20.11.2023 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 20.11.2023 yildagi 28-son
Date of entry into force
20.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasining talablaridan kelib chiqqan holda, yer umummilliy boylik ekanligi, undan oqilona foydalanish zarurligi va u davlat tomonidan muhofaza qilinishini inobatga olib, yerga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi va yer munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa qonunchilik hujjatlari toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy masalalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining (bundan buyon matnda Yer kodeksi deb yuritiladi) 3-moddasi bilan belgilanganligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar yerga oid qonunchilik hujjatlarini qoʻllashda ushbu sohaga oid qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emasligi, ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi hamda qonunda u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etilishiga eʼtibor qaratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, maʼmuriy sudlarga nizolashilayotgan maʼmuriy hujjat yoki mansabdor shaxs harakati (harakatsizligi)ning qonuniyligiga ushbu hujjat qabul qilingan yoki harakat (harakatsizlik) sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan yerga oid qonunchilik hujjatlari asosida baho berishlari lozimligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar nizoli yer uchastkasiga boʻlgan huquqni va ushbu huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari lozim, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq ishlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlarning eʼtibori Yer kodeksining 33-moddasida nazarda tutilgan hujjatlargina yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Daʼvogar (arizachi) tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi hujjat taqdim etilganda, sudlar nizoni toʻgʻri hal etish uchun yer uchastkasining plani va tavsifi tuzilganligi, yer uchastkasining chegaralari joyida belgilab berilganligi haqidagi hujjatlar mavjudligini kadastr yoki boshqa vakolatli organlarning maʼlumotlari asosida aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar yerga oid nizolarning xususiyatidan kelib chiqib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish masalasini muhokama qilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday ishlarni protsessual muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda koʻrib chiqishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarga tushuntirilsinki, Yer kodeksi 22-moddasining birinchi qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 549-moddasi birinchi qismining mazmuniga koʻra, davlat egaligida boʻlgan yer uchastkalari yoki boshqa koʻchmas mulklarning qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsning egaligiga oʻtkazilishi, yer uchastkalari yoki boshqa koʻchmas mulklardan ijara huquqi asosida foydalanib kelayotgan shaxslarning ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar undan foydalanish huquqidan mahrum etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudlar Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, ijara muddati tugaganligi munosabati bilan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi yangi muddatga uzaytirilgan yoki uzaytirilmaganligini aniqlashlari lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlar yerga oid nizolarni koʻrishda manfaatdor shaxslar doirasini aniqlab, zarurat boʻlgan hollarda, ularni (masalan, kadastr va arxitektura organlari, auksion yoki tanlov oʻtkazuvchi tashkilotlar, mahalliy hokimliklar, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va boshqalar) ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasini muhokama qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. “Oʻzbekiston Respublikasi FPK 50-moddasining birinchi qismi, IPK 49-moddasining uchinchi qismiga koʻra, prokuror oʻzining daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarda, MSIYUtK 46-moddasining birinchi qismiga koʻra esa, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha ishlar boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu sababli sudlar yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarni sudda koʻrishda prokurorni xabardor qilish masalasini hal etishlari lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Sudlovga taalluqlilik masalalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlarning eʼtibori maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining yuridik va jismoniy shaxslarning yerga oid huquqlarini buzuvchi maʼmuriy hujjatlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza (shikoyat)lar, shuningdek, ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi talablar maʼmuriy sudlarga taalluqli ekanligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) oqibatida vujudga kelgan zararlar sababiy bogʻlanishdagi zararlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, Yer kodeksining 24, 36-moddalari talabi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Vazirlar Mahkamasining individual xususiyatga ega boʻlgan yer munosabatlariga oid hujjatlari maʼmuriy sudlarda nizolashilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar yoki iqtisodiy sudlar tomonidan koʻriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va qayta sotib olish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha kompensatsiya undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
servitutni belgilash yoki bekor qilish, servitut yuzasidan haq undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir nechta shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash, uni boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan huquq buzilishlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, yer uchastkasidan majburiy tartibda chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni undirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bogʻliq nizolar va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yerga oid qonunchilik hujjatlari bilan tegishli organlarning vakolatiga taalluqli masalalar sudlar tomonidan hal qilinmasligiga, jumladan Yer kodeksining 23-moddasiga asosan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha vakolatli organlar belgilanganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Inobatga olinsinki, maʼmuriy organning obyektni tanlov yoki auksionga chiqarishga qadar amalga oshirgan harakati (harakatsizligi) yoxud qarori bilan bogʻliq ommaviy-huquqiy nizolar maʼmuriy sudlarning sudloviga, auksion yoki tanlov natijasi yuzasidan vujudga kelgan nizolar esa (masalan, bitim, kim oshdi savdosini yoki tanlovni haqiqiy emas deb topish, bitimni bekor qilish, oʻzgartirish) tegishincha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar yoki iqtisodiy sudlarning sudloviga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12, 27 va 34-moddalaridan kelib chiqib, shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda, huquq egasiga belgilangan kompensatsiya berilishi bilan bogʻliq nizolar dastlab sudga qadar kompensatsiya komissiyalari tomonidan koʻrib chiqilishi, biroq masalaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda kompensatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaganligi arizani sud tomonidan koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kompensatsiya komissiyasining qarori tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlganligi sababli kompensatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs tegishlicha fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga kompensatsiya undirish haqidagi daʼvo arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Yerga oid ommaviy-huquqiy nizolar boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi asoslari qonunda qatʼiy belgilab qoʻyilganligi sababli hakamlik sudlarining vakolat doirasidan chetga chiqqan holda yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulkka nisbatan huquqlarni vujudga keltirishga qaratilgan qarorlari, arizachilarning mansabdor shaxslarning zimmasiga yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, koʻchmas mulkni qayta rekonstruksiya qilishga ruxsat berish majburiyatini yuklash haqidagi va shu kabi boshqa talablarini qanoatlantirish uchun asos boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 27-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda arizachi tomonidan noaniq (masalan, kadastr yigʻmajildi, kadastr pasporti, guvohnoma va davlat reyestridan koʻchirmani haqiqiy emas deb topish haqida) talab qoʻyilganda, nizoning asl mohiyatidan kelib chiqqan holda maʼmuriy sudlar sudning faol ishtiroki tamoyili asosida talabga aniqlik kiritish choralarini koʻrib, arizani mazmunan koʻrishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishini bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat ekanligidan kelib chiqib, bu haqdagi davlat reyestri koʻchirmasini emas, balki koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topilishi mumkinligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga koʻra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ hisoblanishi sababli, sudlarning eʼtibori koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, ish boʻyicha javobgar sifatida Davlat kadastrlari palatasining viloyat hududiy boshqarmalari jalb qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarining vujudga kelish asoslari Yer kodeksining 31-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, yerga oid nizolarni koʻrishda arizachida bunday huquqlar mavjud yoki mavjud emasligi, arizachi MSIYUtK 185-moddasi talabi boʻyicha sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs hisoblanishi yoki hisoblanmasligiga aniqlik kiritish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga sudlarga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida muhofaza etiladigan obyektlar va ularning muhofaza hududlariga nisbatan boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi, mazkur yer maydonlariga boʻlgan huquqning vujudga kelmaganligini anglatmasligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmonining 4-bandi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yoʻl bilan tasarruf qilish (bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ijara shartnomasini imzolash boʻyicha vakolatlar mustasno), tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan esa yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʻzgartirish, bekor qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilingan.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, mazkur Farmonning 8-bandida ushbu Farmon rasman eʼlon qilingan kundan boshlab Yer kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qatʼiyan toʻxtatilganligi qayd etilgan.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu sababli, Yer kodeksining 23-moddasiga oʻzgartishlar 2021-yil 16-avgustda kiritilgan boʻlsa ham, tuman (shahar) hokimlari 2021-yil 9-iyundan boshlab yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun ajratish (realizatsiya qilish) vakolatiga ega emasliklariga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Yerga oid fuqarolik-huquqiy nizolar boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Yer kodeksining 10 va 21-moddalari talablariga muvofiq yer uchastkasini boʻlish imkoniyati boʻlmasa, bunday yer uchastkasi bir necha shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu hol koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlarning eʼtibori birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini boʻlish va undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolarni hal qilishda Yer kodeksi 22-moddasining beshinchi qismiga asosan yer uchastkasini boʻlish yoki undan foydalanish tartibini belgilash imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligi kadastr organi mutaxassisining fikri yoki sudga oid ekspertiza xulosasi bilan aniqlanishi mumkinligiga qaratilsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini taraflarning imoratga boʻlgan egalik huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda yoki ulushlar tengligidan chekingan holda ajratish imkoniyati boʻlmasa, sud ilgaridan shakllangan yer uchastkasidan foydalanish tartibidan kelib chiqishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yer kodeksi 62-moddasining toʻrtinchi qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, oqova suvlarni chiqarib yuborish, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Fuqarolik kodeksi 223-moddasining beshinchi qismidan kelib chiqib, birgalikda egalik qiluvchilar oʻrtasidagi yer uchastkalarini boʻlishda ulushlarga nisbatan nomutanosiblik vujudga kelganda, sudlar nizoni hal etishda yerga boʻlgan huquqdagi farq uchun tegishli pul summasini undirish yoki boshqacha kompensatsiya belgilanishi lozimligiga eʼtibor qaratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Birgalikda egalik qiluvchilar oʻrtasida yerdan foydalanish tartibi oʻrnatilganidan soʻng vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki foydalanish tartibi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni eʼtiborga olishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy mulk ishtirokchilaridan birining umumiy foydalanishda boʻlgan turar joyda qoʻshimcha imoratlar va qurilmalarni barpo etish, ustiga qurish, qayta qurish yoʻli bilan ulushini koʻpaytirishi oʻz-oʻzidan birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasining oʻlchamini oʻzgartirishga asos boʻlmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy mulkdorlaridan biri uy-joyning oʻziga tegishli qismini oʻzga mulkdorga oʻtkazganda, shuningdek uy-joyning bir qismi vorislik tarzda oʻzgaga oʻtganda yer uchastkasidan foydalanish tartibini yangidan belgilashga, faqat bu tartib boshqa mulkdorlarning huquq va manfaatlariga zid boʻlmagan taqdirdagina, yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy mulkdorlarining biri imoratning oʻziga tegishli boʻlgan qismini oʻzga shaxs foydasiga oʻtkazganda, yer uchastkasidan foydalanishning ilgaridan oʻrnatilgan tartibi yangi mulkdor uchun ham majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agar yer uchastkasini boʻlish imkoni boʻlmasa, sud daʼvoni rad qiladi va taraflarga yerdan foydalanish tartibini belgilash haqida daʼvo qilish huquqini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini boʻlish yoki undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolar boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tarafga qoldiriladigan yer uchastkasining maydoni va chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarining maydoni va chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalaridan turar joyga, yordamchi imoratlarga va qurilmalarga oʻtish joyining maydoni va chegaralari hamda boshqa eʼtiborga molik maʼlumotlar koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sudlar Yer kodeksi 36-moddasining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilish masalasi Yer kodeksining 38-moddasiga muvofiq, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organning yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman (shahar) hokimiga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida kiritilgan taqdimnomasi asosida tuman (shahar) hokimining yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish va yer maydonini olib qoʻyish haqidagi daʼvo arizasiga binoan sud tartibida hal etilishini inobatga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, agar daʼvo arizasida yer uchastkasini olib qoʻyish (yer ijara shartnomasini bekor qilish) talabi bilan birga ushbu yer uchastkasini zaxiraga olish (zaxiraga qaytarish) talabi ham qoʻyilgan boʻlsa yoki alohida talab sifatida yer uchastkasini zaxiraga olish (zaxiraga qaytarish) talabi berilgan boʻlsa, qonunchilikka koʻra yer uchastkalarini zaxiraga olish (zaxiraga qaytarish) sudlarning vakolatiga kirmasligi sababli ushbu talab boʻyicha ish yuritish tugatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sudga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish (yer ijara shartnomasini bekor qilish) talabi bilan birga yer uchastkasini olib qoʻyish talabi qoʻyilgan boʻlsa, har ikki talab alohida nomulkiy talab hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu toifadagi ishlarni koʻrishda sudlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi hujjat (hokim qarori, savdo bayonnomasi, shartnomasi va boshqalar) tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, yer uchastkasiga boʻlgan huquq yuzaga kelganligini tekshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, sudlar huquq yuzaga kelmaganligi asosi bilan huquqni bekor qilish talabini rad etib, yer uchastkasini olib qoʻyish talabini qanoatlantirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori, agar oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish toʻgʻrisida daʼvo berilganda mazkur daʼvo talabi Yer kodeksining 91, 911-moddalariga asosan koʻrib chiqilishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Yer kodeksi 38-moddasining ikkinchi qismiga asosan Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasini kiritishi, basharti nizoli yer uchastkasiga nisbatan yer ijara shartnomasi mavjud boʻlmagan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer kodeksi 36-moddasining beshinchi qismiga binoan ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 13-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, ijara shartnomasi mavjud boʻlib, daʼvo arizasida Yer kodeksi 36-moddasi birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 13-bandlari asos qilinib, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish haqida talab qoʻyilsa, sudlar bunday talabni qanoatlantirish rad etilishi lozimligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Fuqarolik kodeksi 382-moddasining birinchi qismida, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan sudlar inobatga olishlari lozimki, prokuror yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish talabi bilan faqat shartnoma taraflari manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini eʼtiborga olish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi qoida yer ijara shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabga nisbatan tatbiq etilmasligiga eʼtibor qaratilsin.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sudlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan ijara asosida foydalanish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan yer uchastkasi ijara shartnomasini Yer kodeksi 36-moddasi birinchi qismining 6-7-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda daʼvoning asosliligini Fuqarolik kodeksining 384-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi hamda 2024-yil 30-dekabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomlar hamda boshqa nizoga oid normativ huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini tekshirishlari lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Yer kodeksi 242-moddasining yettinchi qismiga koʻra, agar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu sababli sudlar bunday toifadagi ishlarni koʻrishda nizolashilayotgan shartnoma boʻyicha ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ikkilamchi ijaraga berilgan yoki berilmaganligini aniqlashlari, zarur hollarda esa yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga olgan shaxsni ishga ishtirok etishga jalb qilish choralarini koʻrishlari lozim.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni oldi-sotdi, hadya, garov, oʻzboshimchalik bilan tuzilgan almashtirish shartnomalari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartib buzilgan holda tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomalari FKning 116-moddasiga asosan oʻz-oʻzidan haqiqiy emas hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday shartnomalar oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligidan kelib chiqib, Fuqarolik kodeksi 113-moddasining uchinchi qismiga koʻra sudlar oʻz tashabbuslari bilan shartnomaning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashga haqli ekanligini inobatga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Yer kodeksi 24-moddasining oʻn ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkinligi inobatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, sudlar fermer xoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini faqat oʻziga kredit olish uchun garovga qoʻyishga haqli ekanligiga eʼtibor qaratishi lozim.
(27-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari bilan almashtirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sudlarga tushuntirilsinki, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi dastlabki hujjat bekor qilingan yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan boʻlib, biroq nizoli yer uchastkasi amaldagi egasi (foydalanuvchisi)ning huquqni tasdiqlovchi hujjati oʻz kuchida boʻlsa, uni ushbu yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatda sudlar daʼvogarga amaldagi egasi (foydalanuvchisi)ning ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatini nizolashish huquqini tushuntirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va uni yaroqli holatga keltirish soʻralganda, ular bitta talab sifatida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish uni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291. Sudlar oʻzboshimchalik bilan egallab olingan davlat mulkidagi yer uchastkasini qaytarish va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda IPK 2039-moddasi talablariga qatʼiy rioya etishlari shart.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Servitutni belgilashni talab qilgan shaxs va oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori servitut toʻgʻrisida oʻzaro kelisha olmasalar, unda servitut cheklangan tarzda manfaatdor shaxsning daʼvosi boʻyicha sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sudlarning eʼtibori Yer kodeksining 30-moddasiga asosan servitutning muhim sharti bunday huquqni oʻrnatishni talab qilgan yer uchastkasining mulkdori, egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisining oʻzganing uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini oʻrnatmasdan turib, tegishli ehtiyojlarini qondirish imkonsiz ekanligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda, sudlar vakolatli organlarni ishga jalb etish hamda mutaxassisning fikri, tushuntirishlarini olish masalasini muhokama qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Servitut belgilanishi bilan bogʻliq (Yer kodeksi 30-moddasi ikkinchi qismi) xarajatlar daʼvogar zimmasiga yuklatilishi sudlarga tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanmagan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar olinmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab turgan yer uchastkalarini qaytarish va undagi qurilmani buzdirish toʻgʻrisidagi ishlarda kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, sudlar bu toifadagi ishlarni koʻrishda davlat hokimiyati organining daʼvodan voz kechishi qonunchilik hujjatlariga zid kelmasligini aniqlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, Yer kodeksining 911-moddasiga koʻra, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi, shunga koʻra sudlar ularga egalik huquqini belgilash yoki mansabdor shaxslarga bunday majburiyat yuklashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, ushbu toifadagi nizolarni koʻrishda taqdim etilgan hujjatlar bilan cheklanmasdan mutaxassis jalb etilgan (kadastr, arxitektor va boshqa) holda yer maydoni toifasi va taqdim etilgan hujjatlarni haqqoniyligi aniqlash talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Sudlarga tushuntirilsinki, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga asosan olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qiymati yer uchastkasi olib qoʻyilishi tartib-taomili boshlanguniga qadar boʻlgan paytdagi yoki yer uchastkasi olib qoʻyilishi haqidagi xabar koʻchmas mulk obyektining qiymatiga, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarga taʼsir koʻrsatilguniga qadar boʻlgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan faqat mulkdorning yoki huquq egasining huquqlari yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining bozor qiymatini oldindan va toʻliq qoplash majburiyati belgilanganligi sababli ushbu majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, zarar undirish haqidagi talab FK 324-moddasi ikkinchi qismiga asosan qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda hal etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, koʻchmas mulklarni olib qoʻyilishi va buzilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni toʻlashni kechiktirganlik uchun foiz undirish soʻralgan boʻlsa, bunday talab Fuqarolik kodeksining 327-moddasi normasidan kelib chiqib hal etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Sudlar qonunda jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda kompensatsiya yoki zararni undirishda olib qoʻyilayotgan koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati, koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati kompensatsiya qilinishi bilan birga yer uchastkasiga boʻlgan muayyan (Yer kodeksining 17-moddasi) huquqning bozor qiymati ham (ijara huquqi bundan mustasno) alohida-alohida aniqlanishiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Sudlarga tushuntirilsinki, yer uchastkasini ijaraga berish haqida vakolatli organning qarori mavjud boʻlib, ijara shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, yer ijara shartnomasini majburiy tartibda tuzish talabi qoʻyilganda, yer uchastkasi toʻgʻrisida nizo bor yoki yoʻqligini aniqlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Sudlar yerga oid nizolarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qonunchilik hujjatlari buzilgan har bir holat yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yerga oid nizolarni koʻrish jarayonida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, sudlar bu haqda prokurorga xabarnoma yuborishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr organlari yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallanganligi holati boʻyicha kiritgan daʼvo arizalarini koʻrish jarayonida daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqida ariza bilan murojaat etganda, sud ishni koʻrish natijalari boʻyicha Respublika Kadastr agentligiga, prokuratura organlariga xabarnoma yuborish masalasini hal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari yer qonunchiligini qoʻllashga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-son