29.01.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3493
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 29.01.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3493
Date of entry into force
30.01.2024
Hujjat 30.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3493]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor D. LI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 26-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2023-yil 26-dekabrdagi 104-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida (bundan buyon matnda maxsus rejim deb yuritiladi) maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyatini monitoring qilish, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish hamda maxsus rejim ishtirokchilari reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyada roʻyxatdan oʻtgan chet el yuridik shaxsi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kastodian — chet elda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida faoliyat yurituvchi moliyaviy tashkilot, shu jumladan bank boʻlib, u moliyaviy vositalar va mijozlarning pul mablagʻlarining hisobini yuritish, ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash, mijozlarning moliyaviy vositalarini saqlash boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olish vazifasini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim — kapital bozori sohasida moliyaviy vositalar, tartib va mexanizmlarni joriy etuvchi yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyada roʻyxatdan oʻtgan chet el yuridik shaxsi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchilarining reyestri (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) — maxsus rejimda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi ommaviy axborot resursi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omnibus hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (bundan buyon matnda “OʻzRVB” AJ deb yuritiladi) depozitariy tizimida ochilgan va barcha chet ellik benefitsiar mulkdorlar va (yoki) chet ellik nominal saqlovchilarga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni va qiymati jamlangan holda hisobga olinadigan xorijiy nominal hisobvaraq turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tan olingan xorijiy yurisdiksiya — Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tan olingan xorijiy yurisdiksiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi — tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik mijoz — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida mijozlarga Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasidan tashqarida xizmat koʻrsatuvchi chet ellik nominal saqlovchining mijozi (jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investitsiya vositachisi — Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan investitsiya vositachisining professional faoliyati bilan tenglashtiriladigan tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan investitsiya kompaniyasi (investitsiya yoki depozitar bank, broker yoki investitsiya vositachisi), global kastodian, kastodian, bank yoki boshqa yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik benefitsiar mulkdor — Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisobida yoki “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida qimmatli qogʻozlarning egasi sifatida roʻyxatga olingan yoki roʻyxatga olinmagan, biroq qimmatli qogʻozlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita egalik qilish yoki ulardan foyda olish huquqiga ega boʻlgan va chet ellik nominal saqlovchi hisobida qimmatli qogʻozlarning yakuniy egasi hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik nominal saqlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan maslahatlashuvlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tan olingan chet ellik investitsiya vositachisi, xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi boʻlib, professional faoliyatni amalga oshirish uchun jumladan quyidagi vakolatlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining chet ellik mijozlari (chet ellik benefitsiar mulkdorlar yoki boshqa chet ellik nominal saqlovchilar) nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra harakat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, agar ular xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan tartibga solinadigan chet el birjalaridagi savdolar natijasiga koʻra xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisob-kitoblari asosida oʻzining chet ellik mijozlari uchun qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining chet ellik mijozlari topshirigʻiga koʻra yoki ular nomidan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish, roʻyxatga olish, hisobini yuritish, saqlash va (yoki) tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy nominal hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida bevosita bitta chet ellik benefitsiar mulkdor nomiga toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq yoki omnibus hisobvaraq shaklida ochiladigan depo hisobvaragʻining turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovga nisbatan oʻtkazish (delivery versus payment) — qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish tizimi va pul oʻtkazmasini qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish tegishli toʻlov bilan bir vaqtda amalga oshirilishini taʼminlaydigan tarzda bogʻlaydigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitob mexanizmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida bevosita chet ellik benefitsiar mulkdor nomidan va uning nomiga ochilgan depo hisobvaragʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlikning maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish boʻyicha ishchi organi funksiyalari Agentlikning Kapital bozorini rivojlantirish boshqarmasi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Agentlik rahbariga (oʻrinbosariga) maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchilarini tashkiliy-huquqiy va maslahat jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning rahbariga (oʻrinbosariga) maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda maxsus rejim ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus rejim doirasida tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar roʻyxati mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus rejim doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarning tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari mavjud boʻlmagan investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchilar tomonidan faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiya vositachisi va chet ellik nominal saqlovchi faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus rejim ishtirokchilarining egalari va rahbarlari (direktorlari va oʻrinbosarlari) terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maxsus rejim doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investitsiya vositachilari Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishi va depo hisobvaragʻini ochishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik nominal saqlovchilar qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobvaraqlar ochishi va Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki agent orqali amalga oshirishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik nominal saqlovchilar, jumladan kastodian banklarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida xorijiy va milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga, shuningdek Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida depo hisobvaraqlari ochishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyushgan savdolarda qimmatli qogʻozlarni sotuvchi (sotib oluvchi) norezident yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi va muomalasi hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda obligatsiyalarning qiymatini chet el valyutasida belgilash va mazkur valyutada toʻlashga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik nominal saqlovchilar oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasida ochilgan hisobvaraqlaridagi hisobga olingan qimmatli qogʻozlar yoki pul mablagʻlarining benefitsiar mulkdori hisoblanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning xorijiy nominal hisobvaragʻidan (yoki xorijiy nominal hisobvaragʻiga) benefitsiar mulkdor oʻzgarmagan holda “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) orqali oʻtkazilishi ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish (sotish) hisoblanmaydi va tomonlarning hech biri, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchi uchun soliq majburiyatini keltirib chiqarmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik nominal saqlovchilar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini alohida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan, filial yoki yangi yuridik shaxs tashkil etmasdan yoxud mahalliy yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etmasdan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik investitsiya vositachilarining xodimlariga tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarda berilgan qimmatli qogʻozlar bilan ishlash imkonini beruvchi malaka sertifikatlari mazkur xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq alohida qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka attestatini olmagan holda Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzRVB” AJ oʻzining depozitariy tizimida davlat qimmatli qogʻozlarini saqlash va hisobga olish hamda chet ellik nominal saqlovchilarga boshqa depozitariy xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik nominal saqlovchilar depo hisobvaraqlarini yuritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Arizani taqdim etish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun arizachi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza hamda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nusxasi, shuningdek agar mavjud boʻlsa, litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat reyestrining tegishli rasmiy manbasiga havola;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq arizachining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza va hujjatlar arizachi tomonidan Agentlikka qogʻoz yoki Agentlikning elektron pochta manziliga elektron shaklda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizachining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklda taqdim etilayotgan maʼlumotlar yuqori sifatda va “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik ariza kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda qoʻshimcha ravishda tekshirish talab qilingan taqdirda, ishchi organning taklifiga koʻra arizani koʻrib chiqish muddati Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda arizachi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi organ ariza va taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kuni, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda, yigirma besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishchi organ tomonidan xulosa kiritilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachi mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining mansabdor shaxslari va taʼsischilarining iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlarda, shuningdek uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalarni moliyalashtirishda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga ishchi organ tomonidan rad etish asoslari koʻrsatilgan holda bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Arizachi rad etish asoslarini bartaraf etgan holda xabarnomani olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida takroran ariza berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroran berilgan ariza boʻyicha oʻn ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ishchi organ bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida arizachini mazkur qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maxsus rejimning amal qilish muddati uch yilni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Maxsus rejim ishtirokchisining faoliyatini monitoring qilish va ishtirokchi maqomidan mahrum qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati hamda ular tomonidan maxsus rejim talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maxsus rejim ishtirokchilari har oyda Agentlik tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq keyingi oyning beshinchi kunigacha Agentlikka oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisining maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha berilgan hisobotlarda yolgʻon maʼlumotlar berilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisining u roʻyxatdan oʻtgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyada toʻlovga layoqatsiz deb topilishi yoki uning litsenziya yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatdan mahrum qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlaridan arizachining mansabdor shaxslari va taʼsischilarining iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishi, shuningdek ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, korrupsiya va axborot texnologiyalar bilan bogʻliq jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumot olinishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Chet ellik investitsiya vositachisi yoki chet ellik nominal saqlovchi maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinganda, ularning depo hisobvaraqlarini boshqa chet ellik investitsiya vositachisi yoki chet ellik nominal saqlovchiga oʻtkazish tartibi ular oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Reyestr ishchi organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisining roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Reyestrda mavjud boʻlgan maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Manfaatdor shaxslar Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Arizachi

1. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining (bundan buyon matnda maxsus rejim deb yuritiladi) ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza va hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Ariza va hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Agentlik

Ariza va hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxat oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

20 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 30 ish kuni

Agentlik

1. Ishchi organ ariza va hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.

15 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 25 ish kuni

2. Ishchi organ xulosasi asosida maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni

3-bosqich

Ishchi organ

Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni

4-bosqich

Arizachi

Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga oʻtkazishni rad etish asoslarini bartaraf etgan holda takroran ariza beradi.

30 kun

Agentlik

1. Takroran berilgan ariza boʻyicha arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga oʻtkazish yoki roʻyxatga oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

10 ish kuni

2. Mazkur muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.

belgilangan muddatda

5-bosqich

Ishchi organ

1. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni

2. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi hamda maxsus rejimning talablari va shartlariga rioya qilinmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.

3 ish kuni

6-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

Oʻzgartirilgan, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.

5 ish kuni

Agentlik

Arizani qabul qilgandan soʻng reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.

1 ish kuni

7-bosqich

Agentlik

Mazkur Nizomda koʻrsatilgan holatlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3 ish kuni

Ishchi organ

Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror asosida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.

1 ish kuni

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet ellik ishtirokchilarning tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Xorijiy yurisdiksiya nomi

1.

Avstraliya

2.

Avstriya

3.

Armaniston

4.

Belgiya

5.

Buyuk Britaniya

6.

Vengriya

7.

Germaniya

8.

Gonkong

9.

Gretsiya

10.

Gruziya

11.

Daniya

12.

Irlandiya

13.

Islandiya

14.

Ispaniya

15.

Italiya

16.

Xitoy

17.

Kanada

18.

Janubiy Koreya

19.

Latviya

20.

Litva

21.

Lyuksemburg

22.

Niderlandiya

23.

Yangi Zelandiya

24.

Norvegiya

25.

Polsha

26.

Portugaliya

27.

Singapur

28.

Sloveniya

29.

Slovakiya

30.

Amerika Qoʻshma Shtatlari

31.

Turkiya

32.

Finlyandiya

33.

Fransiya

34.

Chexiya

35.

Shvetsiya

36.

Shveysariya

37.

Estoniya

38.

Yaponiya

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ARIZA

1.‎

Yuridik shaxsning (arizachining) nomi:

2.‎

Yuridik manzili (pochta manzili):

3.‎

Elektron pochta manzili:

4.‎

Telefon raqami:

5.‎

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) (agar mavjud boʻlsa):

6.‎

Xizmat koʻrsatuvchi banki:

7.‎

Rahbarining familiyasi va ismi:

8.‎

Arizani topshirishga vakolatli shaxsning familiyasi va ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili:

Sizdan kapital bozori “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida
‎________________________________________________________________________

(murojaat maqsadi: maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish)

ruxsat berishingizni soʻraymiz.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
‎1. Anketa ___ varaqda;
‎2. Yuridik shaxs (arizachi) ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarining nusxasi;
‎3. Yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joydagi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organi tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nusxasi, shuningdek agar mavjud boʻlsa, litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat reyestrining tegishli rasmiy manbasiga havola;
‎4. Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Yuridik shaxs rahbarining imzosi
‎20___ yil “___”____________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizachining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ANKETASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Arizachi haqidagi maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yuridik shaxsning (arizachining) nomi

Joylashgan joyi (manzili)

Telefon raqami

Elektron pochta manzili

Rasmiy veb-sayti

Yuridik shaxs (arizachi) roʻyxatdan oʻtgan davlat

Doimiy faoliyat yuritish joyi

Yuridik shaxsning (arizachining) davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi (kun/oy/yil) va raqami

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Arizachining faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1. Arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan tashkilot tuzilmasi, ilgari erishilgan yutuqlar va faoliyat profili

2. Arizachining yirik aksiyadorlari (aksiyalarining/ulushlarining kamida 25 foiziga egalik qiluvchi) va ijro organi/boshqaruv aʼzolarining (boshqaruv raisi, bosh direktor, direktorlar) sohadagi bilim va tajriba toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

3. Arizachining moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oxirgi moliyaviy yil holatiga arizachining moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilgan yillik moliyaviy hisoboti boʻyicha)

4. Arizachining roʻyxatdan oʻtgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyadagi litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi doirasida amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat haqidagi maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1. Amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan, arizachining mazkur faoliyatni amalga oshirish boʻyicha boshqa bozorlardagi tajribasi va kapital bozorining rivojlanishiga yordam berishi toʻgʻrisidagi obyektiv tahlil

2. Amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini koʻrsatib bering:

arizachi, uning mijozlari va biznes sheriklari (agar mavjud boʻlsa) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va pul aylanmalari;

arizachi mijozlarining mablagʻlari va qimmatli qogʻozlari joylashtiriladigan va saqlanadigan tashkilot.

3. Arizachi tomonidan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik tizimlar va yechimlari

4. Amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat boshlashning taxminiy sanasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Deklaratsiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1. Arizachi:

har qanday jinoyat uchun tergovda qatnashgan, ayblanayotgan, sudlangan yoxud har qanday jinoiy taʼqib ostida boʻlganmi yoki hozirda mavjudmi yoxud

soʻnggi 5 yil ichida tan olingan xorijiy yurisdiksiyadagi biron bir tartibga soluvchi yoki litsenziyalovchi organ tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilganmi?

 Xa  Yoʻq

2. Arizachi hozirda yoki oldin:

bankrot, faoliyati tugatilgan yoki sud nazorati ostida boʻlganmi;

unga nisbatan bankrotlik, likvidatsiya yoki sud nazorati tartib-taomillari qoʻllanilmoqdami?

 Xa  Yoʻq

(Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan savollarga ijobiy javob berilgan taqdirda, quyida batafsil maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 Mazkur anketa va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini hamda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar berilmaganligini tasdiqlayman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 Arizam qanoatlantilganidan keyin taqdim etgan hujjatlarimda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etilishim mumkinligini tushunaman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vakolatli shaxsning ismi

Lavozimi

Telefon raqami

Email

Vakolatli shaxsning imzosi

Sana:

Qoʻshimcha aloqa uchun shaxs (agar yuqoridagidan farq qilsa)

Lavozimi

Telefon raqami

Email

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning (arizachining) rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1-jadval

T/r

Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari)

Lavozimi

Familiyasi, ismi

Fuqaroligi

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2-jadval

T/r

Yuridik shaxsning taʼsischilari

Familiyasi, ismi yoki yuridik shaxs nomi

Ulush miqdori

Fuqaroligi (jismoniy shaxslar uchun) yoki davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi (yuridik shaxslar uchun)

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2024-y., 10/24/3493/0074-son; 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)