1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida xizmatlar koʻrsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 15-bandida davlat sport-taʼlim muassasalarida xoʻjalik, jumladan, sportchi-oʻquvchilarni ovqatlantirish xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yeshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida autsorsingga oʻtkaziladigan xizmatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida xizmatlar koʻrsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-taʼlim tashkilotlarida xizmatlar autsorsing asosida mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-taʼlim tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlantirishni tashkil etishda autsorser vaqtincha foydalanadigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebel jihozlari tekin foydalanish shartnomasi asosida beriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 617-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatilishi autsorsing asosida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan Davlat budjeti mablagʻlari, birinchi navbatda, sport-taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5280-son “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-taʼlim tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-yanvarga qadar kamida 10 ta sport-taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirishni autsorsing asosida tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan autsorsingga oʻtkaziladigan xizmatlarni sport-taʼlim tashkilotlarida joriy qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
598-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 598-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida autsorsingga oʻtkaziladigan xizmatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Xizmat turi
1.
Sportchi-oʻquvchilarni ovqatlantirish
2.
Kir yuvish
3.
Bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularning muhandislik-texnik tizimlariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 598-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida xizmatlar koʻrsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida xizmatlar koʻrsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing — Vazirlik tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarining ayrim funksiya va xizmatlarini shartnoma asosida tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser — Vazirlik tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlariga shartnoma asosida xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq ishlarni bajarish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — Vazirlik tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — sport-taʼlim tashkilotlariga autsorsing asosida xizmat koʻrsatish hamda ushbu Nizomga muvofiq tanlashda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga oʻtkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserni qonunchilik hujjatlari asosida tanlab olish hamda unga oʻtkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining autsorserga oʻtkaziladigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band boʻlgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi xizmatlarni autsorserga oʻtkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xoʻjalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish hamda autsorserga oʻtkazilgan ishlar (xizmatlar)ning sifatini oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Autsorser xodimlarining buyurtmachiga tegishli hududga belgilangan tartibda oldindan taqdim etilgan roʻyxat asosida kirishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Autsorsing xizmatini koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya etish buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Autsorsing xizmatlariga haq toʻlash miqdorlari buyurtmachi tomonidan tegishli xizmat uchun sarflanadigan barcha xarajatlar (ish haqi, ish haqiga ajratma, moddiy va boshqa xarajatlar) summasidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buyurtmachining xizmatlarni autsorserga oʻtkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida autsorserga toʻlanadigan haq miqdori ushbu xizmat uchun buyurtmachi tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sarflanadigan barcha xarajatlaridan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Autsorser Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatida nazarda tutilgan ishlar yoki xizmatlar boʻyicha autsorser buyurtmachi huzurida faoliyat koʻrsatadigan Xarid komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Xarid komissiyasi) tomonidan katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va moddiy-texnik bazasiga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik bergan holda ularning narxlarni oʻrganish orqali aniqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Talabgorlarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati boʻyicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq xabardor etish, litsenziya yoki ruxsat berish talab etiladigan faoliyat turlari boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan, tegishli litsenziya yoki ruxsat olgan boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Buyurtmachi tomonidan autsorser ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Autsorserni tanlashda buyurtmachi tomonidan toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda Xarid komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Autsorserni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun ichida buyurtmachining masʼul tarkibiy boʻlinmasi tomonidan xarid hujjatlari, shartnoma va tanlash haqidagi eʼlonning matni ishlab chiqilib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xarid komissiyasi tomonidan xarid hujjatlari, shartnoma va tanlash haqidagi eʼlonning matni uch kun ichida koʻrib chiqilib, kelishiladi hamda buyurtmachiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Buyurtmachi bir kun ichida Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tasdiqlangan xarid hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek, autsorserni tanlash haqidagi eʼlon talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin buyurtmachi tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talabgorlar takliflarini oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Takliflarni ochish muddati kelgunga qadar takliflar talabgorlar, shuningdek, Xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ushbu takliflarni taqdim etgan talabgorlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat xaridlarining elektron tizimi talabgor taklif etgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor tomonidan taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, davlat xaridlarining elektron tizimida rad etish sababi koʻrsatilgan holda talabgorning taklifi rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar taklif Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va xarid hujjatlari talablariga muvofiq boʻlsa, u Xarid komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qaror ushbu qaror qabul qilingan kunda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Gʻolib xarid hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taklifning miqdoriy koʻrsatkichlari, shu jumladan, narx qismi davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash natijalari davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik tarzda shakllangan dastlabki elektron bayonnomada qayd etiladi va uni oʻtkazish boʻyicha Xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Dastlabki elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki ish kuni ichida talabgorlar tomonidan natijalar boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida Xarid komissiyasining tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan gʻolib deb topilgan talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Autsorserni tanlash natijalari boʻyicha talabgorlardan eʼtirozlar tushganda, Xarid komissiyasi eʼtirozlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Buyurtmachi tomonidan Xarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari toʻgʻrisidagi axborot asosida Xarid komissiyasining tegishli majlisining elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va bayonnoma imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Autsorserni tanlash natijalariga doir shartnoma xarid hujjatlarida va oʻzi bilan shartnoma tuzilayotgan talabgor tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnoma moliya yili boshida yilning birinchi choragi uchun buyurtmachining vaqtincha xarajatlar smetasida ushbu xizmatlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida, yilning 1-aprel holatiga koʻra esa, asosiy xarajatlar smetasida ajratilgan yillik mablagʻlar doirasida joriy moliya yili oxiriga qadar (kalendar yil uchun oʻquvchi-sportchilarga beriladigan taʼtillarni inobatga olgan holda) amal qilinishini nazarda tutgan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Autsorserni tanlash natijalariga koʻra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi oldindan oʻtkazib berilganidan, qolgan 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob- kitob esa — keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Uquv yili davomida oʻquvchi-sportchilar soni oʻzgarganda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari keskin oʻzgarganda, autsorser va buyurtmachi tomonidan shartnoma boʻyicha umumiy boshlangʻich summaning 10 foizidan oshmagan miqdorda qoʻshimcha shartnoma tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va tashkilotga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatgan xizmatlari uchun toʻlovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar tannarxining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Autsorser:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmatini koʻrsatishda texnika, yongʻin, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser zimmasiga qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, koʻrsatilishi)ni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan texnologik jihozlar, oshxona va omborxonalar, asbob- uskunalar, idish-tovoqlar va mebellardan foydalanish uchun nol stavkada topshirish va ularning ishchi holatda saqlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Buyurtmachi shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun, shuningdek, foydalaniladigan kommunal xizmatlar xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni belgilangan normalar asosida sport-taʼlim tashkilotlariga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida oʻz vaqtida amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Autsorsing xizmatlarini tashkil etishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi boʻyicha buyurtmachi va autsorser masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Komissiya tarkibi sport-taʼlim tashkilotlari pedagogik kengashining qaroriga asosan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga sport-taʼlim tashkilotlari oʻquvchi- sportchilarining kamida uch nafar ota-onalari kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, sport-taʼlim tashkiloti xodimlari va oʻquvchi- sportchilari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar talablarining buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor taom va oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan kunlik meʼyorlarga mos boʻlishini hamda sifatini oʻrganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Autsorser tomonidan tashkil etilgan xizmatlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga toʻliq muvofiqligi vakolatli davlat organlari hamda Vazirlikning tegishli boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorser oʻrtasida tuzilgan shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim tashkilotlarida xizmatlar koʻrsatishni autsorsing asosida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi
1. Toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.
2. Autsorserni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Buyurtmachi
Xarid hujjatlari, shartnoma va autsorserni tanlash haqidagi eʼlonning matnini ishlab chiqib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etadi.
Autsorserni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun ichida
3-bosqich
Xarid komissiyasi
Xarid hujjatlari, shartnoma va autsorserni tanlash haqidagi eʼlonning matnini koʻrib chiqadi va kelishilgan hujjatlarni buyurtmachiga yuboradi.
Uch kun ichida
4-bosqich
Buyurtmachi
1. Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
1. Bir kun ichida
2. Xarid hujjatlari, shuningdek, autsorserni tanlash haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
2. Talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin
5-bosqich
Talabgor
Elektron taklifni oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Talabgor taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar
2. Talabgor tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda talabgorning taklifini rad etadi.
3. Taklif talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qarorni talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Qaror qabul qilingan kunda
7-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tanlash toʻgʻrisidagi taklifning miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi.
1. Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
2. Takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash natijalari boʻyicha dastlabki elektron bayonnomani shakllantiradi.
2. Avtomatik tarzda
8-bosqich
Xarid komissiyasi aʼzolari
Dastlabki elektron bayonnomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
9-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.
1. Avtomatik tarzda
2. Elektron bayonnoma muhokamasini oʻtkazadi.
2. Ikki ish kuni ichida
10-bosqich
Xarid komissiyasi
Talabgorlar tomonidan tanlov oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.
Ikki ish kuni ichida
11-bosqich
Buyurtmachi
Gʻolib deb topilgan talabgor bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.
Un ish kuni ichida
12-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.