28.11.2023 yildagi PQ-380-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.11.2023 yildagi PQ-380-son
Date of entry into force
29.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur boʻlgan kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilish hamda shu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning soʻnggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar ishlari agentligi) jahonda mashhur boʻlgan 1000 ta kitobini tanlab olib, oʻzbek tiliga tarjima qilish va mamlakatimizda ommalashtirishga qaratilgan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun masʼul etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, loyiha doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasiga asosan kitoblardan foydalanish huquqini asar mualliflaridan sotib olish, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish, nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (davlat oliy taʼlim muassasalari uchun nashr etiladigan kitoblar bundan mustasno) amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat oliy taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan kitoblar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari kesimida shakllantiriladi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan nashr etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlab olingan nashriyotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat buyurtmalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining kreditlari boʻyicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan umumiy belgilangan shart va qoidalar doirasida kichik tadbirkorlik subyektlari uchun beriladigan kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda jahonda mashhur boʻlgan kitoblar roʻyxatini shakllantirish maqsadida ilm-fan, madaniyat, sanʼat, adabiyot va boshqa sohalarda tajriba va yetuk bilimga ega olimlar hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mutaxassislaridan iborat tarkibda Ekspertlar kengashini tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Yoshlar ishlar agentligi tomonidan Ekspertlar kengashi aʼzolari mehnatiga bozor konyunkturasini hisobga olgan holda shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, jahonga mashhur boʻlgan kitoblarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʻyxati shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʻyxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʻyxat shakllantiriladi hamda Ekspertlar kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra loyiha doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili nashr etiladigan kitoblar roʻyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasiga asosan tarjima qilingan va chop etishga tayyorlangan kitoblarga doir huquqlar Yoshlar ishlari agentligi tasarrufida qoldiriladi hamda ushbu kitoblarni kelgusida nashriyotlar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan chop etish va realizatsiya qilish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bepul asosda taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasiga asosan chop etilgan kitoblar Ekspertlar kengashi tavsiyasiga koʻra Yoshlar ishlari agentligi tomonidan axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalariga begʻaraz taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chop etilgan kitoblarning elektron nusxalari kitobxonlar keng foydalanishi uchun mualliflik huquqi egasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga va Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga begʻaraz taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoshlar ishlari agentligi 2023-2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi jahonda mashhur boʻlgan kitoblarini tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq davlat xaridlari talabgorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlar davlat xaridlarining elektron tizimiga va Yoshlar ishlari agentligining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridiga doir texnik topshiriq “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan, istisno tariqasida, ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yoshlar ishlari agentligi, AT “Xalq banki” va Respublika yosh ijodkorlar kengashi nodavlat notijorat tashkilotining quyidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan AT “Xalq banki” bilan birgalikda oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilovani (keyingi oʻrinlarda — mobil ilova) yaratish va uning doimiy faoliyat yuritishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil ilovani yaratish va uning doimiy faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha Respublika yosh ijodkorlar kengashi nodavlat notijorat tashkilotini buyurtmachi etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil ilovani yaratish bilan bogʻliq xarajatlarni AT “Xalq banki”ning homiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil ilovani yuritish (kontent bilan toʻldirish, shu jumladan audio, video va matn shaklidagi adabiyotlarni tayyorlash, xorijiy va mahalliy mualliflarga mualliflik haqini toʻlash hamda ushbu adabiyotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish) bilan bogʻliq xarajatlarni Yoshlar ishlari agentligi hisobidan Respublika yosh ijodkorlar kengashi nodavlat notijorat tashkilotiga mablagʻ ajratish orqali moliyalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasining yangidan rekonstruksiya qilingan binosida toʻplangan boy kitob fondidan keng foydalanishga imkoniyat yaratish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
volontyorlarni jalb qilgan holda bir oy muddatda Respublika bolalar kutubxonasi kitob fondining elektron katalogini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutubxona tasarrufidagi xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlarni mualliflik huquqlarini inobatga olgan holda oʻzbek tiliga tarjima qilish va targʻib qilish yuzasidan Ekspertlar kengashiga har yili takliflar kiritib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil ilovada bolalar uchun alohida funksional (interaktiv oʻyinlar, virtual kitob javoni kabilar) imkoniyatlar yaratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining murojaatiga asosan jamoat joylarida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlariga qoʻyilgan talablarga muvofiq Respublika bolalar kutubxonasining Wi-Fi tarmogʻining foydalanuvchilarning shaxsini majburiy identifikatsiya qilish tizimiga oʻrnatilgan tartibda ulanishi va foydalanilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Fanlar akademiyasi Yoshlar ishlari agentligining soʻroviga asosan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq mobil ilovaga joylashtirish uchun oʻz fondidagi adabiyotlarning elektron shaklini (nodir va maxsus fondlarda saqlanadigan adabiyotlar bundan mustasno) Yoshlar ishlar agentligiga belgilangan tartibda doimiy ravishda begʻaraz taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi ushbu Jamgʻarma tomonidan chop etilgan Oʻzbek tilining izohli lugʻati va boshqa lugʻatlarni mobil ilovaga joylashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda begʻaraz taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yoshlar ishlari agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor nodavlat telekanallar bilan hamkorlikda kitobxonlikni targʻib qilishga qaratilgan media mahsulotlarni tayyorlasin va ularning efirga uzatilishini taʼminlasin hamda faol kitobxonlarni doimiy ragʻbatlantirib borish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasida nashriyotlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan va ommalashtirishga tayyorlanayotgan kitoblar qonunchilikka muvofiq tegishli ekspertizalardan oʻtkazilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tarjima qilinadigan asarlarning mualliflik huquqini sotib olishga doir hujjatlarni mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsulliklari orqali rasmiylashtirishda Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasida Yoshlar ishlar agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq 2023-yilda jahonda mashhur boʻlgan kitoblarini oʻzbek tiliga tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan ushbu qarorning 3, 6, 8, 12-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun Davlat budjeti daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga qoʻshimcha 20 milliard soʻm ajratsin hamda kelgusi yillarda ushbu maqsadlar uchun mablagʻlarning Davlat budjetida nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yildan boshlab har yili hududlardagi axborot-kutubxona muassasalarining fondlarini toʻldirish, yangilash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Davlat budjeti hamda mahalliy budjetlarda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yildan boshlab Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish maqsadlari uchun Davlat budjetida zarur boʻlgan mablagʻlarning nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy tajribani oʻrgangan holda, namuna sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan axborot-kutubxona muassasasida adabiyotlar hisobini yuritish, ularni saqlash va raqamlashtirish, aholiga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-380-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 07/23/380/0904-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)