Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2004 07.04.2000 yildagi 130-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.04.2000 yildagi 130-son
Date of entry into force
07.04.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

SANOATDA VA KONChILIKDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh AGENTLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevraldagi PF-2535-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi tizimi shtatdagi xodimlarining cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 240 kishidan, shu jumladan, markaziy apparatniki 19 kishidan iborat etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini bosh direktor boshqaradi, u maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, uning o‘rinbosari esa vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikni, uning tasarrufidagi organlar va tashkilotlarni mablag‘ bilan joriy ta’minlash Davlat budjeti va xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar mablag‘lari, shuningdek, Agentlik xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning o‘z faoliyatidan oladigan daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi bosh direktoriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir nafar o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 5 kishidan iborat hay’at bo‘lishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-band, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xat boshilari hamda 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 va 5-bandlardagi “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasiga ko‘rsatmalar “Sanoatkontexnazorat” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 7-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qaroriga
1-ILOVA

Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining

TAShKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Agentlikning markaziy apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Rahbariyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xavfli ishlab chiqarishlar hamda obyektlarni ekspertizadan o‘tkazish va baholash bo‘limi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Texnika boshqarmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliya-iqtisodiyot bo‘limi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dispetcherlik xizmati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kanselyariya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tarmoq inspeksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi, shu jumladan uning doimiy joylashgan davlat inspektorlari mintaqaviy guruhlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Angren kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— G‘arbiy O‘zbekiston mintaqaviy kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Qizilqum mintaqaviy kon-texnika inspeksiyasi*;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Toshkent kon-texnika inspeksiyasi*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Neft va gaz sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi, shu jumladan uning doimiy joylashgan davlat inspektorlari mintaqaviy guruhlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Janubiy O‘zbekiston mintaqaviy kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Sharqiy O‘zbekiston kon-texnika inspeksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kimyo, metallurgiya, neft-gazni qayta ishlash sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi, shu jumladan uning doimiy joylashgan davlat inspektorlari mintaqaviy guruhlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Farg‘ona kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Navoiy kon-texnika inspeksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Gazni nazorat qilish inspeksiyasi, shu jumladan uning doimiy joylashgan davlat inspektorlari mintaqaviy guruhlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Qoraqalpog‘iston kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Surxondaryo kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Jizzax kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Sirdaryo kon-texnika inspeksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bug‘qozonlarni va ko‘tarish inshootlarini nazorat qilish inspeksiyasi, shu jumladan uning doimiy joylashgan davlat inspektorlari mintaqaviy guruhlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Xorazm kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Buxoro kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Namangan kon-texnika inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Temir yo‘l kon-texnika inspeksiyasi**
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Geologiya-qidiruv ishlarini nazorat qilish inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Atomni nazorat qilish inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Neft mahsulotlarini tashish va saqlashni nazorat qilish inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xavfli yuklarni tashish sharoitlarini nazorat qilish inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yer osti boyliklarini muhofaza qilishni, mineral xomashyoni qayta ishlashni nazorat qilish va geologiya-marksheyderlik nazorati inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Donni saqlash va qayta ishlash texnologik jarayoniga rioya etilishini nazorat qilish inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kimyoviy, bakteriologik va toksik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bo‘limining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Infratuzilma bo‘linmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Laboratoriya” kichik korxonasi ***
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Kontexnazorato'guv” ilmiy-texnika markazi***
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sertifikatsiya markazi***
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi****
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*) Xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan shtatsiz inspektorlar guruhi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**) “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hisobidan ta’minlanadi.
(1-ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-noyabrdagi 434-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 21-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***) Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
****) Xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qaroriga
1a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qaroriga
2-ILOVA

Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NI3OM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi — “Sanoatkontexnazorat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning xavfsizlik texnikasi, nazorat ostidagi obyektlarning texnik xavfsizligi, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan muvofiqlashtiradi, xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik respublika davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda, ishlarni bajaruvchilarning xavfsizlik texnikasi va, nazorat ostidagi ehtimol tutilgan xavfli ishlab chiqarishlarning, yuqori darajada xatarli obyektlarning xavfsizlik texnikasi, sanoat yo‘li bilan va tajriba-sanoat jihatdan ishlashga, mineral xomashyoni qayta ishlashga va metallurgiya jihatidan saralash berilgan konlarda yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, shuningdek ularning bajarilishini davlat yo‘li bilan nazorat qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda o‘z nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar, uskunalar va ehtimol tutilgan xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya obyektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borishga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga va mineral xomashyoni metallurgiya jihatdan saralashga oid qonun hujjatlari va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtimol tutilgan xavfli ishlab chiqarishlarning (mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar) xavfsizlik texnikasiga doir me’yoriy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlariga tezkor va uslubiy rahbarlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ko‘mir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv tashkilotlarida, magistral neft-gaz va ularning mahsulotlarini uzatish quvurlaridagi ishlarda, ishlab chiqarish jarayonida gazdan foydalanishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan don saqlovchi hamda uni qayta ishlovchi (tayyor mahsulot chiqaruvchi) obyektlarda, yer osti transporti va gidrotexnika qurilishlarini olib borishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlari bo‘lgan qurilishlar va boshqa tarmoqlarning o‘ta xavfli obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tayyorlovchi korxonalarda portlovchi moddalar va portlatuvchi vositalar ishlab chiqarish, tarkibida ionlovchi nurlanish manbalari bo‘lgan sanoatda ishlatiladigan portlovchi metariallarni saqlash, foydalanish va hisobga olish, shuningdek, iste’molchi korxonalarda eng oddiy va suvli portlovchi moddalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xavfliligi ehtimol tutilgan sanoat ishlab chiqarishlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tayyorlash va qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) gaz, neft va ularning mahsulotlari uzatiladigan magistral quvurlarni, shaharlar va aholi yashash joylarini gaz bilan ta’minlash tizimlarini, shuningdek neft mahsulotlarini, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va foydalanish bilan bog‘liq obyektlarni loyihalash, qurish, foydalanish va uzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan o‘z nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar va obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanish va tuzatish ishlarining xavfsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) radioaktiv materiallar va rudalarni tashish, saqlash, foydalanish va ko‘mish, qazib olish va qayta ishlashda (vakolatiga ko‘ra), yadro obyektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi boshqa obyektlarning radiatsiya xavfsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) bosim ostida ishlaydigan ko‘tarish inshootlari, bug‘ va suv isitish qozonlari, idishlar, bug‘ va issiq suv uchun suv quvurlari ishlab chiqarish, o‘rnatish, tayyorlash, montaj qilish, tuzatish, shuningdek, Agentlik nazorati ostidagi boshqa obyektlardan xavfsiz foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) o‘z vakolatlari doirasida xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashish shartlarini bajarish;
(5-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari, talablari va qoidalariga rioya qilinishi (kon sanoati korxonalarini loyihalash, foydali qazilmalarning zaxiralari harakatini hisobga olish va hisobdan chiqarish, yer osti boyliklarini qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash me’yorlari, mineral va termal suvlarni kamayib ketishdan va ifloslanishdan muhofaza qilish, kon ishlariga geologiya-marksheyder xizmati ko‘rsatish qismi bo‘yicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) o‘z nazorati ostidagi obyektlarning qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va qayta jihozlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) ishlab chiqarishlarni portlash, portlash-yong‘in xavfi chiqishiga ko‘ra tegishli toifalarga kiritishning to‘g‘riligi va ishlab chiqarishlarni bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tkazishning to‘g‘riligi, shuningdek qo‘llaniladigan uskunalarning portlash xavfi bo‘lgan qorishmalar toifalari va guruhlariga hamda portlash xavfi bo‘lgan zonalar klassiga muvofiq kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) o‘z nazorati ostidagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi va o‘tkazilishi va korxonalarning, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari, fontanga qarshi bo‘linmalar, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining ehtimol tutilgan avariyalar va ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi, shuningdek, ko‘rsatilgan bo‘linmalarning joylashish sxemasini kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) xavfsizlik texnikasi masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlar bajarilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sanoatda ishlarni bexatar olib borish, uskunalar tuzilishi va ishlatilishi, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanish va saqlash, mineral xomashyoni qayta ishlash hamda metallurgiya jihatidan qayta ishlash talablaridan iborat bo‘lgan respublika standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlik vakolatiga kiruvchi alohida ish tartibda ruxsatnoma beradi va uni bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar va obyektlarni tugatish va konservatsiyalashda yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilma konlarini ishga tushirishda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va xalq xo‘jaligida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari ro‘yxatidan chiqaradi va sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyingi geologiya-qidiruv ishlarida va konlarni qazishda tasdiqlanmagan zaxiralarni hisobdan chiqarish uchun xulosalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) kon sanoati va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalarini, ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashtirilishi me’yorlarini kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) shaxtalar (konlar)ning bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilishini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) gaz nazorati obyektlarini, bosim ostida ishlovchi bug‘ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) turar joylardagi maishiy gaz asboblarini ishlatuvchi korxonalar hamda kommunal-maishiy korxonalar gaz uskunalarini ishlatuvchi va ushbu asboblarning texnik ahvolini va ulardan xavfsiz foydalanishni nazorat qiluvchi xizmatlarning ishiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) o‘z nazorati ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) sanoatda, kon nazoratida, yer osti boyliklarini ishlarida ishlarni bexatar olib borish talablariga va ilmiy tadqiqotlarning o‘ta xavfli ishlab chiqarishlar va obyektlar loyihalarining tasdiqlangan texnologiyalarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) tegishli o‘quv muassasalarida mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini tuzishda va kelishib olishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) o‘z nazorati ostidagi obyektlar xodimlarini tayyorlash va ushbu obyektlarda ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha ularning bilimlarini tekshirish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) Zaxiralar bo‘yicha markaziy komissiya tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) O‘zbekiston Respublikasi Zaxiralar bo‘yicha markaziy komissiyasi tarkibiga kiritish uchun o‘z vakillarini ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) Agentlik organlari nazorati ostidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligi jihatidan xorijiy texnologiyalarni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida ekspert xulosasini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) qonunchilikka muvofiq xavfli yuklar va portlovchi moddalar tranziti chog‘ida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qaroriga asosan “t” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlikka quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan korxonalar va obyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar bilan kelishgan holda ko‘rsatilgan tekshirishlarni o‘tkazish uchun mutaxassislarni, ish joyida ish haqini saqlagan va xizmat safari xarajatlarini Agentlik mablag‘lari hisobidan to‘lagan holda, jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘z nazorati ostidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek Agentlik nazorati ostidagi obyektlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishga oid qoidalar va normalar buzilganda ularni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majbur buyruqlar, qarorlar chiqarish, zarur hollarda Agentlik boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yoki ular kelishgan holda qarorlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xavfsizlik va yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari normalari buzilgan xolda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatish, shuningdek odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holati vujudga kelganda ularni ish joylaridan chiqarish, ish joylarini yoki uskunalarni muhrlab qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilishga oid qoidalar, normalar va yo‘riqnomalarni buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) o‘z nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar uchun xodimlar tayyorlovchi kurslarni, shuningdek kon va portlatish ishlari olib borilishiga javob berish huquqi beriladigan mutaxassislar tayyorlovchi kurslarni tashkil etish, o‘ta xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorlanadigan shaxslardan imtihon olish va ularga tegishli guvohnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) o‘z nazorati ostidagi obyektlarda mutaxassislarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologik reglamentlarni va ishchilarining mehnatini muhofaza qilish yo‘riqnomalarini bilishlarini tekshirish o‘z nazorati ostidagi korxonalarning rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining xavfsizlik qoidalari va normalarini bilishlarini tekshirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) o‘z nazorati ostidagi korxonalar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlariga ishlarni bexatar olib borish va yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari, yo‘riqnomalari va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar talablarini buzuvchi shaxslarni belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan bo‘shatish yoki ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum etish to‘g‘risida taqdimnoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) avariyalarning holatlari va sabablarini, ishlab chiqarish jarohati, portlovchi materiallarning yo‘qolishi holatlarini belgilangan tartibda texnik jihatdan tekshirish natijalari yuzasidan Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalarga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) zarur hollarda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, ish bajariladigan muhit va atrof tabiiy muhit tahlillari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi o‘tkazilishini tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) tayyorlovchi zavodlarda va tuzatish korxonalarida o‘z nazorati ostidagi sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalarning xavfsizlik qoidalari va normalari talablariga muvofiqligini tekshirish, standartlar, xavfsizlik qoidalari va normalari hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari talablariga muvofiq kelmagan hollarda ularni chiqarishni to‘xtatib qo‘yish va qo‘llashni man etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvining boshqa organlaridan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalardan va fuqarolardan Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) mansabdor shaxslarda va fuqarolarda ishlarni bajarish va ularning bajarilishiga texnik rahbarlik qilish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar borligini, shuningdek o‘ta xavflilik bilan bog‘liq ishlar uchun maxsus belgilangan talablarga rioya qilinishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) ishlarning xavfsizligini ta’minlash va yer osti boyliklarini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik, ekspert va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik organlari xodimlari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy shaxsni sug‘urta qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar Agentlik inspektorlarini xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, belgilangan vazifalarni bajarish uchun transport bilan ta’minlashga majburdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek doimiy joylashgan inspektorlarga kommunal xizmatlar ko‘rsatiladigan, telefon aloqasi bo‘lgan turar joy ajratishda ko‘maklashishga, maktabgacha tarbiya bolalar va sanatoriy-kurort muassasalarida joy berishga, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy-maishiy ta’minot masalalarini hal qilishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlikning mansabdor shaxslari yuklangan vazifalarning bajarilishi va mazkur Nizomda belgilangan funksiyalar amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan o‘rinbosari bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, o‘rinbosar esa — tegishlicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik bosh direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka va unga qarashli organlar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlarining avariyaga uchragan odamlarni qutqarishga, yuz berayotgan avariyalarni bartaraf etishga va korxonalarda avariya-texnika ishlarini bajarishga tayyorligini ta’minlash bo‘yicha harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari shtabi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida Agentlik boshqaruvi apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish jamg‘armasi Kengashiga boshchilik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlaydi, Agentlikning harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari to‘g‘risidagi Nizom bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlikda tarkibida Agentlik bosh direktori (hay’at raisi), lavozimi bo‘yicha uning o‘rinbosari, shuningdek Agentlikning boshqa rahbar xodimlari bo‘lgan 5 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at muntazam o‘tkaziladigan o‘z majlislarida ishlarning bexatar olib borilishi ustidan davlat nazoratini takomillashtirish, o‘ziga qarashli tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish, qarorlarining bajarilishini tekshirish, kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqadi, o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘ziga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hay’at qarorlari, qoidaga ko‘ra, Agentlik buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Bosh direktor bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, bosh direktor vujudga kelgan har xil fikrlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib, o‘z qarorini hayotga joriy etadi. Hay’at a’zolari, o‘z navbatida, o‘z fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Iqtisodiyot tarmoqlarida portlovchi moddalardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun Agentlik huzurida bosh direktor boshchilik qiladigan portlatish ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlatish ishlari bo‘yicha idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi va uning to‘g‘risidagi Nizom tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlikka yuklangan nazorat funksiyalari Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari — tarmoq inspeksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda bosh direktorning buyrug‘i bilan davlat bosh inspektorlari boshchilik qiladigan doimiy joylashgan mintaqaviy davlat inspektorlari guruhlari tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspektorlar tarkibiga va Agentlik organlari xodimlariga belgilangan tartibda farqlash belgilari bo‘lgan kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tarmoq inspeksiyalari va davlat inspektorlari mintaqaviy guruhlari rahbarlari, shu jumladan harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi boshlig‘i Agentlik hay’ati qarori bilan tasdiqlanadilar, keyinchalik Agentlik bosh direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agentlik Agentlik tomonidan tasdiqlangan nizomga binoan ishlaydigan va sarf-xarajatlari o‘z nazorati ostidagi korxonalar va tashkilotlar mablag‘lari hisobiga qoplanadigan shtatdan tashqari inspektorlar tarmog‘ini tashkil etadi. Shtatdan tashqari inspektorlar lavozimga Agentlik bosh direktorining taqdimnomasi bo‘yicha tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agentlikni va uning tasarrufidagi organlar va tashkilotlarni mablag‘ bilan ta’minlash Davlat budjeti va xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar mablag‘lari, shuningdek Agentlik xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarining o‘z faoliyatidan oladigan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerb tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish jamg‘armasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlarning bexatar olib borilishi va yer osti boyliklarini muhofaza qilishning ahvoli ustidan davlat nazorati samaradorligini oshirish, xavfsizlik texnikasi mutaxassislari va inspektorlar tarkibi malakasini oshirish, hisoblash texnikasi negizida mehnatni avtomatlashtirish va Agentlik tizimida aloqa vositalarini rivojlantirish, xodimlar va shtatsiz inspektorlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq Agentlik tomonidan solinadigan jarimalar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar, xayriya tashkilotlari va jamg‘armalarining ulush qo‘shish sifatidagi mablag‘lari va ixtiyoriy badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlamagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma mablag‘laridan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish normalari va qoidalarining buzilishi tufayli kelib chiqqan salbiy oqibatlarni kompensatsiya qilish yoki ularning oldini olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik texnikasi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha texnika va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha texnika va texnologiyalarni, tizimlarni, priborlar va asbob-uskunalarni yaratish va takomillashtirishga doir ilmiy-tadqiqot, loyihalash-qidiruv, tajriba-konstruktorlik ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligi texnikasi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy dasturlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar, respublika standartlari, norma va qoidalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik texnikasi, mehnatni va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajribani targ‘ib qilish, Agentlik tizimi va korxonalar xodimlari bilimlarini oshirish, ko‘riklar, tanlovlar, konferensiyalar o‘tkazish, reklamalar tashkil etish, noshirlik faoliyatni amalga oshirish, yakka tartibdagi himoya vositalari, xavfsizlik priborlari va qurilmalari ko‘rgazmalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik texnikasi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tashkilotlari tomonidan mehnat xavfsizligi texnikasi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘arma rahbarlik qilish, uning ishlarini tashkil etish va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Agentlik bosh direktori boshqaradigan Jamg‘arma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma kengashi tarkibiga Agentlik tizimi xodimlari, mehnat xavfsizligi texnikasi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasidagi taniqli olimlar, yirik mutaxassislar, jamoat tashkilotlari vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish jamg‘armasi kengashining shaxsiy tarkibi Agentlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma kengashi jamoatchilik asosida ishlaydi va Jamg‘arma ishlarining muhim masalalari, Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, xavfsizlik texnikasi mablag‘ bilan ta’minlashning eng maqsadga muvofiq shakllari va shartlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiluvchi kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma mablag‘lari maxsus bank hisob raqamida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘arma mablag‘laridan Jamg‘arma kengashi tomonidan ishlab chiqiladigan va Agentlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturga muvofiq foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larining 15 foizgacha miqdori ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, jarohatlanish va avariya hollarini kamaytirishda yuqori natijalarga erishgan Agentlik tizimi xodimlarini mukofotlash va taqdirlash uchun foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi, kelgusi yilga o‘tkaziladi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi Jamg‘arma mablag‘larining foydalanilishi to‘g‘risida har yili bir marta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.