28.12.2023 yildagi 687-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.12.2023 yildagi 687-son
Date of entry into force
29.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tashkil etilganligi va jamgʻarma mablagʻlari xarajatlarining yoʻnalishlari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarini ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish, Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish, “Call-markaz” hamda media-markaz faoliyatini tashkil etish, avtomatik tarzda amalga oshirilayotgan elektron toʻlovlarni kuzatib borish va boshqa sohalarda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati uchun Markaz mablagʻlari hisobidan 1 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlashga ruxsat etiladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz tomonidan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar qiymati mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq tartib asosida aniqlanadi hamda aniqlangan qiymat doirasida shartnoma(lar) tuziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
687-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qaroriga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktorining buyruqlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blanka va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy fond sotsialnoy zashiti Natsionalnogo agentstva sotsialnoy zashiti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Gosudarstvenniy fond sotsialnoy zashiti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — State Fund for Social Protection of the National Agency for Social Protection under the President of the Republic of Uzbekistan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — State fund for social protection.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarmaning joylashgan joyi (pochta manzili) — Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 3-uy, pochta indeksi 100060.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi Kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy faoliyati boʻyicha esa Agentlikka hisobdordir.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi va uning hisobi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi orqali yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetiga tushadigan tushumlardan (jarimalar, yigʻim va boshqa daromadlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi ajratmalar. Bunda ajratmalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan taqsimotga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan belgilangan miqdorlarda bir vaqtning oʻzida Jamgʻarmaga hamda Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar. Bunda transfertlar har bir maqsadli xarajat yoʻnalishi boʻyicha alohida gʻazna shaxsiy hisobvaraqlarida hisobi yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan foiz shaklida olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari grantlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar, jismoniy va yuridik shaxslar va boshqa donorlarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Kuzatuv kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari balansi prognoz koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyati haqidagi hisobotlarini har yili, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida eshitib boradi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat boʻlganda, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida ekspert-tahlil guruh (lar)ini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

102. Kuzatuv kengashi majlislari zaruratga koʻra, lekin bir yilda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Kuzatuv kengashi majlisini kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Kuzatuv kengashi majlisi unda kengash aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuv kengashining qarori kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar teng boʻlganda, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Kuzatuv kengashi qarorlari Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(101 — 105-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan aholiga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda moliyalashtirish tartibi va qoidalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyati, shu jumladan, mablagʻlarning belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli yoʻnaltirilishi, ijtimoiy sohaga doir qarorlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning umumiy boshqaruv xodimlari soni doirasida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) shtatlar soni va tuzilmasiga oʻzgartirish kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Ijrochi direktori va uning oʻrinbosarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma Jamgʻarmaning Ijrochi direktori, uning oʻrinbosari, shuningdek, tegishli tarkibiy tuzilmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibdagi Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanuvchi Direksiya tomonidan boshqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Direksiya:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi prognoz koʻrsatkichlarini shakllantiradi hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirish va xarajatlar samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi yuzasidan hisobotni Kuzatuv kengashi va Agentlikka taqdim etadi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring yuritilishini taʼminlaydi hamda monitoring natijasida aniqlangan holatlarni tahlil qiladi va tegishli qaror qabul qilish uchun Kuzatuv kengashiga taklif kiritadi;
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini zarur hollarda tasdiqlangan smetalarga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlaydi;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlik buyrugʻi bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Ijrochi direktor Jamgʻarma direksiyasining rahbari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma joriy faoliyatini operativ boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma nomidan vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, moliyaviy, xoʻjalik hamda boshqa shartnomalarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlar hamda kelgusi chorak uchun ish rejalari toʻgʻrisida har chorakda Agentlikka hisob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qilish, ragʻbatlantirish, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash hamda ularni ishdan boʻshatish haqida buyruqlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa buyruq va qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma nomidan sud idoralariga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki mehnat tartibi qoidalari, tarkibiy boʻlinma nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma xodimlari belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishilgan holda ishga qabul qilinadi va ular bilan mehnat shartnomalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda boshqa donorlarning homiylik xayriyalaridan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda monitoring qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xorijiy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushadi. Jamgʻarmaning chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushgan xorijiy valyutadagi mablagʻlar zaruratga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda sotilib (mazkur Nizomda koʻzda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari), Jamgʻarmaning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlar import shartnomalari, xorijiy maslahatchilarni jalb etish va chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishlatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarmaning boshqaruv xodimlari shtat birliklari Agentlikning markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlarning boshqaruv shtat birliklari doirasida ajratiladi, shuningdek, Direksiya xodimlariga Agentlik markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Direksiyaning ijrochi direktori boshqarma boshligʻiga, Direksiya direktorining oʻrinbosari Agentlikning boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga, Direksiyaning boʻlim boshligʻi Agentlikning boʻlim boshligʻiga, Direksiyaning bosh mutaxassisi Agentlikning bosh mutaxassisiga, Direksiyaning yetakchi mutaxassisi Agentlikning yetakchi mutaxassisiga hamda Direksiyaning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Agentlikning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish uchun Jamgʻarmaga 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi. Jamgʻarma xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish va mukofotlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik bilan kelishilgan holda sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyani saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Gʻamxoʻrlik” markazlari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va faoliyatini takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarning yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarining imtiyozli hamda bepul statsionar, shu jumladan, chet davlatlardagi tibbiyot muassasalarida davolanishini taʼminlash xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarning madaniy va maʼnaviy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish hamda ularni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlagan ish beruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiya ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda avtotransport va boshqa zarur jihoz va uskunalar xarid qilish boʻyicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalarga xizmat koʻrsatish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehribonlik uylari va bolalar uylari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish xizmatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga, shuningdek, istisno tariqasida, kambagʻal oilalarning vasiylik va homiylik tayinlangan bolalariga yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadbirlar xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning sogʻligini saqlash, salomatligini tiklash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, taʼlim berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psixologik yordam koʻrsatish, ularni kasbga oʻqitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarovsiz va boshpanasiz qolgan, zoʻravonlik qurboni boʻlgan, jinoyat qurbonlari va guvohlari boʻlgan, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari va respublika taʼlim muassasalarining loyiha hamda dasturlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshgacha boʻlgan farzandlariga davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatlari uchun haq toʻlash xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash hamda ijara toʻlovlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan uysiz fuqarolarni vaqtincha boshpana (ijtimoiy uylar) bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻqish, kasbga tayyorlash, malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qisman yoki toʻliq qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarni himoya va reabilitatsiya qilish bilan bogʻliq loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar berish, ularning kuz-qish mavsumida kommunal toʻlovlari va isitish yoqilgʻisini xarid qilish xarajatlarini qisman, koʻp kvartirali uy mulkdorlarining majburiy badal mablagʻlari xarajatlarini qoplash;
(18-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat koʻrsatish maqsadida koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar hamda Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, oʻquv qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat koʻrsatish maqsadida koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar loyihalari va qoʻllab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikum, “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi va boshqalar) tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) milliy va xalqaro koʻrik-tanlov, olimpiada, musobaqa, bellashuv va boshqa tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni (ishtirokchilarning kelib ketish, yashash, transport, mehmonxona, ovqatlanish, esdalik sovgʻalarini berish, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar) moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tunu kun faoliyat koʻrsatadigan Call-markaz xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ijtimoiy karta”larni joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun “ijtimoiy taksi” xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi muassasalarning ijtimoiy xodimlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichini (KPI) baholash asosida ragʻbatlantirish toʻlovlarini joriy etish;
(18-bandning oʻttiz toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va ularni koʻrsatish xarajatlarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini, shu jumladan, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, texnik uskuna va vositalarni sotib olish hamda tizimda axborot kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMS-xabar yuborish xizmatlari boʻyicha barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish chora-tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-maʼlumot va reklama, maqolalar, broshyuralar, qoʻllanmalar hamda boshqa axborot materiallarini tayyorlash va nashr etish, shu jumladan, video va audio roliklar hamda filmlar yaratish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlarni koʻrsatish sohasida tajriba-loyihalarni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻllab-quvvatlash (ragʻbatlantirish, shu jumladan xodimlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichini (KPI) baholash asosida ragʻbatlantirish, mukofotlash, ustamalar toʻlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun pullik kompensatsiya) va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun Jamgʻarmadan ajratilgan pul mablagʻlaridan xodimlarga hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqadigan mehnat taʼtili va boshqa toʻlovlarni ham toʻlash.
(18-bandning qirq birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish xarajatlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferensiyalar, seminarlar, olimpiadalar, tanlovlar, koʻrgazmalar, chet elda oʻtkaziladigan tadbirlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlari hamda tizim tashkilotlari oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarining respublikada va chet elda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy mavzudagi loyihalar hamda davlat ijtimoiy buyurtmalarini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlarini “Ijtimoiy himoya fidoyisi” idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, mukofotlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizimdagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoya sohasiga homiylik qilish istagi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizimdagi tashkilotlar xodimlarini hamda jalb qilingan volontyorlar uchun maxsus kiyim-bosh, sumka va boshqa sovgʻalar berish hamda boshqa xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari bilan belgilangan miqdorda Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Ijtimoiy himoya milliy agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan, asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, ixtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda oʻquv materiallari va boshqalarni xarid qilish, shuningdek, oʻquv qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va boshqa sohalar boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish va saqlash xarajatlari uchun subsidiya ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish, saqlash, xodimlarini ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllarini, shu jumladan, kichik hajmli bolalar uylarini, shuningdek, kichik hajmli ijtimoiy koʻmak markazlarini tashkil etish tadbirlarini (uy-joy xarid qilish, qurish, joriy taʼmirlash, ijaraga olish tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish, saqlash va boshqa xarajatlar) moliyalashtirish;
(18-bandning ellik beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoya sohasidagi loyihalarni xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiylardan maqsadli jalb qilingan mablagʻlarni kelishuvga koʻra homiylar tomonidan belgilangan ijtimoiy loyihalarga yoʻnaltirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining topshirigʻiga asosan qoʻshimcha tadbirlarga va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga mablagʻ ajratilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagi budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlar Agentlik hamda uning hududiy boʻlinmalari orqali alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali moliyalashtirilib, Jamgʻarma xarajatlari bilan qoʻshilgan holda ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar hisobotlarida aks ettiriladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir martalik yordam pullarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik nafaqalarini toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqalarni toʻlash;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola tugʻilishi uchun beriladigan nafaqalar (suyunchi puli)ni toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dafn marosimi xarajatlarini qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarda (homiylikka olingan) tarbiyalanayotgan har bir yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qonunchilikda ishlatish tartibi belgilanmagan Jamgʻarma xarajatlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirishda tadbir tashabbuskori boʻlgan Agentlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari tomonidan talabnomalar shakllantiriladi va Agentlik direktoriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Direksiya tomonidan talabnomalarda koʻzda tutilgan tadbirlarni manbai boʻyicha Agentlik direktoriga xulosa kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan Jamgʻarmadan tegishli xarajatlar amalga oshiriladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq Jamgʻarmadan xarajatlar mazkur Nizomning 22-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tizimdagi tashkilotlar orqali ayrim xarajatlarni amalga oshirish uchun ularning alohida maxsus gʻazna hisobvaraqlari yoki budjetdan tashqari jamgʻarmalariga Jamgʻarmadan tegishli mablagʻlar oʻtkazib berilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida Jamgʻarma xarajatlari hamda mablagʻlari hisobidan bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlar har chorakda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarmaning yil yakuni boʻyicha mablagʻlari qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi moliya yili uchun daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun undirilgan jarima va penya summalari Jamgʻarmaning rivojlantirish jamgʻarmasida jamlanadi hamda Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda sarflanadi.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarmaning tushumi va mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish hamda javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Agentlik, Direksiya, Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va tizimdagi tashkilotlar Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi Agentlik hamda Hisob-palatasi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarma qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qaroriga

2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Buxgalteriya hisobi boʻlimi

2

Rejalashtirish va moliyalashtirish boʻlimi

Bosh yuriskonsult

Xaridlar va taʼminot boʻlimi

4

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 11 nafar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi tomonidan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar qiymatini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) buyurtmasiga asosan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) va Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha — Agentlik buyurtmasiga asosan axborot tizimlarini ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish, Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish, “Call-markaz” hamda media-markaz faoliyatini tashkil etish, avtomatik tarzda amalga oshirilayotgan elektron toʻlovlarni kuzatib borish va boshqa sohalardagi xizmatlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarga jalb qilinadigan mutaxassislar — loyiha doirasida jalb qilinadigan dasturchilar, loyihachilar, “Call-markaz” xizmati xodimlari, Media-markaz xodimlari, Markazning hududiy mutaxassislari va boshqa ishlarda ishtirok etuvchi xodimlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Agentlik buyurtmasiga asosan Jamgʻarma va Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Markaz tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha shartnoma qiymatini aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Loyihalar boʻyicha shartnomaning umumiy qiymati quyidagi xarajatlardan shakllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaz, boshqaruv va yordamchi xodimlarni saqlash xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning foydasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot tizimlarni texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar loyihalarga jalb qilinadigan mutaxassislarga toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash fondi hamda loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

a) loyiha qiymatini aniqlashda inobatga olinadigan mutaxassislarning shartli shtat birliklari soni har bir axborot moduli uchun oʻrtacha 1,85 shtat birligi hisobidan kelib chiqib aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mehnatga haq toʻlash fondi quyidagi formula asosida hisobi-kitob qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTF = 1,85 * MS * 16 * MHTEKM * LAOOS;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTF — mehnatga haq toʻlash fondi;

MS — modullar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTEKM — Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (agar markaz ijtimoiy soliq toʻlovchi boʻlsa, unda ushbu miqdor ijtimoiy soliq miqdoriga oshirilib hisobga olinadi);

LAOOS — loyihalar amalga oshiriladigan oylar soni.

Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar mehnatga haq toʻlash fondining 5 foiz miqdorida belgilanadi.

5. “Call-markaz” xizmati boʻyicha loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar jalb qilinadigan mutaxassislarga toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash fondi hamda loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Call-markaz” xizmati loyihasi qiymatini aniqlashda inobatga olinadigan mutaxassislarning (koll-markaz rahbarlari, supervayzer va boshqa xodimlarni hisobga olgan holda) shartli shtat birliklari soni Agentlikning qisqa raqamlari orqali audio, vizual va matnli har oylik 2 300 ta murojaat, shu jumladan, qabul qilinmagan qoʻngʻiroqlar uchun bir shtat birligi hisobidan aniqlanadi;
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audio, vizual va matnli har oylik murojaatlar soni loyiha qiymatini hisoblashdan oldingi 3 oylik oʻrtacha koʻrsatkichlari olinadi. Bunda loyihani amalga oshirish davrida audio, vizual va matnli murojaatlar, shu jumladan, qabul qilinmagan qoʻngʻiroqlar oshgan taqdirda oxirgi 3 oylik koʻrsatkichlardan kelib chiqib, loyiha qiymati qayta koʻrib chiqilishi va amaldagi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mehnatga haq toʻlash fondi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:

MHTF = OʻOQS /2300 * 10,5 * MHTEKM * LAOOS;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTF — mehnatga haq toʻlash fondi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻOQS — oxirgi uch oydagi oʻrtacha audio, vizual va matnli murojaatlar, shu jumladan qabul qilinmagan qoʻngʻiroqlar soni;
(5-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTEKM — Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (agar markaz ijtimoiy soliq toʻlovchi boʻlsa, unda ushbu miqdor ijtimoiy soliq miqdoriga oshirilib hisobga olinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LAOOS — loyihalar amalga oshiriladigan oylar soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar mehnatga haq toʻlash fondining 5 foiz miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlikning hududiy boʻlinmalaridagi mavjud kompyuter va orgtexnika vositalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar jalb qilinadigan mutaxassislarga toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash fondi hamda loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Agentlikning hududiy boʻlinmalari, shu jumladan, ijtimoiy xodimlar tomonidan foydalanilayotgan orgtexnikalarga texnik xizmat koʻrsatish loyihasi xodimlari soni har bir hududda kompyuter, noutbuk, printer, skaner, elektron doskalarning soni 450 tagacha boʻlgan hududda bir shartli shtat birligi, 450 dan 600 tagacha boʻlgan hududlarda 1,5 shartli shtat birligi, 600 dan yuqori boʻlgan hudud uchun 2 shartli shtat birligi hisobidan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mehnatga haq toʻlash fondi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTF = SHSHBS * 11,5 * MHTEKM * LAOOS;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTF — mehnatga haq toʻlash fondi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHSHBS — shartli shtat birliklari soni har bir hududdagi kompyuter, noutbuk, printer, skaner, elektron doskalarning sonidan kelib chiqib, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻzda tutilgan shartlar asosida hisoblangan yigʻindisiga teng;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHTEKM — Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (agar markaz ijtimoiy soliq toʻlovchi boʻlsa, unda ushbu miqdor ijtimoiy soliq miqdoriga oshirilib hisobga olinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LAOOS — loyihalar amalga oshiriladigan oylar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar mehnatga haq toʻlash fondining 5 foiz miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz, boshqaruv va yordamchi xodimlarni saqlash xarajatlari mazkur tartibning 4 — 6-bandlarida koʻzda tutilgan loyihalar qiymati bilan birga koʻzda tutiladi hamda cheklangan mablagʻlar miqdori ushbu bandlarga muvofiq aniqlangan loyiha qiymatining 40 foizgacha miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv va yordamchi xodimlarning cheklangan soni va ularga mehnatga haq toʻlash shartlari Agentlik direktorining buyrugʻi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlariga Markaz direktori, uning oʻrinbosarlari, inson resurslari, hisobxona, tahliliy rejalashtirish, yuridik xizmat, umumiy (ijro va devonxona) boʻlinma xodimlari, shuningdek, avtomatik tarzda amalga oshirilayotgan elektron toʻlovlarni kuzatib borish boʻlimi xodimlari kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yordamchi xodimlar soni Vazirlar Mahkamasining “Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 24-iyuldagi 465-son qaroriga muvofiq ayrim yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining namunaviy normalari doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz foydasi loyihalar boʻyicha xarajatlarning 2 foizi miqdorida belgilanadi. Yil yakuni bilan Markaz umumiy foydasi Agentlik direktori tomonidan taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik buyurtmasiga asosan Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan yangi loyihalarning qiymati loyihaning texnik talabi, amalga oshirish muddati, jalb qilinadigan mutaxassislar toifasi va sonidan kelib chiqib, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz tomonidan loyihalarga jalb qilinadigan mutaxassislar belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan loyihalar muddatlari doirasida muddatli mehnat shartnomasi asosida jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur tartibning 4 — 6-bandlarida shartli ravishda inobatga olinadigan shtat birliklari va ish haqi miqdorlari hamda boshqa xarajatlar foizlari faqatgina loyiha qiymatini aniqlashda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliyotda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan mutaxassislar soni va ular mehnatiga haq toʻlash shartlari loyihalarga ajratilgan mablagʻlar doirasida markaz tomonidan mustaqil belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik va boshqa xarajatlar haqiqiy talabdan kelib chiqib, umumiy summa doirasida foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori yoki Markaz loyihalari boʻyicha ish hajmi oʻzgarganda, loyiha qiymati chorak yakuni bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazni xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/687/0990-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son; 12.02.2026-y., 09/26/48/0134-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)