20.11.2023 yildagi 609-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.11.2023 yildagi 609-son
Date of entry into force
21.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq jamoat xavfsizligini taʼminlashda ovchilar jamoat birlashmalarining oʻrnini kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmonida jamoat xavfsizligini taʼminlashda ovchilar jamoat birlashmalarining rolini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ovchilar jamoat birlashmalarining jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida tegishli davlat organlariga koʻmaklashish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyatini tashkil etishda zamonaviy uslublarni joriy etsin, bunda quyidagi asosiy yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklari va ularga tutash boshqa hududlarda shubha uygʻotuvchi shaxslarning boʻlishini, ular tomonidan qurol-aslaha, giyohvandlik vositalari, boshqa taqiqlangan ashyolarni olib oʻtish yoki yashirib qoʻyish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha vakolatli davlat organlariga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatni yanada kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni ov quroli bilan muomalada boʻlish va undan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportning harbiy-amaliy turlarini (stendga oʻq otish, ovchilik biatloni) rivojlantirishda, ushbu sport turlari bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani yaratishda, shuningdek, ovchilik-sport klublari tizimini shakllantirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportning oʻq otish turlari boʻyicha iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tayyorlash hamda oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etishda sport tashkilotlariga yaqindan koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik nazorati jamoatchi inspektori faoliyatini tashkil etish tartibi, ovchilik nazorati jamoatchi inspektorlari tarkibini shakllantirish mezonlari va ovchilik nazorati jamoatchi inspektorining vakolatli davlat organlariga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha maxsus qisqa muddatli oʻquv kurslariga qabulni tashkil etish hamda oʻquv yuklamasi hajmini belgilash, oʻquv kurslarida oʻquv jarayonini tashkil etish va yakuniy imtihonlarni oʻtkazish hamda oʻquv kurslarini tamomlagani toʻgʻrisida guvohnomalar berish va ularning reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda ushbu qarorning tegishliligi boʻyicha talablarini amalga oshirish mexanizmini belgilaydigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va uning sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda uning mintaqaviy tuzilmalari bilan birgalikda ovchilik xoʻjaliklari hududida qoʻshma reydlar va boshqa profilaktika tadbirlarini tajribali havaskor ovchilarni jalb etgan holda doimiy ravishda oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
609-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 609-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Namunaviy nizom hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda ovchilar jamoat birlashmalariga aʼzo boʻlgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda — jamoatchi inspektorlar) jamoatchilik asosida ishtirokini tashkil etish tartibini, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Namunaviy nizom qoidalari ovchilar jamoat birlashmalari boʻlmagan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamoatchi inspektorlarning faoliyati belgilangan tartibda adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamoatchi inspektorlar soni ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladigan ovchilik xoʻjaliklari soni va ularning maydoniga, chegaraoldi mintaqasida va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joylashuvidan (agar ularning muhofaza rejimida ov qilish nazarda tutilgan boʻlsa) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi mezonlarga asosan ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan jamoatchi inspektorlar guruhi tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchi inspektorlar tarkibi, birinchi navbatda, ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladigan ovchilik xoʻjaliklari shtatida egerlar yoki boshqa shtatdagi ov mutaxassislari mavjud boʻlmagan yoki yetishmaydigan ovchilik xoʻjaliklarida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchi inspektor vazifalarini bajarish fuqaroni ovchilar jamoat birlashmasiga aʼzolikka doir majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchi inspektorlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovchilar jamoat birlashmalari aʼzolari jamoatchi inspektor vazifasini bajarishga faqat ish joyidan boʻsh vaqtlarida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamoatchi inspektorlar tarkibi ov qilish qoidalarini, shu jumladan, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini, boʻlish va urchish joylarini, ularning koʻchib oʻtish yoʻllarini muhofaza qilish, ov qilish uchun ruxsat etilgan hamda taqiqlangan joylarni, yovvoyi hayvonlarning turlarini hamda ov qurollari va usullarini, ov qilish uchun belgilangan muddatlarni, ovlangan yovvoyi hayvonlar va ularning yashash faoliyati mahsulotlari hisobini yuritish tartibini, hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini, shuningdek, ovchilik xoʻjaliklari va ularga tutashgan hududlarni yaxshi biladigan, intizomli, tashkilotchilik, kuchli iroda, topqirlik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega ovchilar jamoat birlashmalari aʼzolaridan ixtiyoriylik tamoyili asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamoatchi inspektor boʻlish istagini bildirgan ovchilar jamoat birlashmasi aʼzosi ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va uning huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (ov qilish joylari oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda joylashgan boʻlsa) hamda hududiy ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokidagi yigʻilishda ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Bunda arizani koʻrib chiqish natijalari bayon shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodi maʼqullangan fuqaroga ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi yigʻilishi bayoniga muvofiq ovchilar jamoat birlashmasi rahbarining buyrugʻi bilan ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha uch yil muddatga jamoatchi inspektor guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamoatchi inspektor guvohnomasi tartib raqamiga ega boʻladi, ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan ushbu Namunaviy nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladigan alohida hisobga olish jurnalida qayd etiladi hamda guvohnoma oluvchiga jurnalga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda guvohnoma raqami hisobga olish jurnalidagi tartib raqamga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish jurnali ovchilar jamoat birlashmasi rahbariga shaxsan biriktirilgan maxsus seyfda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish jurnali belgilangan namunaga mos, qattiq jild bilan muqovalangan hamda varaqlari raqamlangan, tikilgan, ovchilar jamoat birlashmasi rahbari imzosi va muhri bilan, varaqlari va uning yuritilishi boshlangan sanasi koʻrsatilgan holda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamoatchi inspektorlarning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar jamoatchi inspektorlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklarida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini oʻrganib borish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan tabiatni muhofaza qilish davlat organlari hamda ovchilar jamoat birlashmasini xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklarida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlash, qonunga xilof ravishda ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish boʻyicha tabiatni muhofaza qilishga masʼul inspektorlar tomonidan oʻtkazilayotgan patrullik reydlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklari, birinchi navbatda, chegaraoldi mintaqalarida va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda ularga tutash hududlarda joylashgan notanish, shubha uygʻotuvchi shaxslarning paydo boʻlishi, qurol-aslahani, oʻq-dorilarni, giyohvandlik vositalarini, boshqa taqiqlangan ashyolarni olib oʻtish yoki yashirib qoʻyish, jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan yoki tahdid solishi mumkin boʻlgan oʻzga holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ovchilik xoʻjaliklari hududida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklari hududida tabiiy ofatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfi tugʻilganda vakolatli davlat organlarini, ovchilik xoʻjaliklari xodimlarini va aholini oʻz vaqtida xabardor qilishda va ushbu holatlarni bartaraf etishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarda atrof tabiiy muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishda, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish va ommalashtirish ishlarini amalga oshirishda, tabiatni muhofaza qilishga doir tanlovlar, koʻrgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamoatchi inspektorlar oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklari hududida boʻlib turgan shaxslar tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish qoidalariga rioya etilishini bevosita kuzatish, aniqlangan holatlar boʻyicha belgilangan tartibda maʼlumotnomalar va axborotlar toʻplash hamda vakolatli davlat organlariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaligi hududini aylanib chiqish (patrullik qilish), huquqbuzarlik holatlarini aniqlash va rasmiylashtirish uchun xizmat hayvonlari va transport vositalaridan, videokuzatuv hamda kuzatuvning boshqa texnik vositalaridan foydalanish, yuklangan vazifalarni maxsus kiyim-boshda (formada) bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklaridan, tabiatni muhofaza qilish organlaridan hamda ovchilik xoʻjaligi hududida boʻlib turgan shaxslardan yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ovchilik xoʻjaliklari hududida oʻtkazilayotgan inspektorlik reydlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, huquqbuzarliklar holatlariga aniqlik kiritishda va ularni rasmiylashtirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklari hududida aniqlangan huquqbuzarliklar, shubhali holatlar va shubha uygʻotuvchi shaxslar xususida vakolatli davlat organlariga axborot berish va maʼlumotlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining tabiatni muhofaza qilishga doir madaniyati va bilimini oshirish ishlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga oid faoliyat boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish va yaxshilash yuzasidan ovchilar jamoat birlashmasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim jamoat tadbirlarida faol ishtirok etish va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan oqilona foydalanishga oid talablar buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish, aybdorlarni javobgarlikka tortishda koʻmaklashgani uchun davlat organlaridan, ovchilar jamoat birlashmalari yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlaridan mukofotlar olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchi inspektorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamoatchi inspektorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, ushbu Nizom va ovchilar jamoat birlashmasi ustavining talablariga amal qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalar doirasida tabiatni muhofaza qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga amaliy yordam koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklari faoliyatiga aralashmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik nazorati jamoatchi inspektori guvohnomasini oʻzining yonida olib yurishi va ovchilik xoʻjaliklari hududida boʻlayotgan shaxslarning talabi boʻyicha taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga ishonib topshirilgan texnik vositalarni, maxsus kiyim-bosh (forma) va boshqa mol-mulkni ehtiyot qilishi hamda ularni soz holatda saqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalari hamda ovchilar jamoat birlashmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida jamoatchi inspektorlar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamoatchi inspektorlar oʻz faoliyatini ovchilar jamoat birlashmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejalarda jamoatchi inspektorlarga biriktirilgan hududlarning nomi va aniq chegaralari, ularni aylanib chiqish (patrullik qilish) tartibi va davomiyligi, yuzaga kelayotgan vaziyatni kuzatib borish bilan bogʻliq boʻlgan asosiy hamda alohida vazifalar, ovchilar jamoat birlashmasi, tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari bilan axborot almashinuvini taʼminlash qoidalari, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berish tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamoatchi inspektorlarni oʻqitish, faoliyatini amalga oshirish davomida ularga yoʻriqnoma oʻtkazish va vazifalarni belgilash ovchilar jamoat birlashmasi rahbari, zaruratga koʻra esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchi inspektorlar zimmasiga ushbu Namunaviy nizomda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan vazifalarni yuklash yoki topshiriqlar berish, ularni davlat sirlarini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamoatchi inspektorlar davlat organlari va ovchilar jamoat birlashmalari yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamoatchi inspektorlar faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratish, ularni oʻqitish va malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar ovchilar jamoat birlashmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamoatchi inspektorlar oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan maxsus kiyim-bosh (forma) bilan bepul taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus kiyim-bosh (forma) namunalari ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamoatchi inspektorlarga yuklangan vazifalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan xizmat hayvonlari, transport va aloqa vositalari, videokuzatuv hamda kuzatuvning boshqa texnik vositalari vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamoatchi inspektor guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki amal qilishini tugatish ushbu guvohnomani berishga doir umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamoatchi inspektor guvohnomasining amal qilish muddati jamoatchi inspektorning arizasi asosida uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamoatchi inspektor guvohnomasi amal qilishini tugatishga quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchi inspektorning arizasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchi inspektor unga yuklangan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoki uning faoliyatida qonunchilik hujjatlariga zid xatti-harakatlar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchi inspektor sud tomonidan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlik) sodir etganlikda aybdor deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchi inspektor ovchilar jamoat birlashmasining ustavi talablarini qoʻpol ravishda buzganda yoki ovchilar jamoat birlashmasi aʼzoligidan chiqarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchi inspektorga ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganda yoki bekor qilinganda, agar uning jamoatchi inspektor majburiyatlarini bajarishi ov quroli bilan bevosita bogʻliq boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amal qilishi tugatilgan guvohnoma jamoatchi inspektor tomonidan uch kun muddat ichida uni bergan ovchilar jamoat birlashmasiga qaytarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan beriladigan ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShAKLI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning muqovasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OVCHILIK NAZORATINING

JAMOATCHI INSPEKTORI

GUVOHNOMA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(maʼmuriy-hududiy birlik va ovchilar jamoat

Guvohnomaning amal qilish muddati:

birlashmasi nomi)

20___ yil “____” __________ gacha uzaytirildi.

______________________________________

Ovchilar jamoat birlashmasi

GUVOHNOMA № 0000

m.oʻ

rahbari _______ ____________

________(imzo)______(F.I.O.)

fotosurat

30 x 40 mm

(F.I.O.)

OVCHILIK NAZORATINING

JAMOATCHI INSPEKTORI

Guvohnomaning amal qilish muddati:

Berildi: 20__ yil “___”_________ da

20___ yil “____”__________ gacha uzaytirildi.

Amal qilish muddati:

20__ yil “___” _________ gacha

Ovchilar jamoat birlashmasi

m.oʻ.

Ovchilar jamoat birlashmasi

m.oʻ.

rahbari _______ ___________

rahbari _______ ____________

________(imzo)______(F.I.O.)

________(imzo)______(F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Guvohnoma muqovasi toʻq yashil rangli boʻlib, 60 x 90 mm kattalikda charm yoki charm oʻrnini bosuvchi materialdan tayyorlanadi. Ichki har yarim qismining oʻlchami — 60 x 85 mm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Guvohnoma blankasi 60 x 85 mm hajmga, har yarim qismi och sargʻish rangdagi himoya qiluvchi setkaga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori guvohnomasining berilishini va qaytarilishini hisobga olish

JURNALI

(ovchilar jamoat birlashmasining nomi)

T/r

Guvohnomaning tartib raqami

Guvohnoma egasining va uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi

Amal qilish muddati

Guvohnoma egasining fotosurati

Olingan sanasi, olganlik toʻgʻrisidagi imzo

Qaytarish sanasi, qaytarilgan guvohnoma egasining imzosi

Yoʻq qilinishi toʻgʻrisida belgi

(dalolatnoma sanasi va tartib raqami)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 609-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Ushbu Nizom fuqaroviy ov qurolini olish uchun birinchi marta ruxsatnoma olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va ularda oʻqitish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol — tuzilishiga koʻra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek, tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) — ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan fuqarolarni hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ov qilish, qurol bilan muomalada boʻlish va undan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha tashkil etiladigan huquqiy-nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlari majmuasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchi — qurol olishga birinchi marta ruxsatnoma olayotgan, oʻquv kurslarida oʻqish uchun toʻlov summasini toʻlagan va oʻquv kurslariga qabul qilingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
instruktor — oʻquv kurslarida tinglovchilarni oʻqitadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida tinglovchi kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi sertifikatni olgan, ovchilar jamoat birlashmasi shtatidagi xodim, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmasi xodimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma — qurolni olishga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organiga murojaat qilish huquqini beruvchi, tinglovchining oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻq otish stendi — sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazishga, shuningdek, koʻngilochar maqsadlarda silliq stvolli oʻqotar ov hamda silliq stvolli oʻqotar sport qurolidan uchar nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tir — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq yigʻinlari va oʻquv oʻq otish mashqlarini oʻtkazishga, qurolni tekshirishga, shuningdek, koʻngilochar maqsadlarda fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolidan, pnevmatik ov qurolidan, pnevmatik sport qurolidan, sport uloqtirish qurolidan harakatlanmaydigan hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻq otish maydoni — bir necha tir va (yoki) oʻq otish stendlaridan tashkil topgan majmua.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom qoidalari qurolni olishga birinchi marta ruxsatnoma olayotgan fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolni ikkinchi va undan koʻp marta olishga, shuningdek, qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga doir ruxsatnomalarni olayotgan fuqarolarning oʻquv kurslarida oʻqishi tavsiyaviy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tigʻli sovuq (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar) qurolni olayotgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
signal beruvchi ov qurolini, sport qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni olishga doir ruxsatnomalarni olayotgan fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomalarini olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquv kurslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol va uning oʻq-dorilari muomalasiga doir qonunchilik hujjatlari talablarini, ovchilarning huquq va majburiyatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ov qilish qoidalarini, shu jumladan, atrof-muhitni, yovvoyi hayvonlar yashash muhitini, boʻlish va urchish joylarini, ularning koʻchib oʻtish yoʻllarini muhofaza qilish, ov qilish uchun ruxsat etilgan va taqiqlangan joylarni, yovvoyi hayvonlarning turlarini hamda ov qurollari va usullarini, ov qilish uchun belgilangan muddatlarni, ovlangan yovvoyi hayvonlar va ularning yashash faoliyati mahsulotlarining hisobini yuritish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol bilan muomalada boʻlish, ov qilish va baliq ovlash, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish uchun javobgarlik choralarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalaniladigan qurol va uning oʻq-dorilari asosiy turlarini, ularning taktik va texnik tavsiflarini hamda ballistik xususiyatlarini, ularni saqlash, tashish, olib yurish va ulardan foydalanish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurolni oʻqlashda, tozalashda, qoʻllashda, qurol bilan boshqa shakllarda muomala qilishda shaxsiy, atrofdagilarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash hamda yongʻinga qarshi choralarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqdan yaralanganda va boshqa turdagi tan jarohatlarining asosiy turlari boʻyicha birlamchi shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish asoslarini oʻzlashtirib olish uchun zarur boʻlgan mustahkam va yetarli hajmda bilimlarni hamda amaliy koʻnikmalarni hosil qilish maqsadlarida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilariga doir qismda — ovchilar jamoat birlashmasi shtatidagi xodimlari tarkibidan tayyorlangan instruktorlar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilariga doir qismda — ichki ishlar organlari nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmasi xodimlari tarkibidan tayyorlangan instruktorlar tomonidan oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tomonidan instruktorlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayoni doirasidagi alohida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, ovchilar jamoat birlashmasi, Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning malakali xodimlari va tajribali mutaxassislari kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻquv kurslarida tinglovchilar ishdan ajralgan holda oʻqitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻquv kurslarida oʻqish bilan bogʻliq xarajatlar ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan belgilanadi hamda ovchilar jamoat birlashmasi va fuqaro oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan koʻrsatiladi. Bunda toʻlov summasini kurslarda oʻqish davomida boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shartnomada fuqaro xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitilishi lozim boʻlgan qurol turi (silliq stvolli ov quroli, soyli stvolli ov quroli, pnevmatik ov quroli) koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquv kurslarida oʻqitish uchun shartnoma summasining 50 foizi ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining maxsus hisobvaragʻigʻa oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻquv kurslariga qabulni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻquv kurslariga yigirma besh yoshga toʻlgan fuqarolar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquv kurslarida oʻqishni xohlovchi fuqarolar yil davomida oʻquv kurslariga qabul qilish haqidagi arizani va unga ilova qilingan quyidagi hujjatlarni ovchilar jamoat birlashmasiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ovchilar jamoat birlashmasining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (identifikatsiyalovchi ID-kartasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻquv kurslaridagi oʻquv jarayoni tinglovchilar soni qoidaga koʻra guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda kamida 15 — 20 kishidan iborat, biroq 25 kishidan ortiq boʻlmagan guruhlarda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻquv kurslarining guruhlar tarkibi shakllantirilgandan soʻng ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan ikki ish kunida oʻquv kurslari muddati (yil, oy, sana, mashgʻulotlar boshlanishi va tugallanishi vaqti), fuqarolarning roʻyxati aks ettirilgan reja-jadval tasdiqlanib, shu kunning oʻzida fuqarolarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada oʻquv kurslari muddati, oʻqish uchun toʻlov summasi, ovchilar jamoat birlashmasining bank hisobvaragʻi rekvizitlari va toʻlash muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Olingan xabarnomaga asosan oʻquv jarayoni boshlangunga qadar ovchilar jamoat birlashmasiga oʻqish uchun murojaat qilmagan yoki oʻqish uchun belgilangan toʻlovni amalga oshirmagan fuqarolar oʻquv kurslariga qabul qilinmaydi va bu haqda ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan bir ish kunida fuqarolarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hollarda fuqarolar keyingi tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻquv kurslarida oʻqish uchun reja-jadvalda koʻrsatilgan hamda toʻlov summasini toʻlagan fuqarolar ovchilar jamoat birlashmasi rahbari buyrugʻi bilan tinglovchi sifatida oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquv kurslarida oʻquv yuklamasi hajmi va oʻquv jarayoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻquv kurslari kamida ikki nafar instruktor tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻquv kurslari ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻquv mashgʻulotlari instruktorlar tomonidan tashkil etiladi. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun zarur hollarda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning malakali xodimlari hamda tajribali mutaxassislari kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻquv kurslarida oʻquv jarayonining umumiy davomiyligi bir haftani (36 (54 akademik) soat) tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻquv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy taʼlim — 24 (36 akademik) soat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy mashgʻulotlar — 12 (18 akademik) soat, shu jumladan, quroldan oʻq otishni oʻrgatish mashgʻulotlari (oʻquv oʻq otish mashqlari) — 6 (9 akademik) soat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar va amaliy mashgʻulot shakllarida oʻtkaziladi. Nazariy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda interfaol oʻqitish uslublari qoʻllanilishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv mashgʻulotlari davomida tinglovchilarga nazorat topshiriqlari (test, yozma ish va boshqalar) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Auditoriya mashgʻulotlari davomiyligi 80 daqiqani (tanaffussiz, ikki akademik soat) tashkil etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus — kamida 10 daqiqadan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻquv oʻq otish mashqlari ovchilar jamoat birlashmasiga tegishli boʻlgan hamda ichki ishlar organlarining roʻyxatiga olingan qurol va oʻq-dorilari bilan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnomalariga ega boʻlgan oʻq otish stendi, tir yoki oʻq otish maydonida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ovchilar jamoat birlashmasi oʻquv kurslarini tashkil etish uchun jihozlangan xonalarga va (yoki) qurol va oʻq-dorilarni saqlash xonasiga ega boʻlmaganda, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish va (yoki) qurol va oʻq-dorilarni saqlash shartnomaviy tartibda fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik shaxsda yoki ichki ishlar organlarida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ovchilar jamoat birlashmasi oʻziga tegishli boʻlgan oʻq otish stendi, tir yoki oʻq otish maydoniga ega boʻlmaganda, oʻquv oʻq otish mashqlari shartnomaviy tartibda fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnomalariga ega boʻlgan yuridik shaxsning oʻq otish stendi, tiri yoki oʻq otish maydonida, yoxud ichki ishlar organlarining oʻq otish poligonlarida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Silliq stvolli oʻqotar ov quroli bilan oʻquv oʻq otish mashqlari oʻq otish stendida, soyli stvolli oʻqotar ov quroli va pnevmatik ov quroli bilan oʻquv oʻq otish mashqlari esa, tir yoki oʻq otish maydonida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Silliq stvolli oʻqotar ov quroli bilan oʻquv oʻq otish mashqlari bir necha oʻq otish stendidan iborat boʻlgan oʻq otish maydonida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soyli stvolli oʻqotar ov quroli va pnevmatik ov quroli bilan oʻquv oʻq otish mashqlari bir necha tirlardan iborat boʻlgan oʻq otish maydonida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻq otish tiridagi oʻquv oʻq otish mashqlarida qatnashishga faqat qurolni oʻqlash, tozalash, olib yurish, qoʻllashda shaxsiy, atrofdagilar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash choralarini, shuningdek, oʻquv oʻq otish mashqlari shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid bilim va koʻnikmalar boʻyicha oʻtkazilgan nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻquv oʻq otish mashqlari ovchilar jamoat birlashmasi rahbari tomonidan ushbu mashqlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan instruktor (instruktorlar) tayinlangandan soʻng guruhma-guruh oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻquv oʻq otish mashqlarini oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan instruktor (instruktorlar) tomonidan mashqlar oʻtkazilishidan oldin tinglovchilarga xavfsizlik qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar beriladi, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquv kursi jarayonida tinglovchilarning mashgʻulotlarda qatnashish davomati, ularni oʻtkazish sanasi, mavzusi, dars soatlari miqdorlari, nazorat topshiriqlari natijalarining hisobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tinglovchilarning yakuniy imtihoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tinglovchilar oʻquv kurslarida oʻqishni tugatgandan soʻng test sinovlari shaklida yakuniy imtihon topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻquv kurslari tinglovchilarining bilimini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan kamida 3 — 5 kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Imtihon komissiyasi raisi, tarkibi va ishlash tartibi ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning xodimlari hamda mutaxassislari kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yakuniy imtihon topshiriqlari oʻquv kursi dasturiga muvofiq tuziladi. Imtihon natijalari 100 balli tizimda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy imtihonda test sinovlari uchun ajratilgan maksimal ballning 70 foizidan kam ball toʻplagan tinglovchilar oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yakuniy imtihonda uzrli sabab tufayli ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻta olmagan tinglovchilarga keyingi oʻquv kurslari yakunida imtihonni faqat bir marta qayta topshirishga imkon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta topshirish natijalariga koʻra imtihondan oʻta olmagan tinglovchilar xohishiga koʻra ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻquv kurslariga takroran qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kuni komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma va imtihon qaydnomasi orqali rasmiylashtiriladi hamda tinglovchilarga eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tinglovchilarning oʻquv kurslarini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish, guvohnomalar reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga bir ish kunida ushbu Nizomga ilovada belgilangan namunadagi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan roʻyxatdan oʻtkaziladigan guvohnoma, imtihonlardan oʻta olmagan tinglovchilarga esa, ular oʻquv kurslarini tamomlagani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi. Guvohnoma va maʼlumotnomalar ovchilar jamoat birlashmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnoma fuqarolarga berilgan guvohnomalar reyestriga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Guvohnomada fuqaro xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitilgan qurol turi (silliq stvolli ov quroli, soyli stvolli ov quroli, pnevmatik ov quroli) koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Guvohnoma uning amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Guvohnoma kimning nomiga berilgan boʻlsa, oʻsha fuqaroga ichki ishlar organida silliq stvolli ov qurolini, soyli stvolli ov qurolini va (yoki) pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomani olish uchun asoslardan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan guvohnomalar reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, doimiy yashash manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma egasi xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitilgan qurol turi (silliq stvolli ov quroli, soyli stvolli ov quroli, pnevmatik ov quroli);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomani berish uchun asos boʻlgan komissiya bayonnomasining sanasi va raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma dublikatini berish asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Reyestr qogʻoz manbada bir nusxada yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qogʻoz manbadagi reyestr jurnali hududiy ichki ishlar organida hisobga qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr qoʻshimcha ravishda elektron manbalarda ham yuritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 41-bandida koʻrsatilgan reyestr maʼlumotlari ularni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, ushbu Nizomning 41-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar ishonchli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Reyestr jurnaliga tartib raqami qoʻyiladi, uning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va ip oʻtkazib tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr jurnalining titul varagʻida ovchilar jamoat birlashmasi nomi, shuningdek, u qachon yuritilishi boshlangani va tugatilgani koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr jurnalining oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi koʻrsatiladi va ushbu maʼlumotlar ovchilar jamoat birlashmasi rahbarining imzosi, shuningdek, hududiy ichki ishlar organi masʼul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Reyestr jurnalidagi yozuvlar koʻk yoki qora rangli sharikli ruchka bilan aniq yozilishi shart. Yozuvni qayd qilishda oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xato yozilganda, matnni oʻqish imkoniyatini beradigan holda ushbu xato ingichka chiziq bilan oʻchirilib, uning tepasidan toʻgʻrilangan yozuv kiritiladi va tegishli yozuv kiritilgan satrning izoh qismida “tuzatildi” deb yozib qoʻyiladi hamda matnni toʻgʻrilagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Reyestrning toʻgʻri toʻldirilishi va reyestr jurnalining butligi, shuningdek, guvohnomalar blanklarining hisobi yuritilishi, saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun ovchilar jamoat birlashmasi rahbari yoki uning buyrugʻi bilan ushbu vazifalar yuklangan masʼul shaxs javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Reyestr jurnali qulflanadigan seyf yoki metall shkaf (yashik)da saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Reyestr jurnali toʻliq toʻldirilguncha yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻliq toʻldirilib, yuritilishi tugatilgan reyestr jurnali hududiy ichki ishlar organiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Reyestrdagi maʼlumotlar foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrdagi mavjud maʼlumotlar ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan ichki ishlar yoki boshqa vakolatli organ soʻroviga muvofiq tegishli soʻrov olingan kundan boshlab bir ish kunida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga fuqaroning murojaatiga asosan murojaat kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida guvohnomaning avvalgi hisobga olish seriyasi va tartib raqami koʻrsatilgan dublikati rasmiylashtirib beriladi. Guvohnoma dublikatining yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” degan yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnoma dublikatini berishda fuqaro tomonidan ovchilar jamoat birlashmasining dublikat blankasini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlari qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Instruktorlar besh yilda kamida bir marta qayta tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻquv kurslaridan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xohishiga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslari nazariy taʼlim qismining 4 akademik soatdan koʻp hajmdagi mashgʻulotlarda qatnashmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv oʻq otish mashqlarida toʻliq qatnashmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv intizomini va ovchilar jamoat birlashmasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Tinglovchini oʻquv kurslaridan chetlashtirish ovchilar jamoat birlashmasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruqda chetlashtirish sababi va asoslari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Oʻquv kurslari tinglovchilari oʻqishdan chetlashtirilganda yoki test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻta olmaganda, ularga oʻqish uchun toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Guvohnoma olinishi fuqaro ovchilar jamoat birlashmalari ustav hujjatlariga muvofiq har yili qurol va uning oʻq-dorilarni saqlash, tashish, olib yurish va undan foydalanish, oʻqlash-oʻqsizlantirish, tozalash, ular bilan xavfsiz muomalada boʻlish qoidalari boʻyicha bilimlarga oid majburiy normativlarni (“ovchilik minimumi”) topshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ichki ishlar organlarining qurolni olishga doir ruxsatnomasi guvohnomada koʻrsatilgan qurol turini (silliq stvolli, soyli stvolli, pnevmatik) olish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Maxsus oʻquv kursi haqida
‎ GUVOHNOMA
‎ MK № 000000

‎‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20 ___-yil __________________ dan 20 ___-yil __________________ gacha‎‎
‎‎____________________________________________________________________________________________________________ da

‎‎(yuridik shaxsning nomi)

‎‎___________________________________________soatga moʻljallangan
‎________________________________________dan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha

‎‎(qurol turi)

‎‎maxsus qisqa muddatli oʻquv kursida taʼlim olib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi.
‎Imtihon komissiyasi bayonnomasining sanasi va raqami ___________________________________________________________________.
Rahbar ‎

‎‎(QR-kod)‎

‎‎______________________________________________________
‎(familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari)

‎‎Sana ____________________ ‎‎Qayd raqami ___________________
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 09/23/609/0869-son)