02.02.2024 yildagi PQ-53-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2024 yildagi PQ-53-son
Date of entry into force
05.02.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining xorijiy tillar va kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini oshirish, ushbu jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish hamda mehnat bozori talablariga mos malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmonida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 4-sinflarida oʻquvchilarga boshlangʻich, 5 — 9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan bilimlarni berishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlari joriy etilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinov tariqasida quyidagi tartibni joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch oʻquv rejasi asosida oʻqitish bilan bir qatorda “Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” hamda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishlari boʻyicha ham taʼlim dasturlarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” yoʻnalishi doirasida — oʻquv jarayonini tashkil etishda asosiy eʼtiborni aniq, tabiiy yoki xorijiy til fanlariga qaratish, “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishi doirasida esa — oʻquvchilarni ishchi yoki raqamli texnologiyalarga oid kasblarga oʻqitish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 — 9-sinflarda xorijiy tilga oʻqitish intensivligini oshirish orqali oʻquvchilarda bazaviy bilim va nutqiy koʻnikmalar shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-11-sinflarda xorijiy tilni oʻqitishda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning akademik yozuv va soʻzlashish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” yoʻnalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan oʻquvchilar 10-11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-mayga qadar mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xorijiy til fani boʻyicha oʻquv reja va dasturlarni takomillashtirsin. Bunda, oʻquvchilar tomonidan 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada oʻzlashtirilishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil yakuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida xorijiy tilni oʻqitish boʻyicha xalqaro nashriyotlar darsliklarini xarid qilish va mahalliylashtirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil yakuniga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy tilni oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida ingliz, koreys, nemis, fransuz, xitoy va yapon tillari boʻyicha malakali mutaxassislarni jalb qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining xorijiy til oʻqituvchilari bilim va koʻnikmalarini diagnostikadan oʻtkazsin hamda zamonaviy taʼlim metodikalar asosida ularning malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-sentabrga qadar xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalarining oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirib, ularni umumiy oʻrta taʼlimning xorijiy tilni oʻqitish dasturiga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga bir vaqtning oʻzida ham oʻqish, ham pedagogik faoliyatni amalga oshirish imkonini beruvchi moslashuvchan dars jadvalini joriy qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻquvchilar Milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga mos boʻlgan kasblarga oʻqitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻquvchilarni kasblarga oʻqitish ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ustaxonalar tashkil etiladi va oylik ish haqi oliy maʼlumotli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi joriy qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻquvchilar quyidagi yoʻnalishlarning biri boʻyicha kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi yoʻnalish — tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb qilish orqali oʻquvchilarni ishchi kasblarga oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi yoʻnalish — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan kurslarda oʻquvchilarni axborot texnologiyalariga oid zamonaviy kasblarga oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh binolarini “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilariga amaliy monomarkazni tashkil qilish va keyinchalik oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida tekin foydalanishga berishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) quyidagi xarajatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustaxonalarni yirik jihozlar (kompyuter texnikasi, elektron doska, tikuv mashinasi va hokazo) bilan taʼminlash hamda kasbiy taʼlim ustalari mehnatiga haq toʻlash — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud ustaxonalarni joriy taʼmirlash, zarur hollarda yengil tipdagi ustaxonalarni qurish hamda ular uchun kichik asbob-uskunalarni xarid qilish — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hamda Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga oʻqitishda talab etiladigan zarur xomashyo materiallarini xarid qilish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-aprelga qadar oʻquv jarayoni “Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” yoki “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun amaldagi tayanch oʻquv rejasi doirasida moslashuvchan oʻquv rejani tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-iyulga qadar tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, “Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” yoki “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish amaliyotini boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga tatbiq etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻquvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitish amaliyotini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitish ishlarini samarali tashkil etish hamda umumiy muvofiqlashtirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga oʻrgatiladigan kasb-hunarlarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini kasbiy taʼlim ustalari bilan taʼminlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vahobovga — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va tadbirkorlik subyektlari hamkorligini tartibga solish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vahobov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 2-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-53-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitish amaliyotini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni ikkita xorijiy tilga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish

1.

Oʻquvchilarga ikkinchi xorijiy tilni oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqlash.

1. Hududlar kesimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni oʻrganishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2024-yil mart

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Aniqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tillar kesimida ikkinchi xorijiy til oʻqituvchilariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va ularning tarkibini shakllantirish.

2024-yil avgust

3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining salohiyati va kadrlar taʼminotidan kelib chiqib, oʻquvchilarni ikkinchi xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

2.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan ikkinchi xorijiy til oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni oʻqitishga moʻljallangan oʻquv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tuzish, bunda, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.

2024-yil mart

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni oʻqitishga moʻljallangan oʻquv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

3.

Tanlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini ikkinchi xorijiy til boʻyicha darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash uchun xalqaro tashkilotlar va nashriyotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, darslikni saralab olish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil aprel

Davlat budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

2. Tanlab olingan darslik va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni xarid qilish.

2024-yil iyul

4.

Ikkinchi xorijiy til boʻyicha oʻqituvchilarni qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida qayta tayyorlov kurslari dasturini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

2. Ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan oʻqituvchilarga yangi oʻquv dasturlari va metodikalarga oʻrgatish maqsadida qisqa muddatli oʻquv kurslarini yoʻl�a qoʻyish.

2024-yil avgust

II. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitish ishlarini tashkil etish

5.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqlash.

1. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyotini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish boʻyicha hududlarda oʻrganishlarni tashkil etish.

2024-yil mart

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining salohiyati va kadrlar taʼminotidan kelib chiqib, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil aprel

6.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 9-sinf oʻquvchilarining kasbga boʻlgan qiziqishlari va moyilligini aniqlash mexanizmlarini joriy etish.

1. Oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlash va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlab chiqilgan kasb.maktab.uz platformani takomillashtirish.

2024-yil may

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Taʼlim islohotlariga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

2. Oʻquvchilarning qiziqishlari va kasbiy layoqatini aniqlaydigan soʻrovnomalar toʻplamini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish va natijalari asosida oʻquvchining kasbiy layoqati boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

2024-yil oktyabr

7.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrgatiladigan kasblarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

1. 2024/2025 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrgatiladigan kasb-hunarlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil mart

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrgatiladigan kasblarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyul

8.

Kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga tadbirkorlarni jalb qilish uchun meʼyoriy-huquqiy bazani yaratish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va tadbirkorlik subyektlari hamkorligini tartibga solish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Tadbirkorlik subyektlari uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish imkoniyatlari boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.

2024-yil avgust

9.

Bitiruvchilarga oʻrgangan kasb-hunari toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron hujjat berish tartibini ishlab chiqish.

1. Bitiruvchilarga oʻrgangan kasb-hunari toʻgʻrisida beriladigan davlat namunasidagi elektron hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

2. Bitiruvchilarga oʻrgangan kasb-hunari toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron hujjat berish tartibini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

10.

Oʻquvchilarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish oʻquv dasturlarini amalga oshirishda har bir yoʻnalish boʻyicha talab etiladigan xomashyo materiallari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil may

Mahalliy budjet mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish oʻquv dasturlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan xomashyo materiallari meʼyorini tasdiqlash.

2024-yil may

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 07/24/53/0091-son)