18.01.2024 yildagi PF-15-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.01.2024 yildagi PF-15-son
Date of entry into force
19.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali oʻttiz yilga ijaraga beriladi, bunda boshlangʻich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi, sotilmagan lotlarning narxi har takroriy savdoda 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlangʻich narxning 20 foizigacha kamaytiriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2025-y., 06/25/18/0104-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish boʻyicha materiallarni tayyorlash, qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritilguniga qadar, ochiq elektron tanlov uchun belgilangan tartibda, elektron onlayn auksion savdolarini oʻtkazish esa, auksion savdolarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, 3 foiz — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 foizi — tuman va shaharlar soliq inspeksiyalari budjetdan tashqari jamgʻarmalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — 2025-yilning 1-martidan boshlab respublika budjetiga maqsadli ravishda aholi tomorqalarida va dehqon xoʻjaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni chuqurlashtirish tadbirlariga yoʻnaltiriladi. Bunda, respublika budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga davlat ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriladi va maqsadli ravishda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi va uning muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi;
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Soliq qoʻmitasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha toʻlovlarni undirishga masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” AJ bilan birgalikda 2025-yil 1-fevralga qadar oʻz maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha har bir ijaraga oluvchi uchun shaxsiy kartochka hamda toʻlovlarning aniq hisobi yuritilishini taʼminlasin.
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, Kadastr agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga muvofiq 15 626,8 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini (aholi punktlariga yaqin, suv taʼminoti yaxshi, unumdorligi yuqori boʻlgan, maydoni, qoida tariqasida, 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʻlgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq elektron tanlovga chiqarilgan va gʻolib aniqlanmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari 2024-yil 1-martdan boshlab avtomatik tarzda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilsin. Bunda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida oʻzi foydalangan boʻlishi shart, ushbu muddat ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga elektron onlayn auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi ochiq elektron tanlov natijasiga koʻra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn auksion savdolari natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni biryoʻla toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oliy Majlis Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi “Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini oʻrganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli qoʻshma qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan, shu sabablarga koʻra huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oʻrganib, oʻz sessiyalarida ushbu yer uchastkalari boʻyicha:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimi va yerdan foydalanuvchi oʻrtasida yer ijarasi shartnomasini tuzish (ijara shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish) toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini zaxiraga qaytarish choralarini koʻrish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolati berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 2027-yil 1-yanvarga qadar oʻz hududlarida yerga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan, lekin amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan barcha yer uchastkalari boʻyicha ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki yerni zaxiraga qaytarish choralarini koʻrsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar barcha hollarda barcha shaxslardan toʻliq undirilishi belgilansin, bundan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq garovga qoʻyuvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar garovi bilan taʼminlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish tartibi bekor qilinsin. Bunda, agrosanoat klasterlari yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali yoki yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan ijaraga olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibini soddalashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, yer uchastkalarini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan mahalliy va chet ellik investorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishda ushbu yer uchastkasiga ijara huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻ ijaraga oluvchi tomonidan Davlat budjetiga toʻlanishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 18-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-15-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-martga qadar elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAYDONI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar nomi

Yer maydoni, gektar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 724,8

2.

Andijon viloyati

1 402,3

3.

Buxoro viloyati

1 115,8

4.

Jizzax viloyati

952,2

5.

Qashqadaryo viloyati

1 460,0

6.

Navoiy viloyati

449,2

7.

Namangan viloyati

1 110,5

8.

Samarqand viloyati

1 332,2

9.

Surxondaryo viloyat

1 353,3

10.

Sirdaryo viloyati

849,1

11.

Toshkent viloyati

1 263,1

12.

Fargʻona viloyati

1 490,4

13.

Xorazm viloyati

1 123,9

Respublika boʻyicha

15 626,8

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “ochiq elektron tanlov” soʻzlari “elektron onlayn auksion” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ochiq tanlov yakunlarini tasdiqlash, ijara shartnomasini imzolash, yer uchastkalarini xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish” soʻzlari “ijara shartnomasini imzolash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmonining 3-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi “loyiha tashabbuskorlariga” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “oʻrmon fondi, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yaylov, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning toifasini” soʻzlari “oʻrmon fondi yerlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidagi sugʻorilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning) yer fondi toifasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4819-son qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-204-son qarorining 3-bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hukumat komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ishchi organ tomonidan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda kiritiladi, bunda mazkur loyihalarni boshqa idoralar bilan kelishish talab etilmaydi, loyihalarga yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirishdan boshqa masalalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/15/0050-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 04.02.2025-y., 06/25/18/0104-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)