻma elementlarni ishonchli bogʻlanishini belgilovchi usullar orqali taʼminlash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2215. Koʻprik inshootlarining tayanchlarida sayoz joylashgan poydevorning taglarini yoki qoziqlar, ustunlar va qobiqlarning pastki uchlarini asosan qoyatosh yoki katta donali toshsimon gruntlarda, shagʻalli zich qumlarda, qattiq va yarim qattiq turkumli gilli gruntlarda oʻrnatib loyihalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2216. Hisobiy seysmikligi 9 ball boʻlgan hududlarda, qoyatoshsiz poydevorlardagi koʻpriklarning koʻndalang romli tayanchlari umumiy sayoz joylashgan poydevorga ega boʻlishi yoki barcha qoziqlar (ustunlar, qobiqlar) kallaklarini birlashtiruvchi plitaga tayanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2217. Sayoz joylashgan poydevorlarning pastki qismi gorizontal boʻlishi, pogʻonali poydevorlar konstruksiyalari faqat qoyatoshli asoslar uchun ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2218. Oʻrta va katta koʻpriklar uchun zamin ustida joylashgan poydevor plitasi (rostverk) boʻlgan qoziq tayanchlarini kesimlari 400x400 mm gacha yoki diametri 600 mm gacha boʻlgan qiya qoziqlar yordamida loyihalashga yoʻl qoʻyiladi, bunda oʻrta va katta koʻpriklarning tayanchlari, shuningdek hisoblash yoʻli bilan aniqlangan va statik, dinamik sinovlar natijalariga koʻra, rostverk plitasi gruntga koʻmilgan holda, kvadrat yoki doira kesimli vertikal qoziqlar bilan loyihalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2219. Seysmik hududlarda toʻsinli koʻprik tayanchlari asosan monolit, yigʻma va yigʻma-monolit temirbeton, shuningdek oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalardan foydalanib loyihalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, temirbeton elementlarida GOST 5781-82 va GOST 10922-2012lar boʻyicha uzilishdan keyin nisbiy uzayishi 2 foizdan va egilish burchaklari belgilangandan kam boʻlmagan poʻlatli armaturalarni ishlatilmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2220. Hisobiy seysmikligi 7 va 8 balli hududlarda, qoʻshimcha antiseysmik konstruktiv elementlari mavjud boʻlgan yigʻma, yigʻma-monolit va monolit beton tayanchlar ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmik yuklarni qabul qiluvchi koʻprik va quvurlarning armaturalanmagan betonli yuk koʻtaruvchi elementlarini ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2221. Hisobiy seysmikligi 7, 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda oraliq qurilmalar joylashuvining ustuvorligini seysmik koʻrsatkichlar boʻyicha taʼminlashning iloji boʻlmaganda, koʻprik konstruksiyalarini himoya qilish uchun antiseysmik qurilmalar yoki seysmik izolatsiyalash qurilmalarini qoʻllagan holda loyihalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2222. Antiseysmik qurilmalar oraliq qurilmalarning qulashini (yiqilishini) oldini olish, asosiy toʻsinlarni keyinchalik tiralish maydonchalariga qulab tushishi oqibatida shikastlanishini oldini olish, oraliq qurilmalarning tayanch usti qismlariga zarbalarini kamaytirish, tayanch qismlari va deformatsion choklarni normal ishlashini taʼminlash uchun tayanch va oraliq qurilma konstruksiyalariga joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2223. Seysmik izolatsiyalash qurilmalari zilzilalar paytida inshootga taʼsir etayotgan energiyani tarqatish va kamaytirish, koʻpriklarga seysmik taʼsirlarni sezilarli darajada kamaytirish uchun koʻprikning oraliq yoki chekka tayanchlari yuqori qismidagi oraliq qurilma osti maydoni yuzasiga oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2224. Seysmik taʼsirga chidamli tayanch qismlar koʻprikning boʻylama va koʻndalang oʻqi boʻyicha taʼsir qiluvchi hisobiy yuklarni oraliq qurilmalardan tayanchlarga oʻtkazilishi, shuningdek oraliq qurilmalarni tayanch tugunlaridan tushib ketishini himoyalashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2225. Seysmik taʼsirga chidamli tayanch qismlar deformatsion choklar bilan ajratilgan koʻprikning qoʻshni uchastkalarini mustaqil tebranishlariga, shuningdek koʻprik tayanchlari kallaklarining tebranish amplitudalaridagi farqi tufayli oraliq qurilmalarni deformatsiyalanishi va buralishiga toʻsqinlik qilmasliklari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2226. Deformatsion choklarning kengligini aniqlashda ushbu chok bilan ajratilgan oraliq qurilmalarning chekkalaridagi nisbiy siljishlarni zilzila paytida hisobga olish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2227. Hisobiy seysmiklikligi 9 balli hududlarda iloji boricha temirbeton poydevorli va yopiq konturli jamlanmalardan tashkil topgan quvurlar qoʻllanilishi, bunda jamlanmalar uzunligi 2 m dan kam boʻlmagan holda loyihalanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2228. Hisobiy seysmiklikligi 9 balli hududlarda, yassi yopmali individual temirbeton toʻrtburchakli quvurlardan foydalanilganda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quvurlarning tik devorchalari poydevor bilan bikr holda birlashgan va konstruksiya esa armaturalangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatilayotgan orayopma plitalari temirbeton tirgakli tayanch devorchalarda qotirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka poydevorlar oralarida tirgaklar oʻrnatilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2229. Kichkina koʻprikni quvur bilan almashtirishda suv oʻtkazgich tomonidan hisobiy suv oqimini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2230. Seysmik hududlarda kichik koʻpriklar va koʻtarmalar ostidagi quvurlarni loyihalash ular orqali oʻtadigan suv oqimining hisobiy sarfini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2231. Koʻpriklar va quvurlarni zilzilabardoshlikka hisoblash hamda seysmik hududlarda loyihalash ShNQ 2.01.20-16 da keltirilgan talablarga muvofiq bajarilishi kerak.”.