25.12.2023 yildagi 680-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2023 yildagi 680-son
Date of entry into force
25.12.2023
Hujjat 16.09.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
680-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qaroriga
1-ILOVA

Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agroplatforma” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi — paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan fyuchers shartnomasi tuzgan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari), urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari yoki toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va paxta-toʻqimachilik klasterlari yoki toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar oʻrtasida tegishli yil hosilining yigʻim-terimi davrida paxta xom ashyosini yetkazib berish sharti bilan ikki tomonlama tuzilgan hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birja” AJning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali roʻyxatdan oʻtgan shartnoma;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit buyurtmanomasi — qarz oluvchilar tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun kredit ajratish maqsadida tijorat banki filiallariga “Agroplatforma” AT orqali taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida tijorat banklari tomonidan umumlashtirilgan kredit buyurtmanomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon qilinadigan narx — Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha kotirovkasi toʻgʻrisida “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi qiymati — tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) hamda eʼlon qilingan narx asosida hisoblangan qiymat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya yili — birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabrning oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olgan davr.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Paxta xom ashyosi uchun eʼlon qilingan narx asosida moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabrigacha (2024-yil hosili uchun 2024-yil 1-fevralgacha) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va paxta-toʻqimachilik klasterlari yoki toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar oʻrtasida fyuchers shartnoma tuziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarning paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratiladigan kreditlarning miqdori agrotexnik tadbirlar uchun zarur boʻladigan mineral oʻgitlar, yonilgʻi-moylash materiallari va kimyoviy vositalarning narxlar dinamikasini tahlil qilib, shuningdek, agrotexnik xaritalardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Jamgʻarma tomonidan oyma-oy belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabriga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilardan xarid qilingan paxta xom ashyosining yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilining 20-avgustiga qadar bitim tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma oʻzining kredit resurslarini tijorat bankiga paxta xom ashyosi uchun eʼlon qilingan narx asosida joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banki Jamgʻarmaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash maqsadida agrotexnik tadbirlarga muvofiq har oyda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini (paxta yigʻim-terimi xarajatlarini) kreditlash uchun paxta yigʻim-terimi mavsumida kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma taqdim etilgan kredit buyurtmanomalariga muvofiq tijorat bankiga kredit resurslarini joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan joylashtirilgan kredit resurslari tijorat banki tomonidan belgilangan muddatda qaytarilmaganda, muddati oʻtgan qarzdorliklar tijorat bankining vakillik hisobvaraqlaridan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlarning muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabriga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yigim-terimi xarajatlarini va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga asosan kredit resurslarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddatga, shundan 12 oylik imtiyozli davr bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 24 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi), 18 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 9 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash uchun 10 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 4 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizigacha (shundan, 20 foizi paxta yigʻim-terimi xarajatlari uchun), yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) fyuchers shartnomasi boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosining yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha 10 oy muddatga, yillik 8 foizda kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoniga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirish, uning yigʻim-terimi va u boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar uchun ajratilgan kreditlar bitimlarda belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 barobari (shundan, bank marjasi — 2 foiz) miqdorida toʻlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tartib avvalgi yillar paxta hosilini yetishtirish va yigʻim-terimi uchun ajratilgan kreditlarga ham tatbiq etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarining ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga “Agroplatforma” AT orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) hokimining gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma hamda tuman (Quvasoy shahar) hokimining gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi “Agroplatforma” AT joylashtiriladi hamda tijorat banklari va Jamgʻarma ushbu maʼlumotnomalardan foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalari paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va yigʻim-terimi uchun:
(11-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari, toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar va spot shartnomalari;
(11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yigim-terimi mavsumida elektron tarozidan qabul qilingan paxta xom ashyosini majburiy hisobga olish tizimi orqali rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Har yili 15-sentabrga qadar kelgusi yil paxta hosili uchun quyidagi maʼlumotnomalar “Agroplatforma” ATga joylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tomonidan tegishli tuman (Quvasoy shahar) hokimining gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tegishli hududdagi tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlajak hosil sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulklari (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan mol-mulklar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizomning 11-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnoma “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, tijorat banki tomonidan kredit shartnomasi tuzilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki qarz oluvchini 2 ish kuni ichida rad etish sabablarini asoslantirgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qarz oluvchiga kredit ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kredit miqdori har yili eʼlon qilinadigan narx asosida tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan, qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki qarz oluvchi bilan paxta xom ashyosini yetishtirish, terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini kreditlash boʻyicha tuzgan kredit shartnomasiga asosan:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddatga, shundan 12 oylik imtiyozli davr bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 24 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi), 18 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarining paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 9 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
(18-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash uchun 10 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 4 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizigacha (shundan 20 foizi paxta yigim-terimi xarajatlari uchun), yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
(18-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarda Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan avval ajratilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlganda, ularga paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun kreditlar ajratilmaydi.
(18-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalariga fyuchers shartnomasi boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosining yigʻim-terimini kreditlash uchun 10 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 7 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoniga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda paxta-toʻqimachilik klasterlari paxta xom ashyosini yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xom ashyosi qiymati uchun toʻlovlarni, shundan paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizini paxta xom ashyosi qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismini moliya yilining 31-dekabriga qadar oʻz mablagʻlari, shuningdek, tijorat kreditlari hisobidan amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kreditlar monitoringi va ularni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar kredit ajratishda taʼminot sifatida sugʻurta polisi qabul qilinganda, tijorat banki tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlarni har oyda kamida bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring, shuningdek, doimiy masofaviy monitoring qiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy monitoringni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Agroplatforma” ATni belgilangan tartibda sunʼiy yoʻldoshga (uchuvchisiz uchadigan apparatlarga) integratsiya qilish orqali tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar kredit monitoringi natijalari boʻyicha maʼlumotlarni “Agroplatforma” ATga joylashtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kredit monitoringi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har bir paxta xom ashyosini yetishtiruvchi, urugʻchilik xoʻjaligi va yer uchastkasiga egalik qilish huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasteri boʻyicha gʻoʻza ekinining holatini, boʻlajak hosilning berilgan kreditlarni qaytarish uchun yetarligini, shu jumladan, paxta xom ashyosini yetishtirish uchun agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilganligini aniqlash maqsadida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) har bir paxta-toʻqimachilik klasteri boʻyicha paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar hisobidan xarid qilingan paxta xom ashyosini kredit olish uchun tijorat bankiga avval taqdim etilgan elektron tarozidan oʻtganligi va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatga mosligini hamda saqlash qoidalariga amal qilinayotganligini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kredit monitoringi natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan kredit:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigit (toʻliq yoki qisman) ekilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻza ekini holatining qoniqarsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi oqibatida kutilgan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kredit hisobidan xarid qilingan paxta xom ashyosining miqdorini tijorat bankiga avval taqdim etilgan hujjatlarga mos kelmasligi, xarid qilingan paxta xom ashyosi sifatining buzilganligi, saqlash qoidalariga amal qilinmayotganligi aniqlanganda, shuningdek, qarz oluvchi tomonidan monitoring oʻtkazishga imkon berilmaganda, bu haqda tijorat banki, sugʻurta tashkiloti va qarz oluvchi oʻrtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilgan dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Kreditlarni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlarni soʻndirish maqsadida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlariga tijorat banklari tomonidan 23210 hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. 23210 hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta-toʻqimachilik klasterlari va urugʻchilik xoʻjaliklari Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlari uchun olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki 23210 hisobvaragʻida qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi ushbu mablagʻlardan qoʻshilgan qiymat soligʻidan hosil boʻlgan qarzdorlikni toʻliq soʻndirgandan soʻng erkin foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari va elektron toʻlov vositalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovlar tovar va xizmatlar xaridi boʻyicha rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi. Bunda xarid qilingan tovar va xizmatlar qaytarilganda, qaytariladigan mablagʻlar toʻlov amalga oshirilgan hisobvaraqlarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qarz oluvchi paxta xom ashyosini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qarz oluvchi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki kreditni soʻndirishni quyidagi taʼminot turlariga qaratadi va soʻndirish choralarini koʻradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining mol-mulklariga (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan mol-mulklar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlariga qaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklari, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tijorat banklariga joylashtirilgan Jamgʻarmaning kredit resurslaridan maqsadli foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom respublikada yetishtirilgan paxta xom ashyosini birja savdolariga qoʻyish, sotish va xarid qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan mablagʻ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda diler va broker sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manipulyatsiya — birja savdolari ishtirokchilarining qoʻshimcha daromad olish maqsadida narxlarni sunʼiy oʻzgartirishga, bir darajada ushlab turishga va boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatlariga taʼsir etishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va Internet jahon axborot tarmogʻida qasddan yolgʻon maʼlumotlar tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridor — birja savdolari orqali paxta xom ashyosini sotib oluvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi — tegishli yil hosilidan paxta xom ashyosini yigʻim-terim davrida yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spot shartnomasi — birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan (bir oy ichida) yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standart birja kontrakti — birja tomonidan belgilangan tartibda kotirovkalash varagʻiga kiritilgan standart birja kontrakti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon qilinadigan narx — Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha kotirovkasi toʻgʻrisida “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23210 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomga asosan sotuvchi tomonidan paxta xom ashyosi ichki bozorda muayyan hududdagi (viloyatdagi) paxta-toʻqimachilik klasteriga birja orqali fyuchers shartnomasi asosida hamda fyuchers shartnomasidan ortiqcha hajmda yoki toʻliq oʻz mablagʻi va/yoki tijorat krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki paxta xom ashyosini tegirmon usulida qayta ishlash natijasida olingan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlar (tola, chigit, lint, oʻlik paxta) barcha xaridorlarga birja savdolari orqali erkin sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fyuchers shartnomasidan ortiqcha hajmda yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki uni qayta ishlash natijasida olingan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni (tola, chigit, lint, oʻlik paxta) sotuvchi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri fyuchers shartnomasi tuzgan xaridorga sotish shartnomasi birjaning axborot portalida tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha toʻlovlar birjaning hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish (toʻlov hujjatlariga muvofiq pul oʻtkazish) qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Birja xaridorning sotuvchiga paxta mahsulotlari uchun amalga oshirgan toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali soliq organiga taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Paxta xom ashyosini fyuchers shartnomasi asosida sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sotuvchi har yili 1-oktabrdan boshlab 31-dekabrgacha (2024-yil uchun 2024-yil 1-fevralgacha) kelgusi yil uchun paxta xom ashyosini oʻzining hududidagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki tegishli viloyat hududida joylashgan) paxta-toʻqimachilik klasteriga sotish boʻyicha standart birja kontraktini ochish uchun birjaga ariza bilan murojaat qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosini birja savdosiga qoʻyish uchun boshlangʻich narx mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Paxta xom ashyosining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, bunda paxta xom ashyosi yetishtiriladigan hudud, uning lot miqdori, navi, turi, sinfi (chigit navi) majburiy tarzda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namunaviy kontrakt sotuvchining arizasiga asosan ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Paxta xom ashyosi fyuchers shartnomasi doirasida sotuvchi joylashgan hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki tegishli viloyatlar boʻyicha) paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan xarid qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sotuvchi va xaridor tomonidan fyuchers shartnomasi doirasida birja savdosiga qoʻyiladigan mahsulotning umumiy qiymati va moʻljallanayotgan bitim hajmi boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan 0,1 foiz miqdorida zakalat mablagʻi birjaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Birja aʼzolari sotuvchi va xaridorning murojaatiga asosan birja savdolarining elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — BSET) arizalarni joylashtirish orqali birja bitimlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. BSETda sotuvchi va xaridorning buyurtmalarini birlashtirish natijasida tuzilgan bitimlar roʻyxatga olinadi va soʻngra BSETning dasturiy kompleksida bitimlar reyestri shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bitim tuzilganidan soʻng fyuchers shartnomasi doirasida xaridor tomonidan paxta xom ashyosi uchun toʻlov mablagʻlarining 80 foizi paxta xom ashyosi qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirilmasdan, qolgan qismi tegishli moliya yilining 31-dekabriga qadar sotuvchining 23210 hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xaridor fyuchers shartnomasi doirasida qabul qilgan paxta xom ashyosi uchun toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlamaganda, kechiktirilgan har bir kun uchun fyuchers shartnomasi qiymatidan toʻlanmagan toʻlovning 0,5 foizi miqdoridagi penyani sotuvchiga toʻlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Paxta xom ashyosining narxi (birinchi nav, ikkinchi sinf) Nyu-York birjasida paxta tolasining fyuchers kotirovkalarining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula asosida milliy valyutada (soʻm) aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bx=(Jn x Vk-Kx) x Tch+Imq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

Bx — bir tonna paxta xom ashyosining milliy valyutadagi (soʻm) narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jn — bir tonna paxta tolasining Nyu-York birjasi oʻrtacha 12 oylik fyuchers kotirovkalari boʻyicha AQSH dollaridagi oʻrtacha narxi (oʻrtacha fyuchers kotirovkasi x 22,046);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vk — Markaziy bankning paxta yigʻim-terimi mavsumida kutilayotgan oʻrtacha valyuta kursi, soʻm/dollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kx — paxta-toʻqimachilik klasterining bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan paxta xom ashyosini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash boʻyicha xarajatlari paxta tolasining Nyu-York birjasi oʻrtacha 12 oylik fyuchers kotirovkalari boʻyicha AQSH dollaridagi oʻrtacha narxining 25 foizi miqdorida, soʻmda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tch — oʻrtacha tola chiqish koeffitsiyenti (33,5%);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imq — bir tonna paxta xom ashyosiga toʻgʻri keladigan ikkilamchi mahsulotning oʻrtacha 12 oylik qiymati, soʻmda (chigit chiqish koeffitsiyenti — 53%, lint — 4%, oʻlik paxta — 2%).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida keltirilgan formula asosida hisoblangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib, paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitoblari mazkur Nizomga 1-ilovadagi har bir sanoat navi, sinfi va tipi boʻyicha koeffitsiyentlarni oʻrtacha narxga koʻpaytirgan holda amalga oshiriladi.
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosining nav va sinflar boʻyicha narxini hisoblash koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tolasining tip va kodlar boʻyicha narxini qayta hisoblash koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xaridor paxta xom ashyosini davlat standarti (Oʻz DSt 615:2008) talablari asosida sifat koʻrsatkichlariga (namlik, ifloslik) muvofiq qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini qabul qilish jarayonida eʼtirozlar yuzaga kelganda, sotuvchi hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining malakali mutaxassislaridan iborat arbitraj guruhlariga murojaat qilishi va xulosasini olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sotuvchi fyuchers shartnomasi doirasida paxta xom ashyosi boʻyicha toʻlovlarni toʻliq qabul qilgandan soʻng bir ish kuni ichida birjani toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgan sana haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja ushbu xabarnomada berilgan maʼlumotlarni soliq organi tomonidan taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalarga solishtirib tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sotuvchi va xaridor fyuchers shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida paxta xom ashyosini yuklash muddatini kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sotuvchi fyuchers shartnomasi doirasida paxta xom ashyosini xaridorning tegishli omboriga mahsulotni yetkazib berish xarajatlarini xaridor tomonidan qoplash sharti bilan yetkazib berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sotuvchi fyuchers shartnomasi doirasida paxta xom ashyosi xaridorga yetkazib berilganligini hamda mahsulot uchun toʻlovlar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda, birjada bitim yopiladi va zakalat summasi birja tomonidan taraflarga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda fyuchers shartnomasi taraflaridan biriga nisbatan sud qaroriga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish boshlangan taqdirda yoki taraf toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda, fyuchers shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga asosan sud tartibida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri klasterlar reyestridan chiqarilganda bekor qilinadi hamda toʻlovga qobiliyatsiz taraf toʻgʻrisidagi maʼlumot “Agroplatforma” AT axborot tizimidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda paxta-toʻqimachilik klasteriga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish boshlangan taqdirda yoki u toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri klasterlar reyestridan chiqarilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma bekor boʻladi va zakalat pullari paxta xom ashyosi yetishtiruvchi foydasiga jarima sifatida oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot birja savdolariga avtomatik ravishda qayta sotuvga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnomasi orqali sotilmay qolgan paxta xom ashyosi yigʻim-terim davrida paxta xom ashyosi yetishtiruvchilari tomonidan spot shartnomalari asosida sotiladi. Sotuvdan tushgan mablagʻlar paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning 23210 hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali erkin sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Paxta xom ashyosini yetishtiruvchining paxta-toʻqimachilik klasteri bilan birjaning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali tuzgan fyuchers shartnomasidan ortiqcha hajmda yoki toʻliq oʻz mablagʻi va/yoki tijorat krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki paxta xom ashyosini tegirmon usulida qayta ishlash natijasida olingan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlar (tola, chigit, lint, oʻlik paxta) barcha xaridorlarga birja savdolarida spot shartnomalari asosida erkin sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Standart birja kontrakti paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan birjaga taqdim etiladigan ariza hamda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullangan sinov laboratoriyasida rasmiylashtirilgan sinov bayonnomasi asosida ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sotuvchi va xaridor birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan bitimga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir birja savdosi boʻyicha sotuvchi va xaridorni birja savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish BSETda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va birja savdolari qoidalariga muvofiq tegishli choralar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning raqobatga zid boshqa usullaridan foydalanishning oldini olish qoidalari asosida nazorat qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Birja savdolarini tashkil qilish, shartnomalar majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob-kliring xizmatlarini koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj komissiyasi yoki sud tomonidan hal etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnomasi mahsulot yetkazib berish muddatidan oldin taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida yoki iqtisodiy sud orqali bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fyuchers shartnomasi iqtisodiy sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori asosida fyuchers shartnomasi narxida mahsulot birja savdolariga avtomatik ravishda qayta sotuvga chiqariladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchilar xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sotuvchi yoki xaridor toʻlovlarni toʻlash va mahsulotni tanlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlarni bajarmagan tomonning zakalat pullari jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida ushlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan fyuchers shartnomasi shartlari asossiz bajarilmaganda, birja bitimi boʻyicha shartnoma qiymatining bajarilmagan qismining 10 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga

Paxta xom ashyosining nav va sinflar boʻyicha narxini hisoblash koeffitsiyentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(bazis — 1-nav, 2-sinf)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Navlar

Sinflar

Eʼlon qilinadigan narxga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyent

1-nav

1-sinf

1,026

2-sinf

1,000

3-sinf

0,800

2-nav

1-sinf

0,938

2-sinf

0,860

3-sinf

0,791

3-nav

1-sinf

0,822

2-sinf

0,731

3-sinf

0,517

4-nav

1-sinf

0,612

2-sinf

0,475

3-sinf

0,363

5-nav

3-sinf

0,254

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasining tip va kodlar boʻyicha narxini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Uzun tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (duym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kodi

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,6080

1,4699

1,4008

1,2331

1,1147

Urta tolali

Tola turi

4

5

6

Uzunligi (duym)

1.5/32

1.1/8

1.3/32

1.1/16

1.1/32

Kod

37

36

35

34

33

Koeffitsiyent

1,0000

0,9865

0,9737

0,9618

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 09/23/680/0963-son; 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son; 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son; 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)