Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 27.09.2018 yildagi PQ-3953-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.09.2018 yildagi PQ-3953-son
Date of entry into force
28.09.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining samarali ijrosini, davlat buyurtmachilari faoliyatining uzluksizligini taʼminlash, shuningdek, davlat xaridlarining amalga oshirilishini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq davlat xaridlari strategik subyektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni roʻyobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli boʻlgan va hukumatga qarashli boʻlmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq davlat xaridlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat buyurtmachilari tomonidan ilovadagi roʻyxatga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni keyinchalik ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, roʻyxatdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha tuzilgan shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydi, bundan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan shartnomalar va ularga qoʻshimcha kelishuvlar mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich narxni tushirish boʻyicha auksion oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon — uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon — tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida oʻn kun oldin joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlarini sifatli va uzluksiz oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish bilan bogʻliq davlat xaridlari sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti tahlilini doimiy ravishda oʻtkazib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat xaridlarining sifatli va uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, davlat buyurtmachilari uchun qulayliklar yaratish maqsadida, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotidagi, shu jumladan joylardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda davlat xaridlarining maxsus axborot portalining funksionalini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachilari xodimlari ishtirokida davlat xaridlari sohasida seminar-treninglar, master-klasslar va boshqa oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun zarur boʻlgan, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining kiritilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror talablarini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2 va 3-bandlariga muvofiq xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari shakllanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 27-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3953-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining alohida maxsus savdo maydonchalaridagi elektron (birja) savdolari natijalariga koʻra xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmat safarlari uchun va boshqa holatlardagi chiptalar (avia, temir yoʻl va yoʻnalish transportiga).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmat safarlari va boshqa holatlardagi yashash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, internet va teleradiouzatish xizmatlari boʻyicha xaridlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga kafolat muddati tugagandan keyin va joriy xizmat koʻrsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek, avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksional kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni saqlash va olib kirish (olib chiqish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mualliflik nazorati (hamrohligi) boʻyicha xizmatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) oʻrtasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch ming besh yuz baravarigacha boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy delegatsiyalari tashriflarini taʼminlash (mehmonxona, transport xizmatlari koʻrsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, oziq-ovqat taʼminoti, tarjimon xizmati), esdalik suvenirlari, sovgʻalar, gullar hamda gul bilan bezatish, vakolatxonalar uchun qabullar (kechki ovqat, furshet, kofe-breyk va boshqalar) oʻtkazish, konsert dasturlari, bannerlar va bukletlar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ommaviy axborot vositalarida matbuot anjumani, brifing, mavzuli telekoʻrsatuv va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, reklama joylashtirish, maqola chop etish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Favqulodda holatlarda vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar).
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek uning taʼminoti boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar oqibatlarini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmachisining toʻlaqonli faoliyat olib borishiga taʼsir koʻrsatuvchi kommunikatsiyalar, mexanizmlar, jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning ishdan chiqishi holatlarida avariyalarni bartaraf etish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davriy nashrlar (gazetalar, jurnallar)ga, shu jumladan ularning elektron variantlariga obuna boʻlish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Majburiy sugʻurtalash boʻyicha hamda davlat tibbiy sugʻurtasi doirasidagi xizmatlar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan tartibga hamda roʻyxatga asosan xarid qilinadigan original dori vositalari, shoshilinch yordam koʻrsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagentlar, reaktivlar va sarflash materiallari.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va muassasalarining sihatgohlari va sogʻlomlashtirish muassasalariga, shuningdek, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari va distribyutorlaridan xarid qilingan yangi avtotransport vositalari, maxsus va qishloq hoʻjaligi texnikalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, dizel yoqilgʻisi va koʻmir mahsulotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mualliflik huquqi uchun mukofotlar (mualliflik gonorari), asar, ijro va fonogrammalardan foydalanilganda toʻlanadigan mualliflik haqi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Maxsus va xizmat avtotransporti vositalarini, havo kemalarini, shuningdek, tibbiyot uskunalarini taʼmirlash boʻyicha xizmatlar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqaruvchilar yoki sertifikatlangan yetkazib beruvchilardan import shartnomalari boʻyicha xarid qilinadigan aviatsiya texnika jihozlari, shu jumladan havo kemalari, aviadvigatellar va ularning butlovchi qismlari, aviatsiya uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar, servis mahsulotlari, inventarlar, maxsus gilam qoplamalari, havo kemalari oʻrindiqlariga qoplamalar tayyorlash uchun matolar, aviatsiya shinalari (shu jumladan taʼmirdan keyin), shuningdek, xorijiy vakolatxonalar uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-sentabrdagi PQ-309-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mamlakatimiz, hukumatimiz rahbarlari, xorijiy davlatlar va hukumatlar boshliqlari hamda ularning vakillarining qabullar uyiga tashrifi bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan ularning yashashi, ovqatlanishi, tashkiliy masalalarni hal etish va ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan boshqa xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati gospitallari;
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolash-profilaktika va taʼlim muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona va restoran xizmatlari koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muruvvat va nogironligi boʻlgan shaxslar uylari;
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehribonlik uylari va internatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qariyalar uylari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Shartnoma boʻyicha uning umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi qoʻshimcha ish va xizmatlarni amalga oshirish uchun xarajatlar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik jamlamalarni nashr etish (qayta nashr etish) uchun moʻljallangan qogʻoz va boshqa sarflash materiallari.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
301. Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari uchun oʻquvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy taʼminot yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xom ashyolar va jihozlar.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol mahorat maktablari uchun elektron hisoblash uskunalari, oʻyinlar va oʻquv-mashq yigʻinlarini tahlil qilish dasturiy taʼminot va uskunalar, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi talablari boʻyicha futbol toʻplari, sport kiyimlari va ekipirovkalar hamda futbol uchun oyoq kiyimlar.
(302-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
303. Xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) talab va tavsiyalariga asosan xalqaro sport musobaqalari hamda professional sportchilar uchun zarur boʻladigan xorijda ishlab chiqarilgan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, maxsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari, maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
304. Xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni kutib olish bilan bogʻliq xaridlar (transport xizmatlari koʻrsatish, asbob-uskunalarni ijaraga olish, banket va ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar, suvenirlar, sovgʻalar, gullar hamda gul bilan bezatish, bannerlar va bukletlar tayyorlash, tadbirlar va anjumanlarni tashkil etish, maxsus va milliy kiyimlar va boshqalar).
(303 va 304-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish hamda mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO (SPO) boʻyicha emissiyalarni joylashtirish uchun jalb qilinadigan investitsiya vositachilari, maslahatchilari, shu jumladan xorijiy maslahatchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalariga koʻrsatadigan xizmatlari.
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi tashkilotlar va botanika bogʻlari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yetishtirilgan koʻchat va nihollar, shuningdek, ularni parvarish qilish hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan xarid qilinadigan raqamlashtirish sohasidagi ishlar boʻyicha xizmatlar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan 34-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi tuzilmasiga kiradigan davlat rezidensiyalari hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun hukumat qarorlari va topshiriqlari asosida, shu jumladan pudratchilar tomonidan, ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish.
(34 va 35-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Davlat va strategik buyurtmachining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun boshqa yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda litsenziya bitimiga (shartnomasiga, kontraktiga) asosan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki intellektual faoliyat natijalaridan mutlaq foydalanish huquqiga ega yetkazib beruvchidan, shuningdek, fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining ushbu intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan yagona shaxsdan davlat xaridlari.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalar, reportajlar va boshqa roliklarni tayyorlash va translyatsiya qilish boʻyicha xizmatlari.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarini bajarishda ishtirok etuvchi budjet tashkilotlari tomonidan tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida reaktivlar va reagentlar xarid qilish.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 07/20/4805/1174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Texnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan taʼlim dasturlarini tashkil etish, respublikaga xorijiy olim va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb etish xizmatlari.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasi, muzey va kutubxona fondlarini shakllantirish maqsadida xorijda va Oʻzbekistonda tayyorlanadigan eksponatlar, sanʼat asarlari, suratlar, haykallar va byustlar, gilamlar, matolar, qoʻlyozmalar va nashr asarlari nusxalari, xaritalar, pannolar, stendlar, video-audio va yuqori texnologik namoyishlar uchun materiallarning xaridi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni xaridorlarga affillangan shaxs boʻlgan tashish xizmatini koʻrsatuvchi korxonalarning avtotransportda tashish xizmatlari.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy davlatlardan oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarni (mualliflik huquqi boʻlgan ishlab chiqaruvchilardan), sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) xarid qilish.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, davolash, shu jumladan jarrohlik amaliyotidan oʻtkazish va reabilitatsion yordam koʻrsatish, shuningdek ularni xorijga oʻqishga va amaliyotga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PF-102-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida axborotlashtirish qurilmalari va xizmatlari hamda dasturiy taʼminotlar xaridi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjeti hamda Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha “OʻzGIP” MCHJ va “Suvloyiha” MCHJning xizmatlari.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan yetkazib beruvchilardan Markazning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ekspertlik, ilmiy va boshqa maslahat xizmatlarini, Markazning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha laboratoriya va diagnostika uskunalari, tovar-moddiy boyliklar, dori vositalari va tibbiyot buyumlari, sarflash materiallarini, shuningdek, Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilish.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 07/18/3953/1972-son; 02.02.2019-y., 07/19/4151/2569-son, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son, 01.10.2019-y., 07/19/4467/3825-son, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son, 13.08.2020-y., 07/20/4805/1174-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)