25.12.2023 yildagi 680-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2023 yildagi 680-son
Date of entry into force
25.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2026-yil hosilidan boshlab kamida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan paxta xomashyosini yetishtiruvchilarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq barqarorlik reytingi asosida imtiyozli kreditlar pasaytirilgan foiz stavkalarida ajratiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
680-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agroplatforma” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari), urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari yoki toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers, forvard, spot shartnomasi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va paxta-toʻqimachilik klasterlari yoki toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar oʻrtasida tegishli yil hosilining yigʻim-terimi davrida paxta xom ashyosini yetkazib berish sharti bilan ikki tomonlama tuzilgan hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birja” AJning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali roʻyxatdan oʻtgan shartnoma;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit buyurtmanomasi — qarz oluvchilar tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun kredit ajratish maqsadida tijorat banki filiallariga “Agroplatforma” AT orqali taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida tijorat banklari tomonidan umumlashtirilgan kredit buyurtmanomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon qilinadigan narx — Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi oʻrtacha kotirovkasi toʻgʻrisida “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan maʼlumot;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi qiymati — tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) hamda eʼlon qilingan narx asosida hisoblangan qiymat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya yili — birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabrning oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olgan davr.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Paxta xom ashyosi uchun eʼlon qilingan boshlangʻich narxdan past boʻlmagan narxda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va paxta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar oʻrtasida fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha tuziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarning paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratiladigan kreditlarning miqdori agrotexnik tadbirlar uchun zarur boʻladigan mineral oʻgitlar, yonilgʻi-moylash materiallari va kimyoviy vositalarning narxlar dinamikasini tahlil qilib, shuningdek, agrotexnik xaritalardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Jamgʻarma tomonidan oyma-oy belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabriga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilardan xarid qilingan paxta xom ashyosining yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilining 20-avgustiga qadar bitim tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma oʻzining kredit resurslarini tijorat bankiga paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun normativ hosildorlik (sentner/gektar), paxta yigʻim-terimi va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun fyuchers va spot shartnomalari boʻyicha yalpi hosildorlik asosida moliya yilidan oldingi yilning 1-noyabrida eʼlon qilingan boshlangʻich narxdan kelib chiqib, hisoblangan qiymat asosida joylashtiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banki Jamgʻarmaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash maqsadida agrotexnik tadbirlarga muvofiq har oyda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini (paxta yigʻim-terimi xarajatlarini) kreditlash uchun paxta yigʻim-terimi mavsumida kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma taqdim etilgan kredit buyurtmanomalariga muvofiq tijorat bankiga kredit resurslarini joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan joylashtirilgan kredit resurslari tijorat banki tomonidan belgilangan muddatda qaytarilmaganda, muddati oʻtgan qarzdorliklar tijorat bankining vakillik hisobvaraqlaridan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlarning muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabriga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yigim-terimi xarajatlarini va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga asosan kredit resurslarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddatga, shundan 12 oylik imtiyozli davr bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga paxta xom ashyosi yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 8 foiz stavkada, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 18 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi), 12 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 30 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 9 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 30 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 12 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan mablagʻlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“A” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi Qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foiz pasaytirilgan holda joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foiz pasaytirilgan holda joylashtiradi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirish, uning yigʻim-terimi va u boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar uchun ajratilgan kreditlar bitimlarda belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 barobari (shundan, bank marjasi — 2 foiz) miqdorida toʻlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tartib avvalgi yillar paxta hosilini yetishtirish va yigʻim-terimi uchun ajratilgan kreditlarga ham tatbiq etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarining ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga “Agroplatforma” AT orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalari paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va yigʻim-terimi uchun:
(11-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fyuchers va spot shartnomalari;
(11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yigim-terimi mavsumida elektron tarozidan qabul qilingan paxta xom ashyosini majburiy hisobga olish tizimi orqali rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yer uchastkasining ijara huquqi garovi bilan birga qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlajak hosil sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulklari (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan mol-mulklar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spot shartnomasi boʻyicha imtiyozli kredit qiymatining 50 foizi miqdoridagi likvidli mol-mulk;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizomning 11-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnoma “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, tijorat banki tomonidan kredit shartnomasi tuzilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki qarz oluvchini 2 ish kuni ichida rad etish sabablarini asoslantirgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15.Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qarz oluvchiga kredit ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kredit miqdori har yili eʼlon qilinadigan narx asosida tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan, qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki qarz oluvchi bilan paxta xom ashyosini yetishtirish, terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini kreditlash boʻyicha tuzgan kredit shartnomasiga asosan:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddatga, shundan 12 oylik imtiyozli davr bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga paxta xom ashyosi yigʻim-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) 4 oyga kredit ajratiladi;
(18-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 18 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi), 12 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
(18-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarining paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 9 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
(18-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi.
(18-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalarda Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan avval ajratilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlganda, ularga paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun kreditlar ajratilmaydi.
(18-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun toʻlovlarning 80 foizi paxta xomashyosi qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabriga qadar birjaning “kliring” (markazlashtirilgan hisob-kitob) tizimi orqali toʻlanadi.
(18-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Paxta xom ashyosini yetishtirish, terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarma kreditlari hisobidan tijorat banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar doirasida sugʻurta shartnomalari boʻyicha vositachilikni taqdirlash toʻlovlarini hisoblashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“A” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi Qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foiz pasaytirilgan holda ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V” va undan yuqori boʻlgan toifalarga kiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foiz pasaytirilgan holda ajratadi.
(182-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kreditlar monitoringi va ularni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar kredit ajratishda taʼminot sifatida sugʻurta polisi qabul qilinganda, tijorat banki tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlarni har oyda kamida bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring, shuningdek, doimiy masofaviy monitoring qiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy monitoringni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Agroplatforma” ATni belgilangan tartibda sunʼiy yoʻldoshga (uchuvchisiz uchadigan apparatlarga) integratsiya qilish orqali tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar kredit monitoringi natijalari boʻyicha maʼlumotlarni “Agroplatforma” ATga joylashtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kredit monitoringi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har bir paxta xom ashyosini yetishtiruvchi, urugʻchilik xoʻjaligi va yer uchastkasiga egalik qilish huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasteri boʻyicha gʻoʻza ekinining holatini, boʻlajak hosilning berilgan kreditlarni qaytarish uchun yetarligini, shu jumladan, paxta xom ashyosini yetishtirish uchun agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilganligini aniqlash maqsadida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) har bir paxta-toʻqimachilik klasteri boʻyicha paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar hisobidan xarid qilingan paxta xom ashyosini kredit olish uchun tijorat bankiga avval taqdim etilgan elektron tarozidan oʻtganligi va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatga mosligini hamda saqlash qoidalariga amal qilinayotganligini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kredit monitoringi natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan kredit:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigit (toʻliq yoki qisman) ekilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻza ekini holatining qoniqarsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi oqibatida kutilgan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kredit hisobidan xarid qilingan paxta xom ashyosining miqdorini tijorat bankiga avval taqdim etilgan hujjatlarga mos kelmasligi, xarid qilingan paxta xom ashyosi sifatining buzilganligi, saqlash qoidalariga amal qilinmayotganligi aniqlanganda, shuningdek, qarz oluvchi tomonidan monitoring oʻtkazishga imkon berilmaganda, bu haqda tijorat banki, sugʻurta tashkiloti va qarz oluvchi oʻrtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilgan dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) monitoring boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan choralar natijalari tijorat bankining viloyat boshqarmalari rahbarlari tomonidan har oyda, boshqaruv raisi tomonidan har chorakda bir marotaba yakuniy muhokama qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli davrda qarz oluvchilar monitoring oʻtkazishga sharoit yaratmaganligi, qarshilik qilishlari oqibatida ajratilgan kreditlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarning oldini olish maqsadida tijorat banki tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy chora koʻrish boʻyicha murojaat qilinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Kreditlarni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlarni soʻndirish maqsadida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlariga tijorat banklari tomonidan 23210 hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. 23210 hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta-toʻqimachilik klasterlari va urugʻchilik xoʻjaliklari Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlari uchun olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki 23210 hisobvaragʻida qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi ushbu mablagʻlardan qoʻshilgan qiymat soligʻidan hosil boʻlgan qarzdorlikni toʻliq soʻndirgandan soʻng erkin foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari va elektron toʻlov vositalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovlar tovar va xizmatlar xaridi boʻyicha rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi. Bunda xarid qilingan tovar va xizmatlar qaytarilganda, qaytariladigan mablagʻlar toʻlov amalga oshirilgan hisobvaraqlarga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qarz oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali kiritilgan toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi. Bunda 2026-yil 1-martga qadar toʻlov topshiriqnomalari qarz oluvchining tanloviga koʻra anʼanaviy usulda qogʻoz shaklida yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda, 2026-yil 1-martdan boshlab faqat mazkur platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qarz oluvchi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki kreditni soʻndirishni quyidagi taʼminot turlariga qaratadi va soʻndirish choralarini koʻradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining mol-mulklariga (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan mol-mulklar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlariga qaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklari, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tijorat banklariga joylashtirilgan Jamgʻarmaning kredit resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat hamda tijorat banki tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar har oyda kamida bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring qilganligi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan oʻrganiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom respublikada yetishtirilgan paxta xom ashyosini birja savdolariga qoʻyish, sotish va xarid qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan mablagʻ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda diler va broker sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manipulyatsiya — birja savdolari ishtirokchilarining qoʻshimcha daromad olish maqsadida narxlarni sunʼiy oʻzgartirishga, bir darajada ushlab turishga va boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatlariga taʼsir etishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va internet tarmogʻida qasddan yolgʻon maʼlumotlar tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridor — birja savdolari orqali paxta xom ashyosini sotib oluvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi — tegishli yil hosilidan paxta xom ashyosini yigʻim-terim davrida yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
forvard shartnomasi — mahsulotni shartnomada belgilangan muddatda yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spot shartnomasi — birja tovarlarini kechiktirmasdan (bir oy ichida) yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standart birja kontrakti — birja tomonidan belgilangan tartibda kotirovkalash varagʻiga kiritilgan standart birja kontrakti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon qilinadigan narx — Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi oʻrtacha kotirovkasi toʻgʻrisida “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23210 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomga asosan sotuvchi tomonidan paxta xom ashyosi ichki bozorda muayyan hududdagi (viloyatdagi) paxta-toʻqimachilik klasteriga birjaning ikki tomonlama qarama-qarshi auksion tizimining alohida paxta seksiyasi orqali fyuchers, forvard shartnomasi asosida yoki toʻliq oʻz mablagʻi va/yoki tijorat krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki paxta xom ashyosini tegirmon usulida birlamchi qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar (tola, chigit, lint, oʻlik paxta) barcha xaridorlarga birja savdolari orqali erkin sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki uni qayta ishlash natijasida olingan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni (tola, chigit, lint, oʻlik paxta) xaridorga sotish shartnomasi birjaning axborot portalida tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha toʻlovlar birjaning hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish (toʻlov hujjatlariga muvofiq pul oʻtkazish) qoidalari asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Birja xaridor tomonidan sotuvchiga yetkazib berilgan paxta mahsulotlari uchun amalga oshirgan toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali soliq organiga taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Paxta xom ashyosini fyuchers, forvard shartnomasi asosida sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xaridorlar har yili 1-noyabrdan boshlab paxta xom ashyosini forvard, fyuchers shartlarida sotib olish boʻyicha kelgusi yil hosili uchun standart birja kontraktini ochishga ariza bilan birjaga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Spot shartnomalarida sotuvchi tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Paxta xom ashyosining birja savdolari standart birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, bunda paxta xom ashyosi yetkazib beriladigan hudud, uning lot miqdori, navi, turi, sinfi (chigit navi) majburiy tarzda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Standart birja kontrakti fyuchers, forvard savdolarida xaridorning, spot savdolarida sotuvchining arizasiga asosan ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Paxta xom ashyosi birja savdolarida sotuvchi joylashgan hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki tegishli viloyatlar boʻyicha) paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Birja savdolariga qoʻyilgan tovar umumiy qiymati va moʻljallanayotgan bitim hajmi boʻyicha sotuvchi va xaridor tomonidan fyuchers shartnomasida 0,1 foiz miqdorida, forvard, spot shartnomasida 10 foizgacha zakalat mablagʻi birjaning hisob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Birja aʼzolari sotuvchi va xaridorning murojaatiga asosan birja savdolarining elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — BSET) arizalarni joylashtirish orqali birja bitimlarini tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. BSETda sotuvchi va xaridorning buyurtmalarini birlashtirish natijasida tuzilgan bitimlar roʻyxatga olinadi va soʻngra BSETning dasturiy kompleksida bitimlar reyestri shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bitim tuzilganidan soʻng xaridor:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi doirasida hisob-kitoblarni toʻliq birjaning hisob-kitob-kliring qoidalari asosida amalga oshirib, paxta xomashyosi qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan yetkazib berilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizini, qolgan qismini moliya yilining 31-dekabriga qadar birjadagi hisob-kitob-kliring palatasidagi hisobvaragʻiga oʻtkazadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
forvard shartnomasida koʻrsatilgan muddat ichida paxta xom ashyosi qiymatini sotuvchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlab beradi. Bunda toʻlov muddati 15 ish kunidan kam boʻlmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi va xaridor forvard shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida mahsulotni yuklash va toʻlovni amalga oshirish muddatini oʻzaro kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xaridor fyuchers, forvard shartnomasi doirasida qabul qilgan paxta xom ashyosi uchun toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlamaganda, kechiktirilgan har bir kun uchun fyuchers shartnomasi qiymatidan toʻlanmagan toʻlovning 0,1 foizi miqdoridagi penyani sotuvchiga toʻlab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers shartnomalari boʻyicha natura (tovar-moddiy boyliklar) shaklida hisob-kitob qilish qatʼiy taqiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Paxta xom ashyosining narxi (birinchi nav, ikkinchi sinf) Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi oʻrtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda quyidagi formula asosida milliy valyutada (soʻm) aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bx=(Jn x Vk-Kx) x Tch+Imq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bx — bir tonna paxta xom ashyosining milliy valyutadagi (soʻm) narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jn — bir tonna paxta tolasining Nyu-York birjasi oʻrtacha 6 oylik fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi oʻrtacha qiymatidan kelib chiqib aniqlangan AQSH dollaridagi oʻrtacha narxi (oʻrtacha fyuchers kotirovkasi x 22,046);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vk — Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan 1 AQSH dollarining oxirgi 6 oydagi oʻrtacha valyuta kursi, soʻm/dollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kx — paxta-toʻqimachilik klasterining bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan paxta xom ashyosini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash boʻyicha xarajatlari paxta tolasining Nyu-York birjasi oʻrtacha 6 oylik fyuchers kotirovkalari boʻyicha AQSH dollaridagi oʻrtacha narxining 20 foizi miqdorida, soʻmda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tch — oʻrtacha tola chiqish koeffitsiyenti (33,5%);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imq — bir tonna paxta xom ashyosiga toʻgʻri keladigan ikkilamchi mahsulotning oʻrtacha 6 oylik qiymati, soʻmda (chigit chiqish koeffitsiyenti — 53%, lint — 4%, oʻlik paxta — 2%).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida keltirilgan formula asosida aniqlangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib, paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitoblari mazkur Nizomga 1-ilovadagi har bir sanoat navi, sinfi va tipi boʻyicha koeffitsiyentlarni oʻrtacha narxga koʻpaytirgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosining nav va sinflar boʻyicha narxini hisoblash koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tolasining tip va kodlar boʻyicha narxini qayta hisoblash koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xaridor paxta xom ashyo sini davlat standarti (Oʻz DSt 615:2008) talablari asosida sifat koʻrsatkichlariga (namlik, ifloslik) muvofiq qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini qabul qilish jarayonida eʼtirozlar yuzaga kelganda, sotuvchi hududdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining malakali mutaxassislaridan iborat arbitraj guruhlariga murojaat qilishi va ularning xulosasini olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sotuvchi fyuchers, forvard shartnomasi doirasida paxta xom ashyosi boʻyicha toʻlovlarni toʻliq qabul qilgandan soʻng bir ish kuni ichida birjani toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgan sana haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birja ushbu xabarnomada berilgan maʼlumotlarni soliq organi tomonidan taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalarga solishtirib tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sotuvchi va xaridor fyuchers, forvard shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida paxta xom ashyosini yuklash muddatini kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi shartnomada belgilangan miqdordagi paxta xom ashyosini xaridorning tegishli omboriga yetkazib beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchilar tomonidan fyuchers va forvard shartnomalari asosida elektron tarozi orqali topshirilgan paxta xomashyosi uchun “Hosil qabuli” axborot tizimida elektron imzo yordamida yuk xati (PK-17) va uning asosida hisob-faktura rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Hosil qabuli” axborot tizimida paxta xomashyosi uchun rasmiylashtirilgan yuk xatlari va hisob-fakturalarni “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolari axborot tizimiga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ sotuvchi tomonidan bajarilgan majburiyatlar miqdoridagi mablagʻlarni xaridor shaxsiy hisobvaragʻidan sotuvchining shaxsiy hisobvaragʻiga keyinchalik uning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi 23210-hisobvaragʻiga koʻchirish orqali oʻtkazib boradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Forvard shartnomasi doirasida paxta xomashyosi xaridorga yetkazib berganligini hamda mahsulot uchun toʻlovlar toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlarni (birja shartnomalari boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari, taraflar tomonidan toʻlovlar toʻliq toʻlanganini tasdiqlovchi kelishuvlar) taqdim etganda, birjada shartnoma yopiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Fyuchers shartnomalari moliya yilining 1-dekabr holatiga koʻra quyidagi holatlarda yopiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sotuvchi tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda va xaridor tomonidan majburiyatlar umuman bajarilmaganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablagʻlar toʻlanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sotuvchi tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar bajarilganda va/yoki bajarilmaganda, shartnoma moliya yilining 31-dekabrigacha yopilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sotuvchi va xaridor tomonidan majburiyatlar umuman bajarilmaganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani uchun bekor qiladi va xaridor hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar bajarilganda va/yoki bajarilmaganda, shartnoma moliya yilining 31-dekabrigacha yopilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Fyuchers shartnomalari moliya yilining 31-dekabr holatiga koʻra quyidagi holatlarda yopiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sotuvchi va xaridor tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sotuvchi tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilmaganda, hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablagʻlar toʻlanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilganda, hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani uchun bekor qiladi va xaridor hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda, shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yopilishiga yoʻl qoʻyiladi yoki hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablagʻlar toʻlanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi.
(161 va 162-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda fyuchers, forvard shartnomasi taraflaridan biriga nisbatan sud qaroriga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish boshlangan taqdirda yoki taraf toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda, fyuchers shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga asosan sud tartibida yoki belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri klasterlar reyestridan chiqarilganda bekor qilinadi hamda toʻlovga qobiliyatsiz taraf toʻgʻrisidagi maʼlumot “Agroplatforma” AT axborot tizimidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda paxta-toʻqimachilik klasteriga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish boshlangan taqdirda yoki u toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri klasterlar reyestridan chiqarilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma bekor boʻladi va zakalat pullari sotuvchi foydasiga jarima sifatida oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosi birja savdolariga qayta sotuvga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sotilmay qolgan paxta xom ashyosi yigʻim-terim davrida sotuvchilar tomonidan spot shartnomasi asosida sotiladi. Sotuvdan tushgan mablagʻlar sotuvchilarning 23210 hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Paxta xom ashyosini spot shartnomasi asosida sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sotuvchi tomonidan oʻz mablagʻi va/yoki tijorat krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi birja savdolari orqali spot shartnomalari asosida sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spot shartnomalari rasmiylashtirishni rejalashtirgan sotuvchilar har hosil yilining 1-martigacha (2025-yil hosili uchun 1-maygacha) mavjud paxta xom ashyosini saqlash omborlari (maskan) belgilangan talablarga javob berishi yuzasidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli idoralar tomonidan berilgan xulosani yoki xuddi shunday xulosasi mavjud omborlar boʻyicha paxta xom ashyosini vaqtincha saqlash yoki ushbu omborni ijara olish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomani “Agroplatforma” axborot tizimiga kiritishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosini vaqtincha saqlash yoki omborni ijaraga olish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalari mavjud boʻlmagan sotuvchilar yetishtiriladigan paxta xom ashyosi boʻyicha har hosil yilining 1-martigacha forvard yoki 1-iyunigacha fyuchers shartnomasini rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Standart spot birja kontrakti sotuvchilar tomonidan birjaga taqdim etiladigan ariza hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan sinov xulosasi asosida ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sotuvchi va xaridor birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan bitimga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir birja savdosi boʻyicha sotuvchi va xaridorni birja savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish BSETda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va birja savdolari qoidalariga muvofiq tegishli choralar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi ichki (insayderlik) maʼlumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning raqobatga zid boshqa usullaridan foydalanishning oldini olish qoidalari asosida nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Birja savdolarini tashkil qilish, shartnomaviy majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob-kliring xizmatlarini koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj komissiyasi yoki sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fyuchers, forvard shartnomasi mahsulot yetkazib berish muddatidan oldin taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida yoki iqtisodiy sud orqali bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fyuchers, forvard shartnomasi iqtisodiy sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori asosida fyuchers, forvard shartnomasi narxida mahsulot birja savdolariga qayta sotuvga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xaridor paxta xom ashyosini shartnomada belgilangan narxda sotib olishdan bosh tortganda, belgilangan muddatda toʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirmagan, sotuvchi paxta xom ashyosini xaridorga shartnomada belgilangan shart va muddatda yetkazib bermagan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlarni bajarmagan tomonning zakalat pullari jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida ushlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan fyuchers, forvard shartnomasi shartlari asossiz bajarilmaganda, sud qaroriga asosan birja bitimi boʻyicha shartnoma qiymatining bajarilmagan qismining 25 foizi miqdorida jarima qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosining nav va sinflar boʻyicha narxini hisoblash koeffitsiyentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(bazis — 1-nav, 2-sinf)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Navlar

Sinflar

Eʼlon qilinadigan narxga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyent

1-nav

1-sinf

1,026

2-sinf

1,000

3-sinf

0,800

2-nav

1-sinf

0,938

2-sinf

0,860

3-sinf

0,791

3-nav

1-sinf

0,822

2-sinf

0,731

3-sinf

0,517

4-nav

1-sinf

0,612

2-sinf

0,475

3-sinf

0,363

5-nav

3-sinf

0,254

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasining tip va kodlar boʻyicha narxini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Uzun tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (duym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kod

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,6080

1,4699

1,4008

1,2331

1,1147

Oʻrta tolali

Tola turi

4

5

6

Uzunligi (duym)

1,5/32

1,1/8

1,3/32

1,1/16

1,1/32

Kod

37

36

35

34

33

Koeffitsiyent

1,0000

0,9865

0,9737

0,9618

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 09/23/680/0963-son; 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son; 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son; 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)