09.01.2024 yildagi PQ-8-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.01.2024 yildagi PQ-8-son
Date of entry into force
12.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish orqali biznesga maʼmuriy yukni kamaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Adliya vazirligi va Milliy statistika qoʻmitasining 2024-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistika maʼlumotlarini (keyingi oʻrinlarda — hisobot) 1-ilovaga muvofiq bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat organlari va tashkilotlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan topshiriladigan hisobot turlarini hamda ulardagi maʼlumotlarni quyidagilar orqali maqbullashtirish choralarini koʻrib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida raqamli hukumat tizimi doirasida maʼlumotlar almashishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali maʼlumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yoʻlga qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-sentabrga qadar Milliy statistika qoʻmitasiga hisobot turlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni kiritib boradi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Milliy statistika qoʻmitasi har yili 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot turlarini maqbullashtirish choralarini koʻradi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — yagona roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi, hisobotlarni qogʻoz shaklida topshirish tartibi bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimini joriy qilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona hisobotlar tizimining operatori etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Yagona hisobotlar tizimi orqali hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — ixtiyoriy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida hisobga olinishi belgilangan maʼlumotlarni Yagona hisobotlar tizimiga kiritib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali hisobotlarni shakllantirish uchun zarur maʼlumotlar Yagona hisobotlar tizimiga kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlar Yagona hisobotlar tizimida avtomatik tarzda shakllanadi va hisobotlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tadbirkorlik subyekti tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari oʻzlariga zarur boʻlgan hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar doirasida Yagona hisobotlar tizimi orqali oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona hisobotlar tizimidagi maʼlumotlarning maxfiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya dasturlari tizimidan foydalangan holda hisobotlar topshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ularning maʼlumotlar bazalarini Yagona hisobotlar tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh (J.A. Qoʻchqorov) mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Yagona hisobotlar tizimi belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini hamda ushbu qarorga 4-ilovada belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 9-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan bekor qilinayotgan hisobot va statistika maʼlumotlari turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Bekor boʻlayotgan hisobot turi

Hisobot qabul qiluvchi organ

Hisobot olish imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa davlat organi yoki manbalar

Hisobot shakli

(elektron yoki qogʻoz koʻrinishida)

Hisobotni taqdim etish davriyligi

1.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

2.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

3.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” — 4-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

4.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot” — 5-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

5.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyati

Soliq qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Ochiq maʼlumotlar portali (data.egov.uz) va elektron litsenziyalash tizimi (license.gov.uz)

Elektron koʻrinishda

Har chorakda

6.

Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati toʻgʻrisida hisobot

Bojxona qoʻmitasi

“Yuk operatsiyalari” AAT

Qogʻoz koʻrinishida

Davriy

7.

Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati toʻgʻrisida hisobot

Bojxona qoʻmitasi

“Yuk operatsiyalari” AAT

Qogʻoz koʻrinishida

Davriy

8.

Boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar va ularning harakati boʻyicha hisobot

Bojxona qoʻmitasi

“Yuk operatsiyalari” AAT

Qogʻoz koʻrinishida

Davriy

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YAGONA ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hisobot turi

Hisobot taqdim etuvchi subyekt

Hisobotni qabul qiluvchi organ

Hisobotni taqdim etish davriyligi

1.

Tijorat bankining buxgalteriya balansi toʻgʻrisida moliyaviy hisoboti

Tijorat banklari

Soliq organlari

Choraklik va yillik

2.

Tijorat bankining foyda va zararlar toʻgʻrisida moliyaviy hisoboti

Tijorat banklari

Soliq organlari

Choraklik va yillik

3.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

4.

Aksiz soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

5.

Foyda soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik va choraklik

6.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

7.

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

8.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

9.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

10.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

11.

Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

12.

Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

13.

Davlat boji va yigʻimlar boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Choraklik

14.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

15.

Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Choraklik

16.

Moliyaviy holat toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

17.

Moliyaviy hisobotlar boʻyicha izohlar

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

18.

Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

19.

Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

20.

Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

21.

Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

22.

Buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

23.

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

24.

Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — 4-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

25.

Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

26.

Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

27.

Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

28.

Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

29.

Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

30.

Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

31.

Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

32.

Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

33.

Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisidagi statistika hisoboti (ishlab chiqarish)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

34.

Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisidagi statistika hisoboti (tarmoq)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

35.

Pilla xaridi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

mavsumiy

36.

Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

37.

Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Fermer xoʻjaliklari

Statistika organlari

Yillik

38.

Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Fermer xoʻjaliklari

Statistika organlari

Choraklik

39.

Mehnat hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

40.

Kasb va lavozimlar boʻyicha xodimlarning ish haqi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

41.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

42.

Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

43.

Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

44.

Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

45.

Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

46.

Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotining statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

47.

Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

48.

Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

49.

Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

50.

Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

51.

Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Oylik

52.

Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

53.

Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

54.

Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Choraklik

55.

Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Choraklik

56.

Oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisida hisobot

Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik

57.

Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi hisob-kitoblari (umumiy, hayot yoki faqat qayta sugʻurta boʻyicha)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

58.

Alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori normativlariga rioya qilganligi hamda sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

59.

Har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi hisob-kitobi

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

60.

Bitta bogʻliq shaxs yoki barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlari summasi hisob-kitobi

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

61.

Qayta sugʻurta operatsiyalariga oid talablarga rioya qilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

62.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

63.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

64.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

65.

Sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

66.

Aktivlar tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

67.

Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha hisobot

Ustav fondidagi davlat ulushi davlatning ishonchli vakillariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

68.

Biznes-rejaning bajarilishi toʻgʻrisida tashkilotning ijro etuvchi organi hisoboti

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

69.

Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (SMK) bajarilishi toʻgʻrisida hisobot

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

70.

Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot

Investitsiya majburiyatlari bilan davlat aktivini sotib olgan tadbirkorlik subyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq

71.

Davlat unitar korxonalarining mol-mulklari hamda ularni realizatsiya qilishdan olingan tushumlar boʻyicha hisobot (har birini alohida shaklda)

Davlat unitar korxonalari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

72.

Tovar, moliya va raqamli bozorlar toʻgʻrisida hisobot

Tahlil qilinayotgan bozor ishtirokchilari

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Zaruratga koʻra

73.

Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari miqdori va narxlari toʻgʻrisida hisobot

Farmatsevtika faoliyatining dori vositalari ishlab chiqarish huquqiga ega litsenziatlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oylik

731.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmatlar sifati boʻyicha hisobot

Xususiy tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Choraklik

74.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Nodavlat oliy, professional taʼlim tashkilotlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Choraklik

75.

Telekommunikatsiya xizmatlari sifati toʻgʻrisida hisobot

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

76.

Pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarining sifati toʻgʻrisida hisobot

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

77.

Televideniye, radioaloqa (mobil aloqa) va radioeshittirish texnik vositalarining ish sifati toʻgʻrisida hisobot

Mobil aloqa operatorlari va teleradiodasturlarni tarqatish (efir, kabel, efir-kabel televideniyesi, radioeshittirish) xizmatlarini koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

78.

Shaharlararo aloqa liniyalari, traktlari va kanallarining ish sifati toʻgʻrisida hisobot

“Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK, “Oʻzbektelekom” AK

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

79.

Sanoat korxonalariga biriktirilgan hududlardagi tuproq degradatsiyasi va ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumot

Tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Choraklik

80.

Biznes-reja va bitim parametrlariga rioya qilish holati toʻgʻrisida maʼlumot

Paxta-toʻqimachilik klasterlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yillik

81.

Yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori toʻgʻrisida hisobot

Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DM

Yillik

82.

Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobot

Yer qaʼridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM

Choraklik

83.

Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlarini hamda nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot va hisobotlar

Markaziy bank tomonidan faoliyati tartibga solinadigan va nazorati amalga oshiriladigan tashkilotlar

Markaziy bank

Davriy

84.

Temir yoʻl transportiga oid tashqi sektor statistikasi boʻyicha maʼlumot

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, ichki va xalqaro yoʻnalishlarda yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

85.

Xorijiy investorlar ishtirokidagi tashkilotlarning kapitali, norezidentlarning ulushlari va ularga toʻlangan dividendlar, shuningdek, norezidentlarga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Lizing tashkilotlari va boshqa nobank moliyaviy tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

86.

Norezidentlarni tashish va norezidentlar bilan tovar va xizmatlar savdosi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Aviatsiya va avtomobil yoʻllari sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

87.

Tabiiy gazning eksport va import hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (MTB) va investitsiya bitimlari asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish, eksporti va daromadlarini taqsimlash hamda chet el investorlarining investitsiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Tabiiy gaz eksport va importini amalga oshiruvchi hamda MTB va investitsiya bitimlari asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

88.

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlar

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik, yillik

89.

Ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan alkogol, pivo va tamaki mahsulotlari hajmlari, shuningdek, ularni sotishdan tushgan daromad miqdori haqida maʼlumot

Tadbirkorlik subyektlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Zaruratga koʻra

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yagona roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq rasmiy statistika sohasidagi vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yagona roʻyxatga kiritilgan hisobot va statistik maʼlumotlar shakllari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri — ishchi guruh rahbari

2.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi

3.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

4.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

5.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

6.

D.S. Qosimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

7.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

8.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

10.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

11.

A.X. Muxitdinov

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori

12.

I.R. Tangriyev

Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri, ishchi guruh kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

1.

Hisobot va statistik maʼlumotlarni faqat axborot tizimlari orqali qabul qilinishini taʼminlash.

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari tomonidan hisobot va statistik maʼlumotlarni faqat axborot tizimlari orqali qabul qilinishining texnik shart-sharoitlarini toʻliq yaratish.

2024-yil fevral

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari

2.

Bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistik maʼlumotlarning bekor qilinishini toʻliq taʼminlash maqsadida hisobot va statistik maʼlumotlarni shakllantirishda davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlash.

1. Bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistik maʼlumotlarning bekor qilish hamda davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish.

Zaruratga koʻra

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari

2. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ularning maxsus dasturiy taʼminotlaridagi maʼlumotlarni tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etish.

Murojaat asosida

3.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarni maqbullashtirib borish.

1. Raqamli hukumat tizimi doirasida maʼlumotlar almashishni kengaytirish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, maʼlumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yoʻlga qoʻyish orqali hisobot va statistik maʼlumotlarni maqbullashtirish boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasiga takliflar kiritish.

Har yili 1-sentabrga qadar

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari

2. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot va statistik maʼlumotlarni maqbullashtirish choralarini koʻrish.

Har yili 1-dekabrga qadar

Milliy statistika qoʻmitasi

(Hamrayev)

4.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlar bazasini hamda hisobot va statistik maʼlumotlarni avtomatik ravishda shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlar bazasini hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari talablaridan kelib chiqib kengaytirish.

2. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlar bazasini xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida shakllantirilishini toʻliq yoʻlga qoʻyish.

3. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga ish beruvchilar tomonidan maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli kiritilishini taʼminlash choralarini koʻrish.

4. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining statistika, soliq va boshqa masʼul organlar bilan toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlash.

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Statistika agentligi

(Begalov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

5.

Yagona hisobotlar tizimini joriy etish.

1. Yagona hisobotlar tizimiga oʻtishni mavjud resurslardan foydalangan holda (integratsiya asosida) joriy qilish imkoniyatlarini tahlil qilish.

2024-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Milliy statistika qoʻmitasi

(Hamrayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yagona hisobotlar tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil sentabr

3. Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash uchun Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar yoʻnaltirilishini taʼminlash.

2024-yil oktabr

4. Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish hamda sinov tariqasida ishga tushirish.

2025-yil mart

5. Sinov tariqasida texnologik yoʻriqnoma asosida oʻzaro integratsiya qilish orqali vazirlik va idoralarning maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-iyun

6. Yagona hisobotlar tizimini toʻliq ishga tushirish.

2026-yil 1-yanvar

6.

Hisobot va statistik maʼlumotlar hamda mahsulotlar (tovar va xizmatlar) atamalarini taksonomiya tamoyili asosida toʻliq qayta koʻrib chiqish va oʻzaro uygʻunlashtirish.

1. Amaldagi hisobot atamalari va tavsiflarini, shuningdek, mahsulotlar (tovar va xizmatlar) atamalarini uygʻunlashtirish.

2. Hisobot va statistik maʼlumotlarni yagona taʼrif boʻyicha kodlashtirish.

3. “Hisobdorlik” turdagi faoliyatni tasniflash uchun milliy taksonomiyani ishlab chiqish.

2026-yil aprel

Ishchi guruh

(Qoʻchqorov),

Milliy statistika qoʻmitasi

(Hamrayev),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

7.

Standart biznes hisoboti (SBR) tizimi samarali joriy etilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va yangi tizimni Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

1. Standart biznes hisoboti tizimi samarali joriy etilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida mutaxassislarning ushbu davlatlarga xizmat safarini tashkil etish.

2. Xorijiy davlatlar masʼul idoralari bilan Standart biznes hisoboti tizimini Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

2024-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Milliy statistika qoʻmitasi

(Hamrayev),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

3. Standart biznes hisoboti tizimi bilan ishlash va uni doimiy ravishda takomillashtirib borishga masʼul boʻlgan davlat organlari mutaxassislarining malakasini oshirish.

2024-2025-yillar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh tomonidan Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 07/24/8/0021-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)